7. Erkin Vohidov kimning she’rlarini tarjima qilgan?
A) A.S.Pushkin
B) Abdulla To’qay
C) S.Yesenin
D) Lermontov
8. “Bedil qolib, Demyan, Bedniyni suysa,
Qora sochning malla bo’lgani shudir” Ushbu she’r E.Vohidovning qaysi she’ridan olingan?
A) “Yaxshidir achchiq haqiqat”
B) “O’lmas edi balki odamzod”
C) “O’zbek Navoiyni o’qimay qo’ysa”
D) “Dangasalar”
9. Erkin Vohidov qanday oilada dunyoga kelgan?
A) Dehqon
B) Shifokor
C) Savdogar
D) Muallim
10. Erkin Vohidovga xos bo’lmagan javobni toping?
A) Uning «Tong lavhasi», «Buloq», «Sevgi», «Ona tuproq» kabi qator she’rlari bor
B) «Orzu chashmasi», «Palatkada yozilgan doston», «Quyosh maskani», «Ruhlar isyoni» kabi ajoyib dostonlar yozdi.
C) «Qo‘shiqlarim sizga», «Yurak va aql», «Mening yulduzim», «Nido», «Lirika», «Palatkada yozilgan doston», «Yoshlik devoni», «Charog‘bon», «Dostonlar», «Muhabbat», «Hozirgi yoshlar», «Tirik sayyoralar», «Iztirob» kabi kitoblari nashr etildi.
D) Birinchi kitоbi 1965-yildа «Mitti yulduz» nоmi bilаn bоsilib chiqаdi
Familiya
Guruh: _____________________________________
“TALMEH” SHARTI
Ushbu “O’zbegim qasidasi”dagi nuqtalar o’rniga mos ismlarni, atoqli otlarni qo’yib chiqing?
Tarixingdir ming asrlar
Ichra pinhon, o‘zbegim,
Senga tengdosh ………..-u
Oqsoch Tiyonshon, o‘zbegim.
So‘ylasin ………….-u
So‘ylasin ………. xati,
Ko‘hna tarix shodasida
Bitta marjon, o‘zbegim.
Al-Beruniy, Al-Xorazmiy,
Al-Forob avlodidan,
Asli nasli balki O‘zluq,
Balki Tarxon, o‘zbegim.
O‘tdilar sho‘rlik boshingdan
O‘ynatib shamshirlarin
Necha qoon, necha sulton,
Necha ming xon, o‘zbegim.
Tog‘laring tegrangda go‘yo
Bo‘g‘ma ajdar bo‘ldi-yu,
Ikki daryo – ikki chashming,
Chashmi giryon, o‘zbegim.
Qaysari ………. nayzasidan
Bag‘rida dog‘ uzra dog‘,
Chingiz-u Botu tig‘iga
Ko‘ksi qalqon, o‘zbegim.
Yog‘di to‘rt yondin asrlar
Boshingga tiyri kamon,
Umri qurbon, mulki taroj,
Yurti vayron, o‘zbegim.
Davr zulmiga va lekin
Bir umr bosh egmading,
Sen – …………, sarbador – sen,
Erksevar qon, o‘zbegim.
Sen na zardusht, sen na buddiy,
Senga na otash, sanam,
Odamiylik dini birla
Toza iymon, o‘zbegim.
Ma’rifatning shu’lasiga
Talpinib zulmat aro,
Ko‘zlaringdan oqdi tunlar
…………………, o‘zbegim.
Tuzdi-yu Mirzo Ulug‘bek
Ko‘ragoniy jadvalin,
Sirli osmon toqiga ilk –
Qo‘ydi narvon o‘zbegim.
Mir …………… na’rasiga
Aks sado berdi jahon,
She’riyat mulkida bo‘ldi
Shoh-u sulton o‘zbegim.
Ilm-u she’rda shoh-u sulton,
Lek taqdiriga qul,
O‘z elida chekdi g‘urbat,
Zor-u nolon o‘zbegim.
Mirzo ………. – sen, fig‘oning
Soldi olam uzra o‘t,
Shoh …………… qoni senda
Urdi tug‘yon, o‘zbegim.
She’riyatning gulshanida
So‘ldi mahzun ……………,
Siym tanni yuvdi ko‘z yosh,
Ko‘mdi armon, o‘zbegim.
Yig‘ladi furqatda …………….
Ham muqimlikda Muqiym,
Nolishingdan Hind-u Afg‘on
Qildi afg‘on, o‘zbegim.
Tarixing bitmakka, xalqim,
Mingta ………………. kerak,
Chunki bir bor chekkan ohing
Mingta doston, o‘zbegim.
Ortda qoldi ko‘hna tarix,
Ortda qoldi dard, sitam,
Ketdi vahming, bitdi zahming,
Topdi darmon o‘zbegim.
Bo‘ldi osmoning charog‘on
Tole xurshidi bilan,
Bo‘ldi asriy tiyra shoming
Shu’la afshon, o‘zbegim.
Men Vatanni bog‘ deb aytsam,
Sensan unda bitta gul,
Men Vatanni ko‘z deb aytsam,
Bitta mujgon o‘zbegim.
Faxr etarman, ona xalqim,
Ko‘kragimni tog‘ qilib,
Ko‘kragida tog‘ ko‘targan
Tanti dehqon o‘zbegim.
O‘zbegim deb keng jahonga
Ne uchun madh etmayin!
O‘zligim bilmoqqa davrim
Berdi imkon, o‘zbegim.
Men buyuk yurt o‘g‘lidurman,
Men bashar farzandiman,
Lekin avval senga bo‘lsam
Sodiq o‘g‘lon, o‘zbegim.
Menga ………….. bir jahon-u
Menga …………… bir jahon,
Lek Navoiydek bobom bor,
Ko‘ksim osmon, o‘zbegim.
Qayga bormay, boshda do‘ppim,
G‘oz yuraman gerdayib,
Olam uzra nomi ketgan
O‘zbekiston, o‘zbegim.
Bu qasidam senga, xalqim,
Oq sut-u tuz hurmati,
……….. o‘g‘lingman, qabul et,
O‘zbegim, jon o‘zbegim.
Jami: 15 ta atoqli ot tushib qolgan
Natija:____________ ta
“TALMEH” SHARTI
Ushbu “O’zbegim qasidasi”dagi nuqtalar o’rniga mos ismlarni, atoqli otlarni qo’yib chiqing?
Tarixingdir ming asrlar
Ichra pinhon, o‘zbegim,
Senga tengdosh Pomir-u
Oqsoch Tiyonshon, o‘zbegim.
So‘ylasin Afrosiyob-u
So‘ylasin O‘rxun xati,
Ko‘hna tarix shodasida
Bitta marjon, o‘zbegim.
Al-Beruniy, Al-Xorazmiy,
Al-Forob avlodidan,
Asli nasli balki O‘zluq,
Balki Tarxon, o‘zbegim.
O‘tdilar sho‘rlik boshingdan
O‘ynatib shamshirlarin
Necha qoon, necha sulton,
Necha ming xon, o‘zbegim.
Tog‘laring tegrangda go‘yo
Bo‘g‘ma ajdar bo‘ldi-yu,
Ikki daryo – ikki chashming,
Chashmi giryon, o‘zbegim.
Qaysari Rum nayzasidan
Bag‘rida dog‘ uzra dog‘,
Chingiz-u Botu tig‘iga
Ko‘ksi qalqon, o‘zbegim.
Yog‘di to‘rt yondin asrlar
Boshingga tiyri kamon,
Umri qurbon, mulki taroj,
Yurti vayron, o‘zbegim.
Davr zulmiga va lekin
Bir umr bosh egmading,
Sen – Muqanna, sarbador – sen,
Erksevar qon, o‘zbegim.
Sen na zardusht, sen na buddiy,
Senga na otash, sanam,
Odamiylik dini birla Toza iymon, o‘zbegim.
Ma’rifatning shu’lasiga
Talpinib zulmat aro,
Ko‘zlaringdan oqdi tunlar
Do'stlaringiz bilan baham: |