Eslatma: Topshiriqda variantlar nomeri va yechilishi lozim bo’lgan masalalar keltirilgan



Download 128,93 Kb.
bet1/2
Sana31.12.2021
Hajmi128,93 Kb.
#262707
  1   2
Bog'liq
2 5381840132103999095



Eslatma:Topshiriqda variantlar nomeri va yechilishi lozim bo’lgan masalalar keltirilgan.

Topshiriq nomi,F.I.Sh., guruh, variant nomeri, masalalar: sharti, berilishi, yechilishi yozilishi shart.



2-TOPSHIRIQ

    1. (2020-2021) 2-sem. AMALIYOT. Axmedova N.A.

10-mavzu. Mexanik va elektromagnit tebranishlar

11-mavzu. Mexanik va elektromagnit to’lqinlar.



F.I.Sh.

Variant nomeri

2-mustaqil ish mavzusi

1

MAMASOLIYEV XUMOYUNBEK ZOXIDJON O’G’LI

1

10-mavzu. Mexanik va elektromagnit tebranishlar

11-mavzu. Mexanik va elektromagnit to’lqinlar.

2

SHODIYEV XURSHIDBEK BAHODIR O’G’LI

2

3

ESHMURODOVA DILDORAXON SANJARBEK QIZI

3

4

OBIDINOV RAXMONJON BAXROMJON O’G’LI

4

5

SHAKAROV JAMOLIDDIN BAXTIYOR O’G’LI

5

6

HASANOVA SUNBULA ULUG’BEK QIZI

6

7

MURTAZAYEV ABDUMALIK BAHODIR O’G’LI

7

8

ABDUQAHHOROV JAHONGIR SODIRJON O‘G‘LI

8

9

XAKIMBAYEV MUXRIDDIN MURODJON O‘G‘LI

9

10

JALOLOVA NIGINABONU AKTAM QIZI

10

11

SOBUROVA SHAXNOZA KUVANDIK QIZI

11

12

JUMAYEV ASADBEK SHUXRAT O‘G‘LI

12

13

XASANBOYEV JASURBEK DAVRONBEK O‘G‘LI

13

14

YUSUFOV SHOXJAXON ISAQJON O‘G‘LI

14

15

DAMINOV ASADBEK ALISHER O‘G‘LI

15

16

MUHAMMATOV ERKIN HUSAN O‘G‘LI

16

17

ISOMOV ISLOMJON SOYIB O‘G‘LI

17

18

ASLONOV AZIZBEK NODIROVICH

18

19

CHO'PONOVA GULIRA'NO DONIYOR QIZI

19

20

SAYFULLAYEV BEXRUZ ISLOMJON O'G'LI

20

21

BAZAROV OYBEK NORPULOT O’G’LI

21

22

XABIBULLAYEV IZZATILLO XAYRULLO O'G'LI

22

23

AXMEDOV LAZIZBEK ADIZOVICH O’G’LI

23

24

QUROLBOYEV BUNYOD TOHIR O’G’LI

24

25

ISMATILLAYEV ASILBEK ILHOMJON O’G’LI

25


Jami: 3 ball (bitta mustaqil ish uchun)

Kriteriy (ballar taqsimoti):

Fizik kattaliklar va ularning birliklaridan foydalana bilishi

0,5 ballgacha

Topshiriq bo‘yicha masalalarni yechimi

1,7 ballgacha

Formulalardan foydalana bilishi

0,8 ballgacha


10-mavzu. Mexanik va elektromagnit tebranishlar

Variantlar jadvali (10- mavzu)

Var №

Masalalar raqami

Var №

Masalalar raqami

1

1

51

101

151

26

26

76

126

170

2

2

52

102

152

27

27

77

127

171

3

3

53

103

153

28

28

78

128

172

4

4

54

104

154

29

29

79

129

173

5

5

55

105

155

30

30

80

130

174

6

6

56

106

156

31

31

81

131

175

7

7

57

107

157

32

32

82

132

176

8

8

58

108

158

33

33

83

133

177

9

9

59

109

159

34

34

84

134

178

10

10

60

110

160

35

35

85

135

179

11

11

61

111

161

36

36

86

136

180

12

12

62

112

162

37

37

87

137

181

13

13

63

113

163

38

38

88

138

182

14

14

64

114

164

39

39

89

139

183

15

15

65

115

165

40

40

90

140

184

16

16

66

116

166

41

41

91

141

185

17

17

67

117

167

42

42

92

142

186

18

18

68

118

168

43

43

93

143

187

19

19

69

119

169

44

44

94

144

188

20

20

70

120

170

45

45

95

145

189

21

21

71

121

171

46

46

96

146

190

22

22

72

122

172

47

47

97

147

191

23

23

73

123

173

48

48

98

148

192

24

24

74

124

174

49

49

99

149

193

25

25

75

125

175

50

50

100

150

194


MUSTAQIL YECHISH UCHUN MASALALAR( 10-Mavzu )

  1. Massasi m=0.09 kg boʻlgan moddiy nuqtaning soʻnuvchi tebranishlarining tenglamasi х=0.08e-0,06tcost m. Moddiy nuqta n=3 marta tebrangandan soʻng tebranayotgan nuqtaning potensial energiyasi topilsin.

  2. Nuqtaning soʻnuvchi tebranishlar tenglamasi ҳ =0.09е-0.1tcos t m. Tebranish energiyasi 120 marta kamayguncha ketadigan vaqt aniqlansin.

  3. Tarozining tebranayotgan strelkasining uchta ketma-ket ogʻishdagi koʻrsatkichlari shkalaning 20, 5.5, 1.3 qiymatlariga toʻgri kelgan. Soʻnishning logarifmik dekrementi va strelkani muvozanatga mos keluvchi shkaladagi qiymati topilsin.

  4. Mayatnikning soʻnuvchi tebranishlar amplitudasi t1=5 min davomida n1=2 marta kamaygan. Boshlangʻich holatdan qanday t2vaqt oʻtgandan soʻng tebranishlar amplitudasi n2=8 marta kamayadi?

  5. Agar tizimning xususiy tebranish davri То=1 s va logarifmik dekrementi =0.628 boʻlsa, soʻnuvchi tebranish davri T topilsin.

  6. Massasi m=0.1 kg boʻlgan jism bikrligi k=25 N/m ga teng yengil prujinaga osilgan va suyuqlikka tushirilgan? Jism vertikal yoʻnalishda impuls olgandan soʻng tebrana boshladi. Logarifmik dekrement =0.004. Jism nechta tebrangandan soʻng uning tebranish amplitudasi 2 marta kamayadi? Tebranish amplitudasi 2 marta kamayishi uchun ketgan vaqt aniqlansin.

  7. Logarifmik dekrementi =0.01 boʻlgan tizim energiyasi 2 marta kamayishi uchun, tizim necha marta toʻliq tebranishi kerak?

  8. t=5 min davomida logarifmik dekrementi =0.031 boʻlgan mayatnikning energiyasi necha marta kamaygani topilsin.

  9. Logarifmik dekrementi =0.0008 boʻlgan komentonning tebranish energiyasi qancha vaqt davomida n=106 marta kamayadi? Komertonning tebranish chastotasi =600H.

  10. Soʻnuvchi tebranishlar amplitudasi bir davr davomida uch marta kamayadi. Soʻnishni vujudga keltiruvchi sabab boʻlmaganda davr necha foizga ortadi?

  11. Soʻnuvchi tebranishlar amplitudasi bir davr davomida n=2 marta kamayadi. Siljish maksimal boʻlganda faza nimaga teng? Maksimal tezlik qanday? Soʻnuvchi tebranishlar chastotasi tizimning xususiy chastotasidan necha marta kichik?

  12. Agar uzunligi ℓ=0.8m boʻlgan mayatnikning boshlangʻich amplitudasi Ao=5cm boʻlib, t=5 min dan soʻng amplituda A=0.5cm ga teng boʻlsa, mayatnikning soʻnish logarifmik dekrementi topilsin.

  13. Maʻlum vaqt oraligʻida massasi 0.2kg boʻlgan jism bikrligi k=32N/m prujinada N=60 marta tebranganda amplituda n=2 marta kamaygan boʻlsa, soʻnuvchi tebranishning davri topilsin.

  14. Massasi m=0,5kg ga teng jism birligi k=32N/m boʻlgan prujinada erkin tebranma harakat qilmoqda. Agar ikki toʻliq tebranish uchun ketgan vaqt davomida jismni tebranish amplitudasi n=20 marta kamaygan boʻlsa, erkin tebranishlar davri topilsin.

  15. Moddiy nuqtaning N=50 tebranishdan soʻng tebranishlar amplitudasi n=3 marta kamaygan. Shartli tebranish davri T=1 s. Soʻnish koeffitsiyenti va relaksasiya vaqti topilsin.

  16. m=0.2 kg massaning jism bikrligi k=50 N/mboʻlgan prujinaga osilib moyga tushirilgan agar moyning ichki ishqalanish koeffitsiyenti r=0.5 kg/s boʻlsa jismning tebranish chastotasi topilsin.

  17. Moddiy nuqta N=16 toʻliq tebranganidan soʻng uning amplitudasi A1=20 cm dan A2=4 cm gacha kamaygan. Soʻnish koeffitsiyenti =0.1s-1 moddiy nuqtaning harakat qonuni hosil qilinsin.

  18. Tebranayotgan moddiy nuqtaning harakat tenglamasi x=0.3 e-0,2t cos5t cm. Siljish maksimal boʻlgan vaqtni, moddiy nuqta toʻxtagunga qadar oʻtgan yoʻlini tebranma tizimning asilligi topilsin.

  19. Fuko tajribasini shimoliy qutbda uzunligi ℓ =9.8 m boʻlgan matematik mayatnik yordamida oʻtkazishga qaror qilindi deb faraz qilaylik. Mayatnik tebranish tekisligi 4o ga burilishi uchun ketgan vaqt ichida tebranish amplitudasi n=2 marta kamayishi mumkin. Shu tajribaning o'tkazishga yaraydigan mayatnikning asilligi topilsin. Tajriba boshlangandan soʻng bir soat oʻtgach, mayatnik tebranish amplitudasi necha marta kamayadi?

  20. m=0.01kg massasi о=100s-1 (chastota bilan) erkin tebranma harakat qilayotgan jism, soʻnish koeffitsiyenti katta boʻlgan muhitga koʻrilgan, natijada jismni tebranish amplitudasi bir davr davomida n=4 marta kamaygan. Erkin tebranishlar chastotasi soʻnuvchi nikidan necha protsentga katta ekanligi va muhitning qarshilik koeffitsiyenti aniqlansin.

  21. Tebranishlar boshlangandan soʻng t1=10 s vaqt oʻtgach, erkin tebranishlar amplitudasi n1=10 marta kamaygan. Qanday vaqt oʻtgandan soʻng, tebranishlar amplitudasi n2=100 marta kamayadi?

  22. Tebranishlar boshlangandan soʻng t1=100s vaqt oʻtgach, erkintebranishlar amplitudasi n1=2 marta kamaygan. Qanday vaqt oʻtgandan soʻng, tebranishlar amplitudasi n2=10 marta kamayadi?

  23. t1=16.1 s davomida tebranishlar amplitudasi n=5 marta kamayadi. a) Soʻnish koeffitsiyenti topilsin; b) qanday t2 vaqt oʻtgandan soʻng, tebranishlar amplitudasi 10 marta kamayadi?

  24. t=100 s davomida tebranuvchi tizim 100 marta tebrandi. Shu vaqt oraligʻida tebranishlar amplitudasi 2.718 marta kamaydi. Soʻnish koeffitsiyenti va tizim asilligi Q nimaga teng.

  25. TizimN=100 ta tebranguncha qadar, uning amplitudasi n=5 marta kamaydi. Tizimning asilligi Q topilsin.

  26. Tebranma harakat qilayotgan tizimning asilligi Q=2, erkin tebranishlar chastotasi =100 s-1. Xususiy tebranishlar chastotasi 0 topilsin.

  27. t=100 s davomida tizim N=100 ta tebranma harakat qiladi. Shu vaqt oraligʻida uning amplitudasi "e" marta kamaydi. Tebranma harakatning logarifmik dekrementi nimaga teng?

  28. Moddiy nuqtaning N=100 ta tebranishidan soʻng amplituda n=3 marta kamaydi. Soʻnishning logarifmik dekrementi va tizimning asilligi topilsin.

  29. Massasi m=1g boʻlgan jism =3.14 s-1 chastota bilan soʻnuvchi tebranma harakat qilmoqda. =50s davomidajism 80% energiyasiniyoʻqotdi. Soʻnish koeffitsiyenti, muhit qarshiligi va tizim asilli gitopilsin.

  30. Moddiy nuqtaning N=30 marta tebranishidan soʻng amplituda n=7 marta kamaydi. Soʻnishning logarifmik dekrementi va tizimning asilligi topilsin.

  31. Moddiy nuqta Ao=8 sm boshlangʻich amplituda bilan soʻnuvchi tebranma harakat qilmoqda. Tebranish boshlanganda soʻng t1=2min. oʻtganda tebranish amplitudasi A=4 cm gacha kamaydi. Tebranma harakat boshlangandan soʻng qancha vaqt oʻtganda uning amplitudasi A=6 cm ga kamayadi?

  32. Soʻnish logarifmik dekrementi =10-3 boʻlgan kamerton  =440 Hz chastota bilan tebranma harakat qilmoqda. Tebranish energiyasi n=106 marta kamayishi uchun ketgan  vaqt topilsin.

  33. =24.7cm uzunlikdagi ipga osilgan sharcha soʻnish logarifmik dekrementi =0.01 boʻlgan soʻnuvchi harakat qilmoqda. Qancha vaqtdan soʻng sharchaning tebranish energiyasi n=9.4 marta kamayadi?

  34. 10 ta toʻliq tebranishdan soʻng, nuqtaning tebranish amplitudasi A1=10 cm dan A2=6 cm gacha kamaygan tizimning Soʻnish koeffitsiyenti =0.2 s-1. Siljishning vaqtga bog'liq tenglamasi yozilsin.

  35. Ao=20 cm boshlangʻich amplituda bilan harakat qilayotgan mayatniking amplitudasi toʻliq 10 ta tebranishdan soʻng A1=1 cm kamaygan. Agar tebranish davri T=5 s boʻlsa, Soʻnishning logarifmik dekrementi topilsin va tebranishning tenglamasi yozilsin.

  36. Bikirligi k=1.0102N/m boʻlgan prujinaga radiusi R=3 cm ga teng mis shar osilgan va moyga tushirilgan. Tebranma tizimning xususiy tebranish chastotasi asilligi va tebranish toʻxtaguncha ketgan vaqt topilsin.

  37. Matematik mayatnik Soʻnishning logarifmik dekrementi 1=1.5 boʻlgan muhitda tebranma harakat qilmoqda. Agar muhitning qarshiligi n=2 marta oshirilsa, uning logarifmik dekrementi qanday boʻladi?

  38. Vertikal spiral prujinaga radiusi R=10-2 mboʻlgan poʻlat sharcha osilgan. Uning tebranishini siklik chastotasi havoda о=5 s-1 va biror suyuqlikdan =4.06 s-1 ga teng. Suyuqlikdagi boshlangʻich amplituda A=5 cm ga teng. Sharchaning siljish tenglamasi va suyuqlikning ichki ishqalanish koeffitsiyenti topilsin.

  39. Agar uzunligi ℓ =0.5m boʻlgan matematik mayatnikning toʻliq mexanik energiyasi n=4104 marta kamayishi uchun =5min. vaqt ketgan boʻlsa, uning logarifmik dekrementi topilsin.

  40. Kamertonning tebranish amplitudasi =1.5 s davomida n=100 marta kamaydi. Soʻnish koeffitsiyenti topilsin.

  41. Soʻnuvchi tebranma xarakatning tenglamasi х=Аое-tsin(t+ ) m boʻlib, bu yerda Ao=10 cm, =2.8 s-1, =5.5 s-1. Vaqtning momentidan t=0.7 s keyingi tezlik logarifmik dekrement , tizim asilligi Q topilsin.

  42. Soʻnuvchi tebranma harakatning davri T=4 s logarifmik dekrementi =1.6 boshlangʻich fazasi о=0. t= vaqtda nuqtaning siljishi 4.5cm ga teng. Tebranishning harakat tenglamasi yozilsin. t=0 momentdagi siljish topilsin.

  43. Soʻnuvchi tebranma harakat tenglamasi х=5е-25tsin t,m. Tebranma harakat qilayotgan nuqtaning vaqtni t=0,1,2,3 momentlaridagi tezligi topilsin.

  44. Massasi m=5 g. boʻlgan jismsoʻnuvchi tebranma harakat qiladi. T=50 s davomida jism oʻzining 60% energiyasini yoʻqotgan. Muhitning qarshilik koeffitsiyenti topilsin.

  45. Soʻnuvchi tebranma harakat qilayotgan matematik mayatnikning amplitudasi t1 vaqt davomida n marta kamaygan mayatnik uzunligi ℓ, a) Soʻnishning logarifmik dekrementi  qanday? b) kuzatish boshlangandan soʻng qanday t2 vaqtdan keyin tizimning amplitudasi yana n marta kamayadi?

  46. Mayatnikning boshlangʻich tebranish amplitudasi Ao=3cm t=10s oʻtgandan soʻng A1=1 cm boʻldi. Qancha vaqt oʻtgandansoʻng, tebranish amplitudasi A2=0.3 cm boʻladi?

  47. Agar moyning ishqalanish koeffitsiyenti q=0.5 va prujina bikrligi k=50 N/m boʻlsa, prujinaga osilib, moyga tushirilgan m=0.2 kg massali jismning tebranish chastotasi topilsin.

  48. t1=4 s vaqt davomida soʻnuvchi tebranma harakat qilayotgan moddiy nuqtaning amplitudasi Ao=2 cm dan A1=0.7 cm gacha kamaygan. Qancha vaqt oʻtgandan soʻng tebranish amplitudasi A=0.4cm boʻladi? Qancha vaqt oʻtgandan soʻng tebranish energiyasi n=104 marta kamayadi?

  49. Biror muhitda soʻnuvchi tebranma harakat qilayotgan tizimning energiyasi t=2 min. davomida n=100 marta kamaygan. Agar mayatnik massasi m=0.1 kg boʻlsa, muhitning qarshilik koeffitsiyenti topilsin.

  50. Uzunligi ℓ =1.2 m ga teng matematik mayatnik kichik qarshilikka ega boʻlgan muhitda tebranma harakat qilmoqda. Muhitning qarshiligi tebranish davriga taʻsir etmaydi deb hisoblab, t=8 min. tebranish amplitudasi n=3 marta kamaygan boʻlsa, davomida tebranishning Soʻnish koeffitsiyenti va logarifmik dekrementi topilsin.

  51. Tebranish konturi induktivligi L=410H gʻaltakdan sigʻimi C=210-9F kondensatordan va R=2Ω qarshilikdan tashkil topgan. Boshlangʻich holda qoplamalardagi kuchlanish maksimal boʻlib, Uo=0.5V ga teng. Kondensator qoplamalaridagi zaryadning vaqtga bogʻliq tenglamasi yozilsin.

  52. Tebranish konturi C=2.210-9 F sigʻimli kondensatordan va diametri d=0.5 mm boʻlgan mis simga oʻralgan gʻaltakdan iborat. Ualtakning uzunligi ℓ =20 cm. Soʻnishning logarifmik dekrementi topilsin.

  53. Tebranish konturi C=1.110-3F li sigʻimdan va L=510-3H induktivlikdan iborat. Soʻnishning logarifmik dekrementi =0.05. Soʻnish tufayli kontur qancha vaqtdan soʻng o'zining energiyasini 99% yoʻqotadi?

  54. Tebranish konturi induktivligi L=10-3H gʻaltakdan sigʻimi C=4.010-9F ga teng kondensatordan va R=4Ω qarshilikdan tashkil topgan. Bir davr davomida kondensator qoplamalaridagi potensiallar farqi qanchaga kamayadi?

  55. Agar t1=0.1 s vaqt davomida potensiallar farqining amplitudaviy qiymati n=4 marta kamaysa aktiv qarshiligi R=28Ω boʻlgan tebranish konturining induktivligi topilsin.

  56. Tebranish konturi sigʻimi C=410-5F boʻlgan kondensatordan induktivligi L=0.1H gʻaltakdan tashkil topgan. Agar bir davr davomida kondensator qoplamalaridagi potensiallar farqi n=3 marta kamaysa, konturning sigʻimi qanday?

  57. Tebranish konturi C=27µF sigʻimi, L=0.18H induktivlikdan va R=24Ω qarshilikdan iborat. Konturning tebranish davri va uning logarifmik dekrementi topilsin.

  58. C=500F sigʻimi kondensator uzunligi ℓ =40cm kesim yuzasi S=5 cm2, N=1000 ta oʻramlardan iborat gʻaltakka parallel ulangan. Tebranish davri topilsin.

  59. Diametri D=20 cm dan boʻlgan ikki plastinkadan tashkil topgan kondensator, induktivligi L=1mH ga teng gʻaltak bilan parallel ulangan. Plastinkalar orasidagi masofa d=1cm. Tebranish davri T topilsin.

  60. Tebranish konturi sigʻimi C=8pF boʻlgan kondensator va L=0.5H induktivlikka teng gʻaltakdan iborat. Agar konturdagi maksimal tokning qiymati I=40 mA boʻlsa kondensator qoplamalaridagi maksimal kuchlanishning qiymati Uo farqi qanday?

  61. Tebranish konturi L=1.6 mH ga teng induktivlikdan va C=0,04F sig'imdan iborat boʻlib, qisqichlar orasidagi maksimal kuchlanish Uo=200V. Agar konturning qarshiligi juda kichik boʻlsa, undagi tokning maksimal qiymati Io qanday?

  62. Kondensatorning sigʻimiC=2µF boʻlgan tebranish konturida =1000Hz chastotali tovush toʻlqin larini hosil qilish uchun, unga qanday induktivlikka ega boʻlgan gʻaltakka ulash kerak? Konturning qarshiligi hisobga olinmasin.

  63. Tebranish konturi C=0.025µF va sigʻimi kondensator va L=1015H induktivlikka teng gʻaltakdan iborat. Kondenstor qoplamalaridagi zaryad miqdori Q=2.510-6 C. Vaqtning t1= va t2= uchun tok qiymati va potensiallar farqi topilsin.

  64. Tebranish konturi C=100 pF sigʻimi kondensatordan, L=64 µH induktivlikka teng gʻaltakdan va R=1.0Ω qarshilikdan tashkil topgan. Tebranishlarning xususiy chastotasi, tebranishlar davri va konturning asilligi topilsin.

  65. R=1Ω qarshilikka boʻlgan tebranish konturining kondensatordagi kuchlanishning boshlangʻich qiymati Uo=10 V ga teng. Agar tebranish konturining kondensatoridagi energiya W=ае-вt J qonuniyat bilan kamaysa, kondensator sigʻimi va induktivligining qiymati aniqlansin. Bu yerda а=210-5 s-1 , b=500 s-1 ga teng.

  66. Tebranish konturi C=10-9 F sigʻimdan va L=410-3 H induktivlikdan iborat. Soʻnishning logarifmik dekrementi . Kontur energiyasi n=100 marta kamayishi uchun ketgan vaqt topilsin.

  67. Kondensator qoplamalaridagi kuchlanishning vaqt boʻyicha oʻzgarishi U=3.5е-0.005tcos3.1410-4(V) qonuniyat bilan yuz beradi. Kondensatorning boshlangʻich zaryadi. Kontur parametrlari topilsin.

  68. Tebranish konturining boshlangʻich fazasi 0. Kontur qarshiligi hisobga olinmaganda, vaqtning momentida magnit maydon energiyasining elektr maydon energiyasiga nisbati topilsin.

  69. Tebranish konturi sigʻimiC=1µF boʻlgan kondensatordan, L=10-3H induktivli gʻaltakdan va R=30Ω qarshilikdan iborat. Konturdagi tebranishlarning Soʻnishini logarifmik dekrementi topilsin.

  70. Tebranish konturi L=0.29H induktiv gʻaltakdan C=7µF sigʻimli kondensatordan va R=40 Ω qarshilikdan tashkil topgan. Tebranish konturining davri topilsin? Davr Tomson formulasi orqali hisoblangandagi xatolik necha protsentni tashkil qiladi?

  71. Tebranish konturi L=0.23H induktivlikdan, C=7µF sigʻimdan va R=40Ω qarshilikdan tashkil topgan. Kondensatordagi zaryad miqdori Q=5.5·10-4C kondensator qoplamalaridagi kuchlanishni vaqtga bogʻliq tenglamasi yozilsin.

  72. Uzunligi ℓ=25 cm, solenoid kesim yuzasi S=10 cm2 ga teng solenoid N=300 ta oʻramdan iborat. Solenoid yassi kondensator bilan parallel ulangan. Kondensator qoplamalarining S1=0.045m2 va ular orasidagi masofa d=0.1 mm. Qoplamalar orasiga parafin shimdirilgan qogʻoz qoʻyilgan. Kontur qarshiligini hisobga olmay uning xususiy tebranish davri topilsin.

  73. L=12 mH induktivlikka ega gʻaltak, diametrlari D=18 cm ga teng boʻlgan ikki plastinkali xavo kondensatori bilan parallel ulangan. Plastinkallar orasidagi masofa d=2 cm. Tebranish davri T topilsin.

  74. C=500pF sigʻimli kondensator uzunligi ℓ=40cm va kesim yuzasi S=5cm2 boʻlgan gʻaltak bilan paralll ulangan. Gʻaltakdagi oʻramlar soni 1000 ta. Tebranish davri T topilsin.

  75. Tebranish konturi L=20µH induktivlik gʻaltakdan va C=80nF sigʻimli kondensatordan tashkil topgan. Sig'im qiymati ko'rsatilgan qiymatdan 2% ga farqlanishi mumkin. Konturda rezonans boʻladigan toʻlqin uzunliklari oraligi topilsin

  76. Tebranish konturi L=1.6mH li induktivli gʻaltakdan va sigʻimi C=0.04 µF boʻlgan kondensatordan iborat. Kondensator qisqichlaridagi maksimal kuchlanish Uo=200V ga teng. Konturdagi tokning maksimal qiymati Io topilsin. Kontur qarshiligi hisobga olinmasin.

  77. Tebranish konturi sigʻimiC=8pF ga teng kondensator va induktivligi L=0.5mH boʻlgan gʻaltakdan iborat. Agar tokning maksimal qiymati Io=40mA boʻlsa, kondensator qoplamalaridagi kuchlanishning maksimal qiymati Uo qanday?

  78. =50 cm uzunlikka ega boʻlgan oʻzaksiz gʻaltak So =3 cm2 kesim yuzaga ega va N=1000 ta oʻramdan tashkil topgan gʻaltak xar birining yuzasi S=75 cm2 boʻlgan havo kondensatori bilan parallel ulangan. Plastinkalar orasidagi masofa d=5 mm, tebranish konturining tebranish davri T topilsin.

  79. Tebranish konturi parallel ulangan C=1µF sigʻimli kondensator va L=1 mH induktivli gʻaltakdan iborat. Konturning qarshiligini hisobga olmay, uning chastotasi topilsin.

  80. Tebranish konturidagi tokning vaqt boʻyichaoʻzgarish tenglamasi I=-0.02sin4000t(А) boʻlsa, konturning sigʻimi topilsin. Kontur induktivligi L=1 H. Kondensator qoplamalari orasidagi maksimal potensiallar farqi qanday?

  81. Tebranish konturi sigʻimi C=5µF ga teng kondensatordan, induktivligi L=0,2H boʻlgan gʻaltakdan iborat. Kondensator qoplamalaridagi potensiallar farqining maksimal qiymati Uo=90V boʻlsa, tok kuchining maksimal qiymati topilsin. Konturda tokning oʻzgarish qonuni yozilsin.

  82. C=10-9 F sigʻimli tebranish konturi 10kHz chastotaga sozlangan. Tebranishdagi kuchlanishdagi maksimal qiymati Uo=100V. Aktiv qarshilikni hisobga olmay: a) konturdagi maksimal tokning qiymati, b) kontur boshlangandan vaqtadan soʻnggʻaltakdagi magnit maydon energiyasi topilsin.

  83. Uzunligi ℓ =40 cm va kesim yuzasi So=9.55 cm 2boʻlgan gʻaltakga N=100 ta oʻram oʻralgan. Gʻaltakka plastinka yuzalari S=100 cm2 ga teng yassi kondensator oʻzaro parallel ulangan. Plastinka orasidagi masofa d=0.1 mm. Konturning rezonans toʻlqin uzunligi =750 nm boʻlsa kondensator qoplamalari orasidagi muhitning dielektrik singdiruvchanligi topilsin.

  84. Tebranish konturidagi tokning vaqt boʻyichaoʻzgarish qonuni I=0.02sin 400 t (A) koʻrinishga ega. Kontur induktivligi L=1H. Tebranish konturining sigʻimi, magnit maydon va elektr maydon energiyalarining maksimal qiymatlari topilsin.

  85. Tebranish konturidagi kondensator qoplamalari orasidagi potensiallar farqining vaqt boʻyichaoʻzgarish tenglamasi U=50cos104 t kontur sigʻimi C=10-7F. Kontur induktivligi va kontur sozlangan toʻlqin uzunlik topilsin.

  86. Induktivlikka ega boʻlgan (L=1H) tebranish konturida C=0.1F potensiallar farqining amplitudasi n=4 marta kamaygan. Tebranish konturining aktiv qarshiligi topilsin.

  87. C=0.5µF sigʻimli zaryadlangan kondensator induktivligi L=5mH boʻlgan gʻaltakga ulangan. Kondensator ulangandan soʻng qancha vaqt oʻtgach gʻaltakning magnit maydon energiyasi kondensator elektr maydon energiyasiga teng boʻladi.

  88. Agar konturdagi gʻaltak uzunligini va oʻramlar diametrini oʻzgaritirmay turib, gʻaltakdagi oʻramlar sonini "n" marta oshirilsa, kondensatorning logarifmik dekrementi qanday oʻzgaradi?

  89. SigʻimiC=0.2 10-8F kondensator va induktivligi L=1510-4H gʻaltakli tebranish konturida Uo=0.9V maksimal kuchlanishli soʻnmas tebranishlarni ushlab turish uchun P=10µW quvvat talab qilinadi. Tebranish konturining logarifmik dekrementi topilsin.

  90. C=10 µF sigʻimli va L=1mH induktivlikni tebranish konturida kondensator maksimal kuchlanish Uo=100V gacha zaryadlangan. Kondensatordagi maksimal zaryad miqdori C, konturdagi maksimal zaryad miqdori Q, konturdagi maksimal tok qiymati topilsin. Tokning oniy qiymatini aniqlashga imkon beruvchi tenglama tuzilsin.

  91. Konturdagi zaryadning vaqt boʻyichaoʻzgarish qonuni Q=10-2cos(8t+) C koʻrinishda. Tebranishlarning chastotasi, davri va konturdagi tokning maksimal qiymati topilsin.

  92. Tebranish konturi L=0.2mH induktivli gʻaltakdan va ikki ketma-ket C1=C2=4 µF sigʻimli kondensatorlardan iborat. Konturning xususiy tebranish davri, har bir kondensatordagi zaryadning va kuchlanishning maksimal qiymatlari topilsin (konturdagi tokning maksimal qiymati Io=0.1A ).

  93. Tebranish konturidagi sigʻimiC=10µF li kondensatorga Q=10-3C zaryad berilgan. Shundan soʻng konturda soʻnuvchi elektromagnit tebranishlar vujudga keldi. Kondensatordagi kuchlanishning qiymati boshlangʻich kuchlanishdan n=4 marta kamayguncha qancha issiqlik miqdori ajralib chiqadi?

  94. Kondensator qoplamalaridagi kuchlanishning vaqt boʻyichaoʻzgarish qonuni U=220sin(314 )V koʻrinishiga ega. Agar kondensator sigʻimi C=210-5 F boʻlsa, konturda tokning oniy qiymatini ifodalovchi tenglama yozilsin. Kondensatordagi tok va kuchlanish orasidagi fazalar siljishi topilsin. Yig'ilgan energiya qanday? Vaqtning t1= va t2= momentlarida magnit energiya topilsin.

  95. Induktivligi L=0.4H va sigʻimiC=210-5F li tebranish konturidagi tokning amplitudaviy qiymati I0=0.1A. Konturdagi magnit va elektr maydon energiyalari teng boʻlgan dagi kondensator qoplamalari orasidagi kuchlanish topilsin.

  96. Tebranish konturi sigʻimiC=2.22 10-3 F boʻlgan kondensator va dielektrik D=0.5 mm ga teng mis simdan oʻralgan gʻaltakdan iborat. Gʻaltak uzunligi ℓ=20 cm. Soʻnuvchi tebranishlarning logarifmik dekrementi topilsin.

  97. Tebranish konturi sigʻimi C=2 10-8 F kondensatordan va induktivligi L=5 10-3H ga teng gʻaltakdan iborat. Tebranishlar boshlangandan soʻng t=10-3 s vaqt oʻtgach kuchlanishning amplituda qiymati n=3 marta kamaygan. Xususiy tebranishlarning davri va konturning qarshiligi topilsin.

  98. Tebranish konturi sigʻimiC=0.2µF boʻlgan kondensatordan va induktivligi L=5.07.10-3H ga teng gʻaltakdan tashkil topgan. Tebranish boshlangandan t=10-3 s vaqt oʻtgandansoʻng kondensator qoplamalari orasidagi kuchlanishning amplitudaviy qiymati n=3 marta kamayishi uchun Soʻnishning logarifmik dekrementi qanday boʻlishi kerak?

  99. Induktivligi 1H boʻlgan tebranish konturining kondensator qoplamalari orasidagi kuchlanishli maksimal qiymati t=0.1s davomida n=5 marta kamaygan. Tebranish konturining aktiv qarshiligi topilsin.

  100. Tebranish konturi C=0.710-5 Fsigʻimli kondensatordan, L=2310-2H induktivli gʻaltakdan va R=40 ga teng qarshilikdan tashkil topgan. Agar kondensatordagi zaryad miqdori Q=5.6 10-4C boʻlsa, tebranish davri va soʻnishning logarifmik dekrementi topilsin.

  101. m=0.5 kg massali jism prujinaga osilgan va yog’ga tushirilgan. Prujina bikirligi k=0.098 N/cm, qarshilik koeffitsiyenti r=0.80 kg/`s. Jismga amplitudasi F0=0.98 N ga teng va garmonik oʻzgaruvchan majburlovchi kuch taʻsir etmoqda. Majburlovchi kuch chastotasi va yukning tebranish amplitudasi topilsin.

  102. m=0.1 kg massali prujinaga osilgan F=0.4 N kuch taʻsir etib, prujinani =1.0cm ga choʻzadi. Yukchani soʻnuvchi tebranishlarning davri T=0.37s, Soʻnishning logarifmik dekrementi 0.7. Yukchaga F=2.0 N ga teng va garmonik oʻzgaruvchi kuch taʻsir etmoqda. Majburlovchi kuchning va rezonansda yuzaga kelgan majburiy tebranishlarning tenglamasi topilsin.

  103. Bir jinsli magnitlangan sterjen bir chetidan oʻtgan gorizontal oʻq atrofida tebrana oladi. Massasi m=60 g, uzunligi ℓ=10 cm va magnit momenti P=4.9 A  m2. Sterjenning bir jinsli vertikal magnit maydonida garmonik tebranish davri, magnit maydoni boʻlmagan holdagi tebranish davridan n=2 marta kam. Magnit maydon induksiyasi topilsin.

  104. Induktivlik va sigʻimdan tashkil topgan tebranish konturida majburiy tebranma harakat vujudga keltirilmoqda. Agar sig'imni maksimum tebranishga mos keluvchi qiymatiga nisbatan =0.01 ga oʻzgartirsak konturdagi tok kuchi n=1.5 marta kamayadi. Tizim tebranishini logarifmik dekrementi aniqlansin.

  105. Yassi kondensator qoplamalari orasidagi izolyasiyalangan ikki prujinada massasi m=0.01g va zaryadi Q=3.610-6C boʻlgan sharcha maxkamlangan. Kondensator qoplamalariga 50Hz chastotali va U0=3.0103V amplitudali oʻzgaruvchan kuchlanish berilgan. Agar har bir prujinaning bikrligi k=0.98N/ cm va qoplamalar orasidagi masofa d=5 cm boʻlsa, sharchaning majburiy tebranish davri topilsin. Qarshilik kuchlari hisobga olinmasin.

  106. Tashqi garmonik kuch ta`sirida, tizimda tenglamasi x=0.8cos (2 - ) m majburiy tebranish vujudga keladi. Tashqi kuch bir davrda A=1.88 J ish bajarsa bu kuchning vaqt boʻyichaoʻzgarish tenglamasi yozilsin. Majburlovchi kuchning boshlangʻich amplitudasi nolga teng, bir davrda kosinus kvadratining oʻrtacha qiymati 0.5 ga teng.

  107. Bikrligi k=103N/m boʻlgan prujinaga, m=0.8 kg massali temir sharcha osilgan. Oʻzgaruvchan magnit maydoni tomonidan sharchaga amplitudaviy qiymati F0 =2.0 N ga teng sinusoidal kuch taʻsir etmoqda. Tizimning aslligi Q=30, = , о, 2о xollarga mos keluvchi majburiy tebranishlar amplitudasi topilsin.

  108. m=0.5kg massali jism osilgan prujina x=5mm ga choʻzildi . Tizimni muvozanat holatdan chiqarib qoʻyib yuborilganda u t=3.5s davomida erkin tebranma harakat qildi. Tizimning rezonans amplitudasi topilsin.

  109. Tebranish konturida C=20µF kondensatordan, induktivligi L=0.2Hgʻaltakdan va R=5Ω aktiv qarshilikdan tashkil topgan (4-rasm). Agar qisqichlarga U=312cos314t kuchlanish berilgan boʻlsa, bu zanjirda qanday quvvat sarf boʻladi?

  110. m=0.2 kg massali yuk k=20 N/m bikirlikli prujinaga osilgan. Unga F0=2 N amplitudali majburlovchi kuch taʻsir etadi. Majburlovchi kuch chastotasi, tizimning xususiy chastotasidan ikki marta katta, Soʻnish koeffitsiyenti  =0.5 s-1. Prujinaga osilgan yukning majburiy tebranma harakat amplitudasi topilsin.

  111. Elektr zanjir R=1kΩ qarshilikdan, L=30mH ga teng induktivlikdan va oʻzgaruvchansigʻimli kondensatordan tashkil topgan. Zanjirga Uo=60 V li sinusoidal =50 kHz chastotali EYuK taʻsir etmoqda. Kondensator qanday sig'mga ega boʻlgan da rezonans yuz beradi? Bu holatda tokning taʻsir etuvchi qiymati topilsin.

  112. Juda kichik chastotali majburlovchi kuch taʻsirida majburiy tebranishlarning siljish amplitudasi A=2mm, rezonans paytida esa amplituda Arez=32mm. Soʻnish koeffitsiyenti << 1. Tizimning aslligi va tebranishlarning logarifmik dekrementi topilsin.

  113. Soʻnish koeffitsiyenti =400s-1 boʻlgan da tizimning xususiy chastotasi o=1kHz ga teng. Rezonans chastota xususiy tebranish chastotadan necha marta farq qiliganni toping.

  114. Agar majburlovchi kuchning oʻzgarish davri rezonansnikidan n=2 marta katta boʻlsa majburiy tebranishlar amplitudasi rezonans amplitudadan necha marta kichikligi topilsin. Soʻnish koeffitsiyenti =0.2 s-1. .

  115. Ogʻirlik kuchi taʻsirida elektrodvigatel oʻrnatilgan balka ℓ=1 mm ga egilgan. Elektrodvigatel yakorning qanday aylanish  chastotasida rezonans xavfi vujudga keladi?

  116. Massasi m=60t boʻlgan vagon toʻrtta ressorga ega. Har bir ressor prujinasining bikirligi k=500 N/m. Agar rels uzunligi ℓ=12.8 m boʻlsa, vagon qanday tezlikda harakatlanganda relslarning tutashuvchi uchlarida boʻladigan turtkilar taʻsirida kuchli tebranish boshlanadi?

  117. Tebranuvchi tizim=1000Hz chastota bilan soʻnuvchi tebranma harakat qilayapti. Agar tizimning rezonans chastotasi rez=998 Hz boʻlsa, tizimning xususiy chastotasi o topilsin.

  118. Tebranuvchi tizimning soʻnish koeffitsiyenti =400s-1. Tizimning xususiy chastotasi o=1 kHz boʻlsa, rezonans chastota xususiy chastotadan qanchaga farq qiladi?

  119. Tebranuvchi tizimda rezonans uning xususiy chastotasi o=10 kHz dan =2Hz ga kam chastotada vujudga kelsa, tebranuvchi tizimning logarifmik dekrementi topilsin.

  120. Prujinali mayatnikning xususiy tebranish davri To=0.55s-1. Qovushqoq muhitda uning tebranish davri T=0.56 s-1. Tebranishlarning rezonans chastotasi topilsin.

  121. Qarshilik koeffitsiyenti r=1g/sboʻlgan muhitda jism majburiy tebranma harakat qilmoqda. Agar tizimning rezonans amplitudasi Arez=0.5 cm va xususiy chastotasi o=10 Hz boʻlsa, majburlovchi kuchning amplitudaviy qiymati topilsin. Soʻnish juda kichik deb hisoblansin.

  122. Majburiy garmonik tebranishlarning amplitudalari 1=100 Hz va 2=600 Hz chastotalarda bir xildir. Soʻnishni hisobga olmay, rez chastota topilsin.

  123. Bikirligi k=10N/mboʻlgan spiralsimon prujinaga massasi m=10 g yukcha osilib, butun tizim qovushqoq muhitga tushirildi. Muhitning qarshilik koeffitsiyentini r=0.1 kg/ s deb hisoblab: 1) xususiy tebranishlar chastotasi o; 2) rezonans chastota rez; 3) rezonans amplituda Arez topilsin. Agar majburlovchi kuch garmonik qonuniyat boʻyichaoʻzgarsa va uning amplitudaviy qiymati Fo=0.02 N ga teng.

  124. Agar majburlovchi kuchning oʻzgarishi chastotasi rezonans chastotasidan: 1) 10% ga ; 2) ikki marta katta boʻlsa, majburiy tebranishlar amplitudasi rezonans amplitudadan necha marta kichik boʻladi? Ikki xolda ham Soʻnish koeffitsiyenti =0.1o ga teng deb hisoblansin (o-xususiy tebranishning siklik chastota) quyidagi parametrlarga ega.

  125. Tebranma kontur quyidagi parametrlarga ega:C=4µF, L=0.1mH, R=1Ω. Konturning aslligi nimaga teng?

  126. F=Fmcost majburlovchi kuch taʻsirida tizimda tenglamasi x=Acos(t-) koʻrinishdaboʻlgan tebranma harakat barqaror topadi. Bir davrda tizimning bajargan ishi A topilsin.

  127. Majburlovchi kuchning amplitudasi oʻzgarmas boʻlgan da, 1=100s-1 va 2=300 s-1 chastotalardagi majburiy tebranishlar amplitudalari bir xil qiymatga teng, rez chastota topilsin.

  128. Majburlovchi kuch amplitudasi oʻzgarmas boʻlganda, 1=100 s-1 va 2=300 s-1 chastotalarda tezlik amplitudasi bir xil qiymatga ega. Tezlik amplitudasi maksimal boʻlishi mumkin boʻlgan o chastota topilsin.

  129. Biror bir tebranma tizimning erkin tebranishlarining chastotasi =100 s-1, rezonans chastotasi esa rez=99.0 s-1. Tizim aslligi Q topilsin.

  130. Prujinaga osilgan temir sterjen muvozanat vaziyatdan chiqarib qoʻyib yuborilsa, u =20.2 s-1 chastota bilan tebranma harakat qila boshladi va t=1.11 s vaqt oralig'ida tebranish amplitudasi n=2 marta kamaygan. Sterjenning pastki uchi yaqinida oʻzgaruvchan tokka ulangan gʻaltak joylashtirilgan. Tok '=11.0 s-1 chastotaga ega boʻlgan ida sterjen A=1.5 mm amplituda bilan tebranma harakat qiladi. a) Tokning qanday rez chastotasida sterjen tebranishi intensivligi eng katta qiymatga erishadi. b) Bu chastotada tebranishlarning Arez amplitudasi qanday boʻladi? Majburlovchi kuch amplitudasi o'zgarmas. Majburlovchi kuch chastotasi gʻaltakdagi tokning oʻzgarish chastotasidan ikki marta katta ekanligi eʻtiborga olinsin.

  131. =50 Hz chastotali oʻzgaruvchan tok zanjiriga, C=20 mF sigʻimli kondensator va aktiv qarshiligi R=150 Ω boʻlgan reostat ketma-ket ulangan. Kondensator va qarshilikda kuchlanishni tushishi topilsin.

  132. Kuchlanishi U=220V va chastotasi =50Hz boʻlgan oʻzgaruvchan tok zanjiriga sigʻimiC=35µF ga teng kondensator, R=100Ω aktiv va L=0.7H induktivlik ketma-ket ulangan. Kondensator, qarshilik va induktivlikdagi tok kuchi va ulardagi kuchlanishning tushishi topilsin.

  133. Oʻzgaruvchan tokning chastotasi =50 Hz L induktuvlik va C sig’im R=20 kΩ qarshilikka qanday ulanganda gʻaltakdagi IL va sig’imdagi IC tok kuchlari umumiy tok kuchidan 10 marta katta boʻladi? ILva IC larni qiymatlari aniqlansin.

  134. Juda kichik chastotali majburlovchi kuch taʻsirida tizimning majburiy tebranishlar siljish amplitudasi A=12 mm, rezonans chastotada esa Arez=64 mm. Soʻnish koeffitsiyenti 1 dan ancha kichik. Tizimning aslligi va Soʻnishning logarifmik dekrementi topilsin.

  135. m=10 g massali jism x=10e-6tcos10.5 t cm qonuniyat asosida soʻnuvchi tebranma harakat qilmoqda. Jismga davriy ravishda oʻzgaruvchi tashqi kuch taʻsir etganda uning tebranish tenglamasi x=5cos(10t+4) cm koʻrinishga ega boʻladi. Erkin tebranma harakatning siklik chastotasi, siljish va taʻsir etuvchi kuch fazalari orasidagi farq, tashqi davriy taʻsir etuvchi kuch tenglamasi topilsin.

  136. m=0.1 kg massali yuk bikirligi k=10 N/m boʻlgan prujinaga osilgan. Yukka F=2cos8t N tenglama bilan ifodalanuvchi majburlovchi kuch taʻsir etadi. Soʻnish koeffitsiyenti =0.5 s-1. Majburiy tebranish natijasida hosilboʻlgan siljish tenglamasi yozilsin. Tebranishlar barqaror boʻlgan vaqt topilsin.

  137. F=Fmcost tashqi kuch taʻsirida moddiy nuqta x=Acos(t+) qonuniyat boʻyicha majburiy tebranma harakat qiladi. Bir davr mobaynida kuch bajargan ish aniqlansin. =o va <<o boʻlgan hollarda bir davr mobaynida kuch bajaradigan ish topilsin. o- modiy nuqtaning erkin tebranish chastotasi.

  138. m=0.1 kg massali moddiy nuqta T=0.5 s erkin tebranish davriga ega. Jismga F1=10-2cos t va F2=0.14x ( x-muvozanat xolatdan siljish) kuchlar taʻsir etadi. Bu xolda rezonans siljish hosilboʻladi. Majburlovchi kuch chastotasi, rezonans xolatidagi siljish tenglamasi, qarshilik kuchi amplitudasi, tizim asilligi topilsin.

  139. Majburlovchi kuchning siklik chastotalari 1=200 s-1 va 2 =300 s-1 boʻlgan da tezlik amplitudalari oʻzaro teng va rezonans xolatdagi maksimal tezlikni yarmini tashkil qiladi. Majburlovchi kuchning amplituda qiymatini doimiy deb hisoblab, tezlik rezonansidan majburlovchi kuchning chastotasi; Soʻnish koeffitsiyenti; Soʻnish koeffitsiyenti n=2 marta kamayganda rezonans tezlikni oʻzgarishi topilsin.

  140. R=30Ω va C=21.2µF, =50Hz boʻlsa L gʻaltakning induktivligi qanday boʻlgan da elektr zanjirida rezonans boʻladi? (5-rasm). Induktivlikning qanday qiymatida zanjirning toʻliq qarshiligi minimal boʻladi?

  141. Tebranma konturdagi kondensatorning sigʻimi C=0.05 µF. Zanjirda =1000 s-1 siklik chastotada elektr rezonans yuz berishi uchun konturga ulangan gʻaltakning induktivligi qanday boʻlishi kerak?

  142. Jism F=Focos t tashqi kuch taʻsirida x=Asint qonuniyat boʻyicha harakat qilmoqda. t=to dan t=toxir gacha boʻlgan vaqt oraligʻida kuch bajargan ishi topilsin. Bir davr davomida kuch bajargan ishi va shu davr ichida oʻrtacha quvvati topilsin.

  143. Jismga F=Acost qonuniyat boʻyichaoʻzgaruvchi kuch taʻsir etmoqda. t=0, x=0, =0 shartlarga togʻri keluvchi harakat tenglamasi yozilsin. Bu harakat tebranma harakat ekanligi aniqlansin. Tebranish davri, siljishni eng katta qiymati va tezlikning eng katta qiymati topilsin.

  144. Massasi m boʻlgan jismF=Focost kuch taʻsirida harakatlanmoqda. Jismning kinetik energiyasini tenglamasi yozilsin. t=0, =0 holat uchun maksimal kinetik energiya topilsin.

  145. Majburiy tebranishlarning juda kichik xususiy chastotalarida tizimning amplitudasi Ao=0.1 cm boʻlsa, rezonansda majburiy tebranishlar amplitudasi Arez qanday boʻladi? Logarifmik dekrementi =0.01.

  146. Agar majburlovchi kuch chastotasining oʻzgarishi rezonans chastotadan n=2 marta katta boʻlsa, tizimning majburiy tebranish amplitudasi rezonans amplitudadan necha marta kam boʻladi? Soʻnish koeffitsiyenti =0.1 s-1. .

  147. R=10 cm qarshilikdan, induktivligi L=2µH ga teng gʻaltakdan va sigʻimi C=0.2µF boʻlgan kondensatordan tashkil topgan konturga sinusoidal EYuK taʻsir etadi. Rezonans xolati yuz berishidagi EYuK chastotasini va tokni taʻsirietuvchi qiymati topilsin (EYuK ni taʻsir etuvchi 20 V).

  148. R=1kΩ qarshilikdan, L=300mH induktiv gʻaltakdan, oʻzgaruvchansigʻimli kondensatordan iborat boʻlgan zanjirga taʻsir etuvchi qiymati ε0=60V va chastotasi=50kHz boʻlgan sinusoidal EYuK taʻsir etmoqda. Rezonans holatiga togʻri keluvchi sigʻim qiymati va rezonans holatidagi Irez tok kuchining taʻsir etuvchi qiymati topilsin.

  149. Tebranish konturining aktiv qarshiligi R=0.33Ω. Konturda tok kuchi amplitudasini I0=30 mA da saqlab turish uchun, kontur qanday P quvvatni sarf qiladi?

  150. Tebranish konturi parametrlarining qiymati C=1.00F, L=6.00mH, R=0.50 Ω ga teng. Konturdagi kondensatorda U=10.0V amplitudali soʻnmas kuchlanishni ushlab turish uchun konturga qanday P quvvat berish kerak?



11-mavzu. Mexanik va elektromagnit to’lqinlar.


Download 128,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish