BOLALARNING MUASSASADA BO‘LISh MUDDATI:
15. Nutqida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar (alaliya, bolalar afaziyasi, rinolaliya, dizartriya, duduqlanish, ruxiy-nutqiy rivojlanishda orqada qolish) muassasada 3 yoshdan boshlab ikki yilgacha bo‘lishlari mumkin.
16. Komissiya bolaning muassasada bo‘lish muddati tugagandan so‘ng, bolaning shu muassasada qolish muddatini uzaytirishi yoki umumiy tipdagi muassasaga o‘tkazilishini xal qiladi.
YaKUNIY QOIDALAR:
Komissiya faoliyati ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarni bir ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasidan boshqa ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga yoki inklyuziv (uyg‘unlashgan) sharoitda ta’lim olishi uchun umumta’lim muassasasiga o‘tkazish tartibi: Maktab-internat o‘quvchisini sinfdan sinfga, bir maktab-internatdan boshqa maktab-internatga va maktab-internatdan umumta’lim maktabiga o‘tkazish masalalari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining majburiy umumiy o‘rta ta’lim olish huquqini inobatga olgan holda hal etiladi. O‘quvchini sinfdan sinfga, bir maktab-internatdan boshqa maktab-internatga va maktab-internatdan umumta’lim maktabiga o‘tkazish, asosan yozgi ta’til davrida, yangi o‘quv yili boshlanishiga qadar amalga oshiriladi. O‘quvchi, istisno tariqasida, o‘quv yili davomida ham sinfdan sinfga va maktab-internatdan boshqa maktab-internatga va maktab-internatdan umumta’lim maktabiga o‘tkazilishi mumkin. Maktab-internat o‘quvchisini sinfdan sinfga, bir maktab-internatdan boshqa maktab-internatga va maktab-internatdan umumta’lim maktabiga o‘tkazish jarayoni bepul amalga oshiriladi.
O‘quvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (bundan buyon matnda ota-onalar deb yuritiladi) farzandini sinfdan sinfga o‘tkazish uchun uning sabablarini ko‘rsatgan holda maktab-internat direktori nomiga ariza bilan murojaat qiladi. O‘quvchini sinfdan sinfga o‘tkazish pedagogik kengashning qaroriga asosan maktab-internat direktorining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. O‘quvchini sinfdan sinfga o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq qabul qilingandan so‘ng sinf jurnali va o‘quvchilar harakati daftariga tegishli qaydlar kiritiladi.
O‘quvchini bir maktab-internatdan bir xil turdagi boshqa maktab-internatga o‘tkazish uchun uning ota-onasi o‘tkazish sabablarini va o‘qishni davom ettirish uchun tanlangan maktab-internatni ko‘rsatgan holda maktab-internat direktori nomiga ariza bilan murojaat etadi. O‘quvchi tahsil olayotgan maktab-internat direktori o‘qishni davom ettirish uchun tanlangan maktab-internat tomonidan berilgan kelish talonini qabul qilib olganidan so‘ng, bir kun muddat ichida o‘quvchini maktab-internat o‘quvchilari safidan chiqarish to‘g‘risida buyruq qabul qiladi. Maktab-internat direktori mazkur buyruq bilan o‘quvchining ota-onasini tanishtirganligi to‘g‘risida imzo qo‘ydirib, ularga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) o‘quvchilar safidan chiqarilganligi to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirma;
b) baholar tabeli;
v) joriy baholar qaydnomasi (mavjud bo‘lsa);
g) o‘quvchining tibbiy kartasi;
d) psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasi va bayonnomasi (ta’lim olayotgan maktab-internatga yuborish bo‘yicha);
ye) o‘quvchini maktab-internatga yuborish to‘g‘risidagi yo‘llanma (ta’lim olayotgan maktab-internatga yuborish to‘g‘risida),
j) o‘quvchiga nisbatan psixologik-pedagogik tavsifnoma.
9. O‘quvchi ota-onasining hujjatlarni olganligi haqidagi tilxati hamda o‘qishni davom ettirishga tanlangan maktab-internatning o‘quvchini qabul qilganligi to‘g‘risidagi buyrug‘idan ko‘chirmasi (o‘qishni davom ettirish uchun tanlangan maktab-internat tomonidan yuborilgach) o‘quvchining maktab-internatda saqlanadigan shaxsiy yig‘majildiga tikib qo‘yiladi.
Maktab-internat direktorining o‘quvchilar safidan chiqarish to‘g‘risidagi buyrug‘i asosida sinf jurnali va o‘quvchilar harakati daftariga tegishli yozuvlar kiritiladi.
O‘qishni davom ettirish uchun tanlangan maktab-internat direktori o‘quvchining ota-onasidan tegishli hujjatlarni qabul qilib oladi va bir kun muddat ichida o‘quvchini maktab-internat o‘quvchilari safiga (sinfini ko‘rsatgan holda) qabul qilish to‘g‘risida buyruq qabul qiladi. Mazkur buyruq ko‘chirmasini o‘quvchi ilgari ta’lim olgan maktab-internatga ma’lumot uchun yuboradi.
Maktab-internat direktorining o‘quvchilar safiga qabul qilish to‘g‘risidagi buyrug‘i asosida sinf jurnali va o‘quvchilar harakati daftariga tegishli yozuvlar kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |