Evolyutsion taʼlimot
Evolyutsion taʼlimot', evolyutsiya nazariyasi — tirik organizmlar evolyutsiyasi sabablari,
harakatlantiruvchi kuchlari, mexanizmlari va umumiy qonuniyatlari toʻgʻrisidagi fan. Evolyutsion
taʼlimot biologiyaning nazariy asosi, xususiy biol. fanlaridan olgan natijalarni umumlashtiradi.
Evolyutsion taʼlimot rivojlanishining mushohidaga asoslangan 1-davri qadimiy dunyo faylasuflari
Geraklit, Empedokl, Demokrit, Lukretsiy va boshqalarning ishlari bilan bogʻliq. Ular birinchi boʻlib
butun borliqning , jumladan, organizmlarning tarixiy oʻzgarishi toʻgʻrisida fikr bildirishgan. Bunday
qarashlar XVII-XIX asrlar boshlarida yashagan transformizm tarafdorlari R.Guk, E.Darvin, D.Didro,
J.Byuffon, E.Joffrua SentIler, I.V.Gyote va K.F.Rulye ishlarida yanada rivojlantirildi.
Transformistlar yagona sistemaga ega boʻlgan taʼlimot yarata olmagan boʻlsalarda, Evolyutsion
taʼlimot oʻrganadigan asosiy muammolarni koʻrsatib berishdi. Bu muammolar organizmlar
tuzilishi va xilma xilligi, turlar oʻrtasidagi oʻxshashlik va tafovutlar, tiriklikning progressiv
evolyutsiyasi bilan bir qatorda turli tuzilish darajasiga ega boʻlgan organizmlarning yashab
kelayotganligi; ayrim turlar va guruhlarning qirilib ketishi sabablarini aniqlashdan iborat. Bu
muammolarning tushunib olinishi va ilm-fanning rivojlanishi Evolyutsion taʼlimotning yangi tarixiy
davri — evolyutsiyaning dastlabki konsepsiyalari shakllanishiga zamin tayyorladi. Bu
konsepsiyaning birinchisini J.ʼ.Lamark yaratdi (1809). Keyinchalik lamarkizm deb atalgan
konsepsiyada ham progressiv rivojlanish va moslanuvchanlikka organizmlarning oldindan
belgilab berilgan xususiyati sifatida teologik va metafizik nuqtai nazardan qaraladi. Ch.Darvin
yaratgan evolyutsiya nazariyasi (1859) Evolyutsion taʼlimot uchun ilmiy zamin boʻldi. Darvin
organizmlar evolyutsiyasining harakatlantiruvchi kuchlari — yashash uchun kurash va undan kelib
chiqadigan tabiiy tanlanish ekanligini koʻrsatish orqali birinchi boʻlib Evolyutsion taʼlimotning
asosiy muammolarini ilmiy nuqtai nazardan hal etdi. Darvinizmning paydo boʻlishi bilan bir vaqtda
uning dushmanlari — idealistik va teologik konsepsiyalar tarafdorlari 20-asrning 2-yarmida
lamarkizmning ayrim aqidalarini yana qaytadan tiklashdi (qarang
Neolamarkizm
). Ammo yangi
dalillar toʻplanishi tufayli darvinizm tobora keng yoyilib, deyarli barcha ilm ahillari tomonidan tan
olindi.
Evolyutsion taʼlimotning Ch.Darvindan keyingi rivojlanishi evolyutsiya mexanizmlari va
qonuniyatlarini taxlil qilishdan iborat boʻldi. Zamonaviy nuqtai nazardan mutatsiya va tabiiy
tanlanish evolyutsiyaning eng asosiy omili hisoblanadi. Bu omillarning birgaliqsagi taʼsiri
evolyutsiya jarayoni amalga oshirilishining asosiy sharti hisoblanadi. Tabiiy tanlanish bevosita
organizmlar fenotipiga taʼsir etadi; natijada ayrim genlar yoki allellar emas, balki muayyan
reaksiya meʼyoriga ega boʻlgan bir butun genotiplar tanlanadi. Evolyutsiyaning elementar birligi
populyatsiyalar hisoblanadi. Genetik jihatdan evolyutsiya populyatsiya genofondining muayyan
yoʻnalishda oʻzgarishi (mikroevolyutsiya) dan iborat. Tashqi muhit sharoiti oʻzgarishi xususiyatiga
qarab populyatsiyaga harakatlantiruvchi, turgʻunlashtiruvchi yoki dizruptiv tanlanish taʼsir
koʻrsatishi mumkin. Tanlanish tur individlar ontogenezining (qarang
Ontogenez
) hamma davrida
ham taʼsir etishi mumkin; filogenez ontogenozning genetik qatorlaridan iborat.
Makroevolyutsiya — turdan yuqori guruhlar ichida kechadigan mikroevolyutsion jarayonlar
integratsiyasidan iborat evolyutsion jarayon. Makroevolyutsiyada filogenezning umumiy
qonuniyatlari va yoʻnalishlari namoyon boʻladi. Organizmlar muayyan guruhlari evolyutsion
oʻzgarishlarining yoʻnalishlari tabiiy tanlanish bilan bir qatorda muayyan turning tuzilishi (genetik
sistemasi, ontogenezi va fenotipi) xususiyatlari bilan bogʻliq boʻlgan evolyutsion cheklanish va
taqiqlar orqali ham belgilanadi.
20-asrning 30- yillarida shakllangan mikro va makroevolyutsiya toʻgʻrisidagi tasavvurlar
evolyutsiyaning sintetik nazariyasi deyiladi. Zamonaviy Evolyutsion taʼlimot fan sifatida
evolyutsion qarashlarning rivojlanishi, har xil yangi evolyutsion farazlar va konsepsiyalar
(jumladan, tabiiy tanlanishni evolyutsiyaning bosh omili sifatida tan olmaydigan konsepsiyalar)ni
oʻz ichiga oladi. Hozirgi Evolyutsion taʼlimot oʻz taraqqiyotining yangi davriga qadam qoʻydi. Bu
davrning asosiy vazifasi evolyutsion jarayonlar mexanizmini ochish orqali organizmlarning
evolyutsion oʻzgarishini oldindan aytib berish va ana shu asosda evolyutsiya jarayonini
boshqarishdan iborat (yana q.
Darvinizm
,
Progress
).
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Soʻnggi tahrir 1 oy avval
37.110.210.34
tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Evolyutsion_ta
ʼ
limot&oldid=
2440139
" dan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |