?Muammoli o’qitishning asosiy maqsadini aniqlang?
+Talabalarni tafakkur tarzini rivojlantirish, ijodiy qobiliyatini takomillashtirish, mustaqil faoliyatga undash.
?Ta’limning asosiy mazmunini aniqlang?
+ Bilim berish, ko’nikma hosil qilish, malakalarni takomillashtirish.
?Seminar mashg’ulotlarida asosan qanday vazifalarni amalga oshirish ko’zga tutiladi?
+Ma’ruzada egallangan bilimlarni mustahkamlash kengaytirish, adabiyotlar bilan mustaqil ishlay olish malakalarini shakllantirish va bilimlarini asosli erkin bayon qilib bera olish malakasini tarbiyalash.
?Laboratoriya mashg’ulotlarida asosan qanday vazifalarni amalga oshirish ko’zga tutiladi?
+ Talabalarning ma’ruza tinglash va maxsus adabiyotlarni mustaqil o’rganib borish yo`llari bilan o’zlashtirgan nazariy bilimlarni mustahkamlash, psixologik tadqiqotlar olib borish malakalarini tarkib toptirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |