Etanni piroliz qilib etilen olish jarayonini loyihalash. Piroliz kirish I bob. Texnik-iqtisodiy asoslash



Download 6,71 Mb.
bet1/6
Sana12.07.2022
Hajmi6,71 Mb.
#779950
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Etanni piroliz qilib etilen olish jarayonini loyihalash Piroliz


Etanni piroliz qilib etilen olish jarayonini loyihalash.
Piroliz
KIRISH
I Bob. Texnik-iqtisodiy asoslash

    1. Xom-ashyo,moddalar va tayyor mahsulot tavsifi

    2. Texnologik jarayon tavsifi

    3. Asosiy qurilmaning hisobi

II Bob. O’lchash asboblari va avtomatlashtirish
2.1. Atrof-muhit muhofazasi
2.2. Fuqoro muhofazasi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Tabiat O’zbekistondan ne’matlarini ayamagan.Zaminimiz qarida son-sanoqsiz tabiiy boyliklar , jumladan o’ta muhim ahamiyatga ega bo’lgan energiya resurslari – neft, tabiiy gaz va gaz kondensatlari mavjuddir.
I.A.Karimov.
Kirish
O’zbekiston Respublikasida hozirgi vaqtda energiyaning asosiy manbalaridan biri neft va gaz hisoblanadi.Ulardan asosan turli suyuq yoqilg’ilar- benzin,kerosin,dizel va qozonxona yoqilg’isi (mazut) olish uchun foydalinilmoqda. Bu sohada mamlakatimizda juda qisqa vaqt ichida bir qancha ishlar amalga oshirildi.
Bular jumlasiga:

  • qazib olinayotgan tabiiy gaz hajmini oshirish,shu bilan birga qimmatbaho komponentlar (metan,etan,propan va boshqalar) bilan boyitilgan gazni qayta ishlab qimmatbaho xom ashyo gazlari tayyorlash;

  • neft va gaz kondensatlarini qazib olishni oshirish;

  • tabiiy gazni qayta ishlash sistemasini ta’mirlashni amalga oshirish;

  • yuqori texnologiya quvvatida neft-gaz kondensati,yoqilg’I gazlarini olish uchun qo’llana boshlandi.

O’zbekiston Respublikasining janubiy-g’argiy qismida Qarshi cho’lida (Qashqadaryo viloyati,G’uzor tumani) joylashgan bo’lib,Sho’rtan gaz kondensati konlari negizida barpo etilgan.
Majmuaning faoliyati Unitar Sho’ba korxonasi shaklida tashkil etilgan bo’lib,bevosita “O’zbekneftgaz” Milliy Xolding Komponiyasi tasarrufidagi “O’zneftgazqazibchiqarish” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 11-noyabrdagi 395-sonli Qaroriga muvofiq,polietilen ishlab chiqarishga mo’ljallangan Sho’rtan gaz kimyo majmuasining qurilishi to’g’risida qaror qabul qilindi.
1998-yil fevral oyida “O’zbekneftgaz” MXK tomonidan ABB Lummus Global (AQSH),ABB Soimi (Italiya),Mitsui&Co.Ltd,Toyo Engineering,Nisho Iwai Corp (Yaponiya) kompaniyalaridan iborat konsorsium bilan Sho’rtan gaz kimyo majmuasining texnologik qismini ’’foydalanishga tayyor holgacha “qurilishni amalga oshirish to’g’risida shartnoma imzolandi.
2001-yil dekabr oyining 21-sanasida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov va yuqori darajadagi boshqa mehmonlar ishtirokida majmuaning rasmiy taqdimot marosimi o’tkazilib,unda majmua jamoasiga uning ramziy kaliti topshirildi va ishga qo’shish ishlari boshlandi.
2002-yil avgust oyida UzClear® tovar belgisi ostidagi birinchi “O’zbek” polietileni ishlab chiqildi.
2006-yil Hukumat qaroriga binoan “Qarshitermoplast”(Uzbekistan,Qarshi shahri) korxonasi majmua balansiga o’tkazildi va polietilen kimyoviy jihatdan barqaror bo’lgan turli suyuqliklar va gazsimon moddalar uchun bosim ostida ishlovchi kanalizatsion quvurlarga mo’ljallangan,diametric 25 mm dan 250 mm gacha bo’lgan polietilen quvurlar ishlab chiqarish orqali tayyor polietilen mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar safiga qo’shildi.
2007-yil dekabr oyida polietilen bog’lovchi qismlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi.
2009-yil iyun oyida ekinlarni sug’orish suvi tanqis bo’lgan hududlardagi xo’jaliklar uchun tomchilatib sug’orish tizimi butlovchi qismlarni ishlab chiqarishga mo’ljallangan liniya ishga tushirildi.
2010-yil aprel oyida binolarning old qismini jihozlashga mo’ljallangan alyumin kompozirli panellar ishlab chiqarishga mo’ljallangan liniya ishga tushirildi.
2006-yildan boshlab polietilenni qayta ishlash natijasida quvurlar va ularni butlovchi qismlar shaklidagi tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish yiliga 5ming tonnani tashkil etgan bo’lsa, hozirgi kunda bu ko’rsatkich alyuminiy kompozit qoplamalar,tomchilatib sug’orish tizmining butlovchi qismlarini ishlab chiqarishni o’zlashtirish hisobiga 10ming tonnaga yetkazildi.
Korxona asosan uch qismdan tashkil topgan bo’lib,bular:
Etilen ishlab chiqarish sexi.
Polietilen ishlab sexi.
Energiyaresurs ustanovkalari.
Korxonaning yillik quvvati 3,9 mlrd.kubometr Xomashyo gazini qayta ishlash natijasida quyidagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga mo’ljallangan:
125ming tonna polietilen granulasi;
100ming tonna siqilgan gaz;
100ming tonna gaz kondensati;
1.5ming tonna oltingugurt granulasi.
May oyida polietilen quvurlar mahsulotlari assortimenti 315 mm dan 630mm gacha bo’lgan diametrdagi polietilen quvurlar ishlab chiqaruvchi ekstrizion liniyani ishga tushirish hisobiga kengaytirildi.
Sho`rtan gaz kimyo majmuasi maydonida joylashgan har xil turdagi uskunalar, kimyoviy qurilmalar , texnologik quvurlar tarmog`I, yuqori bosimi va haroratda ishlovchi hamda past haroratda ishlaydigan qurilmadir.
Bular vertikal joylashgan.
Kolonna tipidagi qurilmalar rektifikatsion kolonnalar, reaktorlar, absorberlar, gesorberlar, adsorberlar, har xil sig`imlar, issiqlik almashtirgichlar, rezervuarlar va boshqalar.
Sho`rtan gaz kimyo majmuasida polietiilendan tashqari yiliga 137000 tonna yoqilg`i gazlar (propan, butan fraksiyalari) ishlab chiqarilmoqda.
Propan-butan fraksiyasi yaqin sharq hamda chet elda muqobil yoqilg`I sifatida ishlatiladi. Kompleksda tabiiy gazdan gaz kondensati 103000 tonna yiliga neftni qayta ishlashda xom-ashyo gazlarni ishlab chiqaradi. Qimmatbaho komponentlar ajratib olingandan so`ng tozalangan va quritilgan 4mlrd.metr kub tabiiy gaz Respublikamizning magistral quvurlari orqali iste`molchilarga yetkazib beradi.
Sho’rtan gaz kimyo majmuasining asosiy mahsuloti polietilendir. Mamlakatimizning polietilenga bo`lgan ehtiyoji yiliga 80000 tonnaga baholandi.

Sho’rtan gaz kimyo majmuasi Qashqadaryo viloyati,G’uzor tumaniga Qarshi shahridan 40 km uzoqlikda janubiy g’arbida joylashgan.


Texnologik ob’ektlar 150 gektar joyida joylashgan shimoldan 20 km uzoqlikda 240000 tonna mazut omborxonasi bo’lgan.
Tolimarjon GES si joylashgan shimoliy qismida 2 km uzoqlikda Sho’rtan neft gaz korxonasi joylashgan.
Sho’rtan gaz kimyo majmuasiga Temir yo’l,avto transport,magistral quvurlar keltirilgan.Elektr manbai bilan Tolimarjon GES I ta’minlab beradi.Korxonaga ishchi kuchi Sho’rtan,G’uzor,Qarshi,Koson va boshqa rayonlardan kelib ishlaydi.
Kimyo majmuasi uchun injener-texnik xodimlarini Toshkent Davlat Texnika Universiteti,Toshkent Kimyo-Texnologiya Instituti va Qarshi Davlat Texnika Universiteti tayyorlab beradi.
Sho’rtan gaz kimyo majmuasining shimoliy-sharqida Qarshi kanalidan kelayotgan suv hisobiga 11.3 mln sig’imga ega sun’iy suv ombori,1700 metr uzoqlikda shaharcha joylashgan.Sho’rtan gaz kimyo majmuasining polietilenga bo’lgan ehtiyojini to’liq qondiradi.



Download 6,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish