Fiziologik mezon. Bunda bir turga kiruvchi individlarda hayotiy jarayonlar, ayniqsa, ko'payishi o'xshash bo'ladi. Har xil tur vakillari chatishmaydi, chatishsa ham nasi bermaydi. Turlarning chatishmasligi jin-siy organlar tuzilishidagi farq, ko'payish muddatlarining turlicha bo'lishi va boshqa tafovutlar bilan izohlanadi. Lekin tabiatda ayrim turlar, chunonchi. kanareykalar, terak va tollar, tovushqon turlari o'zaro chatishishi va nasi berishi mumkin. Bu o'z-o'zidan fiziologik mezon ham turlarni bir-biridan farq qilish uchun yetarli emasligidan daiolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |