Etnik stereotiplar va ularning turlari



Download 198,52 Kb.
bet2/2
Sana20.07.2022
Hajmi198,52 Kb.
#829757
1   2
Bog'liq
Etnik stereotiplar va ularning turlari

Mavqe esa, ma’lumki, insonga yoki jamoaga hokimiyat, boylik va hurmat keltiradi. “Etnik orolchalar” yaratilib unda xususiy madaniyat saqlanib taraqqiy etib boradi. AQSHda shunga o’xshash qator koloniyalar mavjud: Nyu Yorkda Garlem, Chikagoda - Sitsiliya, San- Frantsiskoda - Xitoy shaharchasi.

  • Mavqe esa, ma’lumki, insonga yoki jamoaga hokimiyat, boylik va hurmat keltiradi. “Etnik orolchalar” yaratilib unda xususiy madaniyat saqlanib taraqqiy etib boradi. AQSHda shunga o’xshash qator koloniyalar mavjud: Nyu Yorkda Garlem, Chikagoda - Sitsiliya, San- Frantsiskoda - Xitoy shaharchasi.
  • To’rtinchi bosqich assimilyatsiya bosqichidir. Mayda etnik birlik vaqt o’tishi bilan katta jamoa madaniyatini o’zlashtiradi. Ya’ni assimilyatsiya bo’ladi. Yangi jamoa madaniyatini qabul qilish va o’zlashtirish bilan bir paytda aralash nikohlar ko’payadi.
  • Assimilyatsiya odatda immigrantlarning ikkinchi va uchinchi avlodlaridan boshlab tezlashadi. Akkomodatsiyadan assimilyatsiyaga o’tish natijasida mayda kelgindi etnoslar yo’q bo’lib ketadi.
  • Bunday jamoalarda dezorganizatsiya, deviant xulq (jinoyatlar, faxsh, giyoxvandlik) ko’payishi kuzatiladi. Bolalarning ota-onalarga nisbatan hurmati pasayadi. Yangi avlod an’anaviy xulqdan og’uvchi xulq-atvor ma’qullanadigan vaziyatga tushib qoladi.
  • Assimilyatsiya bosqichida immigrantlar mavqeini oshishi kuzatiladi. Biroq aralash nikohlar bois yangi jismoniy (antropologik) tip paydo bo’ladi. Bir necha avlod almashinib migrantlarning jismoniy tipi yo’qoladi. Koloniya yirik ijtimoiy jamoaning bir qismiga aylanadi. Assimilyatsiya yakunlanadi.
  • Ikkinchi toifaga taalluqli etniklararo munosabatlar.
  • Etniklararo munosabatlarning mazkur ko’rinishi “tasarruf etish va ustivorlik qilish” deb nomlanadi. Bunda ko’p sonli immigrantlar nisbatan kam taraqqiy etgan hududga u yerda muhim o’rnashish niyati bilan bosib kiradi. Bosib olingan zaminning tub egalari bilan bosqinchilar o’rtasida nizo va kurashlar vujudga keladi. Bosqinchilar g’alabaga erishgandan so’ng mamlakat hayoti tubdan o’zgaradi.
  • Tub aholi jiddiy qarshilik ko’rsata boshlasa inqiroz va urushlar avjiga chiqadi. T.Shibutani va K.Kvanlar e’tirofiga ko’ra “genotsid” tushunchasini yaqindan qo’llay boshlaganlari bilan butun xalqlarni qirish uzoq moziyga borib taqaladi.
  • Genotsidga tayyorlovchi asosiy mexanizm tub aholi degumanizatsiyasidir (odamlar safidan chiqarish): odamlarni hayvon darajasiga tushirish bilan ularni psixologik sifatlardan mahrum qilishadi. Misol (ruslarning Andijonda qilgan ishlaridan Dukchi Eshon qo’zg’olonidan so’ng):
  • ....Shahar nihoyat besaranjom bo’lub, xavfda bulg’on vaqtda yangi tayin bulg’on katta oqsoqol Qodirqul (shahar mingboshisi) ko’cha-ko’chaga mirshablar qo’yub, mahallalarga odamlar yuborib, har masjidda, imom boshliq tamom qavm va ahli mahallalarni oldirib borib, «beda bozori» degan yalang va keng joyga necha ming kishini saf-saf qilib qo’yub, hokimdan eshitgan gaplarini fuqaroga aytib, so’zining oxirida: «Agar ko’cha-ko’yda hokim, pristuf yoki
  • To’ralar sizlarga ro’baro kelsa, darhol ruku’ qilib, salom qilasizlar! Va rastalardan o’tub qolsa, hammalaringiz do’kondan barobar tushub, mana shu turg’onlaringizdek qator bo’lub, rastadan o’tub ketgancha engashib, salom qilib turasizlar! Chunonchi, man salomni sizlarga o’rgatmak uchun chaqirdim. Mana, man hozir «Tashla!» deyman.
  • Barobar nomozda engashgandek tashlaysiz», deb, bir chetga borib, «Tashla!» deb shovqun soladilar. Bechora xalq barobar hayit nomozida yoki juma nomozida ruku’ qilg’ondek engashadir. U chetga borib, «Tur!» deganda hamma barobar turadir. Yana «Tashla!» degan hamon barobar engashadir. Agarda biron kishi balandroq tursa yoki past bulub ketsa, yugurib kelib bu odamni do’pposlab, urub-tepib, so’kib, «barobar turgil» deb tanbeh qiladilar. Yana «Tashla!» deydir, xalq engashadir.
  • Alxosil, bechora fuqaroni 20 martaba «Tashla!» deb ruku’ qildirib, keyin: «hamma vaqt shunday barobar engashib turasizlar!» deb javob beradir. Ertasi yana boshka mahalla odamlarini imomlari bilan chaqirib, shu ta’limni qiladir. O’rtada necha martaba xalqni urub, yuzlariga nopok og’zidan tupurar edi.
  • Bu ta’lim va sajdaga odat qildirmoqdan muddao nima desalar, yaqin kunlarda bu hodisaning ustiga Turkiston viloyatining general gubernatori bo’lg’on nobakorkim, umumiy Turkiston fuqarolari yarim podshoh der edilar va nomi L. M. Duxovskiy edi, hamma taraddud shuning uchun ekan.
  • Bir necha kun o’tgandan so’ng «yarim podshoh keladir», deb, hamma ko’chalarga bayroq tutub, shaharni necha kunlar ziynat berib, hamma maktab bolalarini vokzalga olib chiqib, qator qilindi. Fuqarolar kumush taboqda non, tuz tutub turg’on edilar. Uezd hokimi umumiy fuqarolarga xitob hilib, «Yarim podshoh kelib, vagondan tushgan hamon hammalaringiz ta’lim olgonlaringizdek barobar engashib, yerga qarab turasizlar! Boshlaringizni ko’taringlar, desam ham ko’tarmay turinglar!» deb qo’ydi.
  • Istansaga chiqqan xalq 2 soat kubrok intizorlik tortdi. Shundan so’ng birdan poyezd ko’runub qoldi va vagonlari nihoyat ziynatlangan holda kelib to’xtadi va soldatlar tushub, qator bo’lgondan so’ng yarim podshoh turgon vagondan bir necha yasangon to’ralar tushdilar.
  • Keyin o’sha yuqorida shakli nomuboragi bayon qilingon general nihoyat qovog’ini solib, qattiq g’azab bilan vagondan chiqib, pastga tushgan zamon bechora xalq va maktab bolalari hammasi engashib, ruku’ qilib turdi. Vagondan tushub, to’g’ri uezd hokimi oldiga kelib, shahardan ahvol so’radi. U «Hamma duo qilmoqda va tinchlik», dedi. Yarim podshoh hokimdan: «Nima uchun xalq bunday engashib turadir», deb so’radi: Hokim: «Janob imprator a’zamga yurtimizdan chiqqan bir eshon jinni bo’lib, bilmasdan osiylik qilgani uchun bizlar hijolat bo’lub, ulug’ va baland darajali bosh hokimimizning yuzlariga qaysi betimiz bilan qaraymiz, bizlarni marhamat etib, avf qilib, podshohi a’zamdan gunohimizni so’rab olmasalar, muborak betlariga kamoli hijolatdan qaray olmaymiz, deydilar», deb javob qaytardi.
  • Yarim podshoh dediki: «Gunohni qilib qo’yub, emdigi hijolat nimadir? Farg’ona muzofatidan Andijondek bir shaharning tuprog’ini osmonga sovurub bormoq bilan podshohi a’zam mamlakatlariga xech nukus yetmaydir!» deb g’azablanib, hokimdan so’radiki: «Necha yildan buyon bu joyga xokimsiz?»
  • Hokim shoshib qolib: «To’rt yildan beri», deganda: «To’rt yildan buyon loaqal har yilda birtadan bo’lg’onda ham to’rtta yaxshi oshno qilmog’on ekansizda, shunday xabarni avvaldan berar edi, toki tadoruki qilinib, imprator a’zamniig 23 qahramon o’g’li o’lmas edi. Buning uchun seni o’rningdan bekor qildim», dedi (bu hokimning nomi Kayshovskiy edi). Keyin fuqaroga qarab: «Sizlar hali osiy va gunohkorsizlar
  • Sizlarning non-tuzingizni qabul qilib bo’lmaydir!» dedi va bir tup hind va yahudiylar ham non-tuz ushlab turgan edilar, shularning oldiga borib, non-tuzlarini qabul qilib: «Sizlar hozirda manga sartlardan ko’ra yaxshiroqsizlar» deb, askarlar tomon yurdi (Fozilbek Otabek o’g’li. Dukchi Eshon vokeasi. T.: 1992 y.).
  • Aynan shu voqealardan so’ng Qoqon va Mingtepada xalqni qirgin qilishga buyruq berilgan. Mingtepani vayronaga aylantirgach rusiyadan mujiklarni kuchirib kelib joylagan. Mingtepa nomini esa Marxamat deb qayta nomlagan.
  • “Madaniyatli” sanalgan bosqinchilar juda ham katta jinoyatlarga qo’l urganlar:
  • Istibdod tarafdorlari bo’lgan och bo’riga o’xshagan to’ra va chinovnik- mansabdorlarni biz, Turkiston elini zulmninig qancha navi bo’lsa, o’shancha navi bilan alohida-alohida azob berib, raxmsizliklar bilan yerli xalqning anjomini va ayblarini zo’r jinoyat qilib, qo’lida bor mol-amloklarini tortib olar edilar. Jinoyat qilmagan kishi kichkina bir ayb bilan qamab qo’yilib, darhol miyonchi ham asrorlari vositasi bilan birmuncha pulga base’ bular edi. Bu xol ma’ruf va mashhur odatlar qatoriga kirib qoldi.
  • Shuning uchun biz Turkiston kambag’allarini chor zolimlari hamisha bir tuhmat bilan giriftor bo’lub turmog’imizga tolib bo’lub, doimo ulumtuk izlagan chujagatdek ko’zlarining bizlarning ustimizga tikib ultirgan edilar. Dukchi eshonning tog’ va toshdagi, shahar va qishloqlarda oshkor zulm va qaxrlariga chidamay, jonidan to’yib qilgan hujumi zo’r bahona bo’lub, fuqaroni ikki tarafdan muddalarining boricha va qo’llaridan kelganicha ezib yomonliklarini qildilar. Soldatlarini ko’cha va sahroda yotqizib ko’yib, yuqorida ko’rsatilgandek 15 kungacha qimirlagan jonni ko’ymay otib turdi. Beixtiyor ishlashga va mardikorchilikka, ayniqsa, qurt tutgan va vaqti bo’lgani uchun barg kesishga borgan mehnatchi bechoralarni tutdek to’kib, o’liklarini it, qush yeb ketdi. Hatto qatiq va sut sotmoqqa ketib turgan ma’sum bolalar berahmlik bilan otib o’ldirildi.
  • Ma’sum bolalarning ota-onalari o’zlari ko’chaga chiqa olmay yoki bolalarining o’ligi ustiga borolmay, kechalari soldatlarni oxista chaqirib, bolalarining o’ligini topib berish uchun base’ qilib, ko’p miqdorda pul berib, topib oldirar edilar.
  • «Pora berilsa, o’liklarni soldatlar oxista topib berar ekan», deb kop kishilar bu yo’l bilan borib soldatlardan o’liklarini sotib olar edilar. Bora-bora bu ish to’ralarga ham ma’lum bo’lub, bular ham musulmonlar bilan kechalari so’zlashib, o’likfurushlik qilishga kirishdilar.
  • Biz fuqaroning begunoh o’lganlarimiz yetmay, o’z o’lik jasadlarimizni o’liklariga it, qush tegib, qaysisi qo’lsiz, qaysisi oyoqsiz va qaysi birisining yuz-ko’zi yirtiq holda sotib olingan. Bundan boshqa qalam bilan tahrir qilib bo’lmaslik darajadagi haqoratlar tiriklarimizgagina bo’lmay, o’lgan og’a-inilarimizga ham tekkan edi. Mana bu kabi haqoratni moddiy ziyonimiz va chor xukumatining Turkiston dehqonlariga qilgan moddiy va ma’naviy adovati va zolimligi deb nom bersak, yolg’on yozmag’on bo’lamiz.
  • Mana bu hol hamma qishloqlardan ko’ra koproq Dukchi eshonning vatani bo’lgan Mingtepa bilan yangi shaharining janub tarafidagi Ho’kandda bo’lgandir. Xususan vayron qilib, yangi shaharga ko’chgancha 25 kunga yaqin bu zulm va siyosat davom etib turgan edi (Fozilbek Otabek o’g’li. Dukchi Eshon voqeasi. T.: 1992 y.).
  • Etniklararo munosabatlarning uchinchi modeli yangi koloniyalarni yaratish sanaladi. Ko’p sonli bo’magan bosqinchilar o’zining iqtisodiy va harbiy ustivorligidan foydalanib yirik davlatlarni o’z metropoliyalarining qo’shimchalariga aylantiradilar. Bunday munosabatlarda etnik ramzlar va muqaddas qadriyatlari oyoq osti qilinadi.
  • Va to’rtinchi ko’rinishdagi etniklararo munosabatlarga bosqinchilar bosib olingan yurt madaniyatini o’zlashtirishidir. Bunga misol qilib mo’g’ullarning turk diyorida musulmon dinini qabul qilishlarini keltirish mumkin:
  • ....O’sha tong xidoyat oftobi inoyat mashrigidan chiqib, kofirning qorong’u kechasini yoritdi. Mavlono janoblari xonni (Tugluk Temurxon) gusl qildirib, iymon mohiyatini tushuntirdi. Xon musulmon bo’ldi. Bundan tashqari, ular islomni oshkora targ’ib qilish va yoyish rejasini tuzdilar va kelishdilarki, amirlarning har birini yakka-yakka chaqirib islomni qabul qilishga buyurishadi, mabodo qabul qilishmasa, muqaddas Qur’onning “Kofirlarni qiringlar!” degan oyati ishga solinadi (qizigi shundaki amirlarning aksariyati Islom dinini qabul qilib bo’lgan ekanlar) (Muxammad Xaydar Mirzo. Tarixi Rashidiy.
  • Etnoslar munosabatlari madaniyatlar to’qnashuvi bilan birga kuzatiladi. Pirovardda, ularda muayyan o’zgarishlar vujudga keladi. Olimlar tomonidan o’zaro ta’sirga kirayotgan etnoslar madaniyatlarida quyidagi o’zgarishlar sodir bo’lishi mumkinligi qayd etilgan.
  • Qo’shilish: birinchi etnos ikkinchi etnosga to’qnash kelganda uning ma’lum bir yutuqlarini o’zlashtiradi (yuqoridagi mo’g’ullar bilan bo’lgan vokea).
  • Yo’qotish: birinchi etnos ikkinchi etnosga to’qnash kelgach o’zining an’anaviy malaka va ko’nikmalaridan mosuvo buladi. Bunga misol qilib Ko’xna Sugd va Xorazm madaniyatining arablar tomonidan yo’q qilinishini keltirib o’tishimiz mumkin.
  • Qashshoqlashuv: madaniyatda buzilishlar, aynishlar yuzaga keladi. Deylik Amerika va Rossiyaning ko’plab mayda elatlari o’z madaniyatini yo’qotganlar.
  • Murakkablashuv: bir etnosning madaniyati boshqa etnos madaniyati ta’siri ostida murakkablashishi mumkin. Deylik, yapon madaniyatini xitoy madaniyatining o’ziga xos bir qismidir deb e’tirof etilishi.
  • Etnik madaniyatlar o’zaro qiyoslangan taraqqiyotning turli bosqichlarida ekanini kuzatish mumkin. Madaniyat qanchalar yuqori bo’lsa u shunchalar barqaror bulib, o’z manfaatlariga zarar yetkazmasdan o’zga madaniyatning yutuqlarini o’zlashtira olish qobiliyatiga ega ham bo’ladi. Taraqqiy etgan madaniyatlarda o’zini himoya qilish mexanizmlari yaxshi shakllangan bo’lishi mumkinligi olimlar tomonidan e’tirof etilgan. Bunday madaniyatlar va ularni tashuvchi etnoslar yot madaniyatning turli zararli unsurlaridan yaxshi himoyalangandirlar. Ular assimilyatsiyaga kuchli qarshilik qiladilar.
  • Etnopsixologiyada ijtimoiy qadriyatlarga alohida urg’u beriladi. Zero, qadriyatlar tizimi shaxs xulq-atvorini o’ziga xos tarzda belgilab turadi. Sotsiologiyada, xususan, qadriyatlarga: “Kishi intilishi zarur bo’lgan matassaddilarga nisbatan umumqabul qilingan e’tiqodlar, - deya ta’rif berilgan. Psixologiyada qadriyatlar inson uchun u yoki bu hodisalarni baholashda lozim mavhum muddaolar sifatida qaraladi.

Download 198,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish