Essay әл-Хорезми


Mavzu: Abu Muin Nasafiy hayoti va ijodi



Download 48,52 Kb.
bet6/6
Sana14.03.2023
Hajmi48,52 Kb.
#918966
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ESSAY

Mavzu: Abu Muin Nasafiy hayoti va ijodi
Abul Muin Nasafiy (418-508/ 1027-1115) Markaziy Osiyodagi Sunniylik yo‘nalishi Moturidiya aqidaviy maktabining Imom Moturidiydan keyingi eng muhim ahamiyatga ega olimlaridan biri. Olimning to‘liq ismi – Maymun ibn Muhammad ibn Muhammad ibn Ma’bad ibn Makhul Abul Muiyn an-Nasafiy al-Hanafiy[1]. Abul Muin Nasafiy dastlabki ta’limni ona shahri Nasafda olib, so‘ngra ilm-fanning yirik markazlaridan hisoblangan Samarqandga ko‘chib o‘tgan va siyosiy vaziyatlar ta’siri ostida keyinchalik bir qancha muddat Buxoroda ham yashab ijod qilgan. Olimning Buxoroga kelishi bu shaharda moturidiya ta’limotining keng rivojlanishiga zamin yaratib bergan.
IX-X asrlarda islom keng tarqalgan Yaqin va O‘rta Sharq, Markaziy Osiyo o‘lkalarida islom ilohiyoti, falsafasi, kalom ilmi rivoj topdi. Bu sohalarga bag‘ishlangan qator asarlar va kalom masalasi bilan shug‘ullanuvchi yirik mutakallimlar vujudga keldi.
Kalom ilmining bir qancha maktablari bo‘lib, ulardan biri al-ash’ariya bo‘lsa, ikkinchisi al-moturidiya – eng keng tarqalganlari hisoblanadi. Al-ash’ariya maktabining asoschisi bag‘dodlik olim Abu-l-Hasan al-Ash’ariy (873-935), moturidiya maktabining asoschisi samarqandlik taniqli olim Abu Mansur Moturidiy (870-944) ta’limotidan saboq olgan Nasafiy asosan moturidiya maktabiga mansub G‘azzoliyning maslagiga amal qilgan olimlardan hisoblangan. O‘z navbatida al-Iyjiy (vaf. 1355-yil), Sa’duddin at-Taftazoniy (vafoti 1390 yil) va boshqa ko‘plab taniqli olimlar an-Nasafiy ta’limotiga tayangan holda faoliyat ko‘rsatib, kalom ilmida barakali ijod etib, yetuk olimlar darajasiga ko‘tarilganlar[2].
Manbalarda keltirilishicha, an-Nasafiy o‘n beshga yaqin asar yaratgan bo‘lib, ularning aksariyati kalom ilmining turli masalalariga bag‘ishlangan. Ular quyidagilardir: “Bahr al-kalom fi i’lm al-kalom” (“Kalom ilmida so‘zlar dengizi”), “Tabsirat al-adillati fi ilm al-kalom” (“Kalom ilmida dalillar keltirish”), “at-Tamhid li-qavoi’d at-tavhid fi i’lm al-kalom” (“Kalom ilmidagi dastlabki qoidalar”), “Mu’taqidot” (“Aqidalar” – Toshkentdagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida Abul Muin an-Nasafiyning bu asaridan bir qo‘lyozma saqlanadi, inv. № 40008/2, Arab tilida yozilgan ushbu asar 52 varaqdan iborat).
Allomaning “Bahr al-kalom” asari alohida ahamiyatga egadir. Asarning oltinchi bobidagi fasl (bo‘lim) to‘rt banddan iborat bo‘lib, ulardan birinchisi “al-Imomat” (“Imomlik”) deb atalgan va shu bandda keltirilgan Payg‘ambar alayhissalomning ikki hadisi katta ilmiy ahamiyatga ega. Birinchisi, “Iqtadu billaziyna min ba’diy Aba Bakr va Umar” (bu hadislarni Imom at-Termiziy, Imom Ibn Moja, Ahmad ibn Hanbal va boshqa bir qancha muhaddislar o‘z asarlarida rivoyat qilganlar). Ya’ni, “Mendan keyin Abu Bakr va Umarga iqtido qilinglar”, degan bo‘lishiga qaramay xalifalik ustida ikki kun bahs bo‘lgan[3].
Ikkinchi hadisdagi “Mendan keyin xalifalik o‘ttiz yil, undan keyin amirlik, podshohlik va hokazolar bo‘ladi”, degan fikrlari naqadar to‘g‘riligini alohida qayd qilish zarur. Chindan ham bu muddat (ya’ni o‘ttiz yil) choryorlar paytida tugagan. Bu kitob kalom ilmi bo‘yicha moturidiya maktabining asosiy manbalaridan biri hisoblanadi. Chunonchi bu asar ash-Shayx Abu Mansur al-Moturidiy asos solgan aqidaviy ta’limotning eng bosh manbalaridan sanaladi. Ayniqsa, islom dinida turli-tuman oqimlar va ta’limotlar yaratilayotgan hozirgi paytda bu asarning ilmiy-amaliy ahamiyati beqiyos darajada kattadir.
Abul Mu’iyn Nasafiy o‘z kitobini yaratishda asosiy manba sifatida Imom Abu Mansur Moturidiyning “at-Tavhid”, Imom Abul Hasan al-Ash’ariyning “al-Luma’”, “Maqolot al-islomiyyin”, Imom al-Haramayn, Imom Abu al-Maoliy Abdulmaliy al-Juvayniyning “al-Irshod” asarlaridan foydalangan.
“Bahr al-kalom” asari alloma ijodining gultoji hisoblanib, islom dini falsafasini tashkil qilgan kalom ilmi bo‘yicha eng qimmatli manbalardandir. Bu kitobning bir qancha qo‘lyozma va bosma nashrlarining mavjudligi ham uning muhim manbalardan ekanligidan dalolat beradi va uning qimmatli qo‘lyozma nusxalari Dubaydagi “Jum’a al-Mojid” nomli madaniyat va meros markazida, (1167 hijriy yilda ko‘chirilgan), Damashqdagi az-Zohiriya kutubxonasining qo‘lyozmalar bo‘limida, Bag‘doddagi “Maktabat al-Avqof”da, Qohiradagi mashhur “Dor ul-kutub”ning qo‘lyozmalar bo‘limida saqlanadi. Ushbu qo‘lyozmaning 950 hijriy yilda oddiy xat bilan ko‘chirilgan nusxasi Iskandariyaning (Misr) “Maktabat al-baladiya al-omma” nomli kutubxonasida ham bor. Asar muhim manba sifatida ikki marta nashr ham etilgan. Jumladan, 1886-yili Bag‘dodda, 1908-yili Qohirada chop etilgan. Lekin ushbu nashrlar tadqiqotsiz amalga oshirilgan bo‘lib, faqat asar matnidan iborat. “Bahr al-kalom”ga ayrim sharhlar ham bitilgan. Jumladan, Olim Badruddin Hasan ibn Abu Bakr Ahmad al-Maqdisi (Vaf. 1415-y.) asarga bag‘ishlagan sharhini “G‘oyat al-marom fi sharhi Bahr al-kalom” deb atagan. Bu sharhning bir qo‘lyozma nusxasi qohiradagi “Dor ul-kutub”da, boshqasi Misrdagi “al-Maktabat al-Hadya-vaya”da saqlanadi. Taniqli arab olimi Hoji Xalifa ham o‘zining mashhur “Kashf uz-zunun” asarida “Bahr al-kalom”ga yozilgan faqat shu sharh haqida zikr qilgan, xalos
Yurtimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng Abu al-Mu’iyn an-Nasafiy ilmiy merosini tadqiq qilish borasida ham samarali ishlar amalga oshirildi.Abu al-Mu’iyn an-Nasafiy asarlarining nodir qo‘lyozma nusxalari O‘zbekiston fondlarida saqlanayotgani aniqlandi va ilmiy muomalaga kiritildi.2005 yil Toshkent islom universitetida tadqiqotchi Saidmuxtor Oqilov tomonidan professor Ubaydulla Uvatov rahbarligida “Abu al-Mu’iyn an-Nasafiy va uning moturidiya ta’limoti rivojiga qo‘shgan hissasi (“Tabsiratu-l-adilla” asari asosida)” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilindi.
Abu al-Mu’iyn an-Nasafiy ilmiy merosiga bag‘ishlangan bir qancha ilmiy maqolalar hamda risola va monagrafiyalar nashr etildi . Professor Ubaydulla Uvatovning “Abu al-Mu’iyn an-Nasafiy hayoti va ilmiy merosi” nomli risolasi hamda tarix fanlari nomzodi Saidmuxtor Oqilovning “Abu al-Mu’iyn an-Nasafiy ilmiy merosi va moturidiya ta’limoti” nomli monagrafiyalari e’lon qilindi
Abu al-Mu’iyn an-Nasafiy uzoq umr ko‘rib, 87 yoshida vafot etgan. Uning qabri Qarshi shahri yaqinidagi Qovchin qishlog‘ida joylashgan

Azaldan jonajon yurtimiz dunyoga ko’plab sohalarda buyuk olimlarni yetishtirib bergan. Bu ulamolar o’z yo’nalishlarida ulkan yutuqlarga erishgan. Shu qatorida kalom ilmi ham ravnaq topdi. Bu ilmda juda ko’plab olimlar ijod qilgan. Ushbu yo’lda hizmat qilgan yetuk allomalardan biri ulug‘ olim, ahli sunna val jamoa peshvosi, Abu Mansur Moturidiy maktabining atoqli namoyondasi, mutakallimlar tili va boshqa unvonlar sohibi Abul Muin Nasafiydir. Imom Moturidiyning shogirdlaridan biri edi. Bobosi Mo‘tamid ibn Makhul Nasafiy esa hanafiy olimlari orasida mashhur edi. Imom Nasafiy ilmga qiziqtirgan inson uning otasi Muhammad ibn Mo’tamad bo’lgan. U o’z shahrining peshvo ulomolaridan edi. Hatto Imom Nasafiy ba’zi sanadlarni rivoyat qilganda otasini ismini ham qo’shib aytar edi. Muhammad ibn Mo’tamad bir qancha kitob ta’lif etgan. “Lu’lu’yot fil mavo’iz”, “Lubob”, “Roddu a’la ahli bida’i val ahvai” (bid’atchi va hayolparastlarga raddiya) shular jumlasidan hisoblanadi. Boshlang‘ich bilimlarni bobosi so’ngra otasidan oladi. Keyinchalik Abul Yusr Pazdaviyning shogirdi bo‘ladi. Imom Nasafiy kalom ilmida yetuk olim sifatida salaf va xalaf o’rtasida ko’prik vazifasini bajargan va Moturidiyya yo’nalishini rivoj topishida ulkan xizmatlar qilgan.


Imom Nasafiy Abbosiylar xalifaligi davrida Buxoro va Samarqandda yashab, ijod qilgan. Bu davrda ilm – fanning barcha sohalariga e’tibor berilgan. Natijada jamiyatda hur fikrlilik rivojlanib, turli xil oqimlar va aqidalar paydo bo’la boshlagan edi. Shu sababli imom Nasafiy turli noto’g’ri mazhablarga raddiya sifatida ko’plab kitoblarni ta’snif etgan. Ulardan bizga yetib kelganlari:
“Tabsirtul adilla fi usuliddin”, bu kitob Motuturidiyya mazhabi bo’yicha Imom Moturidiyning “Tavhid” kitobodan keyingi o’rinda e’tirof etiladi.
“Bahrul kalom fi ilmil kalom”, bu kitob kalom ilmi bo’yicha Moturidiyya maktabining asasiylaridan biridir. Ushbu asar Abu Mansur Moturidiy asos solgan islomiy aqidaning bosh manbalaridan hisoblanadi. Ayniqsa, islom dinida turli tuman oqimlar va ta’limotlar yaratilayotgan hozirgi davrda bu asarning ilmiy amaliy ahamyati beqiyosdir.
“At-Tamhid li qovaidit tavhid fi ilmil kalom”,
“al-Olim val mutaallim”,
“al-Umda fi usuli fiqh”
“izohul ma hajati likavnilaql hujjatan” ,
“Sharhul jomi’ul kabir lishshaybinuy fi furu’”,
“Manohijul aimmati fi furu’”,
“Mo’taqidot”.

Mavzu:Odam savdosi-asr vabosi


Sayyoramizda bir qator global muammolar borki, bular sirasiga bevosita odam savdosi singari transmilliy jinoyatlarni ham kiritish mumkin. Yildan-yilga bu illatdan jabr chekayotganlar, uning qurboni bo'layotganlar soni ortib bormoqda. Hudud va chegara bilmaydigan bu jinoyatning har biri jamiyat taraqqiyoti va davlatlar rivojiga jiddiy xavf tug'dirmoqda. Odam savdosidek og'ir jinoyat inson hayoti, erkinligi va huquqlarini poymol qilib, uning erki, taqdiri va kelajagini oyoq osti qilishi bilan naqadar jirkanch ko'rinishga ega.
Aytish lozimki, bugungi kunga kelib odam savdosining avj olishiga, ya'ni insonni qandaydir bir buyum sifatida, ta'bir joiz bo'lsa insonni oldi-sotdining ob'ekti sifatida foydalanilishi, ularning huquq va erkinliklarining poymol etilishiga quyidagilar sabab bo'lmoqda:
odam savdosi kabi noqonuniy faoliyat turi bir yoki bir necha a'zolardan iborat guruhlarning serdaromad manbasiga aylanib borayotgani, ya'ni ularning hech qanday og'ir va mashaqqatli mehnatlarsiz mo'may daromad olishga urinayotganligi;
odam savdosining qurboniga aylanayotgan shaxslarning soddaligi, o'zining, yaqinlarining taqdiriga va kelajagiga befarqligi, loqaydligida. Ya'ni eng oliy ne'mat hisoblanmish erkin hayot tushunchasiga nisbatan engil va beparvolik bilan qarashlari oqibatida ushbu odam savdosini amalga oshiruvchi jinoyatchilarning o'ljasiga, aniqrog'i ularning oson daromad manbaiga aylanib qolmoqdalar;
odam savdosini amalga oshiruvchi jinoyatchi shaxslar o'zlarining tanishlari, yaqin qarindoshlariga nisbatan, ya'ni ularning ishonchiga kirib olib, ularning odam savdosini qurboniga aylanib qolishiga sababchi bo'layotganligida;
odam savdosining qurboniga aylanayotgan shaxslarning or-nomus qilib, ko'rgan xo'rliklari, ularga nisbatan ishlatilgan turli xildagi jismoniy yoki ruhiy tazyiqlar haqida yohud o'zining noqonuniy ravishda chegarani buzib chiqib, chet davlatda hech qanday davlat ro'yxatidan o'tmasdan, noqonuniy mehnat faoliyatini amalga oshirganligidan qo'rqib bular haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat etmasligi.
Insoniyat tarixida odam savdosiga qarshi kurashish XIX asr oxiri va XX asr boshlarida xotin-qizlarning Evropadan Amerika va Shimoliy Afrika qit'alariga keng ko'lamli migratsiyasi hamda ayollarni Evropaga sotish hodisasi kuzatilgan. Bu hodisaga barham berish maqsadida Parijda 1902 va 1910 yillarda ikkita konferentsiya o'tkazilib, “Oq qullar savdosiga qarshi kurash” nomli butunjahon Konventsiyasi qabul qilingan.
Keyinroq ushbu konventsiya “Ayollar va bolalar savdosini yo'qotish” va “voyaga etgan ayollar savdosini yo'qotish” nomli butunjahon Konventsiyalari bilan to'ldirilgan. Odam savdosi muammosiga qarshi kurashishning keyingi tarixiy jarayonlari sekin-asta rivojlanib, 1948 yilda "Inson huquqlari" umumjahon Deklaratsiyasi qabul qilingan.
Shundan so'ng "Inson huquqlarining Evropa Konventsiyasi", "Qullik xususida"gi Konventsiya, "Qullikni yo'qotish amaliyoti to'g'risida"gi qo'shimcha Konventsiya, "Bola huquqlari to'g'risida"gi Konventsiya, "Ayollarga qarshi diskriminatsiyaning har qanday ko'rinishlariga qarshi kurash to'g'risida"gi Konventsiyalar qabul qilinib, dunyoning ko'plab mamlakatlarida qo'llanila boshlandi. 
2013 yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 30 iyul`– Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish kuni deb e'lon qilingan. Ayni paytda transmilliy uyushgan jinoyatchilikning uzviy tarkibiy qismi bo'lgan bu turdagi jinoyat dunyo miqyosida keng tarqalmoqda. BMT va Migratsiya bo'yicha xalqaro tashkilot mutaxassislarining tahliliy xulosalariga ko'ra, undan jabr ko'rganlar soni bir necha millionlarini tashkil etadi. Tashvishlanarlisi, odam savdosi jinoyatidan jabrlanganlarning asosiy qismini ayollar va bolalar tashkil qilmoqda.
Odam savdosi faqatgina O'zbekiston Respublikasining muammosi sifatida qarashimiz noto'g'ri bo'ladi, chunki hozirgi kunda odam savdosi bilan bog'liq jinoyatlar ko'plab mamlakatlarda keng tarqalib butun dunyo hamjamiyatini xavotirga solmoqda. eng achinarlisi, odam savdosi bog'liq jinoyatchilikning keng quloch yozishiga: aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari - ishsiz yurgan fuqarolar, turmush hayotida ko'p qiyinchilikka uchragan ayollar va ota – onasining e'tibori va qaramog'idan chetda qolgan voyaga etmagan shaxslarning go'yoki ularning muammolarini hal qilgan kabi ko'rinib, o'zlarining g'arazli maqsadlarida foydalanayotganligidadir.
Bugungi kunda dolzarb masalalardan biri bo'lgan odam savdosining oldini olish va unga qarshi kurashish borasida O'zbekiston Respublikasida ham qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Shu bilan birga, odam savdosi transmilliy, ya'ni hudud va chegara tanlamaydigan jinoyat ekanligi hisobga olinib, davlatimiz 2003 yil 12 dekabrda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1950 yilda qabul qilingan “Odam savdosi va fohishalikning uchinchi shaxslar tomonidan ishlatilishiga qarshi kurash to'g'risida”gi Konventsiyaga qo'shildi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2000 yil 15 noyabrdagi rezolyutsiyasi bilan qabul qilingan "Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash to'g'risida"gi Konventsiya, shuningdek, odam savdosi, ayniqsa, ayollar va bolalarni sotishning oldini olish, unga chek qo'yish va buning uchun jazolash to'g'risidagi qo'shimcha protokol ham ratifikatsiya qilindi.
Shuningdek, mustaqillik yillarida xorijiy davlatlar bilan uyushgan jinoyatchilik, shu jumladan, odam savdosining xavfli ko'rinishlariga qarshi kurash haqida bir qator shartnoma va kelishuvlar imzolandi.
O'zbekiston Respublikasining 2008 yil 17 aprelda qabul qilingan "Odam savdosiga qarshi kurashish to'g'risida"gi qonuni qabul qilingan bo'lib, ushbu qonun yanada takomillashtirish va hozirgi zamon talablariga moslashtirish maqsadida unga o'zgartish va qo'shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri 2020 yil 17 avgustda qabul qilindi. 
Qonunni yangi tahrirda ishlab chiqish zarurati bugungi kunda odam savdosidan jabrlanganlarni himoya qilish va ularga yordam berish masalalariga doir aniq qoidalar tartibga solinmaganligi hamda voyaga etmaganlarning savdosiga qarshi kurashishni o'ziga xos xususiyatlari, shu jumladan, identifikatsiya qilish, yordam berish va himoya qilishning huquqiy maqomi aniq belgilash bilan izohlanadi.
Yangi tahrirdagi Qonunda ana shu jihatlar e'tiborga olingan. Jumladan, sohaga oid asosiy tushunchalar va tamoyillar, uni davlat tomonidan tartibga solishga oid normalar, vakolatli davlat organlari, Milliy komissiya, hududiy komissiyalar va Milliy ma'ruzachiga oid me'yorlar aniq belgilangan.
Ma'lumki, hozirgi kunda respublikamizda 9 mingdan ortiq nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyat ko'rsatsa, ularning 100 ga yaqini odam savdosiga qarshi kurashish borasida ish olib bormoqda. Qonunda mazkur yo'nalishga doir faoliyatni amalga oshirayotgan davlat organlariga ko'maklashuvchi tashkilotlar qatorida nodavlat notijorat tashkilotlari ham belgilanib, ularning vakolat va vazifalari aniq ochib berildi.
Shu bilan birga, amaldagi Qonundan farqli o'laroq yangi tahrirdagi Qonunda odam savdosidan jabrlanganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashuvini ta'minlash tartibi va jabrlanganlar haqidagi ma'lumotlarning maxfiyligini ta'minlash tartibi va ularga taqdim etiladigan xavfsizlik choralari va boshqa kafolatlari belgilandi.
Bundan tashqari, milliy qonunchiligimizda ilgari bo'lmagan odam savdosidan jabrlanganlarni identifikatsiya qilish va ularni qayta yo'naltirish tushunchalari alohida bobda belgilandi.
Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo'yicha milliy komissiya davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, boshqa tashkilotlarning odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kollegial organligi ta'kidlandi. Milliy komissiyaning qarorlari davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari tomonidan bajarilishi shartligi, nodavlat notijorat tashkilotlari uchun esa tavsiyaviy xususiyatga ega ekanligi belgilandi.
Xulosa qilib aytganda, qonunning qabul qilinishi odam savdosidan jabrlangan fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini kafolatli himoya qilishga xizmat qiladi.
Download 48,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish