San'atdagi go’zallik - san'atda go’zallik ifodasini tahlil san'at tabiatini anglashni eng muhim omilidir. Shu bilan birga tabiatdagi, ijtimoiy hayotdagi inson mehnati bilan yaratgan ashyolardagi go’zallikni tushunish uchun o’ziga xos kalit vazifasini o’taydi.
San'atdagi go’zallik -hayotdagi go’zallik in'ikosi bo’lib, uning bitmas-tuganmas manbai-vоqe’lik, uning eng muhim badiiy iste'dod tarkibi esa go’zallikka tashnalik, sezgirlik.
Go’zallik yaratuvchi ijodkorlarning boshqa odamlardan farqi shundaki, u boshqalar fahmlay olmagan go’zalllikni hamma yerda ko’ra olish, fahmlash, sezish, his qilish qobiliyatiga egadir. Go’zallikning san'atda qaу darajada ifodalanishi ob'ektga emas, balki san'atkorning shu ob'ektga estetik munosabatga bog’liq g’oyat go’zal ob'ekt badiiy asarda o’zining mukammal ifodasini topolmay qolishi mumkin yoki aksincha, u qadar ko’zga tashlanmaydigan ob'ekt san'atkorning mohirligi tufayli badiiy asarda yorqin ifodalanadi.
San'atning ob'ektiv go’zallikka estetik munosabati real borliq go’zalligini badiiy go’zal аks ettirishdadir. Masalan:A.Oripovning
Toki tong otgunchali intiq qilar quyoshni,
Qishning beli yoy kabi bukilgaydir bu yurtda.
Bolg’a bilan ursang uchragan har bir toshni,
Oltin qumi shovullab to’kilgaydir bu yurtda.
Ko’rinib turibdki, O’zbekiston hayotida ob'ektiv go’zallik san'atining yuqori va boy estetik munosabati tufayli yorqin badiiylikka aylangan.
San'atkor hayotdan olgan informasiyalarni, taassurotlarni ijod prsessida qayta ishlaydi va ularni o’zi yaratayotgan badiiy obrazlarda mujassamlashtiradi. Maslan : U.Xayyomning «Navro’znoma» asarini o’qigan bo’lsangiz, unda «Go’zal yuz fazilatlari» juda go’zal talqin etilgan .
«Olimlar go’zal yuzni bir saodat deb biladilar va undan bahramand bo’lishni yaxshilik alomati deb hisoblaydi».
Go’zallik -barcha tillarda vasf etiladi va har qanday aqlga xush keladi. Aytadilarki, go’zal yuz dunyoda saodat - sababchisidir.
Agar go’zal yuz yana yaxshi xulq bilan uyg’unlashsa, baxt saodatning eng yuqori darajasi bo’ladi. Agar odam ham tashqi ko’rinishidan, ham tabiati bilan yaxshi bo’lsa, xudo va odamlar uchun sevimlidir.
Go’zal yuz to’rt fazilatga ega.
1. Go’zal yuz ko’rgan odamning shu kunini xayrli etadi.
2. Hayotdan bahramand bo’lish onlarini shirin qiladi.
3. U-odamni ochiq ko’ngilli va oliyjanob etadi.
4. Boylikni ko’paytiradi va yuqori mansab ato qiladi.
Agar biror odam tong chog’ida go’zal yuzni ko’rib quvongan bo’lsa, bu uning baxtliligidan dalolat beradi va shu kuni faqat xursandchilik ko’radi.
Agar inson go’zal yuzli odam bilan yonma - yon o’tirsa, uning uchun hayot quvnoq bo’ladi. G’am ketadi va ishlari rivoj topadi. Biror odam, hattoki u dovyurak bo’lmasa ham va o’zi yuz tuban bo’lsa, ham agar go’zal yuzli odamni ko’rsa, unda dovyuraklik va oliyjanoblik tuyg’ulari uyg’onadi.
Odamlar go’zal yuzli odamni ko’rganlarida unga mehr va hurmat bilan qaraydilar, chunki go’zallik hayot gashtini surishning xayrlik ne'matidir.
Rasulloh Alayhissalom aytadilarki, «Go’zal yuzli odamlardan o’zingizga zarur bo’lgan hamma narsani talab qiling».
Har kim o’zi uchun go’zal yuzning qanday bo’lishini belgilab oladi va unga nom qo’yadi. Ba'zilari uni muhabbat maydoni, ba'zilari shod-xurramlik gashti, muloqot bog’i, mavjudot bezagi va behisht belgisi deydilar. Olimlar va faylasuflar aytadiki, go’zal yuz olamning olloh - taolo tomonidan isbot va ilm o’rganish zarurligiga dalolatdir.
Go’zal yuz yaratuvchining asaridir va uning mohiyati ezguligini namoyon qiladi.
Ilm sohiblarining so’zlariga qaraganda yuz, tajalliy - sha'm, sha'mni erituvchidir. Ba'zilar uni boshdagi gulchambar, ilm bog’ini yashnatuvchi va qarilik daraxtini gullatadigan marhamat yomg’iri deydilar. Ba'zilar uni izdoshlariga haqiqatni va shu haqiqata yordamida haqqa qaytishlarini ta'minlovchi hаq belgisi deyiladi».
Go’zallik odob-axloqning bir bo’lagidir.
Masalan: Mehnatsevar odam kamtarin bo’ladi, kamtarinlik o’zida ma'naviy boylikni, chuqur axloqiylikni va yuksak nafosatni ifodalaydi.
Servantes yozganidek: Kamtarinlik bilan yo’rg`ilgan go’zalliknigina go’zal deya atalishiga haqli. Kamtarinligi bo’lmagan go’zallik, go’zallik emas, shunchaki xushbichimdir. Kamtarinlik ham go’zallikning bir ko’rinishidir.
Kamtarin bo`l, hatto bir qadam,
O’tma g’urur ostonasidan
Piyolani inson shuning uchun
O’par doim peshonasidan. - deyilishi bejiz emas.
Go’zallik estetik kategoriyalaridan biri bo’lib, tabiatdagi, inson narsa va hodisalar ijtimoiy hayot, inson faoliyatining kishiga mehr - muhabbat, quvonch, shavq, erkinlik tuyg’ulari hosil qilishga qodir bo’lgan xususiyatlarini ifodalaydi. Go’zallikda estetik ideal namoyon bo’ladi. Go’zallikning manbai insonning ijtimoiy faoliyatida, mehnatdadir. -
Go’zallikning ikki tomoni bor: ob'ektiv va sub'ektivdir. Ob'ektiv go’zallik moddiy duyoning xossasi. Sub'ektiv go’zallik esa - ob'ektiv go’zallikning kishi ongidagi in'ikosi. Go’zallikning ob'ektivligi mutlaq haqiqat, lekin uning idrok etilishi nisbiydir.
Go’zallikning sub'ektiv in'kosi shaxsning jamiyatga tutgan o’rnini, individual ongi, didi, dunyo qarashi va boshqa omillarga bog’liq. Ob'ektiv go’zallik bilan sub'ektiv go’zallik bir biriga uzviy bog’liq bo’lib, dialektik birlikni tashkil qiladi. Insondagi go’zallik tashqi va ichki ko’rinish, ya'ni mazmun va shakl birligini taqozo qiladi. Binobarin u insonning tashqi ko’rinishiga nisbatan qo’llaniladigan chiroyli, ko’rkam, suluv kabi so’zlarni o’z ichiga olishi bilan birga insondagi eng yaxshi xulq - atvor fazilarlarning ma'naviy go’zalligini belgilovchi muhim omil ularning mehnatga bo’lgan munosabatidir. Go’zallikni san'at asarlari erkin va umumlashtirib aks ettiradi. San'atdagi go’zallik xalqning tup manfaatini ifodalovchi idealga muvofiq hayotning to’g’ri aks etishi, shuningdek san'at asarlarida mazmun va shakl birligini obrazlarida, badiiy tasvirlarida namoyon bo’lishi demakdir. Ideal go’zallik voqelik estetik baho berishning mezoni. Go’zallik tuyg’usini tarbiyalar har tomonlama taraqqiy etgan shaxsni shakllantirishning muhim qismi.
Estetik go’zallikning xilma - xil ko’rinishlari orasida tabiatning go’zalligi inson uchun hammadan ko’rа yaqinroq va tushunarliroqdir. Tabiat - butun tabiiy xilma - xilligi bilan bizni o’rab turgan dunyo demakdir.
Tabiat go’zalligidan inson nafaqat moddiy foyda, balki ma'naviy zavq oladi. Olloh jamiyat bilan birga tabiatni ham shu qadar go’zal qilib yaratganki, kishi tabiat qo’ynida bir marta sayr qilsa qalbi yana tabiat qo’yniga oshiqadi. Tabiat go’zalligi - ne shoirlarni qalam tebratishga undagan. Tabiat ne'matlaridan, go’zalligidan bahra olib shoirlarimiz she'rlar bitishgan.
Donishmandlarimizdan biri aytganidek, «Go’zallik dunyoni qutqaradi».
Darhaqiqat inson qalbi go’zallikka tashna. Go’zallik orqali ko’p narsaga erishish mumkin.
Insonning did-farosati kiyim-boshda, hayotiy harakatlarida, o’zini tuta bilishda ko’zga tashlanadi. Samimiy, oq ko’ngil, o’ziga talabchan, umuman tarbiyalangan kishi tashqi ko’rinishida sun’iylikka yo’l qo’yilmaydigan tarzda kiyinishga, o’zini shunga munosib ko’rishga hагаkаt qiladi. Didli, farosatli kishi hamisha ana shu qiyofasini saqlab qoladi. Tashqi qiyofaga e'tibor berish, ichki ma'naviy go’zallikning ifodasi hisoblanadi. Ayrim yoshlar yasama, sun'iy go’zallik bilan o’zlarini badbashara qilib ko’rsatadilar, ular haqiqiy go’zallik yuzning tabiiy latofatida, oddiy xushbichim kiyimida, ekanini unutib qo’yadilar. Insonning tashqi go’zalligi kiyim ranglarining bir - biriga mos kelishida, tabiiylik va soddalikda yaqqol ko’rinadi. Ko’zga tashlangan holda, kishining husniga tabiiy latofat va nafosat beradigan, uning ayrim kamchilklarini bilintirmay ketadigan kiyim ma'qul.
Donolar bisotidan
Go`zallik jonli, hissiyotli, o`zgaruvchan narsalar olamidan ajralib qolgan abadiy ruh g`oyadir.
Aflotun
Go`zalik tabiatda mavjud bo`lgan birlamchi, inson tomonidan uni bilish esa ikkilamchidir.
Forobiy
Go`zal jamiyatni, kishilarning erkin baxtli do`st bo`bil yashashligini, hayotdagi go`zallik g`oyalarini tantana qilishni orzu qilgan tafakkurdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |