Populyatsiya genofondining uzoq davom etadigan yo'naltirilgan o'zgarishlari evolutsiyaning boshlang'ich hodisasi deyiladi.
Evolutsiyaning boshlang'ich omillari.
Genlar dreyfi. Populyatsiya genofondidagi genlarning tasodifiy o'zgarishi genlar dreyfi deyiladi.
Tabiatda vaqti-vaqti bilan ro'y berib turadigan tasodifiy o'zgarishlar masalan, yer qimirlashlar, suv toshqinlari, qattiq bo'ronlar o'simlik, hayvon populyatsiyalaridagi organizmlarni ko'plab halok etishi, so'ngra organizmlar sonining qayta tiklanishi tufayli populyatsiya genofondidagi genlarning tasodifan o'zgarishi tabiiy bir holdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |