Etnologiya uzb



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/86
Sana12.03.2022
Hajmi0,82 Mb.
#491973
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   86
Bog'liq
etnologiya

Etnik qiyofasi- Hozirgi Afrika xalqlarining etnogenezi uning tarixini bilmaguncha twg`ri 
tasavvur qilish mumkin emas. Ayrim afrikashunoslar qit`aning mustahkam tarixiy taraqqiyotini 


111 
inkor qiladilar, mahalliy aholi mustamlaka davrigacha ijtimoiy taraqqiyotga noqobil bwlgan deb 
aytadilar. Ba`zilar Afrika tarixini faqat tashqaridan kelgan bir qancha twlqindan iborat madaniyat 
hisoblab, shuning uchun mahalliy xalqlar umuman turg`unlikka hukm qilingan, deb ta`riflaydilar. 
Ammo ularning aksi wlaroq, Stenford universiteti olimlari tomonidan aniqlangan odam 
gnomi afrikalik ekanligi va umuman bashariyat qora qit`adan er yuziga tarqalganligi bu 
munosabatlarni keskin, qarama-qarshi qutbga wzgartirib yubordi. 
Qolavesa, swnggi yillarda qilingan arxeologik kashfiyotlar Afrika tarixining uzoq wtmishiga 
oid katta bir davrni oydinlashtirib berdi. Avvaliga Janubiy va Sharqiy Afrikada avstralopiteklar 
yashaganligi aniqlanib, qit`a qadimiy odamning vatani ekanligi tasdiqlandi. Ilk paleolit davriga oid 
ibtidoiy makonlar Luis Liki va keyinchalik uning wg`li tomonidan Tanzaniyada Olduvay jarligida 
topilganligi. Efopiyada Chad va Rudolf kwllari atrofida, Janubiy Afrikada 60-yillardan keyin 
qilingan kashfiyotlar Afrika qit`asida eramizdan avvalgi X ming yilliklardan boshlab yuksak 
adaniyat yaratilganligini isbotlab berdi. Olduvay, Stellenbosh va boshqa madaniyatlar antropologik 
ma`lumotlar bilan birga, qit`aning sharqiy va janubiy qismida qadimiy tosh davrida keng hududda 
ancha takomillashgan tosh qurollar yaratgan va qoyalarga har xil rasmlar yasagan kwp sonli aholi 
yashaganligini aniq tasdiqlagan edi. 
Neolit davriga kelib (taxminan eramizdan avvalgi V-I ming yilliklar) Shimoliy va Markaziy 
Misrda, Sudanda, Saxara markazida, Sharqiy Afrikaning ba`zi hududlarida, senegal va Kongo 
vohalarida, hozirgi Nigeriya hududida yangi xwjalik faoliyati, ya`ni dehqonchilik va chorvachilik 
shakllanib wrtoq holatga kwchish rwy beradi. Mezolit va neolit davrida hozirgi tillar ham asosan, 
shakllanib tugagan. 
Misrliklar qwshni elatlar twg`risida muhim ma`lumotlar qoldirgan. Yozma manbalar Nilning 
g`arbiy qismida oq tanli liviya qabilalari, wrta oqimida kush (keyin Nubiya) mamlakatida jigarrang 
tanli kushitlar, yuqori qismida qora tanli nilotlar va janubroqdagi Punt mamlakatidagi negroidlar 
haqida xabar berib, Afrikaning irqiy tuzilishi qadimdan turli ekanligini isbotlaydi. 
Afrika qit`asida miloddan avvalgi III-II ming yilliklarda muhim geologik wzgarishlar rwy 
bergan. Wsha davrda Saxarada qurg`oqchilik paydo bwlib, ulkan hududdan butun elat va xalqlarni 
kwchishga majbur qilgan. Oqibatda Saxaradan janubda Shimoliy Afrika mamlakatlaridan, 
chunonchi, Misrdan farq qiladigan yangi bir wziga xos madaniyat shakllana bolaydi. Nigeriya va 
Benue daryosining shimolida paydo bwlgan nok madaniyati vakillari (miloddan avvalgi IX 
milodning II asrlari) temir va boshqa metallarni ishlab chiqarishni bilgan va dastlabki temir 
qurollarini yasaganlar. 
Temir eritish va undan foydalanish Afrika xalqlarining ijtimoiy taraqqiyotida muhim ro 
wynagan edi. Daryo vodiylaridagi aholi bilan savanna qabilalari orasidagi savdo-sotiqning 
kwpayishi, katta savdo ywllarida va charrahalarida shaharlarning va savdo markazlarning paydo 
bwlishi, shu asosda ijtimoiy mehnat taqsimotining yuzaga kelishi va Saxaraning janubidagi boshqa 
davlatlarning shakllanishiga sezilarli ta`sir wtkazgan edi. 
Milodning VIII-IX asrlariga kelib, tropik Afrikada sinfiy tuzum munosabatlariga asoslangan 
bir necha yirik davlatlar shakllanib XVI asrlargacha rivojlanib kelgan. Shulardan arab sayyohlari, 
mahalliy solnomalar, ilk portugal tadqiqotchilari va juda kwp og`zaki rivoyatlarda tilga olingan 
yirik davlat birikmalari Gana, Mali, Songay, Dagomeya, Xausan shahar-davlatlari, G`arbiy va 
Markaziy Sudandagi Kanem – Bornu, Benin, Gvineya sohilidagi Yuqori davlati, qadimgi Kongo va 
Efiopiya davlatlari, Sharqiy Afrika qirg`og`idagi shahar-davlatlar, afsonaviy Mvena Mutapa 
(Monopotama) podsholigi va Zimbabve davlatlarini sanash mumkin. Ular ancha rivojlangan ishlab 
chiqarish kushlariga ega bwlgan ijtimoiy mulk va yuksak madaniyat yaratganlar. Muayyan 
davrlargacha Afrika davlatlarining eng taraqqiy qilgan qismlari jahon tarixi bilan qodambaqadam, 
teng rivojlanib ijtimoiy taraqqiyotga munosib hissani qwshib kelganlar. Hattoki, qit`a mustamlaka 
qilinganidan keyin ham bu erda XVIII-XIX asrlarda bir necha feodal davlatlar (Fulbe va Tukulyara 


112 
teokratik davlatlari, Ruanda, Buganda, Burundi) va qabilaviy ittifoqlar (zulu, matabele) paydo 
bwlgan edi. 
Demak, Afrika xalqlari qadimiy davrlardan to hozirgacha ijtimoiy taraqqiyotdan chekkada 
qolmay, tadrijiy rivojlanishda bwlganlar. Ammo keyinchalik ijtimoiy-iqtisodiy ancha orqada qolb 
ketishiga mustamlakachilarning zulm va ta`qibga qurilgan siyosati, qul savdosi va quldorlik sabab 
bwlgan. Ayrim mamlakatlarning va elatlarning ibtidoiy va ilk feodalizm darajasida saqlanib 
qolishida boshqa wlkalardagi singari ob`ektiv v sub`ektiv omillar ham ta`sir qilgan. Mustamlaka 
arafasida Afrika xalqlari turli ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasida turganlar, yuksak madaniyat 
yaratgan yirik davlatlar bilan bir qatorda, hali ibtidoiy-jamoa tuzumi munosabatlari kuchli bwlgan 
qabilalar ham mavjud edi. 
Afrika qit`asini mustamlakachilar tomonidan bosib olinishi XV asr oxirlaridan boshlanadi. Bu 
davrda kelgindi evropaliklar bilan mahalliy aholi wrtasida madaniy tafovut uncha sezilmagan. Eng 
fojiali voqealar keyingi asrdan boshlangan. Dastlabki sarmoya jamg`arish natijasida XVI asr 
boshlarida keng miqyosda avj olgan qul savdosi G`arbiy va Janubiy Afrika xalqlarining tarixiy 
taraqqiyotini twxtatibgina qolmay, balki bir necha asrlar orqaga itqitib tashlagan edi. Avval 
portugaliyaliklar, keyin Angliya, Gollandiya va Frantsiya qit`a wlkalarining ochiqdan-ochiq barcha 
boyliklarining yirtqichlarcha talon-taroj qilganlar, og`ir soliqlar solganlar va minglab kishilarni 
zwrlab olib ketib, qul qilib sotganlar. Ayrim wlkalarda, ayniqsa, Gvineya sohillarida, Kongo quyi 
oqimida va Angolada qul savdosi natijasida aholisi kamayib, xwjaligi va siyosiy-iqtisodiy hayoti 
turg`unlik va vayronalikka mahkum qilingan, ba`zi obod wlkalar butunlay xarobaga aylangan. 
Quldorlik tufayli vafot etgan va Amerikaga olib kelingan kishilarning soni 100 mln.dan ortiq 
bwlgan. Qit`adagi mustamlakachiliklarga qarshi urushlar, chiki ziddiyat va kurashlar ham minglab 
afrikaliklarning yostig`ini quritgan va ilgari gullab yotgan qudratli davlatlarning inqirozini 
kuchaytirgan edi. Mazkur hodisalar Afrika xalqlarining Evropadan madaniy jihatdan orqada 
qolishining asosiy sabablaridir. 
Chidab bwlmaydigan jabr-zulm va talon-taroj keltirgan mustamlakachilik siyosatiga qarshi 
ozodlik va mustaqillik uchun kurashga wtgan Afrika xalqlari, ayniqsa, ikkinchi jahon urushidan 
keyin juda katta muvaffaqiyatlarni qwlga kiritib, wz taqdirlarini qwllariga ola boshlagan. Hozir 
qit`aning kwpchilik qismi mustaqil va ozod davlatlardan iborat. 
Afrika qit`asining etnik tuzilishini bir necha tarixiy-madaniy viloyatlarga bwlib wrganiladi. 
Ular keng hududlarda jiylashgan, ammo etnografik jihatdan umumiy birlikka ega bwlgan 
mintaqalardan iborat. Swnggi klassifikatsiyaga asoslanib butun qit`a aholisi tabiiy sharoiti, etnik 
qiyofasi, tarixiy taqdiri va ijtimoiy-iqtisodiy darajasi jihatdan Shimoliy Afrika, G`arbiy va 
Markaziy Afrika, Sharqiy va Janubiy Afrika xalqlariga bwlingan. 

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish