Mavzu: Ertaklar haqida umumiy ma‘lumot
Ertak umumfolklor hodisasi sifatida xalq og‘zaki poetik ijodidagi eng boy va rang barang janrlardan biridir. Ertakning muhim xususiyatlaridan biri uning hamisha xalq hayoti, kurashi, tarixi, ruhiy olami, dunyoqarashi, insonlarga axloqiy va ma'naviy yo‘ldosh bo‘lib kelishidadir. Ertaklarda har doim ezgulik yovuzlik ustidan g‘alaba qozonadi. Ertakni qiziqarli va maromiga yetkazib aytish va shu orqali bolaning e‘tiborini jalb qilish ham bir san‘at.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda ertakning ahamiyati shundaki, bizning xalqimizda bolalarni uxlatishda ertak aytib berish o‘ziga xos an'anaga aylangan va bu asrlar davomida saqlanib kelinmoqda. Chunki ertak bolaning aqliy salohiyatini, topqirligini o‘stirish bilan birga, uning tunni tinch va osuda o‘tkazishiga ham xizmat qiladi. Bola ertak orqali yaxshilik va yomonlik, ezgulik va yovuzlikni bir biridan farqlarni o‘rganadi, bu tushuncha uning psixologiyasiga bir umr muhrlanib qoladi. Maktabgacha yoshdagi kichik guruh bolalariga tavsiya etiladigan ertaklarning hajmi qisqa mazmuni sodda bo‘ladi. Ularga tabiat olami, hayvonot dunyosi, odob-axloq, do‘stlik to‘g‘risidagi ertaklar mos hisoblanadi. Bunday ertaklarga "Chivinboy", "Qizg‘anchiq it", "Maqtanchoq quyon", "Arilarning g‘azabi", "Sholg‘om", "Qumursqa", "Tulki bilan Turna", "Kaptar sovg‘asi", "Bo‘g‘irsoq" kabilar kiradi.
ERTAKLAR TAHLILI
"SHOLG‘OM"
Rus xalq ertagi hisoblanib, bu ertakda birdamlik, ahillik kabi hislatlar yoritib beriladi. Bu ertakda Chol sholg‘om ekadi. Sholg‘om pishib yetilgach uni katta bo‘lib ketganligi sababli yakka o‘zi uzib ololmay kampirni yordamga chaqiradi, kampir esa nabirasini, nabirasi esa kichigini, kuchuk esa mushukni, mushuk esa sichqonni yordamga chaqirib oxiri uzib olishadi. Bu ertakda maqsad bolalarga ko‘proq do‘st orttirishni, birdamlikda ish tutishlarini o‘rgatishdir. Birlashgan o‘zar maqoli ham to‘g‘ri keladi. Maishiy hayotiy ertaklar turkumiga kiradi
"KAPTAR SOVG‘ASI"
Bu ertakda bir qishloqning chekkasida yashovchi dehqon yigitning qushlarga qilgan g‘amxo‘rligi tasvirlanadi. O‘zi och nahor bo‘lishiga qaramay topgan yeguligini kaptarlarga berib ularni davolagani ham juda tarbiyalidir. Ertakdan maqsad bolalarga mehribonlik, qushlarga g‘amxo‘rlik, ko‘zning to‘q bo‘lishi kabi hislatlarni shakllantirishdir.
"TUYAQUSH BILAN QOPLON"
Bu ertakka nazar tashlaydigan bo‘lsak, unda xuddi odamlar orasida bo‘lganidek, hayvonlar o‘rtasida ham bir-birlariga yordam berish, ayniqsa boshlariga kulfat tushganda yurakdan, samimiy ko‘maklashish g‘oyasi yotadi. Qoplonning boshiga musibat tushib, tomog‘iga katta suyak tiqilib qolganda, Tuyaqush unga yordamga kelib, suyakni olib tashlaydi, Qoplon undan juda minnatdor bo‘ladi. Bu ertak hayvonlar haqidagi ertakka misol bo‘ladi.
KRASSVORD
SAVOLLAR:
1 ,Ur to‘qmoq ertagi qaysi turkum etaklariga mansub?
2, Xorazm shevasida ertak qanday ataladi?
3, ... yaxshilikka yetaklar!
4, Sholg‘om ertagida chol kimni yordamga chaqiradi ?
5, Bo‘g‘irsoq ertagida qaysi hayvon bo‘g‘irsoqni yeb qo‘yadi?
BLITS SAVOLLAR
N^
|
BLITS savollari
|
Talaba javobi
|
To‘g‘ri javob
|
Savollarga javoblar
|
1
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |