Kechirasiz, hazillarga unchalik xushim
yo‘q”, “Qaytaryapsiz”, “Ko‘rsatuvni oxirigacha ko‘rib olmaymizmi?” kabi
–
taxminan shu asnoda javob bergan ma’qul. Gapirayotganda munozaraga
berilmasdan, aniq, baland bo‘lmagan ohangda, xotirjamlikni ushlab turmoq zarur.
Mulozamatga
“rahmat”
deb qisqacha javob beriladi. Odatda, o‘zini haddan
tashqari erkin, aqlli qilib ko‘rsatishga intilgan va diqqat markazida bo‘lishni
istaganlar qattiq uringanlar, aksincha,, noqulay vaziyatga tushib qoladilar. Bunday
odamlarga boshqalarining ismi sharifiga, bo‘yi, millati va turar joyiga, sochining
rangi, ma’lumoti va avtomobil halokatiga doir hazillar qilish mumkin emasligini
hamisha yodda tutish kerak.
O‘xshamagan hazilga, dilxiralikka qanday javob berish kerak? Jim bo‘lib
qolishdek hech bir holat kuchli ta’sirga ega emas. Keyin kimdir biron boshqa
mavzuda gap boshlagani yaxshi. Agar
“o‘tkir fikrli”
shaxs tinglovchilar g‘ashiga
tegishida davom etsa, uy egasi unga qarab:
“Bugun sen negadir o‘zingdamassan”,
deb to‘xtatishi lozim. Odamlar o‘ziga kelmasdan avval hazillarga ko‘mib tashlash
kerakmas. Hazil joyida bo‘lgani yaxshi. Hozirjavob hazilning ma’nosiga yetib
borishda so‘zlovchining qattiq kulgusi xalaqit beradi.
Davrada achchiq so‘zlarni suiste’mol qilmagan ma’qul. O‘zini aqlli deb
biladigan bunday odamlar davrada
“qurbon”
topib olib, uni mazax ostiga olish
maqsadida turli savollar yoki vaziyatlarga solishga intilishi o‘zini ahmoq qilib
ko‘rsatishdan o‘zga narsa emas. Bunda tinglovchilar gapirayotgan odamning
aybini qidirishga ko‘proq e’tibor beradilar. Erix Fromm ta’limotida bunday
odamlarning ruhiyatida sadizm – zolimlik borligini – “zulm qilyapmanmi demak
mavjudman”, degan shior yashaydigan kishilarga nisbat beradi. Agarda bunday
odamlarning harakati tashqaridan juda xunuk ko‘rinishi, mazlumni emas, o‘zini
butun bir tuban xususiyatlarini ko‘rsatayotganini va undagi o‘ta omilikni
tashqariga chiqarayotganini bilganida edi hech qachon bunday harakatlarni
qilmagan bo‘lar edi. Zigmund Freyd jamoada o‘zini bunday tutayotgan shaxs xatti-
harakatlari Aslida, hasadgo‘ylikdan ekanligi, bunga guvoh bo‘layotgan jamoat ham
aksariyat holatda bunga to‘sqinlik qilmasa-da, ushbu shaxs to‘g‘risida xuddi shu
xulosaga kelishini ta’kidlagan. Bu bilan Freyd jamoada inson o‘zini erkinroq
tutadi, va badxulqlik bilan bo‘lgan barcha harakatlardan tiyilishi qiyin bo‘ladi,
degan xulosaga keladi.
1
Tahliliy ruhshunoslik asoschisi Karl Gustav Yung esa
jamoada ushbu ruhiy holatni arxetiplar bilan bog‘lab, unga “trikster” degan nomni
beradi. “Trikster – bu odamlar tabiatidagi eng tuban illatlar majmui, jamoaviy
anglanmaganlikning tuban ruh – obrazidir”.
2
Demak, jamoatda boshqalar ta’siridan
o‘z salbiy illatlariga erk berish xavfi kuchliroq ekan, inson bunday paytda o‘zini
yo‘qotmasligi, axloqiy masalalarda mustaqil fikrga ega bo‘lishi kerakligini
unutmasligi lozim ekan.
1
Фрейд З. «Психология масс и анализ человеческого «Я».-СПб, Азбука классика.2008.-76с.
2
Ўша манба. 35 – бет.
22
Suhbat olib borish jarayonida tashvishlari bilan band, ma’nosiz nigohlarni
ko‘rsatmaslikka harakat qilgan ma’qul. Suhbatdoshga qiziqish bilan, uning
so‘zlarini tushunayotganini bildirish uchun ba’zi-ba’zida savol berish yoki
aniqliklar kiritib turish zarur. Agar hikoyani eshitgan bo‘lsangiz, hikoyani o‘rtasiga
kelganda birdan gapni bo‘lishdan ko‘ra darhol
“Ha, aytib bergan edingiz”
qabilida
gapirib qo‘ygan ma’qul. Odobli odam, garchi hikoyani avval eshitgan bo‘lsa ham,
so‘zlayotgan odamni bo‘lmaydi. Tasodifan eshitib qolgan narsalarga chuqur
sho‘ng‘ib ketib, munozara qilmaydi.
Bunda axloqiy tarbiyaning ba’zi vositalarini yoki unga yaqin yo‘llarni
tanlash qo‘l keladi. “Axloqiy tarbiyaning eng kuchli vositasi – san’at. Bu vosita
aholining barcha tabaqasini, turli yoshdagi shaxslarni qamrab oladi”.
1
Zero,
zamonaviy ruhshunoslik insonning jamiyat va borliq bilan bo‘lgan turli
munosabatlarini nafaqat yo‘lga qo‘yadi, balki uni mustahkamlaydi ham. Misol
uchun, ruhiy tahlil falsafasi asoschisi Freyd ta’limotiga ko‘ra, madaniy ijod bilan
birgalikda badiiy ijod jamiyat faoliyatida shahvoniy qudrat va nafsning ular o‘rnini
bosadigan ijobiy hodisalarga aylanish orqali, (sublimatsiya) ya’ni tubanlikdan
ulug‘vorlikka
o‘tish
natijasida
vujudga
keladi.
Ijodkor
jamiyatdagi
muammolarning yechimini san’at asarlari orqali obrazli tarzda jamiyatning o‘ziga
taqdim etish bilan topishga intiladi. Ammo, barchaga ham iste’dod va daholik
berilavermaydi. Shu jihatdan ham ruhiy tahlil bu masalaning yechimni ikki yo‘l
bilan hal qilishni taklif etdi. Ilmiy tadqiqotlar natijasi insonning axloqiy
munosabatlarida estetik faoliyatning muhim ekanligini ta’kidlay boshladi. Zotan,
san’at asarini idrok etish insonda ijodiylik va hozirjavoblik qobiliyatini o‘stiradi.
Muomala etiketida hozirjavoblik katta o‘ringa ega. Aksariyat hollarda
insonlar davraga kirib kelgan kishini sergakligi va hozirjavobligiga katta e’tibor
beradilar.
Ayniqsa,
etiketda
ko‘rishish va so‘rashish jarayoni o‘zaro
kuzatuvchanlik bilan amalga oshiriladi. Agar ulardan biri bu borada “soddalik”
qilsa, odamlar orasida buni bildirishning har qanday yo‘lidan foydalanishga
intilishni ko‘rish mumkin. Buning ruhiy-axloqiy jihati shundaki, o‘z vaqtida
berilmagan “javob” yoki “soddalik” boshqarilishga loyiq kishi sanalishi, boshqalar
oldida “kulgi” bo‘lish xavfi, bir tomondan, jamiyat qo‘ygan etiket qoidalarini o‘z
vaqtida amalga oshirishga intiltirsa, ikkinchi tomondan, o‘ng‘aysizlikni yengish
uchun hozirjavoblikni qo‘llash orqali badiiy ijodiylikka intiltiradi. Bu borada Freyd
“Hozirjavoblik va uning anglanmaganlikka munosabati” asarida hozirjavoblikning
vujudga kelishi va uning qabul qilinishdagi ruhiy holatlari talqinini berish bilan
birga, Freyd kulgililikka ham alohida to‘xtalib, uning boshqa turlarini, ular
orasidagi o‘zaro farqini tushuntirishga harakat qiladi.
2
Davradagi odam boshqaga
murojaat qilganda yoki munosabatga kirishganda, beixtiyor suhbatdoshiga
so‘zlayotgan so‘zlaridan birining unli yoki undosh harflarini almashtirib yuborish
orqali kulguni vujudga keltiradi. Agar bu so‘z o‘yini atayin, ongli tarzda amalga
oshirilgan
taqdirda
ham
so‘zlovchi ijodiy jarayondagi ijodkor kabi
1
Шер.А. Ахлоқшунослик. Дарслик. Т.: Ўзбекистон файласуфлари миллий жамияти, 2010, 312-б.
2
Фрейд З. Остроумие и его отношение к бессознательному.
Минск. Попурри , 1999.-.5 с.
23
anglanmaganlikka keng yo‘l qo‘yib beradi. Zero bu jarayon san’atkorona
mahoratni talab qiladi. Muallif so‘zlardagi unli va undosh, so‘zlarga qo‘shiladigan
qo‘shimchalarni o‘zgartirish bilan juda chiroyli tarzda o‘z maqsadi yo‘lida
foydalanarkan, bir jihatdan so‘zlovchining ruhiyatidagi ziddiyatlarni kulgulilik
orqali o‘zini dovdir qilib yoki bilmasdan gapirib yuborgan qilib ko‘rsatish bilan
tashqariga, suhbatdoshiga zimdan uyushtirilgan hujum sifatida amalga oshiradi.
Ikkinchi jihatdan esa, dilini og‘ritmagan holda, ochiqdan-ochiq kurashlarsiz,
kulgulilik orqali suhbatdoshini “silliqlik” bilan “haqiqatga” yetkazib qo‘yadi.
Bunday jarayon muomala etiketida to‘satdan paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan
qo‘pol munosabatlarning oldini oladi. Biroq ortiqcha hazil, hozirjavoblik doimo
to‘g‘ri kelavermasligini unutmaslik lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |