Eslatma: topshiriq bajarilgan fayl talabaning ism va familiyasi bilan nomlanishi shart


Talabaning F.I.O. Olimjonov Murodjon



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana30.12.2021
Hajmi0,83 Mb.
#91908
1   2   3
Bog'liq
Olimjonov Murodjon

Talabaning F.I.O. Olimjonov Murodjon___________________   

Kurs 

_IV_____  Guruh 17.52____ 

 

.  Eng qadimgi tariximizni o‘ragnishda antik, ya’ni yunon va  

rim manbalarida keltirilgan ma’lumotlar muhim va nodir ma’lumotlar hisoblanadi.  

SHuni ta’kidlab o‘tish kerakki, antik mualliflarining birontasi O‘rta Osiyo tarixiga  

oid  alohida,  maxsus  asar  yozmagan.  Qolaversa,  o‘sha  zamonda  «O‘rta  Osiyo»   

degan  jo‘g‘rofiy  tushunchaning  o‘zi  ham  yo‘q  edi.  Ammo  yunon  va  rim  

tarixchilari  o‘zlarining  boshqa  mavzularga  bag‘ishlangan  asarlarida  yo‘l-yo‘lakay  

qadimgi O‘rta Osiyoga doir jo‘g‘rofiy, tarixiy va etnografik ma’lumotlar berganlar.   

YUnon  va  rim  mualliflarining  ma’lumotlari  to‘g‘rilik  darajasi  turlichadir.  Bu  

ma’lumotlarning  asosiy  qismi  tasvirlangan  voqealardan  ancha  muddat  o‘tgandan  

keyin yozilgan manbalardan olingan. SHu sababli antik mualliflar axborotida ko‘p  

noaniqliklar,  shubhali  va  munozarali  ma’lumotlar  mavjud.  Ayrim  hollarda  biron- 

bir  voqea  turli  variantlarda  bayon  etiladi.  Antik  mualliflar  asarlarida  nomlari  tilga  

olingan  ayrim  jo‘g‘rofiy  atamalar  –  daryolar,  tog‘lar,  shahar  va  qishloqlarning  

joylashganligini  aniqlash  (lokalizatsiya  qilish)  ma’lum  qiyinchiliklar  tug‘diradi.  

Ularning  ayrimlari  turli  tortishuvlarga  sabab  bo‘lib,  hozirgacha  aniqlangan.  Antik  

mualliflar  asarlarida  real  voqealar  ba’zan    afsonaviy  yoki  yarim  afsonaviy  

to‘qimalar  bilan  qorishib  ketadi.  YUnon  va  rim  tarixchilarining  O‘rta  Osiyo  

haqidagi  ma’lumotlari  uzun-yuliq  bo‘lib,  ko‘p  xollarda  bu  ma’lumotlar  o‘zaro  

bog‘lanmagan.  SHu  sababli  ular  asosida  qadimgi  zamonlarda  O‘rta  Osiyoda  

yashagan  xalqlar  tarixining  to‘la  va  yaxlit  manzarasini  tasavvur  qilish  amri 

 

 maholdir. SHunday bo‘lsada, antik mualliflar bergan ma’lumotlarni tanqidiy taxlil  



etish asosida qadimgi tariximizni imkon qadar teranroq o‘rganishimiz kerak.   

Qadimgi yunon va rim tarixchilarining SHarqqa bo‘lgan qiziqishi asosan ikkita  

voqea  bilan,  aniqrog‘i  yunon-fors  urushlari  va  Iskandar  Makadonskiyning  

Ahamoniylar davlatiga qarshi yurishi bilan bog‘liqdir.   

Vatanimiz  tarixini  yoritgan  ilk  tarixiy  asar  –  bu  Geradotning  «Tarix»  asaridir.  

Bu  asar  yunon-fors  urushlari  tarixiga  bag‘ishlangan.  Lekin  muallif  mazkur  

urushlargacha  bo‘lgan  davrdagi  YUnoniston,  Lidiya,  Midiya  va  Ahamoniylar  

davlati  tarixiga  oid  batafsil  ma’lumotlar  keltiradi.  «Tarix»ning  keng  qamrovli,  

serqirra  va  ayni  paytda  yaxlit  asar  ekanligi  tufayli  uning  muallifi  Geradot  haqli  

ravishda «tarixning otasi»  degan faxrli nomga sazovar bo‘ldi.   

Geradot  o‘z  asarini  yozishda  xilma-xil  manbalardan  foydalandi.  Jumladan,  

Eron,  Skifiya,  Misr  va  boshqa  mamlakatlarga  qilgan  sayyoxati  chog‘ida  yiqqan  

ma’lumotlarni  keltiradi.  U  O‘rta  Osiyoda  bo‘lmagan  edi,  lekin  Kaspiy  ortidagi  

mamlakat  tarixi  bilan  qiziqqan.  Tadqiqotchilarning  fikricha,  Geradot  Eronda  

bo‘lgan  chog‘ida  Axamoniylar  davlati  zodogonlari  bilan  suhbatlar  qurib,  O‘rta  

Osiyo  xalqlari  xayoti  xaqidagi  ma’lumotlarni  yozib  olgan.  Natijada  uning  

ajdodlarimiz  o‘tmishi  haqidagi  ma’lumotlari  to‘liq  bo‘lmay  qolgan  va  ayrim  

hollarda o‘zining noaniqligi bilan ajralib turadi.   

Geradot Eron shoxi Kir II ning massagetlar diyoriga qilgan yurishi, massagetlar  

malikasi  To‘maris  tomonidan  tor-mor  etilishi  va  halok  bo‘lishi  to‘g‘risidagi  

ma’lumotlarni,  shuningdek  baqtriyaliklar,  xorazmiylar,  issedonlar,  saklar  haqida,  

ularning  turmushi,  urf-odatlari,  harbiy  qurollari  va  kiyimlari  haqida  qiziqarli  

ma’lumotlar  keltiradi.  Geradot  bu  halqlarning  ijtimoiy  xayotida  ayollarning  teng  



xuquqliligi  va  baland  maqomi  haqida  yozadi.  Bu  ma’lumotlardan  kelib  chiqib,  

o‘sha  davrda  O‘rta  Osiyo  xalqlari  xayotida  matriarxat  sarqitlari  saqlanib  

qolganligini  taxmin  etish  mumkin.  Geradot  bu  halqlarda  kannibalizm  

(odamho‘rlik)  xollari  uchrashi  haqida  axborot  beradi,  urug‘dagi  sog‘lom  va  

nuroniy  qari  odamni  so‘yib,  uning  go‘shtini  hayvonlar  go‘shti  bilan  qo‘shib  

pishirishlar  va  tanovvul  qilishlarini  qayd  etadi.  Geradot  qadimgi  ajdodlarimiz  

chorvachilik, baliq ovi va dehqonchilik bilan shug‘ullanganligini ta’kidlaydi.  

Qadimgi  tariximiz  xaqida    ma’lumotlar  yozib  qoldirgan  tarixchilardan  biri  

Ktesiy hisoblanadi (m.a. V-IV asrlar). Ktesiy Eron shahanshoxi Artakserks II ning  

shaxsiy  tabibi  bo‘lib,  u  mashhur  olim  Gippokratning  qarindoshi  edi.  Afsuski,  

Ktesiy  asarlarning  asl  nushasi  bizgacha  etib  kelmagan.  Uning  asarlaridan  olingan  

ayrim  parchalar  keyingi  avlod  tarixchilarining  kitoblarida  saqlanib  qolgan.  

Gerodotdan farqli o‘laroq, Ktesiy faqat o‘zi ko‘rgan yoki eshitgan axborotlarnigina  

emas  balki uydirma ma’lumotlarni ham o‘z asariga kiritgan. SHu sababdan uning  

asarlaridan  foydalanishda  o‘ta  extiyorkorlik  zarurdir.  Ktesiyning  Ossuriya  

podshosi  Ninning  O‘rta  Osiyoga  qilgan  harbiy  yurishlari  haqidagi  ma’lumotlarni  

ishonchli emas. Ktesiy o‘z asarida birinchi marta Zoroastr (Zardusht) nomini tilga  

oladi.  U  sehrgar  va  Baqtriya  podshosi  bo‘lganligi    ta’kidlanadi.  Zardusht  podsho  

bo‘lgan emas, albatta. Lekin uning nomini tilga olganligi va bu nom Baqtriya bilan  

bog‘langanligi  zardushtiylik  dini  shu  mamlakatda,  ya’ni  Baqtriyada  vujudga  

 kelganligi  to‘g‘risidagi  tahminlarni  quvvatlovchi  dalillardan  biridir.  Ktesiy  

baqtriyaliklarning    Eron  shohi  qo‘shini  tarkibida  Ossuriyani  tor-mor  etishda  

qatnashganligini ma’lum qiladi.   

Ktesiy  ham  sak  ayollari  jasur  va  harbiy  ishga  moyil  ekanliklarini  ta’kidlaydi.  

SHu  bilan  bog‘liq  holda  u  saklar  malikasi  Zarineya  haqidagi  hikoyani  keltiradi.  

Zarineya o‘zining birinchi eri  va akasi  Kidrey  halok bo‘lganligidan so‘ng Parfiya  

viloyatining  hokimi  Mermerga  turmushga  chiqadi.  Forslar  bilan  jangda  Zarineya  

yaralanadi va jang maydonini tashlab ketadi. Striangey nomli fors uni ta’qib etadi  

va  qo‘lga  tushiradi,  lekin  Zarineyaning  iltimosiga  ko‘ra  uni  ozod  etadi.  Keyingi  

jangda  esa  Zarineyaning  eri  Mermer  Striangeyni  asirga  oladi  va  Zarineyaning  

yalinishiga  qaramay,  uni  o‘ldirmoqchi  bo‘ladi.  SHunda  Zarineya  asirlarni  ozod  

etib, ular bilan birga erini o‘ldiradi va Parfiya viloyatini Eron shohiga berib, u bilan  

do‘stona  munosabat  o‘rnatadi.  Ktesiy  keltirgan  bu  ma’lumot  naqadar  to‘g‘ri  

ekanligini  bilish  qiyin,  lekin  bu  hikoya  Geradotni  saklar  jamiyatida  ayollar  roli  

yuqori ekanligi haqidagi axborotni tasdiqlaydi.   

Ktesiy  Eron  shohi  Kirning    halok  bo‘lishi  to‘g‘risida  Geradotdan  ancha  farq  

qiladigan ma’lumot keltiradi. Uning yozishicha, Kir derbiklar bilan bo‘lgan jangda  

yarador  bo‘lib,  otdan  yiqilib  tushadi.  Uni  derbiklar  bilan  birga  jang  qilgan  

xindlardan  biri  yarador  qiladi,  shundan  so‘ng  Kir  vafot  etadi.  Ktesiyning  bu  

ma’lumoti  to‘g‘ri  emas,  deb  aytish  mumkin,  chunki  boshqa  manbalarda  bunday   

axborot uchramaydi.   

Geradot  va  Ktesiydan  tashqari  boshqa  yunon  tarixchilari  ham  o‘z  asarlarida  

O‘rta  Osiyo  halqlari  to‘g‘risida  ma’lumotlar  beradilar.    Ulardan  biri  Ksenofont  

(m.a.  445-355  yy.)  o‘zining  tarixiy  siyosiy  roman  janrida  yozilgan  «Kiropediya»  

nomli  asarida    baktriyaliklar,  saklar  va  girkanliklarning  fors  shohi  Kir  tomonidan  

bo‘ysundirilishi  va  uning  qo‘shini  tarkibida  Ossuriyaning  zabt  etishda  

qatnashganliklarini ko‘rsatib o‘tadi.   

YUqorida  ta’kidlab  o‘tilganidek,  antik  mualliflarining  O‘rta  Osiyoga  nisbatan  

qiziqishlarining  ortishiga  turtki  bo‘lgan  muhim  tarixiy  voqea  –  bu  Iskandar  

Zulqarnaynning  SHarqqa  yurishlaridir.  Ko‘p  mualliflar  Iskandar  tarixini  yoritish  

jarayonida  u  bosib  olgan  mamlakatlar  haqida,  shu  jumladan  O‘rta  Osiyo  haqida  

ma’lumotlar  yozib  qoldirganlar.  Iskandarning  hayoti  va  faoliyati  haqidagi  tarixiy  




asarlarning  eng  muhimi  –  bu  Arrianning  «Iskandar  yurishlari»  nomli  asaridir.  Bu  

asar milodiy II asrda, Iskandar  davrida 5 asr o‘tgandan so‘ng yozilgan. «Iskandar  

yurishlari» buyuk sarkarda sha’niga maddoxlik ruxida ta’rif etilgan asardir. Arrian  

o‘z  asarini  yaratishda  juda  ko‘p  tarixiy  manbalardan  foydalangan.    Jumladan,  

Iskandarning  

shahsiy  

muqotibasidan,  

saroy  


kundaliklaridan,  

Iskandar  

yurishlarining  guvohi  va  ishtirokchisi  bo‘lgan  sarkardalar  Ptolomey,  Lag  va  

Aristobulning  esdaliklaridan  keng  foydalangan.  Arrian  mo‘‘tabar  manbalardan  

foydalanganligi,  ularga  tanqidiy  ruhda  yondashganligi  asarning  ilmiy  ahamiyatini  

yanada  oshiradi.  Arrian  foydalangan  birinchi  darajadagi  manbalar  keyinchalik  

yo‘qolib  ketganligini  hisobga  olsak,  uning  asari  g‘oyat  nodir  yodgorliklar  

ekanligiga ishonch xosil qilamiz.   



 

 

 



 

 

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish