Audiokonferensiyalar. Ular tashkilot yoki firmaning hududiy jihatdan uzoqda joylashgan xodimlari yoki bo’linmalari o’rtasida kommunikasiyalarni saqlab turish uchun audioaloqadan foydalanadi. Audiokonferensiyalarni o’tkazishning eng oddiy texnika vositasi so’zlashuvda ikkitadan ko’p ishtirokchi qatnashuvini ta’minlaydigan qo’shimcha qurilmalar bilan jihozlangan telefon aloqasi hisoblanadi. Audiokonferensiyalarni tashkil etish kompyuter bo’lishini talab etmaydi, faqatgina uning ishtirokchilari o’rtasida ikki tomonlama audioaloqadan foydalanishni ko’zda tutadi. Audiokonferensiyalardan foydalanish qarorlar qabul qilish jarayonini yengillashtiradi, u arzon ham qulay.
Do'stlaringiz bilan baham: |