Qadimgii Eron madaniyati
Qadimgi Eron mafkurasida er.avv. I ming yillikda shakllangan diniy ta’limot zardushtiylik muhim o’rin tudadi. Zardushtiylik Midiya podshosi Astiag davridayoq rasmiy dinga aylangan edi. Zardushtiylik odamlarni kohinlarni diniy an’ana urf-odat va rasm—rusumlarini saqlovchi bo’lgan. Zardushtiylik odamlarni qurbonlik qlishni taqiqladi, odamlarni bir-biriga mehribon bo’lishini targ’ib qiladi.Doro I er.avv. 510-yilda zarddushtiylikni rasmiy din deb e’lon qiladi.
Forsda qadimgi zardushtiylik tabiat hudolari Mitra , Anaxita va yorug’lik, oy, shamol qabillalari o’zida ifodalagan xudolarga sig’ingan.Fors podsholari zardushtiylikning affzaligini bilib , tan olib,rasmiy din sifatida qabul qilgan bo’lsalarda eng qadimgi hudolardan voz kechmaganlar.
Ahamoniylarr boshqa dinlarga ham homiylik qilganlar .Doro I Bobil, Elam va yahudiylarga buzib tashlangan ibodatxonalarni qayta tiklashga buyruq bergan.Misr ishg’ol qilingach ,Kambiz Misr urf –odatlarini bo’yicha toj kiydi.U Sais shahriga Ma’buda Neyt ibodatxonnasida diniy marosimlarda qatnashhadi .Doro I o’zini ma’buda Neytning o’g’li deb e’llon qiladi, xudo Amon va boshqa Misr xudolariga bag’ishlab ibodaxonalar qurdiradi.
Diniy e’ttiqodni markazlashtirish maqsadida Kserks(er..avv.IV asr) Eronda diniy islohot o’tkazadi. U mitra , Anaxita va Zardusht inkor qillgan boshqa qadimgi ibodatxonalarni yo’q qilmoqchi bo’ladi. Bu islohot o’z maqsadiga erishmaydi, yarim asrdan so’ng , qadimgi xudolargaa sig’inish yana keng avj oladi. Ahamoniylar ibbodatxonalari iqtisodiy quddrati jihatidan haddan tashqari kuchayib ketmasligiga yo’l qo’ymaslik uchun Misr , Bobil va Kichik Osiyodagi iboddatxonalarni davlat soliq majburiyatlatini o’tashga majbur qiladilar.
Ahamoniylar davlati uchun turli xalqlarning madaniyati va diniy qarashlar sinkretizmli harektirli edi. Mamlakat turli huddudlarning doimiy iqtisodiy-ijtimoiy va siyosiy aloqasi, madaniyatining o’zaro ta’siriga ijobiy turtki bo’ladi.Turli xalqlarning yagona davlat hududida yashab turishi xallqlarning ,illmiy bilimlarni,, san’at va adabiyotlarning bir-biriga boyitishiga olib keladi.
Forslar va boshqa xalq-elatlar Bobil , Misr va Elamning qadimiy madaniyatini o’zlashtirib oladilar. Forslarning eng kattta madaniy yutuqlaridan biri o’ziga hos mixxxatning yaratilishi bo’lgan ..Fors mixxati akkad alfabitidan farq qilgan holda bor-yo’g’I 40 belgidan iborat bo’lgan.
Qadimgi fors san’ati , Eron madaniyati an’analari Bobil , Misr, Ossuriya va boshqa xalqlarning badiiy an’analari va texnik uslularining sintezi edi.Qadimgi fors san’ati naamunalari ichida nozik did bilan ishlangan toshdan yasalgan buyumlar , metal qadahlar, fil suyagidan yasalgan buyumlar , haykallar mavjud .Badiiy buyumlar ichida xalqqidon, yasma kabi buyumlardan ishlangan muhrlarda podsholar, afsonaviy qahramonlar va afsonaviy mavjudodlar tasviri tushirilgan. Ular nihoyatda mohirlik bilaan yasalgan bo’lib ayniqsa o’simlik va xayvonlani hayoti tasviri bo’lgan badiiy buyumlar bizni hozirgacha hayratga soladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |