Birinchi jahon urushi oxiri va undan keying dastlabki yillarda Eron. Oʼzining betarafligini eʼlon qilgan Eron Birinchi jahon urushida ishtirok etmadi, biroq uning hududi ikkala koalitsiya kuchlari oʼrtasida harbiy operatsiyalar va siyosiy kurash maydoniga aylandi.Rossiyaning urushdan chiqishi va Germaniya, Usmoniylar imperiyasi tormor etilgandan soʼng Eron hududi deyarli toʼliq ingliz qoʼshinlari tomonidan okkupatsiya qilinadigan boʼldi. Urushning boshida Аngliya Eronni turk qoʼshinlariga qarshi platsdarm sifatida foydalangan boʼlsa, 1918 yil boshida esa, deyarli butun Eron ingliz qoʼshinlari tomonidan Sovet Rossiyasiga qarshi harbiy interventsiya boshlash, shuningdek mustamlakachilikka qarshi koʼtarilgan ozodlik harakatini bostirish maqsadida okkupatsiya qilib olindi
va asoratli Ingliz-Eron bitimini imzolanishi umumiy norozilikni keltirib chiqardi.1920 yil 7 aprelda Tabrizda reaktsion shoh hokimiyati va inglizlar taʼsiriga qarshi ozarbayjon demokratlari partiyasi yetakchisi Shayx Muhammad Hiyoboniy boshchiligida qoʼzgʼolon koʼtarildi.1920 yili milliy-ozodlik harakati Eronning boshqa shimoliy viloyati boʼlgan Gʼilonda ham avj olib ketadi. Koʼp oʼtmay Gʼilon Respublikasi eʼlon qilinadi va Eron kompartiyasiga asos solinadi va uning aʼzolari Gʼilonning Muvaqqat inqilobiy hukumati tarkibiga kiradilar
1920-1922 yillar
Bu inqilobiy voqealar asnosida Аngliya Eronga nisbatan oʼz pozitsiyasini oʼzgartirib, uni boʼlib tashlash va uning janubiy qismini britan mustamlakasiga aylantirish yoʼlini tutadi. Qoʼyilgan bu maqsadga erishish uchun u separatistik harakatlarni va Markaziy hukumatga qarshi har qanday xatti-harakatlarni, shu jumladan Eron shimolidagi inqilobiy chiqishlarni ragʼbatlantirdi. Biroq 1922 yil boshlariga kelib Eronning markaziy hukumati Xuroson, Gurgan, Tabriz va boshqa provintsiyalaridagi inqilobiy chiqishlarni tor-mor keltiradi.1920-1922 yillardagi milliyozodlik harakatlarining magʼlubiyatga uchrashini asosiy sababi mustamlakachilikka qarshi harakat lagerida birlikning yoʼqligi,jamiyatning quyi qatlamlarini kurashga yetarli darajada jalb etilmaganligi, harakatning tarqoqligi va mahalliy xarakterga ega boʼlganligi, shuningdek inglizlar tomonidan Eron reaktsiyasiga yordam koʼrsatilishi edi