Estetika nazariyasi. Reja



Download 145,72 Kb.
bet12/20
Sana29.11.2022
Hajmi145,72 Kb.
#874894
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Bog'liq
Estetika nazariyasi. Reja

Fojeaviylik kategoriyasi. Fojeaviylik muammosi har doim falsafiy va estetik tafakkurning muhim tadqiqot obekti bo‘lib kelgan. Har qanday fojea zamirida alohida fojiali to‘qnashuv yotadi, uning eng muhim jihati ko‘lamlilik va ijtimoiy ahamiyatga tegishligidadir.
Fojeaviylik real hayot va inson a’molidagi kuchlar to‘qnashuvining natijasi bo‘lib, bu to‘qnashuvlar kurashining qanday tugallanishi pirovardida insoniyat istiqboli, taqdiri bilan bog‘lanib ketadi. Bu hol fojeaviylikning falsafiy jihatdan murakkab estetik kategoriya ekanligini ko‘rsatadi. Odatda, fojeiy qahramoni ko‘pincha ijobiy tusda tasvirlanadi: u o‘z davrining ijobiy orzu-umidlari, u yoki bu qirralarini o‘zida mujassamlashtirgan kuchli, yorqin, ulug‘vor shaxsni namoyon etadi. Lekin fojea to‘qimasida boshqa turdagi qahramonlar kam aks ettirilgan bo‘lib, o‘z taqdirlari bilan tomoshabinda o‘ta kuchli his-tuyg‘ularni qo‘zg‘aydi.
Kulgililik kategoriyasiga doir tadqiqotlar kulgining predmetini bir tomondan - ob’ektiv xususiyat sifatida, ikkinchi tomondan - shaxsning sub’ektiv imkoniyatlari natijasi sifatida, uchinchi tomondan - sub’ekt va ob’ekt o‘zaro aloqadorligining natijasi sifatida o‘rganadi. Bu o‘z navbatida, kulgililik kategoriyasini turli rakursda o‘rganishga olib keldi.
Estetik tafakkur tarixida kulgililik bir qadar keng o‘rganilgan. Jumladan, Aflotun ojiz va layoqatsizlarni kulgili odamlar, nodonlik - insonni kulgili qiladi, deydi. Arastu fikriga ko‘ra, kulgi ayrim xatoliklar hamda kishilarga ozor etkazmaydigan va zarar keltirmaydigan xunuklikni keltirib chiqaradi. Insondagi jahldorlik, suskashlik, qizg‘onchiqlik, subutsizlik, izzattalablik, shuhratparrastlik kabi illatlar kulgililik ob’ektidir. Bundan tashqari, Arastu kulgi - axloq hududlarini bezarar buzishdir, degan fikrni bildiradi.
Kulgilililk boshqa nafosatli hodisalar singari faqat ob’ektiv tomonga ega bo‘lmay, sub’ektiv tomonlarni ham o‘zida birlashtiradi. Kulgililikning sub’ektiv tomoni- keng ma’nodagi hazil(Yumor) tuyg‘usidir. (Moler hazil tuyg‘usini insonni hayvondan ajratib turadigan xususiyati deb atagan edi.) Hazil - insonlararo munosabatlarni tabiiy va erkin idrok etishi, turli beo‘xshov ziddiyatlarni anglagan xolda ularga nisbatan oqilona kulgi bilan javob berish qobiliyatidir. Hazil tuyg‘usi juda murakkab aqliy tuyg‘u bo‘lib, unda shaxs o‘zining butun borlig‘i bilan namoyon bo‘ladi, uda insonning his-tuyg‘usi, aqliy madaniyati, orzu-umidlari va tabiati aks etadi. SHuning uchun ham insonning nima uchun kulayotganligiga qarab, uning qanday illat va qanday fazilatga ega ekanligini bilish mumkin bo‘ladi.
Hulosa qilib aytish mumkinki, jamiyat ijtimoiy-ma’naviy taraqqiyotidagi har bir muammo u yoki bu fanning tadqiqot doirasiga tegishlidir. SHu ma’noda estetika ham fan sifatida maqsadi va vazifasi doirasida muayyan sohani o‘rganadi. Bu vazifalar umuman olganda, tabiat, jamiyat va tafakkur haqida yangi bilimlar hosil qilishga, qonun va kategoriyalar asosida olamni yangidan idrok etishga qaratilgan bo‘ladi.
Tabiat go‘zalligi va tarbiyaviy ahamiyati azaldan faylasuflarni qiziqtirib kelgan. Insoniyat ma’naviy Yuksalishidagi eng buYuk davrlar ham tabiat va odamzod hayotidagi o‘zaro uyg‘unlik va mutanosiblikning mavjudligini idrok etish, tabiat va dunyoning tartibli yaratilishi haqidagi oqilona munosabatlar bilan bog‘liq.
Ma’lumki, go‘zallik haqidagi ilk tasavvurlar ham tabiatga dahldor bo‘lib, tabiatdagi organizmlarning har biri o‘z holicha emas, balki boshqa organizmlar bilan bog‘liq holda yashaydi. Masalan, nabotot olami ham, hayvonot olami ham quyosh, suv, havo, tuproq ta’sirida yashaydi, rivojlanadi. Buni zardo‘shtiylikning kitobi bo‘lgan “Avesto”da ham ko‘p bora ta’kidlab o‘tiladi. Axura Mazda qiyofasidagi ezgulik hayot ramzi, erni hayvonot va nabotot bilan boyitadi, inson ularni sog‘lik, kuch-qudrat, baxt shodlik, umid, ishonch, go‘zallik, farovonlik yordamida munavvar qiladi. SHuni ta’kidlash joizki “Avesto” da inson oliy jonzot sifatida talqin etiladi, ayni paytda eru-ko‘kdagi barcha ne’matlarni sevish, ardoqlash, insonning muqaddas burchi hisoblagan. Ozodalik, tozalik tushunchalari axloqiy hamda ilohiy tushuncha darajasiga ko‘tariladi. Suvni, atrof-muhitni toza tutish, jonivorlarga shafqatli munosabat, bularning bari “Avesto”da eko-estetik tarbiyaning uzviy bog‘liq ifoda etilishini ko‘rsatadi.
Tabiatga estetik munosabat xususida Qadimgi Xitoy daochilik ta’limotida ham o‘ziga xos yondoshuv mavjuddir. Daosizm ta’limotida Inson mavjud olam kabi dao qonunlari asosida vujudga kelgan., u tabiatning bir qismi, uning vazifasi fazilat (de) yo‘lidan borish. Har qanday sun’iy aralashuv, tabiatning muvofiqlik tartibini o‘zgartirishga intilish-odamlar uchun halokatli, barcha yovuzliklarning, son-sanoqsiz baxtsizliklarning manbai tabiat joriy etgan qonunlardan chekinishdir. SHu sababli Lao-szi nazdida faoliyat-daoga qarshi qaratilgan va xalqqa zarar keltiradi., uning asosiy axloqiy tamoyili “uvey”-faoliyatsizlik, donishmand kishining “dao”si-bu kurashsiz faoliyat. Lekin bu kurashsiz faoliyat aslida tabiatga qarshi bo‘lmagan faol hatti-harakat, faqat daoga xos, tabiat qonunlariga mos faoliyatdir. Tabiat go‘zalligini asl holda saqlash va uni ko‘rish, his qilish daochilikda muhim ahamiyat kasb etgan.
Muqaddas Islom dinining muborak manbalari - Qur’oni Karim va Hadisi sharifda atrof-muhitni toza saqlash, tabiat ne’matlaridan oqilona foydalanishga da’vat qilinadi. Tabiat ne’matlarini isrof qilmaslik, insonning yashasha tarzi, shaxsiy gigienasi, zurriyotni tozaligiga, o‘simlik-hayvonot dunyosini asrashga, umuman ekologiya va tabiatni muhofaza qilishga katta ahamiyat berilgan. CHunonchi, Hadisda “Kimki daraxt ekib uni muhofaza qilishga sabr qilsa, meva bergunicha parvarish qilsa, u odamga mevasidan kelgan har bir foyda uchun Olloh huzurida ajr savob bo‘lgay” “Dunyo yam-yashil va go‘zaldir. Kimki undan haqli ravishda halollik bilan olsa, undan baraka topadi. Kimki nafs xoxishi bilan dunyoni mukasidan ketib egallasa, qiyomat kuni do‘zaxdan boshqa narsaga erishmaydi” – degan hikmatlar bir necha marta ta’kidlanadi.
Tabiatdagi eng oddiy narsa va hodisalar mazmuni va shakli uyg‘unligi bilan go‘zaldir. Go‘zallik bu voqelik (tabiat, jamiyat, san’at) hodisasi bo‘lib, aniq hissiy ta’sir o‘tkazish orqali insonda jismoniy va ma’naviy kuchlar oqimining ko‘payishiga, shodlik, zavqlanish, to‘la ma’naviy qoniqish holati vujudga kelishiga imkon yaratadi. Go‘zallik doimo foydalidir, lekin bu foydalilik jamiyat taraqqiyoti uchun xizmat qilishga mo‘ljallangan bo‘ladi.
Tabiatdagi go‘zallik ijtimoiy hayot go‘zalligidan, foydali amaliy faoliyatidagi go‘zallik badiiy ijoddagi go‘zallikdan farq qiladi. Lekin go‘zallik qanchalik o‘zining rango-rangligi bilan ajralib turmasin, ularning barchasi qandaydir umumiy tub belgilarga ega bo‘lib, mana shu umumiy tub belgilar tufayli ularning barchasini maxsus ilmiy-falsafiy istiloh-go‘zallik tushunchasi orqali talqin etish imkoniyati mavjud.
Inson hamma erda va har qanday darajada mavjud tabiiy hamohanglik bilan to‘qnashar ekan, u albatta tabiatning go‘zalligidan zavq-shavq oladi, ongli yoki anglamagan holda sevinadi, ma’naviy boylik orttiradi. Inson tabiatdagi u yoki bu davr, u yoki bu ijtimoiy guruh ijtimoiy orzusiga muvofiq keladigan hodisalarni go‘zallik sifatida baholaydi. Hamma vaqt tabiatga estetik munosabat va tabiatni estetik o‘zlashtirish uni «insoniylashtirish», tabiat hodisalariga inson talab-ehtiyojlarini, maqsad-orzularini tatbiq etish bilan bog‘lanib ketgan.
Insonda tabiatga qanday munosabatda bo‘lish tuyg‘usi birdaniga paydo bo‘lmagan, albatta, u sekin-asta, inson zoti va tabiati rivojlanib borgani sari shakllanib borgan, ibtidoiy san’at manzarali tasvirlarni bilmagan, tabiat hodisalarining go‘zal yoki hunuk ekanligini baholamagan, qadimgi ovchi-musavvir o‘z diqqat e’tiborini asosan tirikchilik manbai bo‘lgan narsalar, voqea hodisalarga qaratgan edi. (Omonqo‘ton, Sarmishsoy, Zarautsoy, Xojikent, Panjikent va boshqa qoya rasmlarni eslang). O‘sha paytlarda inson faoliyatining asosiy turi bo‘lgan ovchilik o‘rniga u yoki u bilan yonma-yon dehqonchilikning paydo bo‘lishi bilan, ya’ni inson atrofidagi tabiatni o‘zlashtira boshlashi bilan tabiat boshqacha ijtimoiy orzu mezonlari bilan baholanadi, o‘lchanadi, inson uchun tabiatning go‘zallik va xunuk tomonlari ayon bo‘la boshlaydi.
Go‘zallikni Yuksak darajadagi foydalilik tarzida idrok etiladi. Biroq, bu go‘zallikka munosabatning faqat bir jihati, xolos. Bizning asrimizda insoniyat ulkan vayron qilish qudratiga ega bo‘lgan vositalarni qo‘lga kiritdi. SHu narsa aniq-ravshan bo‘lib bormoqdaki, tabiatga faqat moddiy manfaatdorlik nuqtai nazaridan munosabatda bo‘lish salbiy oqibatlarga ham olib keladi.
Estetik xususiyatlar orasida tabiat go‘zalligi inson uchun hammadan ko‘ra yaqinroq va tushunarliroqdir. Tabiat bilan yaqin bo‘lishga botiniy intilish, undagi go‘zallik va nafosat olamini o‘zlashtirish, idrok etish inson zotiga xosdir.
Tabiat estetikasi insonni uyg‘unlikka asoslangan go‘zallikni ko‘rish, xis qilish, zavqlanish va qadrlashga o‘rgatadi. CHunki, tabiat go‘zalligi ko‘z bilan ko‘rish, qalb bilan his etish va harakat bilan barpo etish orqali idrok etiladi. Bu jarayon uchta jihatni to‘laqonli anglash va munosabatda bo‘lishni taqozo etadi. Bu: a) tabiiy organizmning o‘ziga xos tuzilishi va o‘zaro mutanosibligini; b) doimiy harakatda, rivojlanishda bo‘lgan jonli organizmning o‘ziga xos xususiyatlarni; v) tabiiy ob’ektlarga xos bo‘lgan dekorativ nafosatni. Bunday hodisa odatda san’at orqali etkazib beriladi.
Tabiatning estetik xususiyatlari insonni tabiatni sevishga, uning go‘zalligiga beg‘araz munosabatda bo‘lishga o‘rgatadi, ya’ni tabiatni faqat odamlar uchun yaratilgan deb emas, uni jamiyatdan tashqaridagi umumolamiy mustaqil qadriyat sifatida idrok etishni taqozo qiladi. Ayniqsa, tabiat estetikasining zamonaviy ko‘rinishi bo‘lgan landshaft dizayni masalalariga zamonaviy yondashuv, atrof-muhitni go‘zallashtirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. SHu bois mamlakatimizda landshaft dizaynini yanada rivojlantirish, aholi punktlari va qishloqlararo hududlarning arxitekturaviy-badiiy qiyofasini yaxshilash, landshaft dizayni mutaxassislarini tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 13 avgustda “O‘zbekiston Respublikasida landshaft dizaynini rivojlantirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” gi Qarori qabul qilindi. Qaror asosida ishlab chiqilgan dasturda Toshkent shahar hokimligi obodonlashtirish bosh boshqarmasi, Nukus shahri va viloyat markazlari bo‘lgan shaharlar obodonlashtirish boshqarmalarining landshaft dizayni guruhlarini, loyihalash tashkilotlarini malakali kadrlar, mutaxassislar bilan ta’minlash, zarur texnika, asbob-uskunalar va materiallar sotib olish uchun mablag‘lar ajratish ko‘zda tutilgan. Ayniqsa landshaft, me’moriy dizayn bevosita inson turmush tarzining farovonlashuvi va sog‘lom turmush tarzining vujudga kelishida muhim ahamiyat kasb etayotganini alohida ta’kidlash lozim.
Olmon faylasufi Immanuil Kant tabiatni axloqiylik bilan bog‘laydi: “Kimniki bevosita tabiat go‘zalligi qiziqtirsa, bu uning fikrlash tarzida, yo‘q deganda, axloqiylikka, ezgulikka qobiliyat mavjudligidan dalolat beradi”, – deydi. Biroq, yana bir olmon faylasufi Gegelning “Tabiatda ideal yo‘q, shu sababli u ikkinchi darajali go‘zallikdir!” – degan fikri estetikada uzoq davrlar hukmronlik qildi. Bu ayniqsa, “tabiatdan inom-ehson kutmaymiz, balki uni bo‘ysindirish vazifamizdir” - degan g‘oya tarafdorlari uchun juda qo‘l keldi. Natijada uzoq yillar tabiat, atrof-muhim va ekologiya estetikasi muammolari nazarda chetda qolib keldi. Me’moriy obidalarni asrash, tiklash haqida qayg‘urdi, ularni estetik qadriyatlar deb e’lon qildik, lekin landshaft estetikasini chetga chiqarib qo‘ydik.
O‘zbekistonda tabiatga estetik munosabatni takomillashtirish borasida muayyan tajriba orttirildi. Sohadagi vazifalarning ko‘lami mamlakatimiz hamda mintaqada ekologik vaziyatni sog‘lomlashtirish bilan bog‘liq muammolarni kompleks hal etishni, bu borada davlat organlari, jamoat birlashmalari, fuqarolik jamiyati institutlari va fuqarolarning sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirishni taqozo etadi. Zero, sog‘lom va go‘zal atrof-muhit muhofazasi davlatning, jamiyatning va har bir fuqaroning eng muhim vazifasidir.
Inson hayotining farovonligi bevosita tabiat bilan bog‘liq, shu bois ekologiya va inson salomatligi, tabiatga estetik munosabatni shakllantirish masalalari bugun ijtimoiy zaruriyatga va ma’naviy ehtiyojga aylanib bormoqda. Bu jamiyat, davlat va har bir fuqaro manfaatiga birdek daxldor masalalar sirasiga kiradi. Tabiatni muhofaza qilish, hududlarni obodonlashtirish, ko‘chat-daraxtlar o‘tkazish va ularni parvarishlash, foydali qushlar va hayvonlarga zarar etkazmaslik, ko‘l va ariqlarni ifloslantirmaslik, ularni doim tozalab turish tabiatni go‘zallashtirish muammolari bilan bevosita bog‘liq.
Hozirgi kunda tobora oydinlashib borayotgan haqiqat shuki, tabiatni estetik qadriyat deb bilmaslik estetik savodsizlik, aniqrog‘i, bugun tabiatsiz estetikani tasavvur qilish mumkin emas.

Download 145,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish