Ermin O‘zbek tilidagi sharhi


O‘QITUVCHINING VIRTUAL KUTUBXONASI. O‘QUVCHINING ELEKTRON PORTFOLIOSI (2 SOAT MA’RUZA)



Download 17,59 Mb.
bet112/135
Sana18.02.2022
Hajmi17,59 Mb.
#450900
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   135
Bog'liq
AKT (umumiy)

7. O‘QITUVCHINING VIRTUAL KUTUBXONASI. O‘QUVCHINING ELEKTRON PORTFOLIOSI (2 SOAT MA’RUZA).
Ta’lim-tarbiya jarayonlarini modernizatsiyalashtirish ijodiy fikrlovchi, ta’limning zamonaviy metod va texnologiyalarini, pedagogik-psixologik diagnostika usullarini, aniq amaliy faoliyat asosida pedagogik jarayonni mustaqil loyihalash usullarini qo‘llay oladigan pedagoglar tarkibini shakllantirishni talab etadi. Hozirgi kunda pedagoglarga nisbatan o‘zining samarali faoliyatini tashkil qilishda o‘quv, ilmiy hamda madaniy-ma’rifiy tadbirlarni to‘g‘ri rejalashtirishi va amalga oshirishi, kasbiy pedagogik mahoratini uzluksiz oshirib borishda o‘zgarib boruvchi zamonaviy talablarga tezkor ravishda moslashib borish kabi talablar qo‘yilmoqda. Chunonchi, pedagog kadrlarning ta’lim-tarbiya jarayonlaridagi raqobatbardoshligi uning ilg‘or ta’lim texnologiyalarini o‘zlashtirish qobiliyati, o‘zgaruvchan hamda oshib borayotgan kasbiy talablarga moslasha olishiga bog‘liq.
Bugungi kunda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini pedagogik faoliyat hamda kasbiy kompetentlikning ajralmas qismi sifatida shakllantirish ustuvor yo‘nalish sifatida qaralmoqda. Shu sababdan pedagoglarning kasbiy ma’lumotlar bazasi va talabalar bilan o‘quv muloqotlarini elektron resurslar asosida tashkil etish pedagogik jihatdan muhim vazifalar qatoriga kiradi. Bunday vazifalar pedagog kadrlarning elektron portfoliosini ishlab chiqishni taqozo etadi.
Portfolio tushunchasi XV-XVI asrlarda G‘arbiy Yevropadan kirib kelgan bo‘lib, uyg‘onish davrida arxitektorlar o‘z buyurtmachilariga qurilish loyihalarini tayyor va homaki variantlarini "portfolio" deb nomlangan alohida papkada taqdim etishgan. Ushbu papkada taqdim etilgan hujjatlar talabgorda qurilish loyihasining kasbiy sifatlari haqida taassurot hosil qilgan.
Hozirgi vaqtda esa biznes olamida portfolio firmaning yutuqlarini ko‘rsatish, fotosuratchi va fotomodellar sohasida esa – suratlar albomi sifatida ishlatiladi. Portfolioni ta’lim sohasida qo‘llash g‘oyasi, 80-yillarning o‘rtalarida AQShda paydo bo‘ldi. AQSH va Kanadadan so‘ng, portfolio g‘oyasi Yevropa va Yaponiyada ommalashdi, XXI asrning boshlarida esa bu g‘oya Rossiyada keng tarqaldi va hozirgi kunda bu g‘oya O‘zbekistonda ham keng yoyilmoqda.
Portfolio (ingl. – portfel, zarur ishlar va hujjatlar uchun papka. frans. – bayon qilmoq, ifoda etmoq, tashimoq. ital. – hujjatlar solingan papka) – bu hujjatlar, ish namunalari, fotosuratlar, taqdim etilayotgan imkoniyatlarni tasavvur eta olish imkoniyatini beruvchi materiallar, mutaxassis xizmatlari to‘plamidan iborat.
Pedagogning portfoliosi quyidagi imkoniyatlarga ega:

  • pedagogning ma’lum bir vaqt oralig‘ida erishgan kasbiy yutuqlari va faoliyat natijalarini qayd etish usuli;

  • faoliyati davomida kasbiy sohadagi erishilgan yutuqlarini namoyish etuvchi majmua;

  • pedagogning dars berayotgan fani bo‘yicha o‘quv materiallarini o‘quvchilarga yetkazib beruvchi vosita;

  • pedagog va o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘quv muloqotini ta’minlashga xizmat qiluvchi tizim;

  • o‘quvchilar bilan teskari aloqani o‘rnatishga xizmat qiluvchi hamda bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini monitoring qilish tizimi.

Pedagogning portfoliosi ta’lim muassasalari rahbariyati uchun o‘qituvchilarning ish faoliyati unumdorligini monitoringini olib borish va yana ham muhim tomoni o‘qituvchilarni o‘z-o‘zini kuzatish va o‘z ustida ishlashi uchun muhim vosita hisoblanadi. Turli manbalardagi ma’lumotlarga ko‘ra pedagog portfoliosi – bu o‘qituvchining aniq faktlar asosida yozilgan pedagogik sifati va yutuqlari hisoblanadi. Bundan tashqari portfolioda o‘qituvchining individual yutuqlari, turli loyihalarda qatnashganliklari, talabalarining fan olimpiadalari, tanlovlar, musobaqalarda g‘olib bo‘lganliklari qayd etib boriladi. Shu bilan birga pedagog portfoliosi pedagogik-psixologik diagnostika natijalari, talabalar uchun fanlar bo‘yicha nazorat qilish topshiriq va testlarini qamrab oladi.
Portfolio joriy etilishi bilan pedagogik faoliyatni baholashning va o‘z-o‘ziga baho berishning ko‘p funksiyali vositasi shakllanadi. Bunda portfolio qator pedagogik masalalarni yechishda yordam beradi:
• ta’lim berishda yuqori motivatsiyani rivojlantirish;
• o‘quvchilarning o‘z ustida ishlashga intilishni oshirish;
• uzluksiz rivojlanishni rag‘batlantiruvchi omilni joriy etish;
• bilimlarning samarali o‘zlashtirilishiga intilish;
• pedagogik faoliyat natijalarini tashhis qilish.
Bundan tashqari portfolio o‘qituvchiga o‘z yutuqlarini yanada kengroq va turlicha ko‘rinishda taqdim etish imkonini beradi.
«The Teaching Portfolio» kitobi muallifi Piter Zeldin fikriga ko‘ra o‘qituvchi portfoliosi, kasb mahoratini shakllantirishdagi navbatdagi bosqich hisoblanadi. Portfolio – o‘qituvchining kasbiy faoliyatida turli pedagogik masalalarni hal eta olish malakalarini ko‘rsatuvchi, shuningdek o‘qituvchining professionallik darajasini baholashga qaratilgan materiallarni qamrab oladi.
Portfolio quyidagi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin:
• portfolio sayti (sayt ko‘rinishidagi portfolio);
• veb sahifa (biror sayt tarkibidagi shaxsiy sahifa);
• elektron taqdimot;
• natijalar papkasi.


Download 17,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish