Erkin vohidov hajviyalarida kulgu yaratishning lisoniy asosi mavzusida yozgan



Download 39,79 Kb.
bet2/3
Sana26.02.2022
Hajmi39,79 Kb.
#467158
1   2   3
Bog'liq
KURS ISHI[1]

Tragediya

Komediya

“Muhim voqea”tasviri

Kundalik turmushdagi oddiy voqea

Favqulodda kuchli shaxslar

Oddiy odamlar

Fojiali yakun

Baxtli yakun

Tarixiy voqeaga asoslanadi

To`qima

Adabiyotshunoslikka oid risolalarda tragediya yuksak komediya esa tuban janr sifatida qaralgan. Mazkur hol XVIII asrgacha, ma`rifatchilik adabiyotida oraliq janr drama paydo bo`lgunga qadar davom etadi. Boisi komediyada kundalik turmushda yuz beradigan odatiy voqealarni kulgu sifatida bayon etilishi va ishtirokchilari oddiy odamlar ekanligidadir. Keyingi ikki asr davomida esa komediya muttasil rivojlandi.


Komediyaning asosidagi ijobiy kuch- kulgu, komediya markazida esa komik harakterlar turadi. Antik davrlardan beri komediyaning o`nlab xillari yaratilgan bo`lib, uning yumor, satira, kinoya, grotesk,sarkazm kabi ko`rinishlari uning janr mohiyatini belgilab beradi. Shuningdek, komiklik nima hisobiga yuzaga kelganiga ko`ra “xarakter komediyasi” va “ holat komediyasi” ga ko`ra farqlanadi. Aslida, odatda, xarakter va holat komediyasi bir-birini to`ldirib uyg`unlikda keladi. Lekin ulardan qaysi biri ustuvor ekanligiga ko`ra farqi ajratiladi. Endi xarakter komediyasiga izoh beradigan bo`lsak, buning markazida komik xarakter turadi. Komik xarakter nima? O`zida idealga zid illatlarni jamlovchi yo ulardan ayrimlarini namoyon etuvchi personaj bo`lib, u o`zining mavjud holatini anglamaydi, aksincha o`zini aqlli, ma`nan tuban bo`lgan holida o`zini pokdomon biladi. Misol uchun, Uyg`unning “Parvona” komediyasidagi O`tkuriyni aytish mumkin. U firibgar, mahmadona, axloqan buzuq, ma`nan tuban bo`lgan holda o`ziga so`zga usta tadbirkor, yashashni biladigan inson deb biladi. Ushbu mavjud holat va harakter mohiyati o`rtasidagi ziddiyat kulguni yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. Erkin Vohidovning “ Oltin devor”, Said Ahmad “Kelinlar qo`zg`oloni” , “Kuyov” singari asarlarni misol qilish mumkin. Bulardan tashqari, komediyada voqealar chalkashligi tufayli tomoshabinda kulgu tug`diradigan turlari ham bor. Misol qilib aytsak, Vilyam Shekspir “ Xatolar komediyasi” asarini keltirish mumkin. Jadval holida ko`rsak

Voqealar chalkashligi tufayli komediya

Holat komediya

Xarakter komediya

Vilyam Shekspir “Xatolar komediyasi”

Hamza “Maysaraning ishi”

Molyer “Tartyuf”, A.Qahhor “ Ayajonlarim”, E. Vohidov “Oltin devor”

Komediya satirik va yumoristik ruhda bo`lishi mumkin. Satirada ifodalayotgan xarakter yoki holatni to`la inkor qilsa, yumorda esa xarakter yo holat ayrim jihatlarigina inkor qiladi. Yanayam ochiqroq aytsak, Satira voqelik, shaxslarni qamchi ostida g`azab-nafrat uyg`otadigan, zaharxandali qilib ifodalaydi. Yumoristik ruhda esa voqealik shaxslarning ayrim jihatlari beozor kulgu tug`diradigan komediya ifodalanadi. 20-asrda komediyaning tragikomediya va tragifars janr shaklari vujudga keldi. Tragikomediya tragik va komik holatlarni mujassamlashtiradi. Misollari jadvalda ko`rsak:



Satirik

N. Gogol “Revizor”, A. Qahhor “ Tobutdan tovush”

Yumoristik

Gotssi “Malikai Turandot” Said Ahmad “Kelinlar qo`zg`oloni”, Hamid G`ulom “ Toshbolta oshiq”

Tragikomediya

L.Pirandello, J.Anuy, R.Muhammadjonov “Suyunchi” filmi

Tragifars

E.Ionesko

O`zbek adabiyotining yetuk vakillaridan biri Erkin Vohidovning “Hajv daftari” to`plamini varaqlar ekanmiz, undan joy olgan “ Shaharmi bu, qishloqmi bu?..” hajviyasini biroz tahlil qilsak. She`r 10 misra 11banddan iborat, shoir uni “voqeiy she`r” deb izoh berib ketadi. She`rning dastlabki bandini o`qishimiz bilanoq undagi qiziq voqealar kulgu uchun xizmat qila boshlaydi. Ya`ni she`rning boshlang`ich misralari uning yakunida qiziq kulgulik vaziyat keltirib chiqarishga xizmat qiladi:


Ko`p ajibdir dunyo ishi,
Na so`nggi bor, na boshi bor.
O`n sakkiz ming olam bo`lsa,
Barining o`z quyoshi bor.
Har bir farzand- bir otadan ,
Bir daraxtdan- bir meva.
Lek olamda bir ko`cha bor
Karvoni yo`q yolg`iz teva
Yo u yoqmas, yo bu yoqmas,
Yo shaharmas, yo qishloqmas.
She`rning birinchi bandidayoq kulgu kayfiyati boshlanadi. Bunda yo… yo bog`lovchilari, u yoq, bu yoq ravishlari, va she`rning boshidan oxirigacha mavjud shaharmas, qishloqmas inkor ma`nosidagi ot so`z turkum so`zlari kulgu yuzaga keltirgan lisoniy asoslardir. Holat komikligi yumoristik ruhda yuzaga chiqmoqda.
Juft son uylar shahar bo`lur,
Toq son uylar qishloq deydi.
Men juftmidim yo toqmidim,
Shaharmidim, qishloqmidim?
3-misradan ko`rib turibmizki, lirik qahramon holatidagi kulgu antonimlar- juft, toq so`zlari orqali yuzaga kelgan. She`rning keyingi bandida odamlar o`zi shahar yo qishloqdaligini bilmaydi, lekin o`zini shaharlik degan qo`shnisi lirik qahramonni “qishloqi” deb hazil qiladi. Bu o`rinda xarakterlar o`rtasidagi ziddiyat kulguga sabab bo`lgan. Shaharlik, qishloqi, kolxoz shahar so`zlari lisoniy jihatdan asosdir.
Keng olamning egasi bor,
Bu maydonning egasi yo`q.
Keyingi misrada qishloq bo`lib don ekilmay, shahar bo`lib uy qurilmayotgan bu maydonning egasi yo`qligi ajib holatni ifodalaydi. Bu misrada bor, yo`q modal so`zlari orqali buning isbotidir.
Bilmadik, bu ishkal ishni
Qachon qilgan qaysi xo`ja:
Bir general nomi bilan
Bordir bunda ikki ko`cha.
Bu misrada qiziq muammolarni ko`taradi. Xatlarning sarson bo`lishi ko`cha nomlanishidagi tartibsizliklar kulgu ham achinarli holatni ifodalaydi. She`rni boshdab oxirigacha o`qib chiqsak, asosan, undagi holat komiklikka xizmat qiladi. Ya`ni bir makonki, arosat joyda qolgan yo shahar o`ziga sig`dirmaydi , yo qishloq. Lisoniy tahlil qilganimizda, eng faol antonimlar komiklikka asos bo`lgan. Asfalt- toshloq, fan doktor- chorvador singari so`zlar kulgu hosil qilish uchun xizmat qiladi. Bulardan tashqari, sinonimlarni ham kulgu uchun lisoniy asos bo`lganini ko`ramiz. Orol- Robinzon, masxara- kulgi, sut-pishloq sinonimlar qatori shular jumlasidan.
Yoki falak azmi bilan
Manzilimiz osmondadir!
Biz sutmidik, pishloqmidik,
Shaharmidik, qishloqmidik!
Shoirning yana boshqa bir she`rini tahlil qilsak! 1977-yilda yozilgan “Nayning qismati” she`rini o`qiganimizda, komiklik, asosan, holatlar tasvirida yumoristik ruhda namoyon bo`ladi. She`rning qisqacha bayoni quyidagicha: nay dastlab navo bo`lib yaratilgan, insonlar uchun qadrli bo`lib to`ylarga borgan. Lekin u keyinchalik ahamiyatini yo`qotib, qadrsiz holatga kelgan. Oxir oqibat, ham ovoz, ham ko`zdan qolib, qulog`i tamom bitadi. Lekin shunga qaramay, odamlar uni yoshlikdagi xizmatlari uchun qadrlaydi. Ushbu voqealar rivojida uning holati, insonlarning unga munosabati komiklikni hosil qilgan. Lisoniy jihatdan tahlilga kelsak, bu she`r ham yuqorida tahlil qilganimiz - “Shaharmi, qishloqmi” she`ri kabi sinonimlar va antonimlar orqali komiklikni yuzaga chiqargan.
Lekin taqdir uni oshno
Qilgan edi kuylarga.
Sur nay nomin oldi,
Ammo
Boraverdi to`ylarga.
Tug`ilsa qay uyda go`dak,
Xabar topib beshikdan,
Aytmasa ham aytilgandek,
Kelaverdi eshikdan.

Download 39,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish