sensibilizatsiya deb ataladi. A.R. Luriya sensibilizatsiya turiga ko‘ra, sezuvchanlik oshishining ikki tomonini ajratib ko‘rsatadi. Birinchisi davomli, muttasil xususiyatli va organizmda ro‘y beradigan barqaror o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lgani uchun ob’ektning yoshi aniq holatda sezuvchanlikning o‘zgarishi bilan bog‘langan bo‘ladi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, his-tuyg‘u organlari sezuvchanligining kuchliligi yosh o‘tishi bilan oshib borib, 20-30 yoshlarda eng yuqori cho‘qqiga chiqadi, keyinchalik esa asta-sekin pasayib boradi. Sensibilizatsiya turiga ko‘ra, sezuvchanlik oshishining ikkinchi tomoni vaqtinchalik xususiyatiga ega bo‘lib, fiziologik, shuningdek, sub’ekt holatiga ta’sir ko‘rsatuvchi favqulotda psixologik ta’sirlarga bog‘liq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |