Etish va yuritish


Kam tarqalgan sabzavotlarning shifobaxshlik xususiyatlari



Download 67,66 Kb.
bet7/23
Sana01.06.2022
Hajmi67,66 Kb.
#625721
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
Bog'liq
Issiqxonalada kam tarqalgan sabzavot yetishtirish texnologiyasi

Kam tarqalgan sabzavotlarning shifobaxshlik xususiyatlari
Inson hayotida sabzavotlarning ahamiyati katta. Ular tarkibida turli xildagi biologik faol moddalar ko’p bo’lganligi uchun ularni “salomatlik sarchashmalari” deb ham yuritiladi. Sabzavotlar tarkibida inson salomatligi uchun zarur bo’lgan vitaminlarni 15 tasi mavjuddir, mineral tuzlar, fermentlar, fitontsitlar va boshqa biologik faol moddalarning ko’pligi ular insonlarning muhim oziqa moddasi ekanligidan dalolat beradi. SHunga ko’ra aholi hayotini davomiyligi va mehnatga layoqatliligi sabzavotchilikni rivojlanishiga bog’liq bo’ladi.
Sabzavotlarda asosiy oziqa moddalaridan: oqsil, yog’ va uglevodlar mavjud. Dukkakli o’simliklardan loviya, no’xot-oqsilga, makkajo’xori va osh lavlagi –uglevodlarga, loviyaning ko’k doni, bryussel va pikin karamlari tarkibida lizin va boshqa ekzogen (tashqi) aminokislotalar miqdorining ko’pligi bilan qadrlidir. Lekin sabzavotlarning qadri faqat mazasi va oziqaligida emas, balki hujayralarida ballast moddalarning mavjudligiga hamda, ular oziq-ovqat kaloriyasini tartibga solib turadilar.
Sabzavotlar tarkibidagi 70 % dan 95%gacha bo’lgan suv tashkil qiladi. Katta yoshli odam bir kecha-kunduzda ovqat bilan 3-4 ming kkal yoki bir yilda 1 mln kkal olishi kerak . Bir kilogramm yangi ko’k no’xot, shirin makkajo’xorini quvvat berish qobiliyati 750-940 kkal, tarvuz, qovun,karam, piyoz va rediskadan boshqa ildiz-mevalilarniki-300 – 500 kkal, Kam tarqalgan sabzavot, redis rovoch, ismaloq, salat va qovoqniki-150-270 kkal, bo’lgani holda non va qo’y go’shtiniki-2000 kkal, yog’larniki esa 8800 kkalni tashkil qiladi.
Ko’pgina am tarqalgan sabzavot maxsulotlari faqat ovqat sifatida emas, balki dorivor sifatida ham katta ahamiyatga ega. Ular yurak-qon tomirlarini, ovqat hazm qilish yo’li kasalliklarini, ko’z kasalliklarini davolashda vitamin manbai sifatida qo’llaniladi.
Qizil boshli karam. Bu karam tarkibida qand, oqsil, kletchatka miqdorining ko’pligi bilan ajralib turadi. Ularning bargida limonli organik kislota bo’lib, u organizmga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Karamda mineral tuzlar, ayniqsa kaliy hammasidan ko’p. Ular mushaklarinig qisqarishi va ko’pgina fermentlarining harakat uchun xizmat qiladi. Organizmdagi suv va natriy tuzlarini chiqarishda kaliy yordam qiladi. Yurak xastaligia uchragan bemorlar uchun karamning ahamiyati ayniqsa kattadir.
Karam vitaminlarga boy o’simlik. Vitamin Sga bo’lgan kecha –kunduzlik talabni qondirish uchun 100-150g karam iste’mol qilish kifoya. Oqbosh karamda V1, V2, Ye, K, R vitaminlari bor. V vitaminlar guruhiga kiruvchi inozit askarbin kislotasiga o’xshab aterosklirozning oldini olish qobiliyatiga ega. Sklerozning dovosi bo’lgan holin moddasi karamda, baliq va go’shtdagiga nisbatan uch baravar ko’pdir.
Xalq tabobatida karam uyqusizlikka, bosh og’rig’i va qalqon bezlarining kattalashishiga qarshi qo’llaniladi. Karamning yangi barglari pasodli yaralarga, oshqozon, o’n ikki barmoq ichak yaralariga, shishgan, kuygan urulgan joylarga qo’yiladi. Tuzlangan karam suvida vitamin ko’p bo’lganligi sababli sog’liqni mustahkamlash uchun, jigar og’riganda, bavosilga qarshi ichish tavsiya etiladi.Urug’ini qaynatib, suvidan bo’g’in og’riqlarini davolashda, gijjani haydashda va siyishni kuchaytishida foydalaniladi.
Gulkaram. Ozuqaligi jihatdan eng foydali sabzavot ekinlaridan biri gulkaram hisoblanadi. Unda oqbosh karamga nisbatan quruq modda, mineral tuzlar, ayniqsa fosfor, kaliy, kaltsiy, temir, magniy moddalari ko’p. Gulkaram V3,S,RR vitaminlariga boy bo’lib, inson organizmini zararli mutagen moddalaridan himoya qilidi. Gulkaramdan turli taomlar tayyorlanadi.Undan kontserva tayyorlash ham mumkin.
Kam tarqalgan sabzavot. Kam tarqalgan sabzavotning ozuqalik axamiyati baland emas. Lekin unda lazzat, maza beruvchi, shuningdek ovqatni hazm qildiradigan, bezlar faoliyatini kuchaytiradigan xususiyat bor. Kam tarqalgan sabzavotdagi ferment, tabiat bo’yicha insulinga yaqin bo’lganligi sababli parxez maxsuloti sifatida qo’llaniladi. Mevasida shunday fermentlar borki, ular vitamin S ni paydo bo’lishini kuchaytiradi va V vitamini o’zlashtirishga ko’maklashadi. Bulardan tashqari Kam tarqalgan sabzavot yodning yaxshi manbaidir.
Sabzavot qovoqchasi. Sabzavot qovoqchasi g’oyat foydali oziqadir.Uning etida fosfor kislotasi, kaliy, kal’tsiy, magniy bor. Temir miqdori bo’yicha qovoq sabzavotlar ichida chempion hisoblanadi. Ular V1,V2,V6, S, Ye, RR vitaminlari va A provitaminga boy polizdir.shuningdek qovoqda modda almashuv jarayonini tezlatishga yordam qiluvchi T vitamini borligi aniqlangan.
Arpabodyon. Xalq tabobatida qorin bo’shlig’ida gaz yig’ilishida, ichaklar yallig’lanishini davolashda keng qo’llanilgan.

Download 67,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish