Bajardi:RustamovaSh. Xakimova Sh. Rixsiboyeva M. Qabul qildi:Isayeva M. reja: - Individ va etnik guruh ta’siri
- Shaxs va Ijtimoiy ta’sir
Dunyoga kelgan go'dak ma’lum yoshga qadar individ hisoblanadi. «Individ» lotincha «individium» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «bolinmas», «alohida», yagona» ma’nolarini anglatadi. Individ bilogik turga kiruvchi alohida tirik Mavjudotdir.Shaxsning shakilanishida harakat o‘ziga xos omil sanaladi. Go‘dak (chaqaloq) ham turli harakatlarni bajaradi. Biroq, bu harakatlar keyinchalik reflekslar bo‘Iib, ongli ravishda emas, balki shartsiz va shartli qo‘zg‘atuvchilarga javob tarzida yuz beradi. Go‘dakda nutqning hosil bo’lishi, shuningdek, uning tomonidan tashkil etilayotgan harakatlar ongli ravishda sodir bo‘la boshlashi va albatta, ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtirokining ro‘y berishi shaxs hakllanishining dastlabki bosqichi hisoblanadi.Shaxs deganda, muayyan jamiyatning a’zosi tushuniladi. Individuallik (lot. individuum — boʻlinmas) — muayyan narsa va hodi-sa, shaxs va jonivorning oʻzigagina xos, betakror, xususiy belgilar. Belgi sifatlarining oʻziga xosligi bilan Individuallik umumiylikka qaramaqarshi qoʻyiladi. Dastlab, Individuallik antik davrda atokli yunon faylasuflari Levkipp va Demokrit tomonidan muayyan shakl va mazmunga, yaʼni oʻziga xos belgilarga ega boʻlgan narsa va hodisalarga, jumladan, atom yoki individ (yaʼni, boʻlinmas) kabilarga xos xususiyatlarni aniqlash jarayonida maʼlum boʻlgan. Qad. Rim faylasufi Seneka Individuallik tushunchasini yanada takomillashtiradi. Individuallik oʻziga xos xususiyatlarni va mazmunini yoʻqotmay turib, boshqa boʻlaklarga boʻlinmaydigan aniq bir narsa (mavjudot) ekanligini eʼtirof etgan. Oʻrta asrlar falsafasida Individuallik inson shaxsi tushunchasini ifodalagan. 17- a. da Individuallik bilan bogʻliq fikrmulohazalar nemis faylasufi Leybnits taʼlimotida atroflicha rivojlantiriladi. Individuallik nemis adibi I. V. Gyote ijodida ham oʻz ifodasini topdi. Individuallik romantizm dunyoqarashi uchun ham xos xususiyatdir. Shaxs psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xattiharakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulqatvor va dunyoqarashga ega bо‘lgan ijtimoiy mavjudot Shaxsning yosh xususiyatlari muayyan bir yosh davriga xos bо‘lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar Shaxsning individual xususiyatlari shaxsning yо‘nalganligi, qiziqishlari, xarakteri, uni boshqalardan ajratib turadigan aqliy kamoloti va faoliyatining о‘ziga xos, barqaror, muhim xususiyatlari Faoliyat ijtimoiy hayotni maqsadga muvofiq tashkil etish yо‘lida shaxs tomonidan amalga oshirilayotgan kundalik va kasbiy xatti-harakatlarning muayyan shakli Rivojlanish mohiyatan oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga о‘tish, yangilanish, yangining paydo bо‘lishi, eskining yо‘qolib borishi, miqdor о‘zgarishining sifat о‘zgarishiga о‘tishini ifodalaydi Etniklik - bu fanda keng qo'llaniladigan, o'ziga xoslikning madaniy jihatdan ajralib turadigan (etnik) guruhlari va shakllari mavjudligini ko'rsatuvchi toifadir. Rossiyalik ijtimoiy fanda etnos atamasi har xil tarixiy va evolyutsion tipdagi etnik jamoalar (xalqlar) haqida gap ketganda barcha hollarda kengroq qo'llaniladi. Etnos tushunchasi bir xil, funktsional va statik xususiyatlarning mavjudligini nazarda tutadi, ular guruhni boshqalarga o'xshash xususiyatlar to'plamidan ajratib turadi. Etnosning umume'tirof etilgan ta'rifi mavjud emas, ammo uning "etnosotsial organizm" (Y.V. Bromley) yoki "biososial organizm" (L.N. Gumilev) kabi ta'riflari ustunlik qiladi "Etnos" tushunchasi muayyan miqdordagi umumiy subyektiv yoki ob'ektiv xususiyatlarga ega bo'lgan tarixan barpo etilgan barqaror odamlar to'plamini o'z ichiga oladi. Ushbu xususiyatlarga etnograflar, kelib chiqishi, tili, madaniy va iqtisodiy xususiyatlari, mentaliteti va o'ziga xosligi, fenotipik va genotipik ma'lumotlar, shuningdek uzoq vaqt istiqomat qiladigan hudud kiradi. "Etnos" so'zi bor grek ildizlari va tom ma'noda "odamlar" deb tarjima qilingan. Rus tilida "millat" so'zi ushbu ta'rifning sinonimi deb qaralishi mumkin. "Etnos" atamasi ilmiy terminologiyaga 1923 yilda rus olimi S.M. Shirokogorov. U bu so'zning birinchi ta'rifini berdi. E’tiboringiz uchun rahmat!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |