Davlat granti asosida qabul qilingan talabani o‘qishni tugatgandan so‘ng ishga taqsimlangan joyda kamida uch yil majburiy ishlab berishi to‘g‘risida
Sh A R T N O M A № _______
Andijon Davlat universiteti nomidan universitet Ustaviga asoslanib ish ko‘ruvchi rektor, prof. A.S.Yuldashev
va davlat granti asosida________yil_____________________________ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilingan, _____________ yilda tug‘ilgan talaba_______________________________________________________________
(talabaning F.I.Sh.)
____________________________________________________________________
(pastport bo‘yicha doimiy yashash joyi)
____________________________________________________________________
____________________________________________________________________
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2005/2006 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga qabul to‘g‘risida»gi 2005 yil 2 iyun PQ-92-sonli qarori va «Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom» asosida davlat granti asosida oliy ta’limga ega bo‘lgan yosh mutaxassis (bakalavr) larning intellektual salohiyatidan unumli foydalanish va ularni ish bilan ta’minlash maqsadlarida
_______________yil ushbu shartnomani tuzdilar.
1. Universitetning huquq va majburiyatlarini
1.1. Talaba zamon talablari darajasida bilim olishi uchun O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risidagi» qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq Davlat ta’lim standarti, universitet Ustavida belgilangan tegishli o‘quv sharoitlarini yaratib berish, shu jumladan:
-amaliyotni bevosita ishlab chiqarishda tashkil etishga alohida e’tibor qaratish;
-talabaga o‘quv jarayonida bo‘lg‘usi ish o‘rni to‘g‘risida kengroq axborot berish;
-o‘qishni tugatgach, talabani o‘z mutaxassisligi va malakasiga muvofiq ishga yuborish, bundan
-talabaning istaklarini o‘rnatilgan tartibda e’tiborga olish;
-har oyda o‘rnatilgan muddat va tartibda stipendiya to‘lovlarni amalga oshirish;
-o‘qishni tugatish arafasida ish joyi, lavozimi, mehnat va boshqa sharoitlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlash;
-talaba ishga joylashganidan keyin 3 yil davomida unga zaruriy uslubiy yordam ko‘rsatish.
1.2. Talaba universitetning ichki tartib-qoidalarini buzgan hollarda qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘rish.
1.3. Talaba taqsimot bo‘yicha ishga bormagan taqdirda egallagan mutaxassisligi to‘g‘risida hujjat o‘rniga ma’lumotnoma berish to‘g‘risidagi masalani maxsus komissiyada ko‘rib chiqish.
2. Talabaning huquq va majburiyatlari
2.1. Tanlangan mutaxassisligi bo‘yicha yetuk bilim va ko‘nikma olish uchun o‘quv jarayonida faol ishtirok etish, universitet rahbariyatining ko‘rsatma va topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish.
2.2. O‘quv rejasida belgilangan barcha fanlarni talab darajasida o‘zlashtirish.
2.3. Taqsimot bo‘yicha yuborilgan joydagi mehnat faoliyati davrida malaka oshirish va ilmiy-tadqiqot faoliyati uchun universitet imkoniyatlaridan beg‘araz shaklda foydalanish.
2.4. Bitiruvchilarni ishga taqsimlash bo‘yicha universitetning komissiyasi qarori bo‘yicha yuborilgan joyda belgilangan muddatni (uch yil) to‘liq ishlab berish.
2.5. Taqsimot bo‘yicha ish joyida belgilangan imtiyozlarni o‘z vaqtida berilmagan taqtirda qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda undirib olish.
3. Nizolarni hal qilish
3.1. Tomonlar o‘rtasida yuzaga kelgan bahsli masalalar qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda hal qilinadi.
Talaba
Andijon davlat universiteti ___________________________
rektori:___________________ (F.I.Sh.)
(imzo)
prof. A.S.Yuldashev ___________________________
(pasport bo‘yicha doimiy yashash manzili)
Manzil: Andijon shahar ___________________________
universitet ko‘cha 129-uy ___________________________
Tel:________________________
Tel: 74 225-05-09 Pasport seriyasi___№_______
___________________________
(qachon va kim tomonidan berilgan)
Imzo___________
Do'stlaringiz bilan baham: |