Nominalizm quldorlik tizimi davridagi faylasuflar ta’limotida yuzaga kelgan bo‘lib, bu ilk nominalizmdir. Birinchi nominalistlar tanga tarkibini buzish (tanganing og‘irlik miqdorini kamaytirish)ni ko‘rko‘rona madh etuvchilar bo‘lganlar. Yemirilib ketgan tangalarni teng qiymatli tangalar bilan muomalada bir xilda yurganligiga asoslanib, ular pulning metall miqdori emas, balki nominali muhimdir deb da’vo qilib chiqdilar. Nominal pul nazariyasi xususidagi dastlabki qarashlarni quldorchilik, keyinchalik feodal tuzumi sharoitidagi qadimgi faylasuflar ta’limotlarida kuzatish mumkin. Pulning nominal nazariyasi XVII – XVIII asrlarda, muomalaga haqiqiy bo‘lmagan metall pullar kiritilgan davrda shakllangan. Dastlabki nominal pul nazariyasining asosini qog‘oz pullar emas, balki haqiqiy bo‘lmagan tanga monetalar tashkil etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |