“Muhabbat”(1984) - “Muhabbat”(1984)
- “Hozirgi yoshlar” (1986)
- “Iztirob”(1991)
- “Yaxshidir achchiq haqiqat” (1992) kabi…
- “Oltin devor”, “Istambul fojeasi”, “Ikkinchi tumor” kabi dramalar muallifi.
- “Nido” (1964)
- “Palatkada yozilgan doston” (1966)
- “Charog’bon” (1970)
- “Ruhlar isyoni”(1980),
- “Ko`hinur” (1982) kabi dostonlar yozgan.
Shoir - tarjimon - S. Yesenin, A. Tvardovskiy, M. Iqbol, G. Emin she’rlarini;
- Gyotening “Faust”;
- R. Hamzatovning “Dog’istonim”
ASARLARINI O’ZBEK TILIGA TARJIMA QILGAN. “Oltin devor” spektaklidan lavha devon - E. Vohidov ellik yildan ko‘proq davr mobaynida ijod etgan to‘rt jildlik saylanmasini o‘quvchilarga taqdim etdi:
«Ishq savdosi»
«She’r dunyosi»
«Umr daryosi»
«Ko‘ngil nidosi»
Erkin Vohidovning el-yurt va adabiyot oldidagi xizmatlari inobatga olinib, «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni va 1999-yil «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni bilan taqdirlandi. - Erkin Vohidovning el-yurt va adabiyot oldidagi xizmatlari inobatga olinib, «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni va 1999-yil «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni bilan taqdirlandi.
“Oltin Yulduz” medali Erkin Vohidov 2016-yil 30-may kuni vafot etdi. Qabri Chig`atoy qabristonida. Erkin Vohidov 2016-yil 30-may kuni vafot etdi. Qabri Chig`atoy qabristonida. Erkin Vohidov xotirasiga Rosa tortishdilar yer bilan osmon, Shafaqqa aylandi yanoqlar chunon. Shoirni meniki der edi samo, Meniki der edi ona yer ammo. Shoir-chi, kuyladi ikkalasin ham, Zamindan kuch oldi, samoga hamdam. Sakson yil chorlashdi o’rtaga olib, Oxir tortishuvda Yer chiqdi g’olib. Abdulla Oripov 02-iyun 2016-yil
Ustoz Mirtemir bilan
“Nido” dostoni Uning ilk dostoni - «Nido»da insoniyatga og‘ir judoliklar, bitmas jarohatlar keltiradigan urush qattiq qoralanadi. - Uning ilk dostoni - «Nido»da insoniyatga og‘ir judoliklar, bitmas jarohatlar keltiradigan urush qattiq qoralanadi.
- 1964-yil yozilgan.
- Urushlar Qadim-qadimdan insoniyat boshiga katta kulfatlar solib kelgan urushlar tufayli qanchadan qancha odamlar qurbon bo‘lgan, ayollar tul, bolalar yetim qolgan, gullab-yashnab yotgan shahar-u qishloqlar kultepaga aylangan.
Mas’um go`dak nolasi - Doston yigirma yil avval urushda halok bo‘lgan otasini xotirlayotgan farzandning xayollari, iztiroblari bilan boshlanadi. Oradan yigirma yil o‘tib ketgan bo‘lsa-da, hamon uning jarohatlari bitgani yo‘q.
Hayqiraman, Hayqiraman, Tog‘lar bag‘ridan Gumburlagan sado keladi, Ona-Yerning otash qa’ridan «O‘g‘lim!» degan nido keladi. Cho‘chib uyg‘onaman, Cho‘chib uyg‘onaman, Onam qoshimda. Mehribon qo‘llari Otash boshimda: - Nega yig‘layapsan, Yolg‘izim, qo‘zim? Tun uzoq, uxlay qol, Ko‘zlaringni yum. Orom ol, men senga Allalar aytay. Tongda peshonangdan O‘pib uyg‘otay. Kel, Yerga Kel, Yerga qilaylik qasamyod: Bo‘lurmiz gal kelsa har birimizga Tinchlik janggohining fidosi. Bu senga, bu menga, bu bizga YIGIRMANCHI ASR NIDOSI! xulosa Tinchlik uchun, insoniyatning baxtli kelajagi uchun kurash nidosi XXI asrda ham, undan keyin ham, to Yer yuzida abadiy tinchlik o‘rnatilgunga qadar har bir insonning qalbida jaranglab turmog‘i kerak. Bilimingizni sinang! - Erkin Vohidov qalamiga mansub dostonlar?
- E. Vohidovning “Nido” dostonida nima qoralanadi?
- E. Vohidovning 4 jildlik saylanma asarlarini sanang?
- E. Vohidovning xalqlar, millatlar, dinlar o’rtasidagi nizolar bashariyatga naqadar katta falokatlar olib kelishi teran tasvirlangan dostoni?
O`ylab ko`ring! - «Nido» dostonida qaysi urush tasvirlangan va bu urush insoniyat boshiga qanday falokatlar olib kelgan?
- Urush jangda halok bo‘lgan qurbonlardan tashqari yana qanday kulfatlar olib kelgan?
- Doston orqali shoir aytmoqchi bo‘lgan eng asosiy muddao nima?
- Bugungi kunda tinchlikka tahdid solib turgan qanday yovuz kuchlar borligini va ularga qarshi nima qilish kerakligini so‘zlab bering.
E’TIBORINGIZDAN XURSANDMIZ!
Do'stlaringiz bilan baham: |