Etnologiya uzb


Ijtimoiy-maishiy turmushi, oila-nikoh munosabatlari va madaniyati



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/86
Sana28.06.2022
Hajmi0,82 Mb.
#712423
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   86
Ijtimoiy-maishiy turmushi, oila-nikoh munosabatlari va madaniyati. Hozirgi Evropaning 
ijtimoiy qiyofasi umuman iqtisodiy jihatdan olganda butun qit`a aholisining wrtacha 44 foizi faol 
qismini tashkil qiladi. Shundan erkaklar hisobiga taxminan 58 foizi twg`ri keladi, ayollarning 
iqtisodiy faol qismi deyarli ikki hissa kam (29 foiz). Vaholanki, bu mamlakatlarda iqtisodiy faol 
aholiga ijtimoiy ishlab chiqarishda bevosita ishtirok qilayotgan qismidan tashqarii ishsizlar ham 
kiradi. Swnggi yillarda ayrim an`naviy kasblarning (ayniqsa, hunarmandchilik va hk.) tugatilishi 
natijasida ularni protsessional jihatdan qayta wqitib wrgatishga imkoniyat ywqligidan texnologik 
ishchilik jarayoni paydo bwlgan. Professional ishchilar qatorida yoshlar wrtasida ham ishsizlik 
muammosi mavjud. 
Mintaqada industrial taraqqiyot yuksak bwlganligi tufayli iqtisodiy faol aholining asosiy 
qismi sanoat va qurilishda band ekanligini alohida qayd qilish lozim. Masalan, wtgan asr swngida 
bunday aholi 35-45%ni tashkil qilgan bwlsa, ayrim mamlakatlar (Chexiya va Slovakiya, Germaniya 
va Shveytsariya)da 50 foizga yaqinlashgan. Eng taraqqiy qilgan industrial mamlakatlarda qishloq 
va wrmon xwjaligida hamda baliqchilikda iqtisodiy faol aholining 10-12%ini tashkil qiladi, xolos. 
Qishloq xwjaligi sohasida eng kam band aholiga ega bwlgan wlkalardan Buyuk Britaniya (3%), 
Belgiya (4%), Shvetsiya va Germaniya (6%). Ammo Janubiy Evropada qishloq xwjaligi hali ham 
muhim wrinni egallaydi (Italiyada 15% dan to Gretsiyada 40% gacha). Keyingi yillarda asosan, 
qishloq xwjaligi hisobiga aholining xizmat kwrsatish sohasida yashovchi qismi ancha kwpaygan. 


96 
Evropa mamlakatlarida eng katta ijtimoiy tabaqa xodimlar-ishchilar va ziyolilardan iborat. 
Ular butun iqtisodiy faol aholining taxminan wrtacha 80%ini, Buyuk Britaniyada hatto 90%dan 
ham kwprog`i, janubiy mamlakatlarda esa 70%i (Gretsiyada 40%)ini tashkil etadi. 
Shubhasiz, Evropa xalqlarining ijtimoiy hayotiga urbanizatsiya katta ta`sir wtkazmoqda. 
Hozir jahonda Evropa qit`asi eng urbanizatsiyalashgan, hatto AQSh va Yaponiyaga nisbatan 
shaharlarning zichligi yuqori turadigan mintaqadir. Mazkur jarayonning xususiyatlaridan biri eng 
yirik shaharlar tevaragida katta aholining twplanishidir. G`arbiy Evropaning yarmidan kwp aholisi 
100 ming kishidan ortiq aholiga ega bwlgan shaharlarda joylashgan, uchdan bir qismi 500 ming 
kishilik shaharda yashaydi. Oqibatda bir-biriga tutashib ketgan sanoat-aglomeratsiya tipidagi 
shaharlar yuzaga kelgan. Bunga misol qilib, Rur, London, Parij, Berlin, Rim, Amsterdam, 
Rotterdam kabilarni kwrsatish mumkin.
Masalan, London aglomeratsiya chegarasida 12 mln. dan ortiq kishi, Parij aglomeratsiyasida 
10 mln. ga yaqin kishi yashaydi. Ayrim mamlakatlarda, hatto qwshni aglomeratsiyalar qwshili`, 
yirik urbaniyazatsiyalashgan markaz (megalopolis)larni yaratgan. Masalan, Angliyada eng katta 
megalapolisga bir-biriga chatishib ketgan London, Birmengem, Manchestr, Liverpul va boshqa 
shaharlar yoki Germaniyada Reyn-Rur, Reyn-Mayn kiradi. Bunday megalapolislar taxminan 50 
ming kv. km. hududga va 30-35 mln. aholiga ega bwladi. 
Ammo butun Evropada urbanizatsiya va avlomeratsiya ijtimoiy va maishiy turmush, madaniy 
hayot va oila-nikoh munosabatlarini wzaro yaqinlashtirib, milliy xususiyatlarning tugatilishiga, bir 
qolipga solib umumiy kosmopolitik belgilarning shakllanishig keng ywl ochib bergan. Shunday 
bwlsa-da, kwp xalqlarda asrlar davomida an`ana tusiga kirgan ayrim ijtimoiy turmush shakllari 
saqlanibgina qolmay, balki Yangi zamon turmush tarziga singib ketgan. 
Ijtimoiy va oilaviy turmushi ham barcha Evropa xalqlariniki singari umumiylikka ega bwlgan. 
Nasroniy dini axloqiga tayanib, xususiy mulkka asoslangan holda kichik monogam oila butun 
Evropada eng keng tarqalgan. Ammo ayrim patriarxal natural xwjalik mavjud bwlgan ba`zi 
joylarda arxaik tipdagi kata patriarxal oilalar va oila-nikoh tartiblari ham uchraydi. Patriarxal 
urug`chilik tartiblarining qoldiqlari albanlarda (fis), chernogorliklarda (bratstvo), tog`lik 
shotlanlarda (klan), qisman uels va irlandliklarda bir oz seziladi. Oila jamoa munosabatlari yaqin 
davrgacha ayrim bolqon xalqlari (bolgarlar, makedoniyaliklar, serblar, bosniyalar va hk.)dan 
saqlanib kelgan. Mazkur oilaviy munosabatlarning yemirilishi maxsus minorat odatini yaratgan edi. 
Ilgari kelt va German xalqlarida ma`lum bwlgan bu odatga binoan meros ota-onadan kenja wg`ilga 
wtadi. Keyinchalik mayorat odati, ya`ni meros kata wg`ilga wtish rasmi bilan almashadi. Janubiy 
slavyanlarda katta patriarxal oila («zadruga») natural xwjalikka asoslangan 20-50, ba`zan 100 
kishiga yetadigan qavmu qarindoshlardan tashkil topgan jamoadan iborat edi. Nikoh twylarida va 
boshqa oilaviy urf-odatlarda ancha qadimiy belgilarni hozirgacha uchratish mumkin. Qalin 
saqlanmagan bwlsa-da, kelinni olib qochish, uni «sotib» olish rasmi, qiz moli, kuyov sovg`asi kabi 
udumlar hali ham nikoh twylaridagi qadimgi satqitlar sifatida, ammo hazil wyinlar shaklida 
namoyon bwladi. Qiz yoshligidan mehnat qilib, wzi sepini tayyorlashni kwp xalqlarda shart 
bwlgan. Agar kichik indvidual oilalar (er, xotin va bolalardan iborat) eng keng tarqalgan bwlsa 
slavyanlardagi zadruga tipidagi katta oilalarda nikoh va boshqa oilaviy an`analarda ibtidoiy tartiblar 
saqlanib kelmoqda. Nikoh doimo ijtimoiy xarakterga ega bwlgan oilaviy voqea sifatida hozir ham 
unda kwpchilik ishtirok qiladi, an`anaviy marosimlar, rasm-udumlar bajariladi. Deyarli hamma 
erda kelin-kiyovlar cherkovda nikohdan wtishsa-da, ammo nikoh rwyi asosan, xalq an`analariga 
tayanadi. 
Keyingi ikki ming yil davomida Evropaning diniy urf-odatlari bir necha marta wzgargan. 
Bizning eramizning boshlarida bu erda mahalliy dinlar tarqalgan. Katta hududni egallagan Rim 
imperiyasida (ayniqsa, Italiya va Gretsiyada) ancha rivojlangan politeystik dinlar hukmronlik 
qolgan. Qadimgi Rimda ba`zi sharqiy diniy (Isida, Mitra kabi boshqa sharq xudolari bilan bog`liq) 
ibodatlar ham kirib kelgan. 


97 
Rim imperiyasining yemirilishi davriga kelib, eramizning V asrlari oxirida Evropa dinlari 
geografiyada jiddiy wzgarishlar rwy beradi. Eramizning boshlarida sharqiy Wrta dengiz sohillarida 
paydo bwlgan nasroniy dini IV-V asrlarda imperiyaning kwpchilik hududlariga, ba`zi german 
qabilalari va hatto Irlandiyaga tarqala boshlagan. Ammo uzoq davrlargacha qadimiy mahalliy 
dinlar, ayniqsa qishloqlarda saqlanib qolgan. Faqat IX-XI asrlarda butun Evropa nasroniylashgan. 
Lekin Pireney yarim orolida VIII asrda arab istilochilari olib ketgan islom dini ancha vaqt wz 
wrnini saqlab qolgan. XV asrlarda arablardan ozod bwlgan Pireney qaytadan nasroniy diniga 
kirgan. 
Evropada nasroniy dinining tez tarqalishi feodalizm tuzumining tashkil topish jarayoni bilan 
bog`liq edi. Dastlab yangi dinga harbiy aristokratiya, knyaz va qirollar wtgan, keng xalq ommasi 
eski diniy e`tiqodlarga itoat qilib kelgan. Shukmron sinfga tayanchi bwlgan ziyolilar va ruhoniylar 
ommani nasroniylashtirishni zwrlik bilan wtkazishga harakat qilgan. Ammo nasroniylik ham yaxlit 
din bwlib qolmadi. U XI asr wrtalarida (1054-yil) ikki qarama-0arshi ywnalishga-pravoslaviye va 
katolitsizmga (sharqiy va g`arbiy) cherkovlarga bwlindi. Sharqiy (pravoslav) cherkovi wz 
navbatida podsho va imperatorlarga bwysungan va bir necha milliy cherkovga bwlingan.
Feodal-kserosnoy tuzumning tarixiy halqasi hisoblangan pravoslav cherkovning boshida eng 
kuchli Konstantinopol patriarxi turgan. Aksincha katolitsizm (g`arbiy) cherkovi markazlashgan 
Papa davlati boshchiligida Evropadagi feodal tarqoqlikdan foydalanib wzining qudrati 
hukmronligini twliq wrnatadi. U turli ywllar va soliqlar bilan katta boylik orttirib butun nasroniy 
dunyosini qwlga olishga wzining ruhiy va siyosiy irodasini wtkazishga intilib kelgan. Shunday 
qilib, nasroniy dinidan ajralib chiqqan Pravoslaviye ilgari Vizantiya imperiyasi va uning ta`siridagi 
Evropa qismi (Bolqon yarim oroli va Rus davlati)ga tarqalgan, Evropaing boshqa hududlarida 
katolitsizm wz hukmronligini wrnatgan. XVI asrlardan boshlab bozor munosabatlarining rivoji, 
yangi ideologiyasining g`alabasi natijasida wrta asr sxolastikasiga, Rim katolik cherkovi va papa 
hukmronligiga chiqa boshlagan yangi oqim (protestantizm) turli diniy e`tiqod va mazhablarning 
yuzaga kelishiga sababchi bwlgan. 
Pravoslav dini Vizantiyadan chiqib Evropaning sharqiy va janubi-sharqiy mamlakatlarini, rus, 
belorus, ukrain, grek, bolgar, gagaus, serb, janubi alban va rumin xalqlari orasida keng tarqalgan. 
Hozir pravoslav dini Gretsiyada hukmron va bu erda uning markazi joylashgan. 
Islom dini Evropaga dastlab arab istilochilari tomonidan keltirilgan va pireney yarim oroliga 
tarqatilgan. Istilochilar tarqatilgandan keyin XV asrlarda nasroniylik qayta tiklangan. Wsha 
davlatlarda, ya`ni yaqin XIV-XV asrlarda usmon turklari Bolqon yarim orolini bosib olib aholining 
ancha qismini musulmonlashtirgan va u imperiya vaqtida hukmron din bwlgan. Turklar zwrlik 
bilan albanlar albanlar, qisman makedoniyaliklar, bolgarlar, bosniya va gersogovina aholisini islom 
diniga wtkazgan. 
Volgabwyi va Qrim tatarlari ham XIII-XIV asrlarda islomga wtgan. Butun Evropada qaytib 
yurgan lwlilar odatda asosiy turar joyidagi dinlarga itoat qiladilar. Ularning orasida masalan 
pravoslav, katolik va musulmon diniga wtganlar uchraydi. Dindor yahudiylar esa hozirgacha 
wzining milliy dini hisoblangan iudaizmga rioya qiladilar. 
Evropa xalqlarida rasmiy cherkov dinlaridan tashqari eng qadimgi, hatto ibtidoiy e`tiqod va 
urf-odatlar ham saqlanib qolgan. Ayniqsa, dehqonchilik bilan bog`liq bwlgan har xil dastur va 
rasmlar, sehrgarlik urf-odati va irimlari haligacha usraydi. Hozir ham yil fasllari, ekish va hosil 
yig`ish bilan bog`liq dabdabali karnaval va bayramlar wtkazadilar, unda turli afsonaviy timsollar 
namoyish qilinadi. Albatta eng taraqqiy qilgan yuksak madaniyatli Evropa xalqlarida professional 
ijoddan xalq ijodini ajratish ancha qiyin. Chunki, fol`klorda ham, musiqa va tasviriy san`atda ham 
zwr mahorat bilan yaratilgan xalq ijodi namunalari juda katta wrinni egallaydi.
Eng qadimgi ertaklar, qahramonlar haqida eposlar badiiy jihatdan professional yozuvchi va 
shoirlar tomonidan qaytaishlab chiqilgan. Aka-ukalar Grimm, Gofman, Andersen, Selpa Lagerlef, 
Oskar Uayld va boshqalarning ertaklari, hatto Gomerning «Illiada» va «Odisseya»si, wrta 


98 
asrlardagi «Nibelunglar twg`risida ashula», «Gudring twg`risida ashula», skandinavlarning sag`lari, 
Karelofin eposi «Kalevala» kabi xalq dostonlari aslida badiiylashtirilgan asarlardir. Tarixiy 
voqealar bilan bog`liq lirik-epik ashula (ballada)lar ancha keyin paydo bwlgan, ammo juda keng 
tarqalgan. Hozirgacha yetib kelgan oilaviy marosimlarda aytiladigan ashulalar, sevgi kuylari ham 
eng qadimiy fol`klor namunalaridir. Fol`klorning tarkibiy qismi hisoblangan ommaviy xalq 
teatrlari hozirgi davrda professional qismi hisoblangan ommaviy xalq teatrlari hozirgi davrda 
professional teatr san`atiga singib kelgan. Evropada dastlab professional teatr qadimi Gretsiyada 
(mil.aff. VI-V asrlarda) diniy marosimlar va bayramlar munosabati bilan paydo bwlgan edi. 
Wyg`onish davridan boshlab drama, tragediya, komediya ancha rivojlangan. XVI asrda dastlab 
Italiyada, keyin butun Evropada opera paydo bwladi. Ammo Evropa xalqlarining kwpchiligida 
(polyak, chex, bolgar, rus, frantsuz, italyan va boshqalardan) professional klassik teatr bilan bir 
qatorga ommaviy tearlashtirilgan xalq wyinlari hozirgacha saqlanib kelgan. Bu wyinlar katta diniy 
yoki fasl bayramlarida namoyoish qilinadi va nihoyatda rang-barang wyin, kulgi, ashula va musiqa 
sadolari ostida wtkaziladi. 
Hozirgacha professional teardan, keyingi yillarda paydo bwlgan romantik, naturalistik va 
modernistik teatlardan tashqari ommaviy teatrlashgan xalq tomoshalari an`nalari barcha Evropa 
mamlakatlarida saqlangan. 

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish