Rivojlanish psixologiyasining nazariy vazifalari: - insonning butun hayot yo‘li davomida psixik rivojlanishiga ta’sir etuvchi va harakatga keltiruvchi kuchlar, mexanizmlarni o‘rganish; - ontogenezda psixik rivojlanishni davrlashtirish; - psixik rivojlanish davomida yosh xususiyatlari, rivojlanish qonuniyatlari va bilish jarayonlarini o‘rganish; - ma’lum tarixiy davrda shaxs rivojlanishi hamda shaxs sifatida shakllanishini tadqiq etish. Rivojlanish psixologiyasining amaliy vazifalari: - insonning psixik funksiyalarining yosh davriga mos me’yorlarni va ijodiy qobiliyatning mavjudligini aniqlash; - psixologik rivojlanishda bolaning rivojlanishi, psixologik salomatligini nazorat qilish va tizimlashtirish; - yosh va tibbiy diagnostika; - inson hayotining inqirozli davrlarida yordamni amalga oshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |