40 Миллий иқтисодиёт тушунчаси ва унинг кўрсаткичлари нималардан иборат?
Milliy iqtisodiyot muayyan mamlakatning ichida yuz beradigan iqtisodiy faoliyat bo‘lib, bunda firmalar, xonadonlar va davlat ishtirok etadi. Yer yuzida qancha mustaqil mamlakatlar bo'lsa shuncha milliy iqtisodiyot bor, deb aytish mumkin. Hozir dunyoda 200 dan ziyod milliy iqtisodiyot mavjud. Milliy iqtisodiyot mamlakat mustaqilligining tayanchi hisoblanadi. Chunki u mustaqillikni moddiy jihatdan ta’minlaydi. Milliy iqtisodiyot muayyan mamlakatda yaratilgan tovar va xizmatlar, to'plangan moddiy va nomoddiy boylik shu mamlakatga qarashli bo'lishini, ya’ni milliy mulkchilik mavjudligini bildiradi. Milliy mustaqillik mamlakatdagi iqtisodiy faoliyat, hatto xorijliklarga qarashli sektorning faoliyati ham milliy manfaatlarga zid emas, balki bunga mos bo'lishini bildiradi. Milliy mulkning iqtisodiyotdagi ustuvorligi xorij mulkidan yuz o'girishini bildirmaydi. Milliy iqtisodiyotda xorij mulki bo'lgan kapital, tovarlar, xorijliklarning mehnati ham qatnashadi, biroq bular nazorat ostiga olinib, ular milliy manfaatlarga putur yetkazishiga yo'l berilmayd. Iqtisodiyotning milliyligi uni boshqalar uchun yopiqligini bildirmaydi, aksincha u ochiq bo'ladi, tashqi dunyo bilan o'zaro manfaatli aloqaga tayanadi. Biroq milliy iqtisodiyot asosan o'zining resurslariga tayanadi, milliy an’analar, odatlar va ko'nikmalarni o'zida mujassamlashtiradi. Har bir milliy iqtisodiyot o'zining tarkibiy tuzilishi (strukturasi) va darajasi jihatidan boshqalardan farqlanadi.
41
|
Ялпи ички маҳсулот ва миллий даромад нима?
|
Javob : Yalpi ichki mahsulot (YalM) deganda ma’lum davr mobaynida mamlakat ichida pirovard natijada yaratilgan tovar va xizmatlarning bozor qiymati tushuniladi. Bunda malum bir davlat hududidagi tovar va hizmatlarni ishlab chiqaruvchi barcha korxona,shirkat va xususiy xojaliklar(boshqa davlatniki bolishidan qati nazar) kiradi. Misol uchun Samarqanddagi Otayol avtobuslari ishlab chiqaruvchi zavodi(Turkiya) MAN yuk mashinalari ishlab chiqaruvchi zavodi(Germaniya) General Motors(AQSH) kabi korxonalar garchi chet davlatiga tegishli bolsa ham ular ishlab chiqargan tovarlar O`zbekiston YaIM ga qoshib hisoblanadi.
Mamlakatning o'zida va tashqarisida uning vakillari yaratgan tovar va xizmatlarning bozor qiymatlari birgalikda yalpi milliy mahsulotni (YaMM) tashkil etadi. Bunga misol qilib yuqoridagi kompaniyalarni keltirishimiz mumkin. Samarqanddagi Otayol avtobuslari ishlab chiqaruvchi zavodi(Turkiya) MAN yuk mashinalari ishlab chiqaruvchi zavodi(Germaniya) General Motors(AQSH) kabi korxonalar ishlab chiqargan tavarlar O`zbekiston YaIM lariga qoshilgani bilan bir qatorda, O`z davlatlarining YaMM hisobiga ham ularning ko`rsatkichlari qoshiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |