Etnolingvistika va milliy madaniyat


ETNIK MADANIYAT RANG-BARANGLIGI VA SHAKLLARI



Download 264,86 Kb.
bet39/52
Sana11.01.2022
Hajmi264,86 Kb.
#347097
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   52
Bog'liq
этно мажмуа 2019


ETNIK MADANIYAT RANG-BARANGLIGI VA SHAKLLARI


Reja:

1.Etnik qadriyat har bir madaniyatning o‘zagi va asosi sifatida

2. Etnik madaniyat rang-barangligi

3. Etnik tolerentlik asoslari haqida



Tayanch tushunchalar:



Madaniyat, etnomadaniyat, madaniyat rang-barangligi, etnomadaniyat shakllari, qadriyat, tolerentlik, sistema va element, madaniyatni baholash motivlari
1. Etnik qadriyatlarni etnik madaniyatning shakli sifatida qarash juda muhim. Madaniyatshunos P.Sorokina e’tiroficha, qadriyat – bu “har qanday madaniyatning asosi va negizi”dir. Modomiki, qadriyatlar asosiy madaniy tushuncha ekan, u o‘zida kishilarning o‘z maqsadlariga intilishiga ishonchlarini va va unga erishishning asosiy vositalarini belgilaydi. T.Parson qadriyatni sotsial sistemaning tarkibiy qismi, “jamiyat a’zolarining jamiyat haqidagi umum e’tirof etilgan tasavvurlari majumi” sifatida qaraydi.

2. Etnik madaniyat rang-barangligi. Etnik madaniyatni qadriyatlar ko‘zgusida turlicha tasavvur qilish holatlari ko‘p uchraydi. Shu ma’noda keyingi vaqtlarda olimlar va siyosatshunoslar xalqlar orasidagi madaniy-sivilizatsion farqlar qiymatining o‘ziga xosligini millatlararo va davlatlararo konfliklar sababi ekanligi haqidagi xulosa asosida tadqiqotchilar asosiy e’tiborini etnoslar orasida nifoq tug‘ilishiga, ularning bir-biridan ajralishiga, begonalashuviga, dushmanlashuviga olib keladigan qadriyatlarga qaratishmoqda.

Har xil etnomadaniyat orasidagi nifoqlarga alohida qadriyatlar ko‘zgusida nazar tashlagan R.Benedikt o‘z davrida shunday yozgan edi: "Kajdaya kultura, s tochki zreniya drugix, ignoriruyet fundamentalnoye i razrabativayet nesushestvennoye. Odna kultura s trudom postigayet (fahmlaydi) sennost deneg, dlya drugoy – oni osnova kajdodnevnogo povedeniya. V odnom obshestve texnologiya neveroyatno slaba daje v jiznenno vajnix sferax, v drugom, stol je "primitivnom", texnologicheskiye dostijeniya slojni i tonko rasschitani na konkretniye situatsii. Odno stroit ogromnuyu kulturnuyu superstrukturu yunosti, drugoye – smerti, tretye – zagrobnoy jizni".

F.Bart va S.Xantington kabi g‘arb olimlari ham xalqlarni bo‘lib tashlashga olib keladigan muayyan etnik va sivilizatsion qadriyatlar ham qimmatli fikrlarni bildirishgan. F.Bart etnoslarning chegarasini belgilaydigan, etnik farqlarni ko‘rsatadigan madaniy qadriyatlar qiymati xususida to‘xtalsa, ikkinchisi xalqlarni aniq-tiniq ajratadigan muayyan madaniy-tamadduniy qadriyatlarni ko‘rsatadi. Shunday qilib, individualizm, liberalizm, qonun ustuvorligi, erkin bozor va b. g‘arbiy-yevropa, AQSH amerikaliklari uchun o‘ta ahamiyatli qadriyat bo‘lib, bu islom, konfutsiychilik, provoslav va boshqa madaniyatlar uchun ma’lum darajada begona.

3. Etnik tolerentlik asoslari haqida. Ma’lumki, alohida, uzilgan, sistemadan ajratilgan qadriyatlarni farqlovchi va muayyan etnomadaniyat belgilovchisi sifatida qarash yetarli emas. U etnomadaniyatning qiyosiy mohiyatini ochishga xizmat qiladi, biroq u yoki bu madaniyatni yaxlit idrok etish (ya’ni u ayni paytda etnoslararo munosabatlarni to‘g‘ri tushunish va boshqarishda muhim) uchun asos bo‘la olmaydi. Bu esa har bir etnosning madaniy rivojlanishi ishonchli strategiyasi, etnoslararo munosabatlarning uzoq muddatli prognozini ishlab chiqishda juda zarur.

Tadqiqotchilar etnik madaniyat haqida shunday to‘xtamga kelishganki, etnik madaniyatning bir ko‘rinishini umuman etnik madaniyat yaxlit tizimidan ajratgan holda o‘rganish mumkin emas. Etnomadaniyat yaxlit sistema bo‘lib, madaniyatning har bir elementi sistema tarkibida ahamiyatga ega. Masalan, madaniyatning bir shaklini boshgqa madaniyat tarkibida qarash unga kutilmagan tus beradi. Masalan, buryatlardagi so‘yilgan molning qonini mehmonga qo‘yish holatini o‘zbek milliy madaniyati tarkibida baholash mumkin emas. Bu yondashuvning asoschisi F.Boasdir. Etnik madaniyatni sistemaviy qadriyat sifatida tavsiflash har xil tushunilishi mumkin. Masalan, G.Olport bunda asosiy 6 motivga tayanish lozimligini ta’kidlaydi: nazariy, iqtisodiy, estetik, sotsial, siyosiy va diniy: u yoki bu motivatsiyaga muoviq ravishda madaniy tiplar namoyon bo‘ladi. Olaylik, iqtisodiy tip tevaraka-atrofdagi narsalarni foydalilik nuqtai nazaridan sistemalashtiradi, estetika uchun – shakl va garmoniya, sotsial motivatsiya uchun - xalqqa muhabbat, siyosiy motivatsiya uchun – hokimiyat uchun kurash madaniyati muhim hisoblanadi.


Tavsiya etiladigan adabiyotlar


  1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –Toshkent: Ma’naviyat, 2007.

  2. Angayeva S.P., Tixeyeva Y.S. Klyuch k obsheniyu (etnokulturniye i etnopsixologicheskiye osobennosti kommunikatsii. –Ulan-Ude, 2007.

  3. Zikrillayev G‘. Nazariya - quruq og‘och // Istiqlol va ona tili qurilishi, talqini hamda ta’limi. -T., 2000

  4. Mahmudov N. Til. -T.: Yozuvchi, 1998

  5. Mahmudov N., Mirtojiyev M. Til va madaniyat. -T., 1992

  6. Bazarova L. V. K voprosu o sootnoshenii yazika i kulturi / Obrazovaniye i kultura Rossii v izmenyayushemsya mire. - Novosibirsk, 2007. - S. 72-76

  7. Luchinina YE.N. Lingvokulturologiya v sisteme gumanitarnogo znaniya / Tverskoy gosudarstvenniy universitet. Kritika i semiotika. Vip. 7, 2004. S. 238-243

Topshiriq

1. I.Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asaridan milliy madaniyat, O‘zbekistondagi turli etnoslar, ularning etnomadaniy xususiyatlari va mustaqillik mafkurasining tolerentlik tamoyili haqidagi fikrlarini o‘rganish.

2. Etnomadaniy ziddiyatlar asosidagi to‘qnashuvlarga misollar keltirish va ularga o‘z munosbatini bildirish.



Yettinchi ma’ruza




Download 264,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish