Etnologiya uzb



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/86
Sana12.03.2022
Hajmi0,82 Mb.
#491973
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   86
Bog'liq
etnologiya

Antropologik jihatdan hozirgi xalqlar swnggi ilmiy klassifikatsiya asosida twrt katta irqqa 
bwlinadi: negroid (afrikan), yevropoid (evroosiyo), mongoloid (osiyo-amerika) va avstraloid 
(okeaniya) katta irqlari. Negroidlarning soni wtgan asr swngidagi ma`lumotlari bwyicha butun 
dunyoda 250 milliondan ortiq (negrlar, negrilli, bushmen va gottenotlar); negroid va evropoid 
aralashishidan paydo bwlgan 352,6 millionli irqlar efiop tipi, sudanliklar, mulatlar) ham shularga 
kiradi; eng katta evropoid (evroosiyo) irqi 1 milliard 793,3 million kishidan iborat bwlib, unga 
aralash tiplar (metislar, mulatlar) ham kiradi; mongoloid (osiyo-amerika) katta irqiga oid aholi soni 
704 milliondan ortiq; aralash tiplar 672,2 million, Tinch okean mongoloidlari 664 million kishi, 
Janubiy osiyo guruhi 542,4 million va yaponlar tipi 11 million kishidan iborat; avstraloid 
(okeaniya) katta irqi (veddoidlar, avstraliyaliklar, aynlar, melaneziyaliklar va papuaslar) soni 9,4 
million kishini tashkil qiladi. Irqiy tafovut faqat tashqi jismoniy belgilari bilan aniqlanadi. Har bir 
katta irq ichida mayda guruh va tiplar mavjud. 
Etnoslarning shakllanishida va ularni farqlashda til asosiy rol wynaydi. Til birligiga qarab 
ayrim xalq va elatlar aniqlanibgina qolmay, kwpincha til asosida nom ham beriladi. Lingvistik 
xarakteristika tarixiy-qiyosiy wrganish orqali aniqlanadi. Odatda kelib chiqishi bir bwlgan 
xalqlardan til yaqinligi bwladi. Shu asosda eng katta til oilalari va guruhlari qwyidagicha bwlinadi: 
hin-evropa oilasida 1 mlrd. 861 million kishi gapiradi, shulardan eng katta guruhlari – germanlar 
(403,9 million), romanlar (482 million), hindiylar (595,6 million), slavyanlar (271 million), 
eroniylar (65 million) semit-xamit (afroosiyo) oilasida 147,9 million kishi semit xalqlari; dravid 
oilasi 154,1 million kishidan iborat; Ural oilasiga 23,4 million, oltoy oilasiga 96,9 million, xitoy-
tibet oilasiga 864,7 million, Nigero-kordofa oilasiga 212,6 million, avstroneziya oilasiga 191,3 
million, avstroosiyo oilasiga 64,5 million kishi kiradi. Tillar morfologik (swz tuzilishi) va 
geneologik (kelib chiqishi) yaqinligi asosida farqlanadilar. Geneologik klassifikatsiya Etnologiya 
fani uchun muhim ahamiyatga ega, chunki xalqlarning kelib chiqishi (etnogenezi)ni wrganishda 
katta yordam beradi. 
Jahonda ikki tilli etnoslar ham kam emas, masalan, bir irqdagi Belgiya va Shvetsariya aholisi 
ikki yoki uch tilda swzlashadilar. Bizning mamlakatimizda millati rus bwlmagan aholining yarmida 
kwpi wz ona tilidan tashqari rus tilini ham biladi. Ilgari mustamlaka bwlgan Osiyo va Afrika 
mamlakatlarining deyarli hammasida ikki til – mahalliy va rasmiy davlat tillari mavjud. 
Hindistonda rasmiy hindi tili bilan birga yuzlab boshqa tillar ham bor. Pokistonda – urdu, 
Indoneziyada – baxsa – indoneziya, Filippinda – tagalog, Afrika mamlakatlarining ayrimlarida 
rasmiy ingliz yoki frantsuz tillari bilan bir qatorda mahalliy tillarda ham swzlashiladi. 
Jahonda faqat bir millatdan tashkil topgan davlatlar juda kam chunki siyosiy va etnik 
chegaralar ham doimo twg`ri kelavermaydi. Faqat Evropa va Lotin Amerikasida davlatlarning 
tashkil topgan davri milliy shakllanish davri bilan twg`ri kelganligi tufayli muayyan, yagona 
millatlar siyosiy chegara doirasida yuzaga kelgan. Ammo bu kabi mamlakatlarda ham migratsiya 
va boshqa turli sabablarga kwra ozmi-kwpmi boshqa millat vakillari ham yashaydi. Masalan, 
Yaponiyada mayda millatlardan aynlar, kereyslar, Markaziy va Janubiy Amerikada ispan va 


40 
portugal tilida swzlashuvchi asosiy millatlar (meksikalik, chililik, perulik, braziliyalik va 
hokazo)dan tashqari immigrantlar va hindilar ham mavjud. Ayrim davlatlarda esa wnlab, yuzlab 
turli etnoslar yashaydi (Rossiya, Hindiston, Eron, Afg`oniston, Nigeriya va hokazo). 
Evropaning etnik qiyovasi nihoyatda murakkab. Bu erda asrlar davomida xilma-xil qabila, 
elat va xalqlar paydo bwlib, mahalliy etnoslar bilan aralashib ketgan. Mazkur jarayon uzluksiz 
davom etib kelgan va natijada dastlabki tub aholi twg`risida aniq ma`lumotlar bizgacha etib 
kelmagan. Ularning lingvistik tarixi ham chalkash. U erdagi hozirgi millatlar wz milliy davlatlari 
chegarasi doirasida asosan, wtgan asr wrtalarida shakllangan. 
Evropada yashovchi deyarli yarim milliard aholining kwpchiligi (wndan twqqiz qismi) hind-
evropa til oilasining uchta yirik til turkumi – roman, german va slavyanlardan iborat. Qolgan katta 
qismi grek, kelt va alban til turkumlariga oid va qisman ural til oilasiga kirgan finno-ugor til 
turkumining vakillaridir. Roman til turkumiga janub va g`arbda yasovchi italyanlar, frantsuzlar, 
vallonlar, ispanlar, portugallar, ruminlar iradi. Sharqiy va janubi-sharqiy Evropada slavyan tillarida 
swzlashuvchi chexlar, slovaklar, polyaklar, lujichanlar, bolgarlar, chernogorliklar, xorvatlar, 
«musulmonlar», makedoniyaliklar va bosniyaliklar yashaydi. German tilida swzlashadigan 
avstraliyaliklar, nemislar, gollandlar, flamandlar, shvedlar, norveglar, daniyaliklar, ispanlar, 
inglizlar, lyuksemburgliklar, elzasliklar va qisman Shvetsariyaliklar Markaziy va Shimoliy 
Evropada yashovchilar. Hozir faqat Irlandiyada, qisman Shotlandiyada, Angliya va Frantsiyaning 
Breton yarim orolida qadimgi davrdan keng tarqalgan kelt tilida swzlashadigan elatlarning avlodi 
yashaydi. Eng qadimgi vaqtlardan Pireney yarim orolining shimolida va qisman Frantsiyada 
yashayotgan basklar hech bir til oilasiga kirmaydigan maxsus tilda swzlashadilar. Vengerlar yoki 
madyarlar, finlar, soamlar va loparlar finnougor til oilasiga oid. Bolqon yarim orolida va janubda 
yashovchi turklar, tatarlar va gagauzlar esa turkiy tillarda swzlashuvchi etnik guruhlardir. Faqat 
Malta orolida arab tili saqlanib qolgan. Bir milliondan ortiq evropalik yahudiylar asosan, nemis tili 
shevasida yoki wzlari yashayotgan mamlakatda keng tarqalgan tillarda swzlashadilar. 
Yaponiya, Koreya, Banglashesh va kwpgina arab mamlakatlari milliy birlik jihatdan ajralib 
turadi (asosiy xalq 95 foizini tashkil qiladi). Birma, Vetnam, Iroq, Kampuchiya, Suriya, Turkiya, 
Xitoy, Shri-Lanka aholisining 75 foizi yagona xalqdan iborat. Afg`oniston, Eron, Hindiston, 
Pokiston, Indoneziya, Fizippinlar murakkab kwp millatli mamlakatlarga kiradi. Ayrim xalq va 
elatlar (kurdlar, balujiylar, panjoblar, bengallar) bir necha davlat hududida joylashgan. Ba`zi etnik 
guruhlar hozirgacha ham xalq bwlib shaklanmagan, hatto ularda urug`-qabilachilik munosabatlari 
saqlanib qolgan. 
Osiyoliklarning tillari ham etnik tuzilishi singari nihoyatda xilma-xil va murakkab. Masalan, 
faqat Hindistonning wzida 1652 xil til va turli shevlar mavjud. Eng qadimgi til oilalariga oid 
dravid, munda, xitoy-tibet, tay, avstroosiyo, avstroneziya, semit-xamit va hind-evropa xalqlari ham 
Osiyo qit`asida yashaydi. Oltoy til oilasi hozirgi Mwg`uliston va Shimoliy Xitoyda paydo bwlib, 
keyin boshqa erlarga tarqalgan. Xitoy-tibet (tay va tibet-birma guruhlari), astroosiyo (vetnam, 
monkxmer, munda, myao-yao turkumlari), dravid, astrogeneziya (indoneziya, filippin, malayya, 
melaneziya guruhlari) tilida swzlashadigan xalqlar qadimdan kwpchilikni tashkil qilib bir hududda 
yashab kelmoqdalar. 
Evropa qit`asidan uch hissa katta hududga ega bwlgan Afrikaning etnik qiyofasi tabiati 
singari boy va rang-barangdir. Evropa olimlari uni ilgari «qora qit`a» deb atab, etnik tuzulishi 
wzaro bog`liq bwlmagan turli qabilalardan iborat, deb notwg`ri ta`riflaganlar.
Hozirgi Afrikada 200-250 ta xalq yashaydi. Ular mustamlakachilar tomonidan sun`iy ravishda 
bwlib olingan davlatlar orasida joylashgan. Masalan, mandingo xalqi Segenal, Mali, Fil Suyagi 
Qirg`og`i, Shambiya, Sere-Leone, Liberiya, Gvineya hududlarida yashaydi. Yoki fulbe xalqini 
olsak u ham Segenal, Nigeriya, Gvineya, Mali, Kamerun, Yuqori Volta, Benin, Mavritaniya, 
Gambiya kabi mamlakatlarda yashaydi. Akan, mosi. Eve kabi etnik guruhlarning taqdiri ham huddi 
shunday. Shuning uchun ham qit`ada bir millatdan tashkil topgan bitta ham davlat ywq. 


41 
Afrika qit`asidagi bir milliondan ortiq bwlgan 83 ta xalq qit`a aholisining 86 foizini tashkil 
qiladi. Jumladan, ular asosan, - misrliklar (37 million), xaslar (15 million), jazoirliklar (14 million), 
amxaraliklar (1 million), marokashlar (12 million), ibo va fudbe (12 million), yoruba (11 million) 
va boshqa xalqlardir. Shunisi xarakterliki, qit`ada yashavchi etnoslarning hammasi tub aholi, 
asosan, hozirgi hududda paydo bwlib shakllangan elatlardan iborat. Albatta uzoq tarixiy davr ichida 
ayrim etnoslarning migratsion siljishlar natijasida doimo aralashib jarayoni rwy berib turgan. 
Ammo bu jarayon, asosan, shu qit`a doirasida wtgan. Faqat shimoli-sharqiy tomonda, Osiyoning 
g`arbi-janubiy qismida qarindosh etnoslarning kwchishlari bwlib turgan. 

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish