Tilak bildirish
Mehmon sog‘lig‘i uchun aytilgan tilaklar.
Agar mezbon biror-bir
mehmon uchun tilaklar bildirsa, unda to mehmondorchilik tugagunga qadar u
qolgan mehmonlarni nazardan qoldirmasligi lozim .
Mehmonlar bo‘lsa, faqat kechaning sababchisi uchungina tilak bildiradilar.
Agar tilak uy egasiga aytilgan bo‘lsa, uy bekasi ham chiroyli izhorlardan qolib
ketmasligi lozim. Tilak aytilgan vaqtda dasturxon atrofidagilar uni izhor qilayotgan
kishiga nisbatan hurmatini ko‘rsatish uchun yemak jihozlarini likop chetiga qo‘yib,
o‘zaro suhbatlar va tanovulni to‘xtatib diqqat bilan tinglaydilar. Tilak uchun eng
qulay vaqt ovqatlar orasidagi tanaffusdir, chunki bu vaqtda odamlar ovqat
yeyishdan to‘xtagan bo‘ladi, ovqat sovumaydi va hammaning diqqati notiqda
bo‘ladi. Dasturxonga ovqat tortilayotgan va odamlar ishtaha bilan yeb turgan
vaqtda so‘z boshlamaslik kerak. Yaxshilab gapirilgan, jonli va qisqa tilak ziyofatni
qizitib, jonlantirib yuboradi. Nutqning qisqa va tushunarli bo‘lishi – asosiy
shartdir. Tantanali qabullarda odatda, erkaklar tilakni o‘rinlaridan turgan holda
tinglaydilar, ayollarning turishlari shart emas. Agar notiq tilakdan oldin bokal
to‘ldirilgan vinoni ko‘krakka qadar ko‘tarib olgan bo‘lsa, unda boshqa erkaklar
ham xuddi shu vaziyatda turadilar. Agar u tilakdan avval bokalni qo‘lga olmasa,
unda boshqa erkaklar ham tinglayotganlarida xuddi shu vaziyatni saqlaydilar,
faqatgina tilak nihoyasiga yetgandan so‘nggina, odatda, tilak aytuvchi so‘zini
tugatgach, bokalni qo‘liga olganda, ular bokallarni qo‘llariga oladilar. O‘ziga
qaratilgan tilakka tilak bilan javob bermoq darkor. Tilakda aytilgan maqtovlarni
ayol kishi tabassum bilan qabul qilib, boshqalar turgan bo‘lsalar ham o‘z joyida
o‘tiraveradi. Bu paytda u qo‘lida vino to‘ldirilgan bokalni, to tilak aytilgunga qadar
ushlab turadi. Aslida, kechaning sababchisi boshqalar ichmagunlariga qadar
ichimlikdan ichmaydi, aks holda esa, u o‘zi uchun o‘zi qadah ko‘tarib,
nokamtarinlik qilgan bo‘ladi. Stol qarshisida o‘tirgan ayol bilan tilak bildirgan
kishi uning nigohini
“tutib olib”
qadahni nomiga ko‘tarib qo’yadi. U agar
boshqalar turmasa yoki bunga bir asos bo‘lmasa, o‘rnidan turmaydi. Agar juftlik
holi o‘tirgan bo‘lsa, tilak sifatida erkak bir-ikki og‘iz yarim hazil so‘zlar bilan,
masalan, “
chiroyli ko‘zlaringiz uchun”, “baxtli daqiqalar uchun”
ichishga taklif
qilish bilan kifoyalanadi. Ovrupo davlatlarida ba’zida tantanali tilaklardan keyin
ichib bo‘lgan qadahni yerga urib sindiradilar. Bizda esa biror narsani sinishi
yaxshilik alomati emas. Rasmiy tushliklarda tushlik tugagunga qadar tilaklar
149
aytilmaydi va ular tantanali nutqlar oldidan aytiladi. Ilk tilakni soqiy aytadi,
qolganlarini esa – uning ruxsati bilan bildiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |