Etnolingvistika va milliy madaniyat


Maqollarning yondosh janrlar bilan o‘xshash va farqli xususiyatlari



Download 264,86 Kb.
bet45/52
Sana11.01.2022
Hajmi264,86 Kb.
#347097
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   52
Bog'liq
этно мажмуа 2019

3. Maqollarning yondosh janrlar bilan o‘xshash va farqli xususiyatlari.

Tilshunoslik va folklorshunosligimizda maqollarga eng yaqin bo‘lgan hodisalar sifatida idioma, ibora, matal, topishmoq va xalq qo‘shiqlari e’tirof etiladi. O‘rganish obyektimiz bo‘lgan xalq dostonlarida ham yuqoridagi birliklarni ko‘plab uchratishimiz mumkin. Shu nuqtayi nazardan maqollarning o‘ziga xos xususiyatlarini aniq va izchil belgilab olish uchun unga yondosh hodisalarning o‘xshash va farqli tomonlari haqida munosabat bildirish o‘rinli hisoblanadi.

Ma’lumki, xalq durdonalarini, o‘zbek xalq og‘zaki ijodining ommaviy janrlaridan hisoblangan maqollar, qo‘shiqlar, hikmatli so‘zlar va topishmoqlarni to‘plash va o‘rganish tarixi ham, ulardan yozuvchi va olimlarning o‘z asarlarida foydalanishi ham uzoq davrlarga borib taqaladi. Xususan, XI asrning buyuk tilshunos olimi M.Koshg‘ariyning «Devonu lug‘atit turk» asarida uch yuzdan ortiq xalq og‘zaki ijodiga oid she’riy to‘rtlik, bayt, o‘nlab maqol va matallar bor. Mahmud Koshg‘ariy bu qo‘shiq, maqol, hikmatli so‘zlar mazmunini bayon etadi, ularga izoh berib qo‘llagan o‘rinlarini ham ko‘rsatadi. Masalan: «Sabanda sandirish bo‘lsa, o‘rtungda irtash bo‘lmas» - yer haydash vaqtida puxtalik bo‘lsa, xirmonda anglashilmovchilik bo‘lmaydi. Bu maqol keyin anglashilmovchilik, janjal chiqmasligi uchun ishni boshida puxta qilish kerak, degan ma’noda qo‘llanadi (bu haqda yana qarang)41. Bu jihatdan A.Navoiy asarlarida ko‘plab uchraydigan xalq maqollari, o‘zi yaratgan aforizmlari, Gulxaniyning «Zarbulmasal» asarlari ham alohida ahamiyat kasb etadi.

Zero, asrlar davomida shakllangan ana shunday hikmatli birliklarining ma’lum bir semantik va grammatik xususiyatlarini ma’lum darajada farqlash, ularning har birining o‘ziga xos shakllanish qonuniyatlarini izohlash doimo tadqiqotchilar e’tiborida bo‘lib kelgan. Bu borada o‘zbek tilshunoslaridan Xoliq Abdurahmonov, Hamdam Berdiyorov, Razzoq Rasulov, Bekmurod Yo‘ldoshev, Bibish Jo‘rayeva, Baxtiyor Soatovlarning ishlari diqqatga sazovor.

Xususan, X. Abdurahmonov maqollarning stilistik funksiyasi rang-barang bo‘lgan barqaror birikmalar (frazeologik birikma), aforizm va shunga o‘xshash birikmalardan quyidagi xususiyatlari bilan farqlanib turishini aytadi:

a) o‘zlarining ma’no ahamiyatiga ko‘ra. Agar maqollarning mazmuni tarkibidagi so‘zlarning yig‘indisidan kelib chiqsa, idomalarning mazmuni komponentlar mazmunidan kelib chiqmaydi;


Download 264,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish