3. Moliya vositalari. Bular jumlasiga soliqlar va subsidiyalar (moliyaviy yordam) kiradi. Soliqlarning ortishi xarajatlarni oshirib, foydani qisqartiradi, demak taklifni ham qisqartiradi. Aytaylik soliqlar ishlab chiqaruvchilar tushumining (tovar sotishdan kelgan pul) 28 % iga teng. Soliq oshib, u 40 %ga yetsa, o'z-o'zidan ma’lumki, bu narx o'zgarmagan sharoitda foydani 12 % (40—28=12), qisqartiradi.
4. Bozorga taklif etiladigan boshqa tovarlar narxi. Bozorga turdosh, o'rinbosar yoki bir-birini to'ldiruvchi tovarlar chiqariladi. Ulardan birining narxini o'zgarishi boshqasining taklifini o'zgartirib yuboradi, chunki bu talabga ta ’sir etadi. Masalan, marshrutli taksi narxi oshsa unga talab qisqaradi, bu avtobus xizmatlariga talabni oshirib, ular taklifini ko'paytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |