19-semenar mashg’ulot
Mavzu: Evolutsiya nazariyasidagi munozarali masalalar: evolutsion jarayonda ayollarning o’rni.
Mashg’ulotning ta’limiy maqsadi: : Evolutsion biologiyadagi munozarali masalalar: evolutsion jarayonda ayollarning o’rni to’g’risida bilimlar berish.
Mashg’ulotning tarbiyaviy maqsadi: : Evolutsion biologiyadagi munozarali masalalar: evolutsion jarayonda ayollarning o’rni haqida tushuncha berish.
Mashg’ulotning rivojlantiruvchi maqsadi: Talabalarning bilimlarni kengaytirish va ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish.
Jixozlar: Biogenetik qonun va filoembriogenezga oid rasmlarni kodoskop orqali ko’rsatish.
Mashg’ulotda foydalanadigan texnalogiya:
Lokal dsarajada Atamalar zanjiri, Venn diagrammasi, Klaster
Xususiy metodik daraja Hamkorlikda o’qitish texnalogiyasi ( ”arra”).
Mashg’ulotning borishi:
1.Tashkiliy qism.
2.Talabalarni mashg’ulot mavzusi
3.Yangi mavzuni o’rganish.
Mavzu uch qismga ajratiladi.
1. Evolyutsiyaning muammoli masalalari.
2. Evolyutsion ta’limotga qarshi oqimlar.
3. Neokatastrofizm, finalizm va neonomogenez.Ushbu qismlar bo’yicha talabalar uch kichik guruhga bo’inadilar.
Guruhlar uchun o’quv topshiriqlar.
1. Evolyutsiyaning muammoli masalalari.
2. Evolyutsion ta’limotga qarshi oqimlar.
3. Neokatastrofizm, finalizm va neonomogenez
Mavzu mazmuni: Evolyutsiya jarayonining hal qilinmagan ko‘pgina masalalari bor. Ulardan biri turning bir ekologik sharoitdan boshqa ekologik sharoitga o‘tish sabablarini aniqlashdir. Ba’zi evolyutsionistlar ontogenetik reaksiya keng ko'lamda beqaror bo‘lishini, boshqalari preadaptatsiyani, uchinchilari о‘zgaruvchanlikning safarbarlik rezervini va tanlash hodisa-
sini bunga asosiy sabab deb ko‘rsatmoqdalar. Evolyutsiya asosiy omillarining tabiiy tanlanishga bo‘lgan munosabatini aniqlashda ham olimlar orasida yakdillik yo‘q. Ba’zi olimlar evolyutsiyaning boshlang‘ich omillaridan hisoblangan mutatsiya jarayoni, populatsiya to‘lqini, alohidalanish, tabiiy tanlanishning har birining «bosimi» evolyutsiyani vujudga keltiradi, deb talqin qiladilar. Bu omillarga ba’zilar duragay (kombinativ) o‘zgaruvchanlikni ham kiritadilar. Bunday tasawurlar albatta evolyutsiya omillari sonini kamaytiradi, ulaming ta’siriii teng qiymatli qilib qo‘yadi va oqibatda qo‘yilgan muammoni soddalashtiradi. Bulardan tashqari, yuqoridagi tasawurlarda hayvonlarning xattiharakati, fenotip, populatsiya tuzilishi, har xil urchishning roli evolyutsiya jarayonida tegishli baholanmagan. Tabiiy tanlanishni evolyutsiyaning boshlang‘ich omillariga kiritish ham munozaraga sabab bo‘lmoqda. Bularning hammasi evolyutsiya omillarini klassifikatsiyalash evolyutsion nazariyada dolzarb muammo ekanligidan dalolat beradi.Ba’zi olimlar tabiiy tanlanishni evolyutsiyaning boshlang‘ich omillariga kiritib bo‘lmaydi, chunki u boshqa omillardan alohida bo‘lsa ham, ularning ta’sirini birlashtiruvchi mexanizmi deb uqtiradilar. Yashash uchun kurashni evolyutsion omillari qatoriga kiritish lozimligi haqida ham fikr bildirilmoqda. Shu munosabat bilan I. Shmalgauzen evolyutsiyaning genetik-matematik nazariyasini qattiq tanqid qiladi va bunday tadqiqotlar evolyutsiya mexanizmini ochib bermasligi, uning qonuniyatlarini to ‘lig‘icha ifoda eta olmasligi, chunki unda yashash uchun kurash tushunchasi diqaat-e’tibordan chetda qolganligini, tabiiy tanlanEvolyutsiyaning muammoli masalalari ish tashqi omil, asosiy talqin etilganligini ta’kidlaydi.Yashash uchun kurashni evolyutsiya omili sifatida talqin qilishdagi kelishmovchilik mikroevolyutsiyaning populatsion mexanizmini tushuntirishda genetik va ekologik yondashishning ma’lum jihatdan alohidaligidadir, ya’ni ularning evolyutsiya hodisalarini tushuntirishda hali to ‘lig‘icha birlashmaganligidadir.Simpatrik tur paydo bo'lishi, genetik-avtomatik jarayon bilan tanlanishning aloqasi, populatsiya ichidagi raqobat, guruhli tanlash va uning evolyutsiyadagi roli haqida ham munozara bormoqda. Geologik solnomalarning chalaligi bilan yuqori taksonlar kelib chiqishining aloqasi, qisqa geologik davr ichida evolyutsiya jarayonining nisbatan tezligining ortishi muammolari ham hali o‘z yechimini to‘lig‘icha topganicha yo‘q.Evolyutsiyada abiotik va biotik omillarning yetakchi roli ham munozaraga sabab bo‘lmoqda. Darvinning evolyutsiya jarayonida biotik omillarning roli nihoyatda katta ekanligi haqidagi g‘oyasi ko‘pchilik biologlar tomonidan e’tirof etilsada, lekin unga qarama-qarshi, kosmik va geologik sabablar roliga ortiqcha baho beruvchilar ham uchraydi. Evolyutsiya omillari va qonunlari haqidagi masalalarning holati evolyu
tsion ta’limotning yanada rivojlanishini cheklab qo‘yishi mumkinligini ta’kidlab o'tmoq kerak. Darvin ta’limoti evolyutsiya jarayoni mexanizmi va qonuniyatlarini tadqiq qilish bilan birga, turli biologik sistemalarning yashash sharoitiga moslanishi, organik olamning xilma-xilligi sabablarini tushuntirib bergan ta’limotdir. Biroq Darvin ta’limoti evolyutsiyaning sintetik nazariyasi organik olam evolyutsiya bilan bog‘liq barcha muammolarni hal qildi, deb
aytish qiyin.
Do'stlaringiz bilan baham: |