112
qaynotamga qaraymi, erimgami yoki bolalargami deb boshqalarni ham, o‘zini ham
aldaydigan kelinlar oxir-oqibat soxtalikni ko‘rsatib qo‘yadilar. Atrofdagilarni,
ayniqsa, bolalarni bunday uslub bilan o‘ziga tortish, ularni rahmini keltirish
o‘xshovsiz xiyla, holos. Axloqshunoslikda muhabbat erkinlikda namoyon bo‘ladi,
degan ilmiy xulosani nazardan chetda qoldirmang.
Hech qachon bolalarning mehnati uchun “pora” bermaslik lozim. “Buni
qilsang, uni olib beraman” qabilida. Buning o‘rniga unga ixtiyor bergan ma’qul.
Istagan ishni tanlab olsin. Ammo bajarsin. Mehnatsiz yashab bo‘lmaslikka
o‘rgatish lozim.
Agar o‘zingiz namuna bo‘lmasangiz bunday “tarbiya” ning hech foydasi
bo‘lmaydi. Bolalar oldida bir-birining vazifalarini “eslatib” urishmaslik kerak.
Agar sizdagi o‘zaro ziddiyatni bolalar bilib qolsalar, ular sizdan foydalana
boshlaydilar.
Bunga qarshi faqat va faqatgina oiladagi axloqiy muhit choradir.
1
Oilaviy bayramlar – har bir oilaning shaxsiy ishidir. Ammo tug‘ilgan
kunda birlashish va hamjihatlikning bo‘lishi turgan gap. Hammaga ma’lumki,
ayollar o‘z tug‘ilgan kunlarini erlari yoddan chiqarishlarini juda og‘ir
qabul
qiladilar.
Er-xotinlar o‘rtasidagi asosiz paydo bo‘laveradagian bahslarning qat’i
chorasi – ko‘p hollarda ajrashish bilan tugaydi. Ammo bunga noiloj
vaziyatlardagina yo‘l qo‘yish mumkin. Munozaradagi ma’lum qoidalarga amal
qilib, bu baxtsizlikdan qutulish mumkin. Masalan, hech qachon o‘z noroziligini
kinoyali ohangda aytmaslik lozim – bu odamni haqoratlaydi va instinktiv ravishda
qarshilik qilishga undaydi. Yurakdagi dardning hammasini faqat mulozamat,
muloyimlik va bosiqlik bilan ayta olish mumkin. Bu oilada ijobiy javob –
tushunishni vujudga keltiradigan yagona ohangdir. Muomala qila olishning ziddi
jizzaki, buyrug‘ona ohangdir. Ochiqdan-ochiq odamga achinishni e’lon qilish ham,
aksil ta’sir beradi. Bundan tashqari,
fikrni oxirigacha aytmaslik,
“yopiqlik”
ham
munosabatni qiyinlashtiradi. Urushayotganda o‘zini o‘ldirish bilan “
qo‘rqitish”
ham insoniylikka to‘g‘ri kelmaydi. Ikkita odamning bahslashuvida uchinchi
odamning fikrini asos sifatida keltirish yaramaydi. Er-xotinlar o‘rtasidagi juda
yaxshi do‘stona munosabat birontasining onasi yoki boshqa bir odamning keltirgan
firklariga asoslanishining o‘ziyoq janjalga sabab bo‘lishi mumkin. Oilaviy
mojarolarda turli umumiyliklardan – “
Sen doimo...”
kabi so‘zlardan yiroqroq
bo‘lish lozim. Aniq bir fakt yoki asosga tayangan holdagina so‘zlash lozim. Ta’na
muhabbatni o‘ldiradi. Bu hatto asosli ayblov ham bo‘lishi mumkin. Shu bois,
bunday holatlarga kamroq murojaat qilgan yaxshi. Dashnom berayotgandagi
yuzimizning istinkiv ko‘rinishining aks ta’siri bizdan qochish istagini paydo qiladi.
Bu esa aloqaning buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Yaqinlarni doimiy tanbehlar bilan charchatib qo‘ymaslik kerak. Biror narsa
haqida tanbeh beradigan bo‘lsangiz, buni muloyimlik va do‘stonalik bilan bajarish
1
Қаранг Абдулла Шер. Ахлоқшунослик. – Тошкет.: Ўзбекистон миллий файласуфлари жамияти. 2010. 295-
б.
113
lozim. Uni qayta takrorlash, ayniqsa avvalgidan ham
balandroq ohangda aytish
foyda bermaydi. Tanbehni eshitgan odamni yodidan ko‘tarilishi mumkin emas,
aksincha, bu narsa yo unga yoqmaganidan, yoki imkoni yo‘qligidan e’tibor
bermagan bo‘lishi mumkin, bu bilan hech narsaga erisholmaysiz. Yaqin odamlarni
g‘alati harakatlarini yoki biron talablarni bajarmasligini kechirish mumkin. Ammo
kechirimli bo‘lishga da’vat etish, hamma narsaga e’tiborsilik qilish degani emas.
O‘ziga nisbatan talabchan bo‘lgan inson, boshqalardan ham buni kutadi. Ammo
bunday talablarga hamisha o‘z vaqti hamda usulini topa bilish lozim.
“Qisqa kelishmovchiliklar”
dan qochishning iloji yo‘q. Asosiysi, ularning
haqiqatan ham qisqa bo‘lishidadir. Imkon qadar darhol o‘zaro kechirim so’rab,
normal munosabatlarni qayta tiklab olish muhimdir. Yarashuvdan so‘ng
kelishmovchilikning sababi va janjalning o‘zi ham unut bo‘lishi kerak. Albatta,
shunday vaziyatlar bo‘ladiki, o‘zaro munosabatlarga alohida aniqlik kiritishga
ehtiyoj paydo bo‘ladi, lekin imkon qadar ulardan o‘zini chetga olmoq durust.
Hammasidan ham mojarodan o‘t chiqmasdan o‘chirgan afzal. Umuman olganda,
“munosabatlarni kelishib olish”
yaxshi variant emas. Bir odamning o‘zini tutishi
boshqasini hamisha tushunib yetishiga olib kelavermaydi. Ba’zida juftingizdan
nima uchun u bunday qilayotganini so‘rashingiz mumkin.
Ammo uning javobi
sizni qoniqtirmay qolsa,
“kavlashtirishni”
hojati yo‘q. Ba’zi biz
“erishgan
haqiqat”
bizga yoqmasligi mumkin. Zero qarshingizdagi odam sizni xafa qilmaslik
uchun indamasa ham, uni
“siqishni”
boshlaganingizdan so‘ng hammasini aytib
yuborishi mumkin.
Oilaviy axloq o‘z juftini ishonch halqalari bilan bog‘lanishini taqozo etadi.
Shu bois o‘z yaqiningizni yolg‘onchilikda ayblash yoki biron narsada
“ushlashga”
harakat qilish vaziyatni og‘irlashtiradi holos. Bu ishonchsizligingiz sizga nisbatan
ichki dushman sifatida qarashga olib kelish mumkin. Albatta, me’yorida, siz uchun
aziz bo‘lgan odam sifatida chiroyli rashk qilish mumkin. Bu hatto aloqani
mustahkamlaydi. Ammo yarim haqorat shaklidagi rashklar,
juftingizni qilmagan
ishini qilishga undashi mumkin. Yaqiningiz bilan bo‘lgan munosabatda
“tilga
suyak qo‘yib qo‘ygan”
yaxshi.
“Jinni bo‘libsiz!”,
degan so‘z albatta, ajrashishga
sabab bo‘lmasligi mumkin, ammo sizni chiroyli ko‘rsatmaydi. Undan ko‘ra:
“
Adashyapsiz, azizim!”
deb aytgan durustroq.
Hattoki, hazilomuz murojaatlarda ham o‘tkir iboralardan hayiqmoq lozim.
Bizning so‘zlarimiz biz istagan darajada doimo natija bermasligi mumkin, o‘zimiz
bilmagan holda boshqalar qalbini yaralashdan uzoqroq bo‘lganimiz ma’quldir.
YOmon ma’noda so‘z aytgan bo‘lsangiz, unda uni ifodalashdan ne ma’ni bor?!
Sizni u kechirishi mumkin. ammo qalbiga otilgan bu
“nayzaning”
izi o‘chishi
qiyin. Bundan siz ham foyda ko‘rmaysiz. Va eng asosiysi, erkaklar uchun: rafiqasi
bilan bo‘lgan har mojaroda ayolni o‘ziga qaratadigan
“Azizam”
degan murojaati
masalani ijobiy tus oldirishi mumkin. Ammo erkaklarning bunday so‘zlarni
ishlatishlari nihoyatda kam uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: