MUHAMMAD al-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT
AXBOROT TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI
KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI 212-20
TALABASI ESHBOBOYEV ABRORNING
AKADEMIK NUTQ FANIDAN IKKINCHI
TOPSHIRIQ
Topshiridi: Eshboboyev Abror
Qabul qildi: Gayubova K
Toshkent 2021
8 - Mavzu. Referat.Taqriz matni. Annotatsiya yozish
Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar
Xorazm Ma’mun akademiyasi
Ma’mun akademiyasi 1004- 1005 yillarda Xorazmda yaratilgan bo‘lib, O‘rta
Osiyo tarixida birinchi akademiyadir. Akademiyaning “Ma’mun” deyilishining
sababi Ma’muniy xorazmshohlar davrida (997-1017) ularning homiyligida tashkil
qilingan va ilmiy ish olib borgan. Akademiya 1017 yilda o‘z faoliyatini
to‘xtatilishining sababi Xorazmshoh Ma’mun ibn Ma’munning isyonchilar
tomonidan o‘ldirilishi bo‘ldi. Shundan so‘ng akademiya homiysiz va qarovsiz
qolib, akademiya olimlari ilmiy ish uchun tinch sharoit qidirib, birin-ketin
tarqalib ketdilar.
1004 yildan boshlab Gurganjda “Darul Hikma va maorif” ilmiy tashkiloti
faoliyat ko‘rsata boshlagan. Bu ilmiy tashkilot ko‘p jihatdan Platonning Afinadagi
Akademiyasini va Bog‘doddagi “Bayt -ul hikma” akademiyasiga o‘xshagan
Xorazm Ma’mun akademiyasida o‘sha davrning eng ko‘zga ko‘ringan
ensiklopedist olimlari va mutafakkirlari xizmat qilganlar. Ular qatorida quyidagi
yirik tadqiqotchilarni sanab o‘tish mumkin: Abulhayr ibn Hammar, Jurjoniy,
Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Muhammad ibn Muhammad as -Sahiy, Xorazmiy va
boshqalar. Bular o‘sha davr sharoitida haqiqiy ilmu-fanlarning mashhur
kimyogarlari, tabiatshunoslari, tibbiyotchilari, matematiklari, astronomlari,
muhandis olimlari, mantiqshunoslar, faylasuflar, tarixchilar, geograflar va boshqa
sohalarning atoqli vakillari yig‘ilgan edilar.
BMT ning Yunesko tashkiloti O‘zbekiston Respublikasining taklifi bilan
2005 yilda Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi anjumanini o‘tkazish to‘g‘risida
qaror qabul qildi. O‘zbekiston ushbu tantanalar doirasida Xorazm Ma’mun
akademiyasini O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining XorazmAmudaryo mintaqasi filiali sifatida qaytadan tikladi. 1997 yil 11 noyabrdan
boshlab, O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning “Xorazm
Ma’mun akademiyasini tiklash to‘g‘risida”gi Farmoniga binoan bu akademiya
o‘z tarkibida arxeologik, til va adabiyot, biologiya bo‘limlarini tashkil qildi va
o‘z ajdodlarining nomi va ruhiga loyiq ish olib borishga intilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |