7.1. Adapterlar
Adapter ko‘rsatkichlari. Ethernet va Fast Ethernet tarmoq
adapterlari (NIC-Network Interface Card) komp’yuterlar bi-
lan quyidagi standart interfeyslar yordamida ulanishi mumkin:
ISA shinasi (Industry Standard Architecture);
●
PCI shinasi (Peripheral Component Interconnect);
●
EISA shinasi (Enhaneed ISA);
●
MCA shinasi (Micro Channel Architecture);
●
VLB shinasi (VESA Local Bus);
●
PC Card shinasi (PCMCIA ning o‘zi);
●
Centronics parallel port (LTP);
●
RS232-C (COM) ketma-ket port.
●
ISA (magistral) tizim shinasiga mo‘ljallangan adapterlar
eng ko‘p uchraydi, chunki bu shina hozircha boshqa shinalarga
nisbatan ko‘p tarqalgan, uning kengaytirish raz’emlari (ñëîòû)
ko‘p komp’yuterlarda o‘rnatilgan. ISA shinasiga mo‘ljallangan
adapterlar 8 va 16 razryadli qilib ishlab chiqariladi. To‘g‘ri ISA
– 133 –
shinasida axborot almashinuv tezligi juda yuqori bo‘la olmaydi
(16 Mbayt/s atrofida, amalda 8 Mbayt/s dan katta emas).
Fast Ethernet adapterlarini bu tizim shinasi uchun deyarli
ishlab chiqarilmaydi, chunki tarmoqda axborot almashinuvini
katta tezlikda olib boriladi.
PCI shinasi ISA shinasini siqib chiqarmoqda va
komp’yuterlarni kengayishi uchun asosiy shina bo‘lib qolmoq-
da. Ular 32 va 64 razryadli axborotlarni uzatishni ta’minlab
bera oladi va yuqori o‘tkazish qobiliyatiga egadir (nazariy
264 Mbayt/s gacha) bu tezlik nafaqat Fast Ethernet talabi-
ni, balki yuqori tezlikka ega Gigabit Ethernet tarmoq talabini
ham qondiradi. Asosiysi PCI shinasi nafaqat IBM PC turidagi
komp’yuterlarda va yana Pover Mac turidagi komp’yuterlarda
ham ishlatiladi, shuningdek, u qurilmalarni avtomatik ravishda
tashkil qilish tartibini qo‘llaydi (Plug-and-Play). PCI shina-
sining ISA shinasiga nisbatan kamchiligi komp’yuterda ken-
gaytirish raz’emlarining (slot) kamligi (odatda 3 ta raz’em).
MCA, EISA va VLB shinalari bir necha vaqt PCI shinasi
bilan raqobatlashdi (ularning hammasi 32 razryadli axborot
almashinuvini ta’minlab beradi).
PC Card shinasi (eski nomi PCMCIA) hozircha faqat
kichik Notebook turidagi komp’yuterlarda qo‘llaniladi. Bu
komp’yuterlarda ichki PCI shinasi odatda tashqariga chiqaril-
magan. PC Card interfeysi orqali kichik kengaytirish platala-
rini sodda ulash imkoniyatini beradi, bu platalar bilan axborot
almashish etarli darajada yuqori. Lekin kichik komp’yuterlar
tarkibiga tarmoq adapterlarini ham joylab ishlab chiqara bosh-
landi, chunki tarmoqqa ulanish imkoniyati ham komp’yuter
vazifalarining asosiysidan biri bo‘lib qolmoqda. Bu o‘rnatilgan
adapterlar ham PCI ichki shinasiga ulanadi.
U yoki bu shinaga mo‘ljallangan tarmoq adapterini tanlash-
da, eng avval tarmoqqa ulanadigan komp’yuterlarga shinaning
kengaytirish raz’emlarining bo‘shi borligiga ishonch hosil qi-
lish kerak. Shuningdek, tanlangan adapterni o‘rnatishga ish
hajmini va qiyinchilik darajasini to‘g‘ri baholash, hamda tan-
– 134 –
langan plata yaqin kelajakda ishlab chiqarishdan olib tashla-
nish ehtimolini ham o‘rganish kerak bo‘ladi.
LPT parallel (printer) porti va COM ketma-ket portlar
tarmoq adapterlarini ulash uchun juda kam holda ishlatila-
di. Bunday ulanishning asosiy afzalligi adapter ulash uchun
komp’yuter g‘ilofini yechish kerak emas. Bundan tashqari
adapterlar komp’yuterning sitema resurslarini band qilmaydi.
Lekin tizim shinasini ishlatilganga qaraganda ikkala holda ham
komp’yuter bilan ular o‘rtasidagi axborot almashash tezligi an-
cha sekin. Shuningdek, ular tarmoq bilan axborot almashishi
uchun protsessor vaqtini ko‘p talab qiladi, bu komp’yuterni
umumiy ish faoliyatini sekinlatadi. LTP va COM raz’emlariga
ichki manbadan sim (o‘tkazgich) chiqarilmaganligi uchun,
adapterlarga tashqi manba bo‘lishi kerak, buni ham hisobga
olish muhimdir.
Tarmoq adapterlarining eng muhim ko‘rsatkichlarini sanab
o‘tamiz:
adapter tuzilishini tashkil qilish usuli;
●
plataga o‘rnatilgan bufer xotira qurilmasining sig‘imi
●
(o‘lchami) va u bilan aloqa tartibi;
plataga masofaviy yuklanish, doimiy xotira qurilmasini
●
o‘rnatish imkoni (Boot Rom);
adapterning turli aloqa muhitlariga ulanish imkoniyat-
●
lari mavjudligi (o‘ralgan juftlik, ingichka va yo‘g‘on
koaksial kabel, shisha tolali kabel);
adapterni tarmoqqa axborot uzatish tezligi va uni
●
o‘zgartirish imkoniyati;
adapterning to‘liq dupleks axborot almashish tartibida
●
ishlatish imkoniyatining mavjudligi;
adapter drayverlarini tarmoqda ishlatiladigan dasturiy
●
vositalari bilan mosligi.
Adapter tuzilishini tashkil qilish (êîíôèãóðèðîâàííèå)
deganda komp’yuterni tizim resurslaridan foydalanishini na-
zarda tutiladi (kiritish/chiqarish manzillari, uzilish kanallari,
xotiraga to‘g‘ri bog‘lanish, bufer xotira manzillari va masofaviy
– 135 –
yuklanish xotirasi). Adapter tuzilishini tashkil qilish platada-
gi maxsus moslamani kerakli holatga o‘tkazish bilan amalga
oshi rish mumkin yoki adapterga qo‘shib beriladigan DOS –
tuzilishni tashkil qilish dasturi (Jumperless, Software configu-
ration) yordamida amalga oshirishi mumkin. Bunday dasturni
ishlatganda foydalanuvchiga qurilma tuzilishini tashkil qilishni
o‘rnatishning oddiy menyu yordamida (adapter ko‘rsatkichini
tanlash) amalga oshirish taklif qilinadi. Shu dastur yordamida
adapterni testlash ham mumkin. O‘rnatilgan ko‘rsatkichlar
adapterning energiyaga bog‘liq bo‘lmagan xotirasida saqla-
nadi. Qurilma tuzilishini tashkil qilish jarayonida har qanday
tizim qurilmalari va boshqa kengaytirish uchun qo‘yilgan pla-
talar bilan konflikt holati kelib chiqishidan saqlanish kerak.
Komp’yuter elektr manbai yoqilganda Plug-and-Play tartibida
avtoamtik ravishda qurilma tuzilishini tashkil qilish amalga
oshi rilishi mumkin.
Adapterning bufer xotira qurilmasining o‘lchamidan,
adapterning ishlash tezligi va yuqori axborot yuklamalarga
bardosh berish ko‘rsatkichlari bog‘liqdir. Adapter xotirasining
o‘lchami odatda 8 Kbaytdan bir necha megabaytgacha bo‘lishi
mumkin. Xotira qancha katta sig‘imli bo‘lsa, shuncha ko‘p
tarmoq paketlarini saqlash mumkin. Ajratilgan serverda ish-
latiladigan adapterlar uchun bufer xotira qurilmasining katta
sig‘imga bog‘lanishi zarur, chunki u orqali tarmoqning ham-
ma axborot oqimi o‘tadi. Agarda komp’yuter sekin ishlasa,
tarmoq dan o‘tayotgan axborotni o‘tkazib ulgurmasa, u holda
hech qanday katta sig‘imli bufer xotira qurilmasi ham yordam
bera olmaydi.
Tarmoq adapterlarida tarmoqdagi axborot almashish funk-
siyalarining hammasini odatda bita maxsus integral sxema
yoki ko‘p bo‘lmagan mikrosxemalar to‘plami (2-3 ta) baja-
radi. Shu bilan adapterlarni narxi pastligini tushuntirish mum-
kin. Bunday mikrosxema to‘plamlarini yetkazib beruvchilar
ko‘p bo‘lmagani uchun, ko‘p adapterlar bir xil mikrosxema
to‘plamida yig‘iladi. Lekin komp’yuter shinasining adapter bi-
– 136 –
lan tashkil qilinishi turli xil bo‘lishi mumkin, shuning uchun
adapterning ish unumdorligi va ishonchliligi ayniqsa ekstremal
holatlarda turlichadir.
Fast Ethernet adapterlari bir tezlikli (100 Mbit/s), shu-
ningdek, ikkita tezlikli (10 Mbit/s va 100 Mbit/s) qilib ishlab
chiqariladi. Ikki tezlikli platalar (ularni odatda «10/100» deb
belgilashadi) birmuncha narxi qimmat bo‘ladi, shunga yarasha
ular hech qanday muammosiz har qanday tarmoqda Ethernet/
Fast Ethernet ishlashi mumkin.
Hamma tarmoq adapterlari sertifikatsiyalangan bo‘lishi
kerak. FCC A-klassdagi sertifikat adapterlarni biznesda ish-
latish huquqini beradi, FCC V-klassidagi sertifikat adapter-
larni uy sharoitida ishlatishga huquq beradi. Standart tarmoq
adapterining xavfsiz elektromagnit nurlanishi hisobga olingan.
Adapter tanlashda eng muhimi, diqqatni uning drayveri
bilan tarmoq dasturiy ta’minotining mos tushishiga qaratish
kerak. Tarmoq dasturiy vositalarini hamma ishlab chiqaruv-
chilari (Novell, Microsoft va boshqalar) drayverlarni serti-
fikatsiyalash bo‘yicha ish olib boradi. Agarda shunday sertifikat
bo‘lsa, xavotirga o‘rin qolmaydi. Boshqa tomondan, hamma
tarmoq dasturiy vositalar drayverga testlangan to‘plam holda
haridorga yetkaziladi. Agarda xarid qilingan plata drayveri
shu to‘plamga kirsa, u holda ham moslik bo‘yicha muammo
bo‘lmasligi kerak.
Tarmoqda axborot almashish tezligining haqiqiy qiymati
o‘rtacha keltirilgan ko‘rsatkichlarga kiradi. U faqat adapterga
bog‘liq emas, komp’yuterga ham bog‘liqdir (protsessor va disk
tezligiga, xotira sig‘imiga), axborot uzatish muhitiga, dasturiy
vositalarga, tarmoq yuklanganlik darajasiga bog‘liqdir. Shu ning
uchun eng tez ishlaydigan (va qimmat) adapterni tanlagan
holda ham axborot almashuvida sezilarli tezlikka erishmaslik
mumkin. Masalan, 8 razryadli ISA adapteridan 16 razryadli-
giga o‘tilsa yoki ISA adapteridan 32 razryadli PCI adapteriga
o‘tilsa, amalda tezlik oshmasligi ham mumkin. Shunga qara-
may tizimda adapter tezlik ko‘rsatkichi bo‘yicha eng nozik qism
– 137 –
bo‘lib qolish hollari ham kam emas va uni almashtirish ish
unumdorligini keskin oshirishga sabab bo‘lishi mumkin. Qaysi
adapter o‘z funksiyalarini protsessor ishtirokisiz, o‘z resurslari
yordamida amalga oshirsa o‘sha adapter tez ishlaydiganidir.
Ish unumdorligining haqiqiy ko‘rsatkichlarini butun tar-
moqni testlash natijasida bilish mumkin. Buning uchun qator
testlash dasturlari mavjud, ulardan taniqlilari Novell firmasi-
ning Perform 3 mahsuloti va Ziff-Davis firmasining Netbench
3.0 maxsuloti. Har qanday testlash dasturlari ham tarmoqdagi
aniq vaziyatga baho bera olmaydi, lekin turli tarmoq adapter-
larni real holda o‘zaro taqqoslash imkoniyatini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |