Estetika nazariyasi. Reja


Ovro‘pa norasional estetikasining asosiy g‘oyalari (SHopengauer, Nitsshe)



Download 96,42 Kb.
bet9/19
Sana14.06.2022
Hajmi96,42 Kb.
#671742
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
Mustaqil ish

Ovro‘pa norasional estetikasining asosiy g‘oyalari (SHopengauer, Nitsshe). Olmon mumtoz estetikasida ratsionalizm o‘zining Yuksak cho‘qqisiga ko‘tarilgan bo‘lsa, undan keyingi ba’zi falsafiy ta’limotlar noratsionallik asosida ish ko‘rdilar. Ana shu noratsionallik yo‘nalishining dastlabki yirik namoyandalaridan biri buYuk olmon faylasufi Artur SHopengauer (1788-1860)dir.
SHopengauerning nafosat falsafasi asosan «Olam ixtiyor va tasavvur sifatida» deb nomlangan yirik asarida bayon etilgan. Faylasuf san’at bilan fanni bir-biriga solishtirar ekan, san’atni narsalarning asoslanish qonunidan mustaqil tarzda «mushohada qilish turi» deb ataydi. Estetik mushohada ob’ekti alohida narsa emas, balki asoslanish qonuni harakati ostidan olingan g‘oya aflotuncha ma’nodagi g‘oya. Uni aql bilan emas, fahm (intuitsiya) yordamida payqash mumkin. San’atning fandan ustunligi ham ana shunda. SHu ma’noda SHopengauer «g‘oya»ni «tushuncha»ga qarshi qo‘yadi. Tushuncha fanga zarur, san’at uchun esa befoyda. San’atning maqsadi-g‘oyani in’ikos ettirish. San’at turlarining farqi esa ulardagi ifoda materiali bilan belgilanadi. «San’atning mohiyati shundaki, — deydi SHopengauer, — unda bir hodisa minglab hodisa uchun javobgar», u muhim voqea-hodisani olib, nomuhimini tashlab Yuboradi. Obraz-mushohadali g‘oya, u tushunchadan farqli tarzda, son-sanoqsiz alohida narsalarning o‘rnini mantiqiylik hamda mavhumiy umumiylik vositasida emas, balki fahmiy (intuitiv) idrok va tasavvur yo‘li bilan egallaydi.
SHopengauerning shogirdi Fridrix Nitsshe (1844-1900)ning qarashlari ham nihoyatda o‘ziga xos. U estetikaga doir asarlarida jumladan, «Fojianing tug‘ilishi» risolasida Suqrotdan to SHopengauergacha bo‘lgan nafosatshunoslikni «qayta baholab» chiqadi; tarixda haqiqat (aql) va go‘zallik o‘zaro hamkorlik yoki juda bo‘lmasa, «qo‘shnichilik» qilgan. Nitsshening fikricha, nafosatshunoslikda «hamma narsa go‘zal bo‘lishi uchun oqilona bo‘lishi kerak»degan suqrotchilikdek yanglish yo‘l yo‘q. Nitsshe romantiklar o‘rtaga tashlagan «go‘zallik Xudoning haqiqati» degan fikrni rad etib, go‘zallikni Xudo-san’atkor tomonidan yaratilgan illYuziya-xomxayol xayolot deb atadi. Haqiqat (aql) bilan go‘zallik, uning nazdida, tenglashtirib va sig‘ishtirib bo‘lmaydigan, bir-biriga zid tushunchalardir.

Download 96,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish