64.Пулнинг қандай турлари мавжуд? Пул массаси деганда нима тушунилади?
Dunyoda nechta mamlakat bo'lsa, shuncha milliy pullar (valutalar) bor. Ularning nomida o'xshashlik bo’lsada , ular farqlanadi. AQSh, Kanada, Avstraliya, Gonkong pullari dollar nomi bilan yuritiladi, lekin bular hamma jihatidan farqlanadi.
Pullar turlicha bo'ladi. Ulardan biri tovar puldir. Shunday tovarlar borki, ularning ichki qadr-qiymati bo'ladi, ya’ni ular mehnat sarflab ishlab chiqariladi, lekin boshqa tovarlarga ayirboshlanish xususiyatiga ega bo'ladi. Misol uchun oltin. Uning ichki qadr-qiymati bor, u qazib va eritib olinadi, katta xarajat talab qiladi, u sanoatda ishlatiladi, undan zargarlik buyumlari, elektronika uchun butlovchi qismlar tayyorlanadi. Garchi hozir oltin tanga pullar ishlatilmasa-da, oltin yuksak likvidli tovar sifatida tovar puli bo'lishi mumkin. Rossiyada 1991 — 1994 yillar sigaretlar pul vazifasini o'tagan, ya’ni chekmaydiganlar ham uni pul, deb qabul qilishgan, chunki unga boshqa tovar olish mumkin bo'lgan. O'sha kezlarda Navoiy viloyatining Tomdi tumanidagi chorvadorlar xususiy mashinalarda uzoq yerga borib kelish uchun kira haqiga pul o'rn id a bir bosh qo'y berishgan.
Qog'oz pullar – dekretlangan, ya’ni davlat tomonidan pul, deb e ’lon qilingan maxsus belgilari bor qog'ozlardir. Qog'oz pullar davlat tomonidan muayyan mamlakatdagi yagona to'lov vositasi sifatida kiritiladi va
bu haqda pulning o'ziga yozib qo'yiladi. Qog'oz pullar kupyura shakliga ega, ular har xil qiymatli bo'lib chiqariladi. Masalan, O'zbekiston milliy puli so'mni olsak u 10, 25, 50, 100, 200, 500, 1000 va 5000 so'mlik kupyuralar shaklida chiqariladi.
Pul o 'z shakli jihatidan qog'oz, tanga va chaqa pullardan tashkil topsa, muomala qilish jihatidan naqd va naqd bo'lmagan pullarga ajratiladi.
Aktiv (faol) va passiv (faol bo'lmagan) pullar mavjud. Aktiv pul bu amalda harakatda bo'lgan, y a’ni iqtisodiyotdagi oldi-berdi munosabatlarida to'lov vositasi sifatida ishlab turgan puldir. Passiv pul bu iqtisodiy oborotda ishtirok etmay turgan puldir, u jamg'arma, pul rezervlari va kassa qoldiqlaridan iborat puldir.
Barcha pul turlari iqtisodiyotda pul massasini tashkil etadi. Pul massasi muayyan mamlakatda, muayyan paytda muomalada yuruvchi barcha pul turlarining miqdoridir.Pul massasi uning agregatlaridan iborat bo'ladi. Pul agregati – bu pulning likvidligi jihatidan turli guruhlarga ajralishidir. Eng oldingi agregatga likvidligi yuqori pullar kiritiladi. Masalan, AQShda birinchi agregatga (uni M1 deb belgilaydilar) naqd pul, yo'l cheklari, xohlagan paytda bankdan olinishi mumkin bo'lgan, lekin maxsus hisobvaraqda turuvchi pullar, chek vositasida olinishi mumkin bo'lgan boshqa pullar kiritiladi. Eng so'nggi agregatlar likvidligi pastroq pullardan iborat bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |