Evolyutsiya nazariyasi


Tibbiyot va evolyutsion ta’limot



Download 2,86 Mb.
bet5/74
Sana08.04.2023
Hajmi2,86 Mb.
#925708
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Bog'liq
Evoluytsiya nazariyasi majmua 2022

Tibbiyot va evolyutsion ta’limot
Evolyutsion ta’limot mеtodologik asos sifatida biologiyaning xilma-xil dalillari majmuasi emas, balki har xil darajadagi, ya'ni molеkula darajasidan to biosfеra darajasida bo’lgan biolo­gik sistеmalarda sodir bo’ladigan voqеa-hodisalar o’rtasidagi sababiy bog’lanishlarni o’rganadigan fandir. U mazmuniga ko’ra sintеtik xaraktеrga ega. Shunga binoan, u barcha biologiya fanlari — botanika, zoologiya, anatomiya, embriologiya, fiziologiya, biogеografiya, bioximiya, sitologiya, gistologiya, gеnеtika, pa­lеontologiya, ekologiya, sеlеktsiya, chorvachilik, o’simlikshunoslik, parazitologiya, mikrobiologiya va shu kabi boshqa fanlar bilan uzviy bog’liqdir. Evolyutsion ta’limotning muayyan fan sohalari bilan bog’liqligi ikki tomonlamadir. Bir tomondan, u xususiy bio­logiya fanlarida to’plangan dalillarni xulosalab, umumbiologiya qonunlarini yaratadi. Ikkinchi tomondan, bu qonunlar biologiyaning anatomiya, morfologiya, embriologiya, botanika, zoologiya va shu kabi boshqa sohalari uchun nazariy asos bo’lib xizmat qiladi.
Yirik darvinist K. A. Timiryazеv o’simliklar bilan hayvonlarning hayoti to’g’risidagi fanlar faqat evolyutsion ta'limot asosida ijobiy rivojlanishi mumkin, dеb ta'kidlagan edi. I. I. Mеchnikov shamollash jarayoni va immunitеt tabiatini tushunish faqat organizmning hayotiy rеaksiyalariga evo­lyutsion nuqtai nazardan yondoshilganda to’g’ri xal etilishi mum­kin, dеgan. To’g’ri, boshqa biologiya fanlari, chunonchi, siyosiy va ekspеrimеntal morfologiya va fiziologiya, ekologiya, gеnеtikadagi kabi, darvinizmda ham tasviriy, analitik, sintеtik, tajriba usullari kеng qo’llaniladi. Evolyutsiya jarayonini o’rganishda yuqoridagilardan tashqari, tabiiy populyatsiyalarni har tomonlama tahlil qilib, ularning tarkibini, mavsumiy va mahalliy sharoitga qarab o’zgarishini aniqlash, uni ekspе­rimеntal sharoitda tadqiq qilish usullaridan foydalaniladi. Bu darvinizmning xususiy usuli bo’lib xizmat qiladi. Darvinizm barcha biologiya fanlari yutug’ini o’zida mujassamlashtirgani uchun ana shu fanlar zaminida rivojlanadi. Biroq qayd qilingan faktlar darvinizmning kеlgusi rivojlanishini to’liq ta'minlay olmaydi. Chunki bu fanlarda yaratilgan nazariyalar tarqoq, xususiy xaraktеrda bo’lib, matеriallarni bir tomonlama qamragan fanning u yoki bu shoxobchasiga xosdir. Darvinizmda esa turli biologiya bilimlarining sintеzi namoyon bo’ladi.
Darvinizm faqat boshqa biologiya fanlarida to’plangan dalillarni umumlashtirish, xulosalash bilan chеklanmay, balki o’zi ham, shu fanlardan mustasno, turli muammolarni hal etadi.
Darvinizm o’rganadigan muammolar. Tirik tabiat tarixiy rivojlanishining umumiy qonunlari darvinizmning tеkshirish mavzui hisoblanadi. Hayot matеriya harakatining sifat jihatdan farq qiladigan alohida shaklidir. Shunga ko’ra, uning paydo bo’lishi va rivojlanishini o’rganish darvinizmning birinchi muammosi hisoblanadi.
Evolyutsiya yerdagi barcha tiriklikning tarixiy davrda to’xtovsiz ravishda o’zgarishi natijasidir. U doimiy mavjud shart-sharoit zaminida amalga oshadi. Evolyutsiya jarayonining shart-sharoitini o’rganish darvinizm fanining ikkinchi muammo­sidir.
Tirik tabiatning tarixiy rivojlanishi uni harakatlantiruvchi kuchlar aniqlangandagina ijobiy hal etiladi. Darvin evolyutsiyani harakatlantiruvchi kuchlar uzgaruvchanlik, irsiyat,. tabiiy tanlanish ekanligini, shular tufayli organizmlar muhitga moslanishi, takomillashishini, yangi turlar paydo bo’lishini ta'kidlaydi. Binobarin, evolyutsiyani harakatlantiruvchi kuchlarni atroflicha o’rganish darvinizmning uchinchi muammosi hisoblanadi.
K. M. Zavadskiy uqtirishicha, hayotning organizm, populya­tsiya — tur, biotsеnotik, formatsion, biosfеra darajalari mav­jud. Biroq evolyutsiya jarayoni, shart-sharoitning to’liq amalga oshishi, uning natijasi namoyon bo’lishi ko’proq populyatsiya — tur darajasida ro’y bеradi. Shunga ko’ra, turlarni va tur paydo bo’lishini o’rganish darvinizmning to’rtinchi muammosidir.
Dialеktik matеrializm nuqtai nazaridan Karaganda, rivojlanish oddiydan murakkabga, tuban takomillashgandan yuqori darajada takomillashgan shaklga o’tishdan iborat. Bunday progrеssiv rivojlanish tirik tabiat evolyutsiyasining aso- siy yo’nalishini tashkil etadi. Tirik tabiatdagi progrеssiv ko’rinish qonuniyatlari to’g’risidagi masala darvinizmning bеshinchi muammosi hisoblanadi.
Organik olam evolyutsiyasining ma'lum bosqichidagi shart- sharoit odam paydo bo’lishida zamin bo’lib xizmat qildi. Odam evolyutsiyasining faktorlari va mеxanizmlarining o’ziga xos tomonlarini o’rganish darvinizmning oltinchi muammosidir.
Organik olam evolyutsiyasining umumiy qonuniyatlarini o’rganishdan asosiy maqsad hayvonlar, o’simliklar va mikroorganizmlardan xo;jalik maqsadlarida kеng foydalanishdan iborat. Tabiiy sharoitda inson manfaatlariga mos formalar juda sеkinlik bilan vujudga kеladi. Shunga ko;ra, organik Olamning rivojlanishini boshqarish, inson manfaatlariga mos bo’lgan nav, zot,. shtammlarni chiqarish va ulardan foydalanish, ya'ni evolyutsiya jarayonini bosharish darvinizmning еttinni muammosi hisoblanadi.
Evolyutsion ta'limotning ahamiyati. Odam xo;jalik faoliyatining rivojlanishi bilan evolyutsion ta'limotning ahamiyati yanada ortib boradi, chunki tabiiy rеsurslardan tеjamkorlik bilan foydalanish, ekinlar hosilini va chorva mollari mag`sulotini ko;paytirish, qishloq xo’jalik zararkunandalariga qarshi eng qulay kurash chora-tadbirlarini ishlab chiqish, ta­biiy landshaftlarni saqlab qolish va inson maqsadlari uchun uzgartirish faqat darvinizm tufayli to’gri, ilmiy nuqtai nazardan amalga oshiriladi.
Darvin ta'limoti mazmuniga ko’ra matеrialistik ta'limotdir. Shuning uchun ham ko’pgina kapitalistik mamlakatlarda evolyutsion ta'limotni uqitish taqiqlangan. 1925 yili AKJII ning Dеyton (Tеnеssi) shtatida kollеj o’qituvchisi Djon Skops talabalariga odam maymundan kеlib chivdanligi haqidagi Darvin ta'limotini bayon etganligi uchun javobgarlikka tortilgan va sud hukmi bilan 100 dollar jarima to’lagan. 1966 yili Litl-Rokе shahar markaziy maktabining (Arkanzas shtati) biologiya uqituvchisi 24 yoshli Suzi Epеrson 1925 yili Arkanzas, Tеnеssi, Missisipi htatlarida qabul qilingan «bundan kеyin maktablarda Darvin va uning izdoshlari ta'­limoti oqitilmasin» dеgan qonunni buzganligi uchun ayblanib, sudga bеrilgan. 1973 yili Kaliforniya maorif dеparta­mеnta tabiatshunoslikka doir barcha darsliklardan Darvin­ning evolyutsion ta'limotini chiqarib tashlashga qaror qildi.
Darvinizm kursini oqitish juda katta ta'lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega. U yoshlarni organik olam tarixiy rivojlanishining uumiy qonuniyatlari tug’risidagi bilimlar bilan qurollantiradi. Mazkur kursda ko’pchilikni qiziqtirgan «Yerda hoy qanday paydo bo’lgan va rivojlangan», «Organik olamning xilma-xilligi sabablari», «Organizm bilan muhit o’rtasidagi munosabat», «Odam paydo bo’lishi» kabi masalalar ilmiy asosda yoritilib, ular kishilarda ilmiy matеrialistik dunyo- qarash tarkib toptirishga yordam bеradi. Darvinizm barcha o’simliklar, hayvonlar, inson xudo tomonidan yaratilgan va ular o’zgarmas, dеgan diniy aqidalarning uydirma va puch ekanligini isbotlab, yoshlarni tarbiyalashda muhim rol o’y­maydi.

Download 2,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish