II.BOB.DETALLARNING ISH CHIZMALARINI TUZISH USULLARI
0 ‘zDSt 2.109:2003 ga muvofiq ishlab chiqarishda har bir detal uchun
alohida ish chizmalari bajariladi. Detaining ish chizmasida tasvirlar soni
(ko‘rinishlari, qirqim, kesim chiqarish elementlari) iloji boricha kam
bo‘lishi, lekin ular detaining shakli, o‘lchamlari va boshqa parametrlari
to‘g‘risida to‘la tassavur berish lozim. Detaining ish chizmalarida uni tayyorlashda va nazorat qilishda zarur bo‘lgan o‘lchamlari va chekli chetga chiqishlari, sirtning g‘adir- budurligi, materiali va tayyor detalga yig‘ish oldidan qo‘yiladigan boshqa texnikaviy talablar bo‘lishi kerak. Konstruksiyasi juda sodda bo‘lgan detallar chizmalarining tasvirini bitta bosh ko‘rinishda tasvirlashga yo‘l qo‘yiladi
detalda ko‘rsatishning iloji bo‘lmagan o‘lchamlar qo‘yiladi va tasvir
ustiga « Yoyilma» deb yozib ko‘yiladi.
Chizmaning yaqqolligini buzmasdan detal ko‘rinishida uning yoyil
masini joylashtirib ko‘rsatish mumkin (11.23-shakl). Bunday hollarda
yoyilma to‘g‘risida hech qanday yozuv yozilmaydi.
Prujina turidagi detallaming boshlang‘ich shakli o‘zgartirilgandan
so‘ng bu holat ingichka ikki nuqtali shtrix-punktir chiziq bilan tasvirlanadi
(11.24-shakl) va o‘lchash zamr bo‘lgan elementlaming o‘lchamlari shu
tasvirga qo‘yiladi.
Batamom tayyorlangan buyumda uchlarini ishlatish va ta’mirlash
nuqtayi nazardan saqlab qolish talab qilinsa, standart bo‘yicha zarur
o‘lchamlari va boshqa ma’lumotlari ko‘rsatilgan holda tasvirlanadi
(11.25-shakl, d).Ikkita bir xil bo‘lgan markaz uyalarining faqat bittasiga
o‘lcham qo‘yiladi. (11.25- shakl, a). Agar markaz uyalarining tayyor
mahsulotda bo‘lishi ma’n etilsa 11.25- shakl, bdagidek belgilab qo‘yiladi.
II.BOB. 2.1. Ish chizmalarga o'lcham qo'yishga talablar.
Asliga qarab detaining eskizi chizilgandan keyin uning ish chizmasini
chizishga o‘tiladi. Ish chizmalarini chizish eskizlami tahlil qilishdan boshlanadi. Detallardagi texnikaviy atamalarda ko‘p uchraydigan galtel, o‘yiq
(paz), bobishka, faska, bo‘rtik kabi ba’zi bir elementlaming to‘g‘ri
tasvirlanishiga e’tibor beriladi. Galtel- valning bir silindrik yoki konus-
simon elementidan ikkinchisiga o‘tishda yumaloqlash radiusi, paz -vintlaming kallagidagi burash uchun moijallangan o‘yiq yoki shponka
uchun mo‘ljallangan chuqurcha, bo'rtik - silindrik yoki konussimon
detallardagi (muftalardagi) halqasimonyo‘g‘onlashish, bobishka-quyish
vaqtida hosil bo‘ladigan o‘sma, faska - val, bolt, vint, shtift, gayka
kabi detallaming toreslari oldidagi kesilgan cheti, faskalar yordamida
val teshikka osonlik bilan kiritiladi, tores - tikkayib turmoq, tikka qilib
qo‘ymoq degan ma’noni anglatadi. Tores - tekisligi, odatda, detaining
o‘qiga yoki yog‘och tolalarining yo‘nalishiga perpendikular bo‘ladi. Detallami konstruksiyalashda metallni bir tekisda taqsimlashga
intilinadi, shu maqsadda, masalan, berilgan detal devori qalinliklarining
turlicha bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ulardan foydalanish zarur bo‘lgan
holda yupqa devordan qalin devorga asta sekin o‘tiladi. Ko‘pincha
detaining tashqi va ichki devorlari bir xil radius bilan yumaloqlanadi, bu
esa konstruktiv jihatdan xato hisoblanadi. Bunda devorlar (chizmadagi m
o‘lcham) ancha qalinlashib ketadi. Shuning uchun yumaloqlash markazi
umumiy bitta bo‘lishi taminlanishi zarur bo‘lib, turli R{ va R2 radiuslarda
chizilishi kerak (11.19- shakl, a).Quyish yo‘li bilan tayyorlangan detallraning ish chizmalarini chizishda quyish nishabligi, konuslik va radiuslari qolip (opoko) gacha bo‘lgan qiymatlarda bo‘lishi hisobga olinadi. Detallaming ish chizmalari eskizlari kabi bosqichlari chiziladi.
Detalga kiritilgan ba’zi bir «tuzatishlar» ish chizmalarida ham hisobga
olinadi. 11.19-shaklda asliga qarab eskizi chizilgan detaining ish
chizmasi misol tariqasida beriladi.
II.BOB. 2.2. Ish chizmalari.
Sanoatda ishlab chiqariladigan barcha buyumlaming ish chizmalari
«Konstruktorlik hujjatlarining yagona tizimi»da qayd qilingan asosiy
talablarga amal qilingan holda bajarilishi kerak. Buyumlaming ish chizmalarini loyihalash va tuzishda quyidagilar nazarda tutilishi lozim:
1) standartlashtirilgan va sotib olinadigan buyumlar, ilgari ishlab
chiqarilishi o‘zlashtirilgan va hozirgi zamon texnikasi taraqqiyotiga
javob beradigan buyumlami optimal qo‘llash;
2) rezbalar, shlisalar va boshqa shunga o‘xshash konstruktiv element-
lardan, ulaming o‘lchamlaridan va qoplanishlaridan maqsadga muofiq,
chegaralangan nomenklaturada foydalanish;
3) materiallaming rusum (marka)lari va nav (sortament)laridan maq
sadga muvofiq, chegaralangan nomenklaturada eng arzon va tanqis bo‘l-
magan materiallardan foydalanish;
4) buyumlami tayyorlashda va tamirlashda eng qulay usullar, ulaming
tarkibiy qismlarini almashtirsh darajasi, ishlatishda yuqori darajada
qulayliklar bo‘lishi nazarda tutilishi kerak.
Buyum tarkibiga kimvchi detallaming har biriga ish chizmalari
chiziladi. Ayrim hollarda ba’zi detallar uchun ish chizmalarini standart
bo‘yicha chizmasa ham bo‘ladi.
Yig‘ish chizmalarida tasvirlar soni mumkin qadar kam, lekin buyumni
tayyorlash, yig‘ish va tekshirish uchun yetarli bo‘lish lozim. Zarur hollrda
yig‘ish chizmalarida buyumning ishlash va tarkibiy qismlarining o ‘zaro
aloqasi to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilishi kerak.
Ish chizmalarini standartda belgilangan va qo‘yilgan soddalashti-
rishlami tatbiq etib bajarish lozim. Ish chizmalari shunday tuzilishi kerak-
ki, ulardan foydalanilganda mumkin qadar kam qo‘shimcha hujjatlar
talab qilinadigan bo‘lsin.
Ish chizmalarida texnologik ko‘rsatmalar berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Lekin, istisno tariqasida, quyidagi hollarda texnologik qaytmalar keltiri
lishi mumkin:
agar mazkur usul buyumning kerakli sifatini ta’min etuvchi birdan-
bir tayyorlash usuli bo‘lsa, masalan, pritirkalash (ishqalab yetkazish),
boshqa biror buyum yoki detal bilan birgalikda egish, bukish, turli
ishlovlar berish;
- payvandlashning turlari va usullari, ulaming birikmadagi belgilari.
Buyumning ish chizmasida uni yig‘ishdan yoki qo‘shimcha ishlov
berishdan aw al o‘lchamlari, chekli chetga chiqishlar, yuzaning g‘adir-
budurligi va boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Detal elementlarining o‘lchamlari, chekli chetga chiqishlari va yuza-
larining gadir-budurliklari yig‘ish chizmalarida ko‘rsatilmaydi.
Buyumlaming ish chizmalarida qoplanadigan detallar bo‘Isa, ulaming
qoplanishiga qadar bo‘lgan o‘lchamlari va yuzalarining g‘adir-budurligi
ko‘rsatiladi. Ish chizmalarida detallaming qoplanishiga qadar va undan
keyingi o‘lchamlari va yuzalarining g‘adir-budurliklarini bir yo‘la ko‘r-
satish mumkin. G‘adir-budurlik belgisini esa qoplanishni belgilovchi
yo‘g‘onlashtirilgan shtrix-punktir chizig‘iga qo‘yiladi (11.20- shakl, a).
Agar detaining o‘lchamlari va yuzalarining g‘adir-budurliklarini
qoplanishdan keyin ko‘rsatish zarur bo‘lsa, u holda, bu o‘lchamlar va
gadir-budurliklar «*» bilan belgilanadi va texnikaviy talablarda tegishli
yozuvlar yozib qo‘yiladi (11.20-shakl, b).
Detal chizmasining asosiy yozuvida materialning faqat bir nomi va
msumi ko‘rsatiladi. Chizmalarda texnikaviy ma’lumotlar va parametrlar ulami hisob- lamasdan foydalanish mumkin bo‘ladigan qilib berilishi kerak.
Chizmalarda standartlar tomonidan qabul qilingan shartli belgilar
ishlatiladi, lekin ularga izoh berilmaydi. Shartli belgilar chizmada bir
necha marta takrorlanganda ham ular bir xil o‘lchamda bajariladi.
Detallarning ko’rinib turgan tashqi qiyofasining tasviriga ko’rinish deyiladi. Ko’rinishlar soni kamroq bo’lishi uchun detalning ko’rinmas qisimlari shtrix chiziq yordamida ko’rsatiladi. Korinishlar mazmuni va ularning bajarilish holatlariga qarab asosiy, qo’shimcha va mahalliy kabi korinishlarga bo’linadi.
Asosiy ko`rinishlar. Asosiy ko`rinishda proeksiyalar tekisliklari uchun kubning olti tomoni qabul qilinadi. Detal (173 – shakl) fikran kubning ichiga joylashtirilib, uning tasviri har bir tomonga tushiriladi, so`ngra 174- shaklda ko`rsatilganidek kubni yoyib chizma teksligi bilan jipslashtriladi. Natijada detalning proeksiyalar teksliklaridagi oltita tasviriga ega bo`linadi. Ko`rinishlarning chizma maydonida bunday joylanishini proyeksion bog`lanishlar deyiladi. Ko`rinishlar quyidagi nomlar bilan yuritiladi:
– shakl
1-olddan ko`rinishi yoki bosh ko`rinish; 2-ustdan ko`rinish; 3-chapdan ko`rinish; 4-o`ngdan ko`rinish; 5-ostdan ko`rinish; 6-orqadan ko`rinish.
Shuni aytish kerakki, orqadan ko`rinish o`ngdan ko`rinishning yonida ham joylashishi mumkin. Chizmalarda ko`rinishlar nomi va proyeksion bog`lanish chiziqlari ko`rsatilmaydi. Lekin detalning ko`rinishlri o`zaro ma`lum masofada joylashgan bo`lib, bir-birlari bilan uzviy bog`langan bo`lishlari kerak. Masalan, ustdan ko`rinish olddan ko`rinishning tagiga joylashtiriladi(174- shakl).
– shakl
Chapdan ko`rinish olddan ko`rinishning o`ng tomoniga, o`ngdan ko`rinish esa uning chap tomoniga joylashtiriladi. Agar biror ko`rinish (qirqim) bosh ko`rinish bilan proyeksion bog`lanmagan holda joylashgan yoki ko`rinishlar har xil qog`ozda joylashgan bo`lsa, kuzatib borish yo`nalishi boshqacha harfda yoziladi. Masalan, A belgi bilan ko`rsatiladi. Bunda qaysi tomonga qarash kerakligi strelka va tegishli harf bilan ko`rsatiladi(175- shakl). Chizmalarda o`zaro proyeksion bog`lanishda bo`lmagan uchta asosiy holatlarni uchratish mumkin. Chunonchi, birorta ko`rinish bosh ko`rinishga nisbatan boshqa tasvir bilan ajratilgan, ko`rinishlardan birortasi bosh ko`rinishga nisbatan siljitib tasvirlanganda ko`rinishlar bosh ko`rinishga nisbatan boshqa-boshqa qog`ozlarda tasvirlangan bo`ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |