Esingdami, g‘arib ona



Download 15,42 Kb.
Sana09.07.2022
Hajmi15,42 Kb.
#759374
Bog'liq
hisobot uchunnnnn


Dunyo adabiyoti tarixida shunday shoirlar o‘tganki, ularning umri va ijodi xuddi qorong‘i osmonni birdan yoritib yuborgan chaqmoqqa o‘xshaydi.Usmon Nosir mana shunday yorqin siymolardandir. Garchi juda kam umr ko‘rgan bo‘lsalar-da, ular yozib qoldirgan asarlarning ahamiyati asrlarga tatigulikdir.Usmon Nosir bor-yo‘g‘i 32 yil yashagan bo‘lsa, shuning 6-7 yilidagina erkin ijod qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Joriy yilning 2-mart kuni Buxoro viloyati Romitan tuman 16- umumiy o`rta ta`lim maktabining 9-10-sinf o`quvchilari bilan "tug`ma shoir" sifatida ta`riflangan Usmon Nosir hayoti va ijodi yuzasidan davra suhbati o`tkazildi. Dastlab shoir hayotiga doir video lavha o`quvchilarga taqdim etildi.
Bo‘lg‘usi shoir 1912-yilning 13-noyabrida Namangan shahrida dunyoga keldi. Uning hunarmandchilik bilan ro‘zg‘or tebratadigan otasi bu paytda og‘ir xasta yotgan bo‘lib, bola go‘dakligidayoq olamdan o‘tadi. Usmon o‘z otasi mehrini, uning erkalashlarini ko‘rmay o‘sdi. To‘rt yasharligida onasi Xolambibi shu yerlik Nosirhoji degan kishiga turmushga chiqadi va oila Qo‘qonga ko‘chib keladi. Usmonjon shahardagi internatda o‘qiydi, tarbiyalanadi.
1931-yilda Usmon Nosir Samarqanddagi O‘zbekiston dorilfununi (hozirgi Samarqand davlat universiteti)ga o‘qishga kiradi. U tengdoshlari orasida o‘zining izlovchan fikri, fanlarni tez o‘zlashtira olishi, shoirlik iste’dodi va sho‘x-sha’n tabiati bilan yaqqol ajralib turardi.
Unda shoir bolaligida ko‘rgan sargardonliklarini tabiat manzaralariga uyg‘un holda qayta jonlantiradi, o‘quvchini o‘z xotiralariga oshno etadi:
Esingdami, g‘arib ona,
Bir ko‘m-ko‘k yaproqning.
U ko‘zlaring seni,
Tuproqqa yuz tutganda
Umring bahori...

O`quvchilar shoirning ijod namunalaridan yod olgan she`rlarini aytib, ijodiga oid savollarga javob berishdi.
Adabiyot osmonida porlashni orzu qilgan jajji yulduzlar
1 марта 2022 от Mahbuba Shodiyeva
Bugun Romitan tumanidagi 30-maktabda Zulfiyaxonim tavalludining 107 yilligi munosabati bilan nazmda ijod qiluvchi iste'dodli qizlar o'rtasida,,Zulfiyaxonim izdoshlari'' ko'rik tanlovi bo'lib o'tdi.
Yuragiga ezgu niyatlarni tugib,Zulfiyaxonim izidan borishni niyat qilgan yetti nafar lobar va barno qizlar beshta shart asosida o'zaro bellashdilar, har bir shart bir shart bir-biridan qiziqarli tarzda o'tdi.

"Mening prezidentim" ijodiy ishlar tanlovining viloyat bosqichi bo'lib o'tdi
17 декабря 2021 от Romitan tuman 2-maktab ijodiy-madaniy masalalar bo'yicha targ'ibotchisi Uchqunova A.S
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimining sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Olib borilayotgan islohotlar samarasi o‘laroq maktab o‘quvchilari turli fanlar bo‘yicha o‘z bilimlarini respublika va xalqaro tanlovlarda namoyon etib kelmoqdalar.
O‘quvchilarda so‘nggi yillarda yurtimizda amalga oshirilgan islohotlarni teran idrok etish va ular to‘g‘risida mulohaza yuritish ko‘nikmalarini, Vatanimiz taqdiri, ertangi kuni va istiqboliga daxldorlik tuyg‘usini rivojlantirish, ularda ijodiy, tanqidiy, nostandart fikrlash, notiqlik, moslashuvchanlik, o‘z fikrini ijodkorona yetkazib bera olish ko‘nikmalarini shakllantirish ham ta’limning ajralmas qismidir.
Yuqoridagilarni inobatga olib, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir ishlar samaradorligini oshirish va faollashtirish, bu boradagi ta’lim-tarbiyaviy ishlarni jadallashtirish, ularni milliy g‘oya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil 18-noyabr kungi 65-sonli qo’shma qarori va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Ijroiya qo‘mitasining 2021-yil 18-noyabr kungi 6-01-“s”-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan 2021-yil noyabr-dekabr oylarida umumta’lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Mening Prezidentim” ijodiy ishlar tanlovi tashkil etilishi belgilab berilgan.
Kuni kecha Buxoro shahar 30-maktabda ushbu tanlovning viloyat bosqichi bo'lib o'tdi.
Unda tumanlar miqyosida ishtirokchi sifatida 13 nafar o'quvchi "Mening Prezidentim" mavzusidagi taqdimot tayyorlash va uni himoya qilib berish bo'yicha o'zaro bellashishdi.
Tanlovni viloyat Xalq ta'limi boshqarma boshlig'i D.Mustafoyeva ochib berib, o'quvchilarga muvaffaqiyatlar tiladi.
Ushbu viloyat bosqichi tanloviga Romitan tuman 2-umumta'lim maktabi 10-sinf o'quvchisi Azimova Dildor ham ishtirok etib, tumani sha'nini himoya qildi.
Ajratilgan vaqt mobaynida zukko o'quvchilar mukammal taqdimotlar yaratishga astoydil harakat qilishdi. So'ng yaratgan ijod namunalarini kreativ fikrlash va notiqlik san'atini ishga solib himoya qilishga kirishishdi. Hakamlar hay'ati xulosasiga ko'ra, 1-o'rin G'ijduvon tuman,2-o'rin Buxoro shahar, 3-o'rin Jondor tumanidan tashrif buyurgan o'quvchilarga nasib etdi.
2-maktab o'quvchisi Azimova Dildor ham yuqori ball to'plagan holda fikrini badiiy tarzda, tasviriy ifodalar orqali bayon eta olishi bilan hakamlar e'tirofiga sazovor bo'ldi.

Kitob yo'llarimizni yorituvchi mayoqdir. Undan olingan ma'naviy ozuqa esa insonni kamolotga yetaklaydi. Shunday ekan kitob o'qish va uni mutoola qilish yosh tanlamaydi. Buni Romitan tumani Mug'oncha MFYda istiqomat qiluvchi 75 yoshli Shodi bobo Xudoyorov timsolida ko'rishimiz mumkin. Shodi bobo kitob o'qish maqsadida bugun bizning maktabimiz kutubxonasiga keldilar. Va kutubxonada kitob o'qiyotgan o'quvchilarga o'qigan asarlaridan parchalar aytib berdilar. Hatto ayrim qahramonlarni ko'zlarida yosh bilan esladilar. Shundan so'ng maktabimiz kutubxonasidan Chingiz Aytmatovning "Tanlangan asarlari" va Jaloliddin Rumiyning " Yetti majlis " asarlarini o'qish uchun oldilar.

2-maktabda "Zakovat" intellektual o'yini bo'lib o'tdi
14 декабря 2021 от 2-maktab ijodiy-madaniy masalalar bo'yicha targ'ibotchi Uchqunova A.S.
Ilm zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o‘tkir qiladi, u insonning muqaddas orzu-istaklarini amalga oshirishga yetaklaydi. Ilm olish har bir inson uchun ham qarz, ham farz. Uning erta-kechi yo‘q. Ilm olishdan, o‘rganishdan hech qachon to‘xtamaslik lozim. Xalqimizda “Beshikdan qabrgacha ilm izla”,- degan naql ham bejiz aytilmagan. Bunga amal qilgan inson hayotda o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga, albatta, erishadi.
Bugun Romitan tuman 2-umumta'lim maktabida "Zakovat" intellektual o'yini bo'lib o'tdi.
"Adolat" va "Yosh tarixshunos" jamoalari o'rtasida bo'lib o'tgan ushbu bellashuv qizg'in bahs-munozaralarga sabab bo'ldi.Shuningdek, jamoalar o'z qo'llari bilan yaratgan ko'rgazmalarni ham hakamlarga taqdim etdilar.O'yinda eng faol ishtirok etgan o'quvchilar alohida e'tirof etilib, ularga tashakkurnomalar bildirildi.

"Mening prezidentim" ijodiy ishlar tanlovining tuman bosqichi bo'lib o'tdi
10 декабря 2021 от Romitan tuman 2-maktab ijodiy-madaniy masalalar bo'yicha targ'ibotchi Uchqunova A.S.
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimining sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Olib borilayotgan islohotlar samarasi o‘laroq maktab o‘quvchilari turli fanlar bo‘yicha o‘z bilimlarini respublika va xalqaro tanlovlarda namoyon etib kelmoqdalar.
O‘quvchilarda so‘nggi yillarda yurtimizda amalga oshirilgan islohotlarni teran idrok etish va ular to‘g‘risida mulohaza yuritish ko‘nikmalarini, Vatanimiz taqdiri, ertangi kuni va istiqboliga daxldorlik tuyg‘usini rivojlantirish, ularda ijodiy, tanqidiy, nostandart fikrlash, notiqlik, moslashuvchanlik, o‘z fikrini ijodkorona yetkazib bera olish ko‘nikmalarini shakllantirish ham ta’limning ajralmas qismidir.
Yuqoridagilarni inobatga olib, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir ishlar samaradorligini oshirish va faollashtirish, bu boradagi ta’lim-tarbiyaviy ishlarni jadallashtirish, ularni milliy g‘oya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil 18-noyabr kungi 65-sonli qo’shma qarori va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Ijroiya qo‘mitasining 2021-yil 18-noyabr kungi 6-01-“s”-sonli hamda Romitan tuman XTBning 2021-yil 22-noyabrdagi 141-sonli, O'zbekiston ta'lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Romitan tuman bo'linmasi kengashining 2021-yil 22-noyabrdagi 37-sonli qo‘shma qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan 2021-yil noyabr-dekabr oylarida umumta’lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Mening Prezidentim” ijodiy ishlar tanlovi tashkil etilishi belgilab berilgan.
Bugun Romitan tuman 1-IDUMda ushbu tanlovning tuman bosqichi bo'lib o'tdi. Unda tuman maktablaridan ishtirokchi sifatida 40 nafar o'quvchi "Yangi O'zbekiston - yangi imkoniyatlar" mavzusidagi insho yozishda o'zaro bellashishdi.Ajratilgan vaqt mobaynida o'quvchilar mavzuga oid tushunchalarini, tasavvurlarini qog'ozga tushirib, bor mahoratlatini namoyish etishga harakat qilishdi.
Yakunlangan ijod mahsullari tayinlangan hakamlar hay'ati a'zolariga shaffof tarzda baholanish uchun taqdim etildi.
Hakamlar xulosasiga ko'ra, ushbu ijodiy ishlar quyidagicha baholandi:
1-o'rin - 2-maktab;
2-o'rin - 11-IDUM;
3-o'rin - 35-maktab.


Yaxshi qiz-yoqadagi qunduz
21 декабря 2021 от 1-IDUM IMMT M.Cho'liyeva
Joriy yilning 21-dekabr kuni 1-IDUMda 8-9-sinf qizlari o'rtasida MMIBDO' Sh.Badalova navbatdagi "Qizlar majlisi"ni o'tkazdi.Yig'lishda quyidagi masalalar muhokama qilindi:kiyinish odobi,odob-axloq me'zonlari,maktabda telefondan foydalanmaslik,salom berish vhk.
Farzand tarbiyalab voyaga yetkazar ekan­miz, uning xushxulq, odobli bo‘lishi­ni orzu qilamiz. Yaxshi tarbiyalash evaziga jannat va’da qilinayotgan qiz bola tarbiyasi esa, o‘z navbatida, ancha murakkab ish ekani yaxshi ma’lum. Chunki qiz bola — bo‘lg‘usi ona, farzandlarning qanday tarbiya olishi esa, asosan, onalarga bog‘liqligi kunday ravshan. “Ota bilimli bo‘lsa, farzand bilimli bo‘ladi, ona bilimli bo‘lsa, millat bilimli bo‘ladi”, — deydi dono xalqimiz. Yana mutafakkirlardan shunday iqtibos keltirish mumkinki: “Tarbiyachi, avvalo, o‘zi tarbiyalangan bo‘lmog‘i lozim”.
Yozuvchi Abdulla Qahhorning shunday iborasi bor: “Qiz bola degan nom — chiroyli muqova, uning ichida muqovadan-da go‘zal mazmun bo‘lishi yoki hech narsa bo‘lmasligi ham mumkin”. Bu o‘rinda yozuvchi qiz bolaning ma’naviyatiga, ichki madaniyatiga va oilasida olgan tarbiyasiga ishora qilgan. Hozir ayrim qizlarning jamoat joyida yurish-turishi, o‘zini tutishi, atrofdagilar bilan muomalasini ko‘rib, muqovaning ichi bo‘m-bo‘sh ekanligiga amin bo‘lasiz.Majlis pirovardida yig'ilish qarori qabul qilindi:Bundan keyin seshanba kuni bo'ladigan har yig'ilishda avval odob-axloq masalalari yuzasidan navbatchi sinf qizlari axboroti tinglanadi,so'ng oldindan tayyorlanib kelgan sinf qizlari ma'lum bir mavzuda seminar treyning o'tkazib beradi. Seminar treyningni 9-"A"sinf qizlari "Kiyinish madaniyati"mavzusida o'tkazishiga kelishildi.
Hilpira bayroğim, hilpira mağrur
18 ноября 2021 от Laylo Sobirova
Romitan tuman XTBga qarashli 5-umumiy órta ta'lim maktabida Ózbekiston Respublikasi Davlat Bayrog'i qabul qilingan kun munosabati bilan "Hilpira bayroğim, hilpira mağrur" nomli tadbir ótkazildi.
Bayram tadbirini Ijodiy-madaniy masalalar bóyicha tarğibotchi Laylo Sobirova 4-sinf óquvchilari bilan birgalikda ótkazishdi.
Tadbirda bayroq haqida she'rlar aytishdi, Rus va ingliz tilida tabriklar aytishdi. Qiz bolalar "Bayroq" "Vatan bu" qóshiğiga , óğil bolalar "Vatan bayroği " qóshiğiga raqsga tushishdi
."Ózbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i tóğrisidagi" qonunning 13moddadan iborat ekanligi, hamda moddalardan namunalar aytishdi. Bayroqdagi ranglar, oy, yulduzlarga ta'rif berildi.Bayram kótarinki ruhda ótdi.
Download 15,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish