Etika va estetika


Erkaklar – tantanali kechalarda



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/112
Sana25.03.2022
Hajmi2,55 Mb.
#510249
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   112
Bog'liq
Etiket (1)

Erkaklar – tantanali kechalarda. 
To‘q tusdagi kostyumni bir bortlik yoki 
ikki bortlik kiygan yaxshiroq. Rasmiy dabdabali uchrashuvlar yoki davlat 
miqyosidagi qabullarga, odatda aynan shunday tusdagi kostyum kiyiladi. Faqatgina 
kechki chiqishlar uchun xizmat qiladigan frak va smoking hali bizda rusm bo‘lgani 
yo‘q. Diplomat qabullarida yoki
 
tantanali kechalarda kombinatsiyalangan kostyum 
yoki fraklar kiygan odamlarni hali ham uchratish mumkin. Shunga qaramasdan, 
bunday kostyum va uning atributiga qo‘yilgan qat’i talablar ham mavjudiligini 
unutmaslik lozim. Diplomatlar, savdo uyushmalarining xodimlari hamda madaniy, 
iqtisodiy va ilmiy xalqaro yirik uchrashuv qatnashchilari bunday turdagi 
kiyinishlarni farqiga borishlari bilan birga ayni paytdagi talablarga oson 
ko‘nikishlari lozim. Tashrif kostyumi deb nomlanadigan kiyim kunduzgi qabullar 
uchun, universitetdagi va ilmiy muassasalardagi dabdabali majlislar uchun xizmat 
qiladi. Frak hamda smoking agar taklifnomada kechki kostyum deb ko‘rsatilgan 
bo‘lsa, kiyiladi. Bunday vaziyatlarda doimo frak yoki smoking nazarda tutiladi. 
Etiket bo‘yicha agar 
“kichik kechki libos
deb ko‘rsatilgan bo‘lsa, smokingda, 
agar smoking bo‘lmasa, kombinatsiyalangan kostyum kiyib borish ma’qul, ammo 
zinhor frakda bormagan ma’qul. Bugungi kunda bu bizda hali urf bo‘lmagan. 
Qaddi-qomatni tutish va chiroyli yurish. 
Kiyimning orastaligi va 
ko‘rkamligi faqatgina kiyimning o‘ziga bog‘liq emas. Bunda qaddi-qomat katta 
ahamiyat kasb etadi. Insonning turishi, yurishi, o‘tirishidan qo‘l va oyoqlarining 
vaziyatidan uning atrofdagilarga bo‘lgan izzat-hurmatini yoki hurmatsizligini 


43 
bilish mumkin. Gavdaning har bir vaziyatida baodoblik, tabiiy erkinlik ko‘rinib 
turishi va bu vaziyat shu sharoitga zid bo‘lmasligi lozim. Hech kim yo‘qligida 
o‘zingizga yo‘l qo‘yishingiz mumkin bo‘lgan harakatlar boshqalar oldida joiz 
bo‘lmaydi. 
Agar eng go‘zal chehra, kelishgan qaddi-qomat yoki chiroyli, nafis kiyim 
yurish-turishga mos tushmasa, kishida hech qanday taassurot qoldirmaydi. 
Inson hamma vaqt go‘zallikka va tartibga intilgan, shuning uchun ham 
avloddan-avlodga o‘tib kelgan va odatga aylanib qolgan udumlar hamda har bir 
xalqning an’analarida ajoyib tarzda o‘z ifodasini topgan. Yaxshilikka, go‘zallikka 
intilish insonga xos xislatdir, insonning xushmuomala va odobli bo‘lishga intilishi 
bu oddiy xoldir.
Insonda hamma narsa go‘zal bo‘lishi kerak. Uning tashqi ko‘rinishi, ichki 
qiyofasi, yurish-turishi ham go‘zal bo‘lishi lozim. Kishining samimiy va sof 
bo‘lishi bilan birga chiroyli yurishi, qaddi-qomatini adl tutishi, chiroyli gapira 
olishi, erkin xatti-harakat qilishi yaxshi odat natijasidir. Atrofingizga qarang va siz 
odamlarning qanday yurishini ko‘rasiz: biri bukchayib, boshqasining qo‘llari osilib 
yuribdi, narigisini oyog‘i qiyshayib qadam bosadi, yana biri maneken ayollarga 
o‘xshab yoniga tashlab yuribdi. Ba’zilar cho‘ntaklariga qo‘lini solib, olomonni 
yorib o‘tishga harakat qiladi. Har biri – “o‘zicha olam”. Agar har bir kishi oynaga 
qarab o‘zini boshqalar oldida qanday yurishini ko‘rganda edi!
Har bir odamning yurishi uning xususiyatini keltirib chiqaradi: ba’zida esa 
bu kostyumga ham bog‘liqdir. Bo‘yi past to‘la odamning yurishi boshqa, ozg‘in va 
uzun bo‘ylikniki – boshqa. Agar qiz bolaning oyog‘ida baland poshnali tufli-yu, 
kalta yubka bo‘lsa unda bir yurish uslubi, krossovka va djinsida esa – boshqacha 
yurish bo’ladi. 
Yurish o‘ta tabiiy bo‘lishi lozim. Ko‘chada boshni ko‘tarib yurish mumkin. 
Ammo bunda qo‘llarning harakati tashlanayotgan qadamning ritmiga mos bo‘lishi 
kerak: qo‘llar osilib turishi va ularni u yoqdan buyoqqa marsh harakatiga o‘xshab 
tashlab yurish kerak emas. Yurayotganda oyoqni shunday qo‘yish kerakki, unda 
oyoqning uchi va tovoni bir tekis harakatga mos ravishda yo‘naltirilgan: oyoqni 
uchini sal ichkariga qiyshaytiribroq qo‘yish lozim. Oyoqlari qiyshiq odam 
qadamini to‘g‘ri qo‘yishga doimo e’tibor berishi kerak. 
Agar siz sherigingiz bilan ayniqsa, qo‘l ushlashib ketayotgan bo‘lsangiz, 
yoningizdagi odamning qadam tashlashiga moslashib yurishga intiling. Agar ayol 
kishining yubkasi torroq bo‘lsa, unda qadamini maydalashtirib tashlaydi, erkak 
kishi esa, katta qadam tashlashiga qaramasdan, u bilan baravar yurishga harakat 
qilishi lozim. 
Har bir odamning qo‘llari bor, ammo ba’zida ularni qayerga berkitishni 
bilmay qolamiz! Axir har doimo qo‘limizda sigaret yoki boshqa narsalarni ushlab 
turolmaymiz, qo‘lni kissaga solib turish esa odobsizlik sanaladi Qo‘llarni har 
zamonda faqat paltoning cho‘ntagiga solish mumkin. Suhbatda esa fikringizni 
tasdiqlash uchun qo‘llanadigan harakatlardan tashqari, umuman, qo‘l ishlatilmaydi. 
Tik turgan holda gaplashish ko‘pchilik uchun azobning o‘zginasi. Ayniqsa, agar 
qo‘llarida hech narsa bo‘lmasa. Ba’zilar qo‘llarini bellariga qo‘yadilar yoki 


44 
chalishtiradilar, axir ularni bir nima qilish kerak-ku! Turgan bo‘lsangiz imkon 
qadar o‘zingizni to‘g‘ri tuting, bukchayib olmang. Bunda stul yoki o‘rindiqqa 
tayangan yohud o‘ziga tayanch uchun biron narsa topgan ma’qul. 
Lapanglab, bo‘shashib, chayqalib va bedana yurishdan saqlaning. Zarurat 
bo‘lmasa, zinapoyalarni tashlab tashlab sakrab chiqmang. Qo‘llarni haddan 
tashqari siltab, yelkalarni tebratib yuradigan ayollar ham, erkaklar ham juda xunuk 
ko‘rinadi. Yurganda va bir joyda turganda boshni ichga olish yaxshi emas. 
Gavdani to‘g‘ri tutib, yengil va ravon qadam tashlab yurish chiroyli 
ko‘rinadi. Qo‘llar oyoqlar bilan bir maromda harakatlanishi lozim. Ularni 
bo‘shgina osiltirib qo‘yish ham, haddan tashqari siltash ham yaramaydi. Yurganda 
oyoqlarning kafti bir-biriga paralel, panjalar esa salgina tashqariga kerilgan 
bo‘lishi lozim. 
Sport poyafzali va sport kiyimidagi ayollarga qaraganda baland poshnali 
poyafzal va yubka kiygan ayollar yengilroq va rovonroq yuradi. Ba’zi qizlar shim 
kiyib olib har qanday yurish va turish mumkin, deb o‘ylashadi. Ammo shalpayib 
yurish hech qachon va hech kimga go‘zallik bag‘ishlagan emas. 

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish