III. Yangi mavzu bayoni (20 minut). Reja: 1. Elektr isitgichlar. 2. Dazmol 3. Elektr choynak,kavsharlagich 4. Elektr payvandlash E lektr isitgichlar.Elektr isitish asboblarining ishlash prinsipi elektr toki o'tganda o'tkazgichlarning qizishiga asoslangan. Uy- ro'zg'orda elektr isitgich (plita), dazmol, elektr choynak (qaynatgich) kabi elektr isitish asboblari keng qo'llaniladi. Shuningdek, tokning issiqlik ta'siridan elektr yoyni hosil qilishda, elektr payvandlashda va boshqa maqsadlarda foydalaniladi.Elektr isitish asboblarining asosiy qismini qizdirish elementi tashkil etadi. Qizdirish elementi solishtirma elektr qarshiligi katta bo'lgan va 1000-1200°C temperaturaga bar- dosh bera oladigan o'tkazgichdan yasaladi.Ko'pincha qizdirish elementi sifatida nixrom sim qo'llaniladi.
1-rasm 2-rasm
1- rasmda eng sodda elektr isitgich - elektr plita tasvirlangan. Unda qizdirish elementi spool plastinaning ariqchalariga joylashtirilgan nixrom spiraldan iborat. Nixromdan elektr toki o'tganda u qiziydi va xonani isitadi. Uning ustiga choynak qo'yib, suvni qaynatish mumkin. Bunday elektr plitadan kam foydalaniladi. Chunki undan foydalanish xavfli bo'lib, spirali ochiqligi dan tok urislii yoki yong'in chiqishi mumkin.Hozirgi paytda qo'llaniladigan elektr plitalarda qizdirish elementi doira shaklidagi metall plastinalar orasiga joylashtiriladi (2- rasm).Gaz plitalari kabi elektr plitalar ham ovqat pishirish va choy qaynatishda foydalaniladi (3- rasm).Xonalarni isitish uchun turli xil elektr isitish asbob- lari qo'llaniladi. 4- rasmda shunday asboblardan bin tasvirlangan. Isitgichda ikkita qizdirish elementi bo'lib, ular bir-biriga parallel ravishda o'rnatilgan va elektr tarmoqqa o'zaro parallel qilib ulangan. Qizdirish elementida sopoldan yasalgan stcrjenga nixrom o'ralgan bo'ladi. Har bir qizdirish elementining quwati, odatda,1 kW ga teng.Elektr isitgich asboblari qiziganda xonadagi havoni quruqlashtiradi. Buning oldini olib, qizdirish elementi ustiga metall idishga suv quyib qo'yiladi. Qizdirish elementi qiziganda metall idishdagi suvni ham isitadi va suv bug'i xonaning namligini saqlab turadi.
3-rasm 4-rasm
Eng oddiy dazmolda qizdirish elementi nixrom spiraldan iborat bo'lib, unga sopoldan qilin- gan 5-8 mm uzunlikdagi naychalar kiydirilgan. Spiral naychalari bilan metall qoplama- ning ariqchalariga joylashtiriladi.Qizdirish elementi qiziganda metall plastina ham qiziydi. Metall plastina og'ir, ostki qismi silliq bo'ladi.Bunday dazmol buzilib qolsa, ya'ni spirali uzilsa, uni xuddi shunday spiralga almashtirish mumkin.Hozirgi dazmollarda qizdirish elementi metall qoplama icliiga joylashtirilgan bo'ladi. Bunday dazmol uzoq muddat buzilmasdan ishlaydi. Agar buzilsa, uning ichidagi qizdirish elementini almashtirib bo'lmaydi. Chunki metall qoplamani ochishga mo'ljallanmagan.Elektr choynak ichiga suv isitgich malikamlangan bo'ladi. Suv isitgich icliida ingiclika nixrom spiral bo'lib, uning atrofmi elektr tokini o'tkazmaydigan, lekin issiqlikni yaxslii o'tkazadigan kukun o'rab turadi. Kukun suvda ivimaydigan yupqa material bilan qoplangan. Suv isitgich faqat suvga botirilgan holatda islilaydi. Elektr choynakka suv solmasdan uni elektr tarmog'iga ulansa, shu zahoti isitgiclii yorilib ketadi.Elektr choynakni tokka ulamasdan avval unda suv borligiga ishonch hosil qilish kerak. Uning isitgichi suvga botgan holda bo'lishi zarur. Elektr samovar ichida ham elektr isitgich bo'ladi. Elektr samovarning ishlashi elektr choynak kabidir.Hozirgi paytda turli markadagi elektr choynaklardan keng foydalanidi.Uning elektr choynakdan farqi shundaki, choynak isitgichi o'zining ichiga malikamlangan bo'ladi. Elektr qaynatgich esa suv solingan choynakka solinadi va suv qaynatiladi.Elektr kavsharlagich.Elektr asboblarni ta'mirlashda elektr kavsharlagich keng qo'llaniladi. Elektr kavsharlagich qizigan uchi qalayni erita oladi. Uning yordamida eritilgan qalay bilan elektr asboblardagi uzilgan kontaktlar ulanadi.