Eutt fakulteti



Download 80,39 Kb.
bet1/2
Sana20.07.2022
Hajmi80,39 Kb.
#830290
  1   2
Bog'liq
EUTT2

O`ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKASI


ОLIY VA O`RTA MAХSUS TA'LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVЕRSITЕTI

EUTT FAKULTETI
181 - Guruh TALABASI

Avtotransport korxonalarini loyihalash va jihozlash fanidan
ORALIQ NAZORAT ISHI

Bajardi : Kayirbayeva Xurliman


Qabul qildi: Yuldasheva Muhayyo

Urganch - 2022


Avtotransport korxonalari ishlab chiqarish texnik bazasi rivojlanishining shakli va yo'llari

Reja:

1.Avtotransport korxonalarining ishlab chiqarish texnika bazasi.
2. Avtotransport tarmog‘i korxonalarini loyihalash tartibi

ICHTB ning asosiy vazifasi eng kam moddiy mablag‘ va mehnat sarflagan holda avtomobillarning texnik tayyorligini talab darajasida ta’minlashdan iborat.


ICHTB iga quyidagilar kiradi:
- imoratlar (ishlab chiqarish, ma’muriy-maishiy, avtomobillar saqlanadigan yopiq binolar, omborxona va boshqalar)
- inshootlar (jihozlangan ochiq saqlash joylari, korxonadagi yО‘llar, yoqilg‘i saqlash va quyish shahobchalari, suv saqlagichlar),
- kommunikatsiyalar (elektr va aloqa tarmoqlari va boshqalar),
- jihozlar va qurilmalar (ishlab chiqarish mintaqalari va ustaxonalari jihozlari va boshqalar),
- har xil asboblar va boshqalar (asboblar, О‘lchov va hisoblash texnikasi va boshqalar).
ATK larning asosiy ishlab chiqarish fondini avtomobillar sotib olishga va ICHTBni yaratishga sarflangan mablag‘ tashkil etadi. Ularning nisbati xozirgi kunda 60% (avtomobillar narxi) va 40 % (ICHB sarfi)ni tashkil etadi.
ATK ICHBning quyidagi kamchiliklarini keltirish mumkin:
- qurilgan ATKlar yangi avtomobillar parametrlariga tО‘g‘ri kelmasligi mumkin;
- gaz balonli avtomobillarni ishlatish talablarga javob bermaydi;
- texnologik jihozlar bilan ta’minlanganlik darajasi yetarli emas;
- ilmiy-texnik yangiliklar texnik xizmat va joriy ta’mir (TX va JT) jarayoniga yetarlicha tadbiq etilmagan (mexanizatsiya va avtomatlashtirish, tashxislash);
- ishlab chiqarishni boshqarish, ishchi О‘rinlarini va ishlab chiqarish ishchilari mehnatini tashkil qilish past saviyada;
- ishchilarga madaniy-maishiy, tibbiy xizmat kО‘rsatish yetarli emas (xonalar issiq, nam, chang);
- ishlab chiqarish atrof-muhitga salbiy ta’sir etadi (havo tozalagich va suv tindirgichlar yomon ishlaydi);
ATK ICHTBning rivoji yangi qurish va mavjud korxonalarni kengaytirish, qayta qurish va texnik qayta jihozlash orqali amalga oshiriladi.
Loyiha asosida yangi maydonda korxona barpo qilinishi yangi qurilish hisoblanadi.
Mavjud ATKning filiali qurilishi, TX va JT uchun mavjud bino va inshootlarning kengaytirilishi yoki yangi qurilishi, shuningdek mavjud binoga qО‘shimcha xonalar qО‘shib qurilishi korxonani kengaytirish deyiladi.
Mavjud asosiy ishlab chiqarish, ma’muriy-maishiy va texnik bino va inshootlarning eskirgani yoki talabga javob bermagani uchun qisman buzilib, О‘rniga takomillashgan yangi texnologik jarayonlarni tadbiq etish, yangi rusumli avtomobillarga TXK va JT, hamda saqlash uchun yangi binolar qurilishi yoki qО‘shilishi qayta qurilish deb ataladi.
Ilg‘or texnologik jarayonlarni, jihozlarni, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish majmuasi vositalarini, elektron-hisoblash texnikalarini tadbiq etish natijasida ICHTNning samaradorligini oshirish-korxonani texnik qayta jihozlash deyiladi.

Avtotransport tarmog‘i korxonalarini loyihalash tartibi


Ishlab turgan korxonalar kerak bо‘lgan xajmdagi tashish ishlarini bajara olmagan xolda yangi avtotransport korxonasi loyixalanadi va qayta quriladi. Ishlab turgan korxonani takomillashtirish loyixasi undagi avtomobillar soni keskin о‘sganda yoki turi almashtirilganda, ishlab-chiqarish texnik bazasi talabga javob bera olmagan holda, yangi texnika va texnologiya joriy qilingan hollarda amalga oshiriladi. Aksincha, ICHTBdan samarali foydalanish maqsadida raqobatga bardosh bera olmaydigan ishlab chiqarish birlashmalari, avtokombinatlar, katta avtokorxonalar uchun qayta qurish loyixalari amalga oshirilishi mumkin.
ATK loyixasi mukammal qurilish bо‘yicha qо‘yiladigan barcha zamonaviy talablarga javob berishi kerak. ATK lar sanoat korxonalarini loyihalashning umumiy qoidalari asosida, bir yoki ikki bosqichda loyihalanadi. Ikki bosqichli loyihalash texnik loyiha va ishchi chizmalardan iborat. Bir bosqichli loyihalashda ular birlashtiriladi.
Loyihalashning ikkala bosqichidan oldin obyektni loyihalash topshirig‘i tuziladi.
Topshiriqda loyihalashda kerak bО‘ladigan barcha asosiy ma’lumotlar keltiriladi:

  • loyihalash uchun asos (qaror yoki buyruq),

  • qurilish uchastkasi, rayoni,

  • korxonaning vazifasi, ish tartibi,

  • xizmat kО‘rsatiladigan obyekt, trassa va rayonlar,

  • korxonaning kengayish imkoniyati va qurilish navbati,

  • taxminiy sarflanadigan mablag‘ va qurilish muddatlari,

  • bО‘lg‘usi korxonaning taxminiy kО‘rsatkichlari,

  • ishlatilishi mumkin bО‘lgan andozaviy loyihalar,

  • korxonani suv, issiqlik, gaz, elektr-energiya bilan ta’minlash manbaalari va boshqalar.

Loyihalash topshirig‘iga qurilish obyektining texnik-iqtisodiy asoslanishi, ajratilgan yer uchastkasining qurilish pasporti ilova qilinadi.
Texnik loyiha tasdiqlangan loyihalash topshirig‘i asosida bajariladi.
U quyidagi qismlardan iborat: umumiy, texnologik, qurilish, sanitariya-texnika, energetika, smeta, iqtisod.
Loyihaning texnologik va iqtisodiy qismlari avtoransport korxonalari uchun О‘ziga xos xususiyatga ega, boshqa qismlari esa, hamma qurilish tarmoqlarini loyihalash qismlariga О‘xshash bО‘ladi.
Loyihaning texnologik qismi hisoblash-tushuntirish xatidan, korxona bosh rejasi sxemasidan va asosiy texnologik jihozlarni rejalashtirishdan iborat bО‘ladi. Hisoblash-tushuntirish xati quyidagilarni О‘z ichiga oladi:
-Loyihalash uchun topshiriq (loyihalanayotgan korxona vazifasi, tuzilishi, ish tartibi, harakatdagi tarkib tasnifi, ishlatish tartibi, asosiy texnologik jarayon tavsifi va uni hisoblash meyorlari va boshqalar);
-TX va T bО‘yicha ishlab chiqarish dasturining, ishchilar sonining, texnologik jihozlarning, ishlab chiqarish va omborxonalar yuzasining hisoblari;

  • Mintaqa va ustaxonalarni rejalashtirish;

  • Texnologik yechimning texnik iqtisodiy kО‘rsatkichlari;

  • Loyihaning boshqa qismlarini hisoblash uchun ma’lumot, toshiriq va boshqalar.

Texnik loyihaning bosh reja sxemasida korxonaning uchastkada О‘rnashishi, binolarning joylashuvi, hududda avtomobillarning harakat chizmasi kО‘rsatiladi.

Xulosa
Avtomobil transporti korxonalarining ishlab chiqarish texnika bazalari
harakatdagi tarkibning ishlash qobiliyatini va uning kafolatli isonchliligini
ta’minlashga smenalar oralig’ida saqlash, kunlik xizmat ko’rsatish, texnik servis va
joriy ta’mirlash ishlarini bajarishga mo’ljallangan. ATKning ishlab chiqarish
fondlaridan yanada samarali foydalanish masalasini hal etish uchun uning texnika
bazasi elementlarining quvvati va katta-kichikligi haqida tushunchaga ega bo’lishi
kerak. ATKning va elementlarining katta-kichikligi asosan xizmat ko’rsatilayotgan
avtomobillar.soni.bilan.belgilanadi.
ATKning ishlab chiqarish-texnik bazasi (IChTB) vaqt o’tishi bilan zamon
talablariga mos kelmay qolish holatlari yuzaga keladi. Hususan, hozirgi kunda
mamalakatimizda gazballonli avtomobillarni keng miqyosda ekspluatatsiya
qilinmoqda, lekin ATKlarning texnik bazasi elementlari gazballonli avtomobillarning ekspluatatsiyasiga moslashmagan bo’lib, avtomobillar, ularning agregatlari,tizimlari
va uzellari konstruksiyasiga xizmat va ta’mir texnologik jarayonini tashkil etish
muammolari mavjud bo’lib, bunda ishlab chiqarish ustaxonalarini ishchi postlarni
modernizatsiyalashni, yangi texnologik jihozlar bilan jihozlashni taqozo etadi.
Avtotransport tarmog’i korxonalarining muhandis-texnika inshootlari va
texnologik jihozlari asosiy ishlab chiqarish-texnik bazasining tarkibiy qismi bo'lib,
avtomobillarga texnik servis va ta'mirlashning samaradorligi va sifatini oshirish,
hodimlarga qulay ish muhitlarini yaratish, atrof-muhitni muhofaza qilish va
resurslarni.saqlashni.ta’minlaydi.



Download 80,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish