ё
pilgan.
76
Amerika qit`asi- wzining hududi bilan faqat Osiyodan bir oz kichikroq. Uning maydoni
Grendandiya bilan 44,5 mln. km ni tashkil etadi. Atlantik va Tinch okeanlari oralig`ida joylashgan
shimoldan janubga 15,5 ming km uzunlikka chwzilgan bu qit`a aslida ikkita mustaqil quruqlikdan
iborat. Uning 24,3 mln. km. km (Grenlandiyasiz)ga ega bwlgan shimoliy qismi trapetsiya shaklida,
janubiy qismi katta notekis uchburchakka wxshaydi (maydoni 18 mln.km.km.). Amerikaning
shimoldagi keng qismi ekvatordan pastroqda 4,5 ming km kelsa, tor qismi Panama hududida
joylaggan bwlib 100 km ga ham yetmaydi. XX asrda shu erda qazilgan 80 km lik Panama kanali
Tinch va Atlantik okeanlarini bog`lagan muhim xalqaro savdo ywliga aylangan edi.
Kwhna Dune deb nomlangan Evropa, Osiyo va Afrikaga nisbatan Yangi Dunyo deb atalgan
Amerikaning tabiati va iqlimi nihoyatda rang-barang. Tinch okeani sohillari bwylab shimoldan
janubga tomon butun ikki qit`aga chwzilgan Kordiler nomli eng yirik tog` tizmalari Tinch okeanida
rwy berayotgan tektonik jarayon bilan bog`liq. Shuning uchun bu tizmalar seysmik jihatdan notinch
hisoblanadi. Bu erda eng baland tog`liklar va hozirgacha qaynab turgan vulqonlar mavjud.
Qit`aning ichki qismidagi bepoyon tayga, tundra va tropik wrmonlar, cheksiz dagtu biyobon va
preriyalar, katta-kichik kwllar va daryolar inson uchun zarur mahsulotlarni yetkazib beradi.
Amerikaning hayvonot dunyosi khna Evropa va Osiyoga nisbatan bir oq qashshoqroq.
Mustamlakachilar kelguncha bu erda hindilar tomonidan faqat alpaka, lama (mahalliy tuya), kurka
kabi jonivorlar xonakilashtirilgan. Janubiy va Markaziy Amerikaning tropik wrmonlarida burni
keng maymunlar yashaydi.
Wsimlik dunyosi ancha boy va turli-tuman. Qit`aning kwp madaniy wsimliklari –
makaajwxori yoki mais, kartoshka, pomidor, kakao kabilar wzining sifati va kishiga foydaliligi
bilan ajralib turadi. Amerika ba`zi foydali wsimliklarning vatani ham hisoblanadi. Uning bag`ridagi
xilma-xil qazilma boyliklar hozirgi ilmiy-texnik taraqqiyotiga juda qwl kelgan.
Amerikadagi nasroniy aholi soni 1980-yilda 600 millionga yetdi. Shundan 250 millionga
yaqini Shimoliy Amerikada, 350 millioni Lotin Amerikasida yashaydi. Evropaliklar kelishi
arafasida qit`ada turli ijtimoiy taraqqiyot pog`onasida turgan wzaro yaqin qarindosh qindi
qabilalari, elatlar va xalqlar yashagan. Ularning kwpchiligi Meksikaning janubiy qismi, Markaziy
Amerika va And tog`larida joylashgan bwlib, yuksak dehqonchilik madaniyati yaratgan, yuqori
ijtimoiy-iqtisodiy darajaga kwtarilgan xalqlarning avlodlari hisoblanadi. Shimoliy va Janubiy
Amerikaning juda katta hududida tarqoq holda joylashgan kamsonli mayda qabilalar terimchilik,
ovchilik va baliqchilik bilan shug`ullanib, ibtidoiy-jamoa tuzumidan yuqori kwtarilmagan.
Amerikaning kashf etilishi arafasida hindilar bir necha wn million bwlsa, uning shimoliy qismida
(Meksikasiz) tub aholi soni 10 mln. ga ham yetmagan edi.
Hindilarning kelib chiqishi uzoq vaqtgacha fanda sir bwlib, turli faraz va mulohazalarni
yuzaga keltirgan. Ayrim olimlar Amerika aholisi avtoxton, ya`ni shu erda paydo bwlgan, degan
fikrni yoqlab chiqqanlar. Ammo Amerikaga odamlarning Osiyodan kelganligi, uning shimoldan
janubga tomon asta-sekin kwchib tarqalganligi tasdiqlangan. Bu kwchish Bering bwg`ozi
bwlmagan Osiyo va Amerika qit`asi qwshilgan bir davrda rwy bergan. Swnggi 20 yil ichida
qilingan kashfiyotlarga tayanib, olimlarning kwpchiligi bu erda odam 30-25 ming yillar muqaddam
paydo bwlgan degan fikrga kelganlar. Atoqli antropolog L.Liki Amerikaga dastlab osiyoliklar hatto
50-100 ming yillar ilgari kela boshlagan, degan fikrni aytmoqda. Kwpchilik olimlar Janubiy
Amerikaga esa odamlar dastlab 17-11 ming yillar ilgari kelgan, degan fikrni quvvatlashadi.
Tub amerikaliklarning ajdodlari butun qit`ada Shimoliy Alyakadan janubdagi olovli Ergacha
osiyoliklar ekanligini arxeologik dalillardan tashqari antropologiya tuzilishlari ham tasdiqlaydi.
Ularning hammasi mongoloid irqiga oid bwlib, badanini kam tukliligi, qora kwzliligi, keng yalpoq
yuzliligi va yonoq suyagining chiqqanligi bilan umumiy wziga xos tipni paydo qilgan. Ammo
hindilar osiyo mongoloidlaridan balan bwyligi, burgutsimon burni, epikantus (kwz qiyachig`i)ning
kamligi va uzunchoqroq yuzi bilan ajralib turadi. Ular balki, ayrim olimlarning fikricha, wzlarining
osiyolik ajdodlarining antropologik tuzilishi saqlab qolgandir. Hindilardan Shimoliy Amerika va
Grenlandiyaga tarqalgan aleut-eskimoslar ancha ajralib turadi. Ularda mongoloid belgilari juda
77
kuchli va hozirgi shimoli-sharqiy osiyoliklarga ancha yaqin. Demak, aleut-eskimoslar Amerikaga
kelgan aholining eng oxirgi oqimi bilan bog`liq.
Qolgan barcha hindilar bir necha asrlar va hatto yillar davomida asta-sekin shimoldan janubga
va keyin qit`aning ichki hududiga tarqalgan hamda turli elat va xalqlarning shakllanishiga asos
bwlgan. Ba`zi umumiy belgilariga qarab ularni odatda uch katta guruhga: shimoliy amerikalik,
markaziy amerikalik va janubiy amerikaliklarga bwladilar. Ular wzaro faqat bwyi va badan
terisining rangi bilan farqlanadilar. Shimoliy Amerika hindilari bwyining balandligi, kwzining
twg`ri qiyig`i va burgutsimon burni bilan ajralib turadi.
Markaziy va janubiy amerikalik hindilar eng qadimiy irqiy belgilarini saqlab qolganlar,
odatda ular past bwyli, ochiq jigarrang badanga ega. Badiiy adabiyotda, ayniqsa, F.Kuper
asarlarida, hindilarni “qiziltanlilar” deb ham ataydilar. Amerika tub joy aholisining tillari kam
wrganilgan. Ammo ular juda kwp mayda til guruhlariga bwlinib ketgan. Olimlarning aniqlashiga
karaganda, bu erda hindilarning taxminan ikki mingdan ortiq tillari mavjud bwlib, ularni 110 ta til
oilasiga bwlish mumkin. Wz navbatida mazkur tillar oilasi beshta eng yirik til guruhlariga
biriktirilgan; makrokarib, makroaravak, makrokechua, makromayya va bask-dene. Balki bu
klassifikatsiya hindilarning kwchib kelish jarayonini, ya`ni migratsion twlqinni aks ettirishi ham
mumkin. Bulardan tashqari wziga xos xususiyatga ega bwlgan yana uchta til turkumiga biriktirilgan
tarqoq qabilalar borki, ular Janubiy Amerikada joylashgan bwlib, eng dastlabki migratsiya bilan
bog`liqdir.
Swnggi davrlargacha kwpchilik qabul qilgan klassifikatsiya asosida mahalliy tillar 20 ga
yaqin til oilalariga biriktirilgan.
Hozirgi davrda hindi tillarining asosiy qismi ayrim mamlakatlarning davlat tillari tomonidan
siqib chiqarilgan yoki siqib chiqarish arafasida. Faqat eng yirik til oilalari – kechua, aymara, mayya
va ularga yaqin tillar wz mavqeini saqlab qolganlar. Bu tillarda Peru va Voliviyada hatto maktablar
va adabiyot mavjuddir. 1975-yil 27-iyunda birinchi marta Amerika qit`asida Peru hokimiyati
kechua tilini davlat tili deb e`lon qildi. paragvayda ispan tilini yengib wtib, mavqeini tiklagan
guarani tilida adabiyot va matbuot mavjud bwlib, radioeshittirishlar tayyorlanadi.
Evropa mustamlakasi, ayniqsa, XVI asr boshlaridan ispan va portugallarning kela boshlashi,
Amerika qit`asidagi tub aholining taqdirida muhim rol wynadi. Mazkur voqea qisqa muddat ichida
hindilarning lingvistik, antropologik va etnik qiyofasida jiddiy wzgarishlarga olib keldi. Ammo eng
katta fojia shundan iborat ediki, hindilarning juda kwp qismi yo jismoniy qirilgan, yo og`ir mehnat
tufayli, yo Evropaliklar olib kelgan kasalliklardan qurbon bwlgan. Dastab, Vest-Indiyaning tub
aholisi bu fojiani boshidan kechirgan, ularning kwpchiligi XVI asrning birinchi yarmidayoq qirilib
ketishgan.
Amerika qit`asiga Evropaliklarning qachon kelganlig aniq emas. Ayrim olimlarning fikricha,
bepoyon okean suvlari bilan har tomondan yuvilib turgan bu qit`aga Kwhna dunyodan kishilar bir
necha ming yillar muqaddam kelib turgan. Bunday Xeerdalning «Ra» nomli papirus kemasida
wtkazgan ekspeditsiyasi ham tasdiqlaydi. Taxminan ming yillar muqaddam Amerikaning shimoli-
sharqiy sohillarida va Grenlandiyada normannlarning yashaganligi («Vinland») aniqlangan.
Asli Amerikani mustamlaka qilishni ispan hokimiyati xizmatidagi geniyalik Xristofor
Klumbning 1492-yil 12-oktyabrdagi kashfiyoti bilan bog`liq edi. Wsha kuni buyuk sayyoh
Hindistonga g`arbiy ywl axtarib Karib dengizidagi Bagam arxipelagiga yetib kelib, uni G`arbiy
Hindiston (Vest-Indiya) deb wylagan. Juda qiyinchiliklar bilan kashf etilgan wlkani Salvador
(ispancha «xaloskor») deb atagan. Kolumb keyinroq bir necha marta Venesuela, Gonduras va
panama sohillariga kelgan bwlsa-da, bu erlarni xindlarniki, degan fikrini wzgartirmadi. Ammo
uning ayrim zamondoshlari yangi kashf etilgan erlar Osiyo emasligini tez aniqlab oldilar.
Ayniqsa, bu masalaga wtkir qalam sohibi, iste`dodli florentsiyalik, ispan qiroli xizmatida
bwlgan sarkarda Amerigo Vesrpuchi muhim aniqlik kiritgan edi. U ham 1497-yildan keyin bir
necha marta yangi qit`aga kelgan ekspeditsiyaga bosh bwlgan. Vespuchi 1501-1502-yillardagi
sayohatidan keyin: «Bu wlkani Yangi Dunyo deb atash lozim ... Chunki bizning ajdodlarimiz bu
erlar twg`risida tasavvurga ega bwlmaganlar». Uning mashhur xatlarni wqigan atoqli geograf va
kartograf Martin Valdgemyuller wzining 1507-yilda chiqqan «Kosmografiyaga kirish» nomli
78
asarida yangi ochilgan dunyo qismini «Amerigo yoki Amerika mamlakati», deb atashni hech kim
man qilmaydi, deb yozgan edi. Shunday qilib, Kolumb kashf etgan yangi qit`a keyingi sayyoh nomi
bilan tarixga kiradi.
XVI asr boshlarida ispan istilochilari Shimoliy Amerikaning janubiy qismini bosib oladilar.
Yangi dunyoning afsonaviy boyliklari twg`risida turli hikoyalarni eshitib, sayyohlar ortidan kelgan
ispan konkistadorlari ayovsiz qirib talon-taroj qilganlar. Ayniqsa, 1519-yilda Ernando Kortes
yurishlari natijasida hozirgi Meksikada atsteklar davlati bosib olinadi. 14 yil keyinroq Fransisko
Pisarro boshchiligida ispan lashkarlari hozirgi Peru, Boliviya va Ekvador erlaridagi davlatlarni
wzlariga bwychundiradilar.
Ispanlar ortidan boylik axtarib portugallar, inglizlar, frantsuzlar va gollanlar kela boshlaydilar
va Yangi Dunyoni bwlib mustamlakaga aylantiradilar. Oqibatda Shimoliy Amerika Rio-Grande
daryosining shimolidan ingliz va frantsuzlar qwliga, Meksika, Markaziy va Janubiy Amerika
ispanlar va portugallarning qwliga wtadi. Vest-Indiya orollarini ispan, ingliz, frantsuz va golland
istilochilari wzaro bwlib olishgan. Hatto Daniya ham bir qismini egallagan. Oqibatda, hindilar
serunum erlaridan mahrum bwlib, bir qismi esa qirilgan. Ispaniya va Portugaliya qirollari, yirik
feodallari va cherkovlarning xazinalari boylikka twlib ketgan. Ayrim ma`lumotlarga qaraganda,
qisqa muddat ichida XVI asrning birinchi yarmi davomida 15 million hindilar qirib tashlangan.
Vaholanki, mustamlakachilar kelish arafasida Yangi Dunyoda tub aholi, ya`ni hindilar soni 90-100
million kishiga etgan. Agar hozirgi AQSh hududida avvallari 400 qabiladan iborat 2-3 millionga
yaqin hindilar yashagan bwlsa, XX asr boshlariga kelib Amerika Qwshma Shtatlarida 200 mingga
yaqin hindilar qolgan, xolos. Hozir Lotin Amerikasida hindilar aholining 15%ni tashkil qiladi.
XVI asrning oxirlarida portugaliyaliklar qul «ovlash» niyatida Janubiy Amerikaning ichki
qismiga yurishlar wtkazib, bir necha ming hindilarning yostig`ini quritganlar. Shu davrdan boshlab
Amerika, Evropa tarixida eng fojiali va dahshatli sahifalar boshlandi. Boy plantatorlar qirilgan
hindilar wrniga ishchi kishiga muhtoj bwlib qwshimcha qul olib kelishga majbur bwladilar. XVI
asrning birinchi chorag`idayoq Vest-Indiya va Braziliyaga Afrikadan zwrlab minglab negrlarni
keltira boshlaydilar. Wsha davrda Afrika negrlariga chinakam ov boshlanadi. Kuch bilan bosib olib
keliingan bir necha ming qora tanlilar halok bwlib ketgan. Negr qullarni zwrlab keltirish to XIX asr
boshlarigacha davom etgan. Afrikadan keltirilgan qullarning umumiy soni haligacha ma`lum emas.
Ba`zi ma`lumotlarga qaraganda, faqat Braziliyaga qullikka Afrikaning asosan, g`arbiy qismidan 10
millionga yaqin negr keltirilgan. Hozirgi AQShda 25 millionga yaqin negr yashaydi. Amerikaning
ayrim mamalkatlarida (asosan, Vest-Indiya orollarida) negrlar hatto aholining kwpchilik qismini
tashkil qiladi.
Wtgan asrning wrtalariga kelib Amerika qit`asining etnik qiyofasi ancha wzgarib ketgan.
Shimoliy Amerika aholisining asosiy qismi Shimoliy-G`arbiy Evropadan dastlab Britaniya
orollaridan kelgan elatlardan iborat ediyu Meksikada va butun Janubits amerikada ispanlar,
Braziliyada portugallar hekmron etnoslar bwlib, hozirgi davrda 200 milliondan ortiq kishi ispan
tilida gapiradilar. Butun Amerikada ingliz tilida gapiradigan aholi soni ham shuncha. Frantsuz tilini
15 million, italyan tilini 8 million kishi wz ona tili deb hisoblaydi.
Shunday qilib, mustamlaka qilingan Amerika qit`asining tub aholisi bir necha asrlar davomida
qirilib, kelgindi elatlar bilan aralashib juda kamayib ketgan va yangi etnoslar paydo bwlgan. 1775-
1783-yillardagi mustaqillik uchun kurashdan swng tashkil topgan AQSh Shimoliy Amerikaning
ancha qismini bosib olib katta hududda wz hwkmronligini wrnatadi. Hozirgi davrda butun AQSh
va Kanadada hindilar aholining 0,5 foizini 0,5 foizini hosil qiladi, xolos.
Odatda Amerika xalqlarini wrganish muqaddimasi ularni xwjalik-madaniy mintaqa yoki
tiplarga bwlib klassifikatsiyasi tamoyiliga asoslanadi. Bu tamoyil asosan, tabiiy sharoitga
moslashgan xwjalik va maishiy turmush xususiyatlari bilan belgilanadi. Ammo biz Amerika tub
aholisini asosan, uch qismga Shimoliy, Markaziy va Janubiy Amerikaga bwlib ta`riflaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |