Erkin vohidov hayot va she’riyat haqida



Download 55,76 Kb.
bet3/3
Sana28.03.2023
Hajmi55,76 Kb.
#922285
1   2   3
Bog'liq
Erkin VOHIDOV maqola

Manba: Shoir Orif Tolib veb-sahifasi

Erkin Vohidov - ko’ngil mulkini taroj aylagan qalb egasi

Odamlar, siz mening hayotim,


Har biringiz umrim parchasi.
(Erkin Vohidov)
Erkin Vohidov nomini ko’p eshitganmiz. Darsliklarda uning asarlari bilan tanishganmiz. Xo’sh savol tug’iladi: Erkin Vohidov kim? Biz bu insonni kim sifatida bilamiz? Qaysi xizmatlari uchun u “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni, “O’zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlandi?
Avvalo, Erkin Vohidov haqida gap ketganda hech bir o’zbek millati inkor eta olmaydigan qo’shiqqa aylangan yuzlab lirik she’rlari, ijtimoiy hayotga befarq qaray olmagan vatanparvar inson ekanligini isbotlab beruvchi dostonlari, g’azallarini ta’kidlab o’tishimiz mumkin. “Inson o’zing”, “O’zbegim”, “Ishq istilosi”, “Achchiq haqiqat”, “Do’st bilan obod uying” ushbu qo’shiqlarni ko’p bora tinglaganmiz, ammo she’r, g’azallarining muallifi bizga ma’lummi? Siz o’zingizga shu savolni berib ko’rganmisiz?
Ey sen Erkin, sen bugun yozding dilingdan bir tugun,
Sen kim-u men daxri dun, biyron o’zing, nodon o’zing.
(Inson qasidasi)
Qayga borsam boshda do’ppim, g’oz yurarman gerdayib,
Olam uzra nomi ketgan O’zbekiston - o’zbegim.
(O’zbegim qasidasi)
Muhabbat sajdagohida sig’indim yor sanamga man,
Biling dinsizlar osiymas, muhabbatsizlar osiydur.
(Ishq istilosi)
Do’st bilan obod uying, gar bo’lsa u vayrona ham,
Do’st qadam qo’ymas esa vayronadur koshona ham.
(Do’st bilan obod uying)
Bu g’azallar bir insonga tegishlidir. Bunday Vatanparvarlik, ishq, insoniylik va do’stlik kabi o’tkir fikrlar faqat Erkin Vohidov qalamiga mansub bo’lishi mumkin.
Erkin Vohidov ijod cho’qqisiga chiqish bilan birga insoniylik cho’qqisini ham zabt etgan inson ekanligini ko’p shoiru, yozuvchilarimiz o’z xotiralarida ko’p bor ta’kidlab o’tishgan.
Erkin Vohidov faqat she’rlar, hajviyalar yozgan shoir sifatida emas, balki, mudrab qolgan aruz vaznini qayta uyg’otgan g’azalnavis sifatida adabiyot gulshanida chuqur iz qoldirgan.
Sobiq ittifoq davrida Aruz vazniga nisbatan eskicha qarash shakllangan bo’lib, bu vazn 20-asr insonining ijtimoiy – ruhiy holatini yoritib berish talablariga javob bera olmaydi degan fikrlar mavjud edi. Ammo buni qarangki, shoir ijodiga nazar solar ekanmiz, bu vaznda yaratilgan lirik g’azallar hech bir jihati bilan an’anaviy she’riyatdan qolishmasligini kuzatishimiz mumkin. Erkin Vohidov g’azallari sodda va ravon, qo’shiqdek o’qiladi. Uni o’qigan inson g’azallar ichida vazn talab qiladigan g’aliz jumlalar yoki umumiste’molda ishlatilmaydigan so’zlarga duch kelmaydi.
Jonga solgan hamma sozdir, elga so’ylab man kabi,
Shoiri devonayi ishq nomini olgan yomon.
(Achchiq haqiqat)
Erkin Vohidov g’azallarida lirik qahramon nafaqat oshiq timsolida balki, ijtimoiy hayotga befarq qaray olmaydigan davr kishisi sifatida ham shakllangan. Jumladan, dunyoning ko’plab mamlakatlarida millatchilik atalmish illatning mavjud ekanligi, inson hayotiga naqadar katta tahdid solayotgani va albatta, bag’rikeng o’zbegimning har bir millat va elatga nisbatan do’stona kayfiyatidan kelib chiqib, XX asrning insoniyat boshiga juda o’gir kunlarni solgan 1 va 2 – jahon urushlaridagi millatchilik g’oyalarini o’zining “Inson qasidasi” g’azalida, shuningdek, insonlar o’rtasidagi millatlar va dinlar o’rtasidagi o’zaro nifoq jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko’rsatishini “Ruhlar isyoni” dostonida ta’kidlab o’tadi va bunday holatni keskin qoralaydi.
Kim farang-u, kim habash, irq qon talash, iymon talash,
Shumi insondek yashash armon o’zing, afg’on o’zing.
(Inson qasidasi)
Kalkuttani
Quchdi g’ulu,
Bosh ko’tardi olomon.
Qutlug’ jang, deb turdi hindu,
G’azot, dedi musulmon.
Barahmanlar dovul qoqdi,
Fatvo berdi
Imomlar.

Ko’cha to’lib qonlar oqdi


To’qnashganda imonlar.
(Ruhlar isyoni)
Bunday fikrlarni ya’ni tinchlikni ulug’lab o’zining “Nido” dostonida quyidagi fikrlarni keltirgan.
Asrdosh birodar qo’lni ber,
Kel yerga qilaylik qasamyod.
Bo’lurmiz gar kelsa har birimizga,
Tinchlik jangohining fidosi
Bu senga,
Bu menga,
Bu bizga
Yigirmanchi asr nidosi.
(Nido) dostoni
Xulosa o’rnida aytish mumkinki, qalbida vataniga bo’lgan muhabbat cheksiz bo’lgan, insonning farovon hayotini har narsadan ustun ko’radigan, shuningdek, muhabbat borasida dengizday qaysar, ummondek cheksiz, tog’lardek ulug’vor bo’lgan insonni o’z umrining qahramoni deyish mumkin. Erkin Vohidov ham shunday insonlardan edi desak yanglishmagan bo’lamiz. Mustaqillikka erishib o’zligini, o’zbegini yaratayotgan xalqimiz esa bunday insonlarni ulug’lashi tabiiy va mantiqiy holdir. Erkin Vohidovning hayot yo’li, yaratgan asarlari va ulardagi yetakchi g’oyalar har bir inson qalbida ezgu fikrlarga yondosh tarzda yashashiga ishonamiz.
Bu qasidam senga xalqim oq sut-u, tuz hurmati,
Erkin o’g’lingman qabul et O’zbegim jon O’zbegim.
(Erkin Vohidov)
Karimov Bobur
“Xalqaro huquq” fakulteti III bosqich talabasi


Download 55,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish