partiyasining IV qurultoyidagi ma’ruzasida: «Biz O‘zbekistonning
beqiyos salohiyati, uning yer osti va yer usti boyliklari bilan haqli
ravishda faxrlanamiz va ularni yurtimizning taraqqiyoti, xalqimizning
farovonligi uchun yanada ko‘proq xizmat qildirish harakatidamiz», –
degan fikrlarini Vatan taraqqiyoti yo‘lida mavjud resurslardan oqilona
foydalanishga da’vat sifatida anglash lozim.
59. Ялпи ички маҳсулотни ҳисоблаш усулларига тавсиф беринг.
YAMMniishlabchiqarishxarajatlaribo‘yichahisoblashda, asosan, pirovardmahsulotvaxizmatlarniyaratishgaketganbarchaxarajatlare’tiborgaolinadi. Bular quyidagilardan iborat: birinchidan, uy-xo‘jaligining iste’mol xarajatlari o‘z ichiga: – uzoq muddatli foydalaniladigan iste’mol buyumlarini; – kundalik foydalaniladigan iste’mol buyumlarini; – iste’mol qilingan xizmatlarga ketadigan xarajatlarni qamrab oladi. Ikkinchidan, yalpi ichki xususiy investitsiya xarajatlari: – asbob-uskunalar sotib olish, – korxonalar, omborlar, turar-joy binolarini qurishga sarflangan xarajatlar,–tovar zaxiralari o‘rtasidagi farqlar yoki zaxiralarning o‘zgarishlari-dan iborat. Uchinchidan, tovar va xizmatlarning davlat xaridi. Bu guruhdagi xarajatlarga davlatning barcha xarajatlari, ya’ni mahalliy va markaziy bosh-qaruv hokimiyati idoralari tomonidan korxonalarning pirovard mahsulotlar va resurslar xaridi (qurol-yarog‘ sotib olish, avtomobil yo‘llari va pochta muassalari qurilishi, davlat korxonalarida to‘lanadigan ish haqi) kiritiladi. Shu o‘rinda alohida ta’kidlash joizki, bu xarajatlarga davlat transport to‘lovlari kiritilmaydi. To‘rtinchidan, sof eksport yoki mamlakatning import va eksport operatsiyalari o‘rtasidagi farq. Shunday qilib, YAMMni xarajatlar orqali hisoblash ko‘rsatib o‘tilgan to‘rtta guruh xarajatlari orqali olib borilar ekan. YAMMning xarajatlar bo‘yicha ko‘rsatkichlari quyidagi formula bilan aniqlanadi: YAMM = S + Is + G QP Bunda: YAMM – yalpi milliy mahsulot; S – uy xo‘jaligi iste’mol xarajatlari; Is – yalpi ichki xususiy investitsiya xarajatlari; G – tovar va xizmatlar bo‘yicha davlat xaridi; QP– sof eksport.
YAMMni ishlab chiqaruvchilarning barcha daromadlari yig‘indisi ko‘rinishida hisoblashda, asosan, quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Birinchidan, iste’mol qilingan kapital hajmi yoki amortizatsiya (A), ya’ni joriy yildagi YAMMni ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan investitsiya tovarlarni sotib olishga mo‘ljallangan ajratmalardan iborat.Ikkinchidan, biznesga solinadigan egri soliqlar (T) mahsulot bahosini oshiruvchi ishlab chiqarish xarajatlari hisoblanadi. Sotishdan olingan soliq, aksizlar, mulkka soliqlar, litsensiya to‘lovlari va bojxona bojlari shular jumlasidandir. Uchinchidan, yollanma ishchilarning ish haqlari (W), ya’ni xususiy va davlat kompaniyalarining ish haqini to‘lashga sarflagan umumiy xarajatlari (ish haqi va unga qo‘shimchalar, ijtimoiy sug‘urta, pensiya, bandlik va boshqa ijtimoiy fondlarga ajratmalar, badallar).
To‘rtinchidan, ijara haqi (R1).Bu iqtisodiy mulk resurslari bilan ta’minlovchi uy xo‘jaliklarining daromadlaridir. Masalan, ijaraga berilganturar joylar, binolar, asbob-uskunalar, yer va boshqalardan olinadigan daromadlar. Beshinchidan, foiz stavkalari yoki foiz daromadlari (R), ya’ni pul kapitalini yetkazib beruvchilarga xususiy biznes daromadidan olinadigan pul to‘lovlari.Oltinchidan, mulkdan keladigan daromad yoki foyda (P). Bu mulk egalarining daromadlari va korporatsiyalarning olgan foydalari (TR)dan iborat. O‘z navbatida, korporatsiyalarning foydalari quyidagilardan tashkil topadi: – korporatsiyalarning olgan foydasiga soliq yoki foyda solig‘i; – hissadorlar o‘rtasida taqsimlanadigan dividentlar (P1); – taqsimlanmagan foyda (P2)/ Shunday qilib, YAMMni daromadlar asosida hisoblashda quyidagi formula qo‘l keladi: YAMM = A + T + W + R1 + R + P – TR + P1 + P2
Uchinchi usul – bu YAMMni hisoblashga qo‘shilgan qiymatlarbo‘yicha yondashuv. Bunda milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlaribo‘yicha yaratilgan qo‘shilgan qiymatlar qo‘shib chiqiladi (YAIM tarmoqva ishlab chiqarishlar bo‘yicha). Bu usul bilan hisoblangan YAMM(IMM) alohida tarmoqlarning shu mahsulotini yaratishdagi o‘rnini vahissasini aniqlash imkonini beradi.
60-
61.Иқтисодий категориялардан бири пулга таъриф беринг. Бозор иқтисодиётида пулнинг асосий функциялари нималардан иборат?
Do'stlaringiz bilan baham: |